Miksobakteriyalarning meva tanasi oyoqchadan (sistofera) va sistalardan tashkil topgan bo`ladi. Sistalarda tinch
holatdagi yirik hujayralar joylashgan bo`lib, etilgandan so`ng ulardan yana vegetativ hujayralar chiqadi.
Miksobakteriyalar bir necha turga birlashtiriladi: Cytophaga, Sporocytophaga, Sorangium, Archangium,
Polyangium va boshqalar. Bu organizmlar tuproqda yashaydilar, ular ko`p miqdorda go`ngda va go`ng bilan
o`g`itlangan tuproqlarda hamda chuchuk suv havzalarida va dengiz loyqalarida uchraydi. Sellulozaning
aerob
parchalanishini Getchinson va Kleyton muhitida kuzatish mumkin (1 litr distillangan suv, K
2
HPO
4
- 1 gr., CaCl
2
x
6H
2
O - 0,1 gr., MgSO
4
x 7H
2
O - 0,3 gr., NaCl -0,1 gr., FeCl
3
x 6H
2
O - 0,01 gr., NaNO
3
- 2,5 gr.).
Bu muhitda yagona uglerod manbai bo`lib, selluloza – filtr qog`oz kesmasi xizmat qiladi. Muhitga tuproq ekiladi
va 14 - 21 kundan so`ng filtr qog`ozda o`zgarishlar kuzatiladi. Bakterial chirish natijasida qog`oz bo`sh, g`ovak
ko`rinishida bo`lib qoladi va ayrim hollarda yirtilib ketadi. Suyuqlik bilan havo chegarasidagi qog`oz shilimshiqlanadi,
sarg`ayadi, qo`ng`ir tusga kiradi, bu esa miksobakteriyalar koloniyalarining rivojlanishi bilan bog`liq bo`ladi.
Aerob selluloza parchalovchi bakteriyalar bilan tanishish maqsadida "ezilgan tomchi" preparati tayyorlanadi.
Buning uchun buyum oynasiga bir tomchi ko`k metilenning suvli eritmasidan tomiziladi, hamda shilimshiqlashgan,
qo`ng`irlashgan filtr qog`oz kesmasidan ilmoq bilan qirib olingan qirindi bilan aralashtiriladi. Bunda chirigan
qog`ozning tolalarini, alohida-alohida bakterial hujayralarni va yumaloq sistalarni ko`rish mumkin.
Adabiyotlar
1. Koleshko O.I. Ekologiya mikroorganizmov pochvi. Laboratorniy praktikum. Minsk.: “Visheyshaya Shkola”, 1981.
С.110-114.
2. Mishutstin E.N., Emceva V.T. Mikrobiologiya.: “Kolos”, 2008, С.118-122.
3. Tepper E.Z. Shil”nikova V.K., Pereverzeva G.i. Praktikum po mikrobiologii. M.: agropromizgrad, 1987. С. 107-
111.
4.
Shlegel G. Obshaya mikrobiologiya. M.: “Mir” 1987. С.110-111.
Do'stlaringiz bilan baham: |