O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
Mexanik inokulatsiya yordamida viruslarni
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma
5.2. Mexanik inokulatsiya yordamida viruslarni
o`simlikka yuqtirish
24
Ishdan maqsad: Virus namunasini sog` o`simlikka yuqtirish malakasini hosil qilish.
Kerakli materillar: viruslar, o`simliklar. 1 Indikator o`simliklar: Nicotiana glutinosa, yoki N. sylvestris, Chenopodium amaranticolor yoki Ch. quenea.
2 Virus namunasi: TMV ni tomat shtammi bilan kasallangan tomat yoki tamaki barglari (5-10 gramm). 3. Korund (300-600 mesh) yoki "selit" (diatom tuprogi), 4. Shisha tayoqcha, shpatel. 5. Chinni xavoncha (25 - 50 ml). 6. Eksikator (xajmi 20 litr). 7. Ip. 8 Plastilin.
Ishning borishi. Viruslar bilan ishlaganda har bir qilinadigan amallardan avval qo`llarni, ish joyini, ish asboblarini yaxshilab yuvish, tozalash, ba'zilarini steril - lash zarur. Ish toza filtr qog`ozi ustida bajariladi.
Virusli namunadan virusli shira ajratish: TMV bilan kasallantirilgan tomat yoki tamaki bargini (5-10 gr) chinni xavonchada 0,1 M fosfat buferi (1 gr namunaga 1 ml bufer miqdorida) (rN 7,8) ishtirokida ezib maydalaniladi. Yanada yaxshiroq maydalash uchun gomogenizatordan (1-2 minut) foydalansa 5 xam bo`ladi. Gomogenatni 2 - 3 qavatli dokadan o`tkaziladi, so`ngra 1 minutda 6 - 8ming aylanish tezligida 10 minut davomida sentrifuga qilinadi. Cho`kmaga yaxshi ezilmagan o`simlik qoldiqlari, hujayrani yirik birikmalari tushadi, virus esa cho`kmaning ustida bo`ladi.
Virus yuqtirish. Kasal o`simlikdan ajratib olingan shirani 2 - 3 tomchisini sog` o`simlik bargiga tomiziladi va igna bilan barg sathi tirnaladi. Ammo bu usullar kam natija beradi. Hozirgi vaqtda esa bu usul sal o`zgartirilgan, barg sathiga ozgina obraziv sepiladi, 2 - 3 tomchi shirani tomiziladi va toza barmoq yoki shisha tayyoqcha yoki shpatel yordamida ohistalik bilan surtiladi. Surtishning kuchi bargning holatiga, yoshiga, o`simlikni, abrazivni sifatiga bog`liq bo`ladi, 10-15 minutdan so`ng virus preparati va abrazivlarni ortiqchalari distillangan suv bilan yuvib tashlanadi Virus barg to`klari va epidermisidagi mikro-jarohatlari orqali kiradi.
Virus yuqtirilgan barglarga virus nomi, sana va hokozolar yozilgan etiketkalar bog`lanadi. So`ngra ularni nam solingan katta eksikator yoki shishadan yasalgan 15-20 l hajmli usti zich yopiledigan idishlarda saqlanadi. Buning uchun eksikatorni ustki qismiga 3 - 4 qator ip tortiladi va ipning ikki uchi eksikator devorlariga plastilin yoki yopishqoq lentalar yordamida yopishtiriladi. Virus yuqtirilgan barglar ana shu iplarga bog`lanib osib qo`yiladi. Virusning yuqish kuchini oshirish uchun virus yuqtirilgan barglar qorong`iroq va nam joyga qo`yiladi.
Virus yuqtirilgan barglarda kasallik alomatlari paydo bo`lishi ishlatiladigan indikator o`simlikning turiga (Nicotiana glutinosa da 48 soat, N. sylvestris da 76 - 80 soatda nekroz hosil bo`ladi), virusning turiga, haroratga va shu kabi faktorlarga bog`liq bo`ladi.
Virus yuqtirilgandan so`ng 48 soat (N. glutinosa), 76 - 80 soat (N. sylvestris), ikki hafta (Ch amaranticoior, Ch. quenea), 1 - 2 oy va yillar mobaynida (daraxtlarda) kuzatilib boriladi. Indikator o`simliklarda paydo bo`lgan simptomlar 48 - 72 soatdan so’ng hisobga olinadi va nazorat bargdagi (yoki bargni yarmidagi)
25
hamda tajriba barglardagi simptomlar sanaladi (nekroz yoki dog`, xalqa bo`lsa), diametri o`lchanadi, ya'ni tasvirlanadi.
Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling