O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
Fitopatogen viruslarni o`simliklardagi simptomlari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma
5.1 Fitopatogen viruslarni o`simliklardagi simptomlari
Fitopatogen viruslar bilan kasallangan o`simliklarning simptomlari
Ishdan maqsad: Fitopatogen viruslar bilan kasallangan o`simliklarda hosil 22
bo`ladigan simptomlar haqida ma'lumot olish.
Kerakli materiallar: Pomidor, tamaki, bodring, g`o`za, raps va boshqa o`simliklarning mozaika simptomli barglari (rasm yoki gerbariy materiallari), jo`xori, g`umay, arpaning chiziqli mozaika barglari, karam, sholg`om, redis va turpning mozaikali barglari. Daladan yoki issiqxonadan yangi terib kelingan o`simliklardan gerbariylar tayyorlanadi va ularni sistematik o`rinlari aniqlanadi, har bir gerbariy materiali ostida yozib qo`yiladi.
Mashg`ulot laboratoriya va dala sharoitida (bahor, yoz va kuz fasllarida), issiqxonalarda o`tkaziladi. Kasallik simptomlari sog` o`simlik bilan taqqoslanadi va kundalik daftarlarga yoziladi, rasm daftarlarga chiziladi hamda ulardan gerbariylar tayyorlanadi.
Kuzatuv olib borilganda asosiy e'tibor o`simlikning tashqi ko`rinishiga, barglariga, butim oraliqlariga, barg tomirlariga, rangiga, umumiy rivojiga e'tibor beriladi. Virus kasalliklari o`simlikning o`sish nuqtasida yaqqol ko`ringani uchun avvalo o`simlikning o`sish nuqtasi kuzatiladi. Simptomlarning asosiylari quyidagicha bo`ladi: mozaika guruhiga mansub simptomlar, ipsimonlanish, burishish (ajinlashish), jingalaklanish, qirqquloqqa o`xshashlik, bargidagi chiziqli mozaika, barg, tomir, poya va meva nekrozlari, o`simlikni yoki bargini shoxlanishi, rangini yo`qotishi, sarg`ayishi, shaklini o`zgartirishi, o`sishdan qolishi, gullarning badburishlashishi, gul qismlari rivojlanmasligi, gultojbarglarining yashil tusga kirishi, gul o`rniga shoxlab ketishi, reduksiyalangan barg paydo bo`lishi, to`p gul markazida haqiqiy barg hosil bo`lishi va h.k- (Ilova - dagi rasmlarga qaralsin).
Quyida O`zbekistonda tarqalgan virus kasalliklari va ularning simptomlari va ba'zi boshqa hususiyatlari haqida qisqacha to`xtab o`tamiz. 1. G`o`za virus kasalliklari g`o`zaning ingichka va o`rta tolali navlarida tarqalgandir. Ular dunyo bo`yicha 18 dan ortiq bo`lib, ulardan eng asosiylari: "g`o`zaning jingalak barglilik" (курчатов листев) kasalligida g`o`za bargining asosiy tomirining rivojlanmay qolishi sababli barglar jingalaklashadi va ba'zan mozaika alomatlari (chiporlanish) kuzatiladi. Barglar soni ham kasal usimliklarga ancha kamroq barglarda xol -xol doglar paydo bo`ladi, barg qavariiq shaklga kiradi, Ba'zan bargda oqish, to`q - yashil mozaika kuzatiladi, barg plastinkasi dag`allashadi, bo`g`rinlar orasi qisqaradi, barg yuqoriga qarab buraladi. "O`simlik o`siq nuqtalarini dastalashishi" (пучковидная верхушка) virus kasalligida o`simlikning o`sish nuqtasidagi barglar, gullar orasi qisqaradi, tomirlari yo`g`onlashadi, o`simlikning uchida shoxlar dastalashadi.
G`o`zada yana "tomirlararo sariq mozaika", "xol - xol (chipor) barglilik" (krapchatost), "psilloz" (barg va poyaning jigarrang tusga kirishi), "barglarning maydalashishi" (iz - melchennost listev), "antotsianoz", "tomirlararo mozaika", orasining qisqarishi" (укорочение междоузлий) kabi kasalliklar mavjud, 2 Kartoshkaning virus kasalliklari ham juda keng tarqalgan bo`lib, dunyo bo`yicha 20 dan ortiq virus kasalliklari topilgan. Ularning 10 tasi MDX davlatlarida va 4 ta-[X, U, A, K) O`zbekistonda uchraydi. Virus bilan kasallangan o`simlik bargining tomirlari och tusga kiradi, bargida "xol-xollik" (крапчатост) yoki ajinlar paydo bo`ladi. "A" virus bilan kasallangan kartoshka bargida katta- katta dog`li mozaika hosil bo`ladi, keyiichalik barg to`lqinsimon egilib, jingalak bo`ladi. Virusning virulent shtammlari keskin mozaika hosil qiladi. Agarda kartoshkaning "A" virusi "X" virusi bilan birga uchrasa kartoshka bargida 23
burmalar, g`ijimlar paydo bo`lib, barg buraladi, tomirlararo shishlar paydo bo`ladi, barglar mo`rtlashib, oson sinadi. Kartoshka "K" virusi bilan kasallangan bo`lsa o`simlikning yuqori yarusidagi yosh barglarda kuchsiz dog`lar paydo bo`ladi.
Kartoshka "U" virusi bilan kasallansa yaqqol ko`zga tashlanadigan aniq simptomlar ko`zga tashlanmasligi mumkin. Agarda "U" virusi boshqa viruslar bilan birgalikda uchrasa mozaika, yo`l - yo`l shtrixlardan iborat ("strik") mozaika hosil bo`ladi. Ba'zan boshqa kartoshka viruslari bilan birgalikda uchraganda o`simlikda pakanalik (карликовость) alomatlari kuzatiladi. 3. Butgulli o’simliklarda ( redis, sholg`om, turp, karam, raps) "sholg`om mozaikasi virusi", "redis mozaikasi virusi", "gulkaram mozaikasi virus" lari uchraydi. Kasal o`simliklarda aniq mozaika va bargni bujmayishi va rivojlanishdan to`xtashi kuzatiladi. 4. Dukkakli o`simliklarda 6 xil virus kasalligi uchraydi. Ulardan "no`xat mozaikasi virusi" bilan kasallangan no`xatda barg tomirlarining oqarishi va mozaika xosil bo`ladi. No`xatda yana boshqa simptomga ega kasallik - "no`xatning yuqori yaruslarini sarg`ayishi" kasalligi uchraydi, yuqori yarus barglarida kuchli xloroz (barg rangini yo`qolishi) kuzatiladi, barg mo`rt bo`lib qoladi. Mosh o`simligida esa "mosh mozaikasi virusi" uchraydi, barg tomirlari oqaradi va barg pastki tomonga qarab buraladi, shishlar bo`ladi, barg plastinkasi shakli o`zgaradi, o`simlik o`sishdan qoladi, urug`i maydalashib ketadi. Bu virus loviya o`simligini ham kasallantiradi.
Moshda yana "moshning sariq mozaikasi virusi" uchraydi. Kasallangan o`simlik bargida dog`lar jadallik bilan ko`payadi, o`simlik o`sishdan qoladi. Bu kasallik loviya, soya va boshqa dukkakli o`simliklarda ham uchraydi. 5. Qovun va bodring o`simliklarida "bodring mozaikasi virusi" uchraydi. Ikkala o`simlikda ham mozaika simptomlari kuzatiladi. Bu virus qovoqsimonlar, murakkab gulli o`simliklar va dukkaklilarda uchraydi. 6. Beda o`simligida "beda mozaikasi virusi" uchraydi, kasallangan o`simlik bargida doiyra shakldagi dog’lar hamda mozaikali barglarning jingalaklanishi kuzatiladi. 7. Jo’xorining "jo’xori pakana mozaikasi virusi'' kasallantiradi. Barglarida chiziq - chiziq shaklli sariq mozaika kuzatiladi, o`simlik o’sishdan qoladi, jo`xori so`talarida don miqdori o`ta kamayib, 20 - 30% gina qoladi. Ayniqsa o`simlikni virus bilan juda erta kasallantirsa virusning zarari juda katta bo`ladi, jo`xori doni maydalashadi, olingan urug`ning unishi o`ta pasayadi.
Yuqorida ko`ursatilgan kasallik alomatlarini e'tiborga olgan holda mashgulotda beriladigan tabiiy va gerbariy materiallarni guruxlarga ajratish, ular haqida chuqur bilimga ega bo`lish zarur.
Adabiyotlar: 1. Ю.И.Власов, Э.И.Ларина. Сельскохозяйственная вирусология. 1982, 238 с.
2. С.Е.Грушевой. Сельскохозяйственная фитопатология. 1965,447с. 3. П.К.Головин, М.В.Арсеньева, А.Т.Тропова, И.Шестиперова. Практикум по общей фитопатологии. 1967. 183 с.
Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling