O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi


Ildizning xillari bilan tanishish


Download 5.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/36
Sana25.09.2017
Hajmi5.15 Kb.
#16428
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36

Ildizning xillari bilan tanishish 
1.  Gerbariy  qilingan  o‘simtiklar  misolida  ildiz  turlarini  o‘rganing.  Ulardan  qaysilari  o‘q  va 
popuk ildiz tizimi ekanligini kuzating. Ildiz tizimining rasmini  chizing.  2. Makkajo‘xori,  ajriq, 
qulupnay  misolida  qo‘shimcha  ildizlarni  ko‘rib  chiqing  va  rasmini  chizing.  3.  Oziq  moddalar 
to‘playdigan  o‘qildizdan  hosil  bo‘lgan  ildizmevaiar:  sabzi,  lavlagi,  rediska,  sholg‘om,  turpni 

 
69 
 
ko‘rib chiqing va rasmini chizing. 4. Sizga tanish bo‘lgan o‘simliklar asosida quyidagi jadvalni 
to‘ldiring. 
ILDIZNING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI 
O‘simliklarning  turiga  qarab  ildizning  yuzasi  oqish,  qoramtir,  sarg‘ish  rangli  po‘stloq 
bilan qoplangan bo‘ladi. Po‘stloqning usti esa lupada  yaxshi ko‘rinadigan ildiz tukchalan bilan 
qoplangan.  Ma‘lumotlarga  ko‘ra,  bir  tup  o‘simlik  ildizining  tukchalari  bir-biriga  ulab  chiqilsa, 
uzunligi  20  km  gacha  yetishi  mumkin.  Ildizning  ichki  qismi  ancha  murakkab  tuzilgan.  Uni 
mikroskopda  ko‘rish  uchun  maxsus  preparat  tayyorlanadi.  Buning  uchun  ildiz  bo‘laklaridan 
ko‘ndalangiga  yupqa  parrak  kesib  olinib,  buyum  oynasidagi  suv  tomchisiga  yoki  glitseringa 
qo‘yiladi.  So‘ngra  unga  rang  beriladi  va  ustiga  qoplag‘ich  oyna  yopib  qo‘yiladi.  Mikroskopda 
ildizning  sirtqi  qismi  hujayralardan  tuzilganligini  va  shu  hujayralarning  ayrimlaridan  ildiz 
tukchalari chiqqanligini ko‘rish mumkin. 
Har  bir  ildiz  tukchasi  bitta  uzun  hujayradan  tashkil  topgan.  Bu  hujayra  esa  yupqa  qobiq, 
sitoplazma va  yirik mag‘izdan tashkil topgan. Ildiz ana shu tukchalari  orqali tuproqdan suv va 
unda erigan oziq moddalarni shimib oladi. Ildiz tukchalarining faoliyati 10 - 20 kun davom etadi. 
Keyin ildizning uchidagi bo‘linuvchi qismidan  yangi ildiz tukchalari o‘sib chiqadi. Bu jarayon 
o‘simliklarda  uzluksiz  davom  etadi.  Natijada  ildiz  tukchalari  tuproqning  ichkari  qatlamlariga 
kirib boradi va o‘simlikni kerakli oziq bilan ta‘minlab turadi. 
Ildizning  po‘sti  o‘ziga  xos  hujayralardan  tashkil  topgan.  Po‘st  hujayralari  tirik,  yumaloq  va 
yupqa qobiqli bo‘ladi. Hujayralar o‘rtasida havo bilan to‘lgan oraliq bo‘shliqlari bo‘lib, ildizdagi 
hujayralar ana shu havo bilan nafas oladi. Ko‘ndalangiga kesilgan ildizning o‘rta qismida qalin 
devorli  yirik  teshikchalar  ko‘rinadi.  Bu  teshikchalar  o‘rta  (markaziy)  qismdagi  naychalardan 
iborat  
Agar yosh ildiz uzunasiga kesib qaralsa, naychalar juda uzun hujayralardan tashkil topganligini 
ko‘rish mumkin. Vaqt o‘tishi bilan hujayralar qobig‘i qalinlashadi va ulardagi sitoplazma bilan 
mag‘iz  nobud  bo‘ladi,  hujayralar  orasidagi  to‘siqlar  yo‘qoladi.  Natijada  ketma-ket  joylashgan 
bunday hujayralarning bir nechtasidan uzun naychalar paydo bo‘ladi. Tuproqdan so‘rib olingan 
suv va unda erigan oziq moddalar shu naychalar orqali  yuqoriga,  ya‘ni ildizdan poya, shox va 
barglargacha  ko‘tariladi.  Bundan  tashqari  yosh  ildiz  uzunasiga  kesib  qaralsa,  unda  bir-biridan 
aniq farq quadigan to‘rtta qismni ko‘rish mumkin (30-rasm). Ildizning uchini ildiz qinchasi o‘rab 
turadi. 
Ildizning  o‘sishi.  Chilpish.  Udiz  qinchasi.  Asosiy  ildiz.  O‘sish  qismi.  Ildizning  nafas  olishi. 
Tuproqni yumshatish. 
Bug‘doyning yosh maysasini tuproqdan ehtiyotlik bilan sug‘urib, diqqat bilan kuzating va uning 
qaysi qismiga nima uchun tuproq yopishganini aniqlang. 
Makkajo‘xorining  ildizi  poyadan  atrofga  2  m,  bosh  piyozniki  60  -  70  sm  gacha  yoyiladi. 
Makkajo‘xorining 1 mm2 so‘rish qismida 700 ta ildiz tukchalari bo‘ladi. 
ILDIZNING O‘SISHI VA NAFAS OLISHI 
O‘simliklarning  yer  osti  qismi,  ya‘ni  ildizi  yer  usti  qismiga  qaraganda  tez  o‘sadi.  O‘simliklar 
turiga va o‘sish sharoitiga qarab, ildizlar turlicha tezlikda o‘sadi. Masalan, g‘o‘za nihollarining 
ildizi bir kecha-kunduzda 2 - 3 sm o‘sadi. Bunda o‘sish ildiz uchidagi hujayralarning bo‘linishi 
hisobiga sodir bo‘ladi. Agar ildizning uchi chilpib tashlansa, u bo‘yiga o‘sishdan to‘xtab, asosiy 
kuch  yon  ildizlarga  beriladi.  Uchi  chilpib  tashlangan  ildizlarda  yon  ildizlar  tuproqning  oziq 
moddalarga boy yuqorigi qatlamiga taralib, baquvvat bo‘lib o‘sadi. Dehqonlar pomidor, karam, 
bulg‘or  qalampiri  kabi  o‘simliklardan  mo‘l  hosil  olishda  o‘simliklarning  ana  shu  xossasidan 
foydalanadilar. O‘simliklarni urug‘dan o‘stirib, keyin boshqa joyga ko‘chirib o‘tqazishning boisi 
ham shunda. 
Ildiz qinchasi  - ildiz qinchasi uning  ana shu o‘suvchi qismidagi  yosh, nozik hujayralarni tashqi 
ta‘sirdan  saqlaydi.  Ildiz  qinchasi  bir  necha  qavat  hujayradan  tashkil  topgan.  Uning  ustki 
qatlamidagi  hujayralar  tuproq  zarrachalariga  to‘qnashib  nobud  bo‘ladi  va  hujayralarning 
bo‘linishi hisobiga yangi hujayralar hosil bo‘ladi. 

 
70 
 
Yantoq bor joyda suv bor deyishadi. Haqiqatan ham, uning ildizi yerga 30 m gacha chuqur 
kirib boradi va yer osti suvlaridan foydalanadi (31-rasm). 
Demak, ildizlar bo‘linish qismidagi hujayralarning bo‘linib ko‘payishi hisobiga bo‘yiga o‘sadi. 
O‘simliklarning  boshqa  organlari  singari  ildizi  ham  nafas  oladi.  Tuproqdagi  havo  tirik 
hujayralarga  kirib  boradi.  O‘simliklar  ildizi  yetarli  darajada  havo  olishi  uchun  urug‘  yumshoq 
yerga ekiladi.  Hosil  yetilguncha  yer bir necha marta  yumshatiladi. G‘o‘zani,  sabzavot  va poliz 
ekinlarini chopiq qilishning boisi ham shunda. 
Qatqaloqda  va  tuproqda  havo  kam  bo‘ladi.  Shuning  uchun  barcha  daraxt  va  butalaming  tagini 
vaqti-vaqti  bilan  yumshatib  turish  tavsiya  etiladi.  Bahorgi  yomg‘irlardan  va  yer  sug‘orilgandan 
keyin  tuproq  zichlashib,  ildizning  nafas  olishi  qiyinlashadi  va  uchki  qismi  chirib  ketadi.  Havo 
yetishmasligi  tufayli  o‘simliklar  kasallanadi  va  hosili  kamayib  ketadi.  Shuning  uchun  tuproq 
unumdorligini oshirishda sug‘orish qoidalariga rioya qilish zarur. 
 
ILDIZNING TUPROQDAN SUV VA MINERAL MODDALARNI SHIMISHI 
 
O‘simliklar ildizining muhim vazifasi tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni 
shimib olib, yer usti qismiga uzatishdan iborat  
Quyida  suv  va  unda  erigan  oziq  moddalarni  ildizdan  barggacha  ko‘tarilishi  bilan  tanishamiz. 
Tuproqdagi  suv  va  unda  erigan  oziq  moddalar  dastlab  ildiz  tukchalariga,  so‘ngra  ular  bilan 
yonmayon joylashgan po‘stloq hujayralariga o‘tadi. Hujayradan hujayraga so‘rilgan suv va unda 
erigan  oziq  moddalar  ildizning  o‘tkazuvchi  qismiga  yetib  boradi  va  u  yerdan  o‘simlikning  yer 
usti qismiga ko‘tariladi. 
Boshqa  tirik  organizmlar  kabi,  o‘simliklar  ham  suv  bilan  tirik.  Ularda  boradigan  ko‘pgina 
biologik  jarayonlar  suv  tufayli  amalga  oshadi.  Eng  muhimi  suvda  o‘simliklar  uchun  zarur 
bo‘lgan  oziq  moddalar  erigan  xolda  bo‘ladi.  Suv  orqali  ular  hujayra,  to‘qimalarga  va 
o‘simliklarning  boshqa  organlariga  o‘tadi.  Suv  yetarli  bo‘lganda  o‘simliklar  hujayrasi  tarang 
holatda bo‘ladi. Aks holda, o‘simliklar so‘lib qoladi. So‘ligan o‘sirnliklarga suv quyilganda, ular 
qanday qilib tiklanishi sizga ma‘lum. 
Tuproqdagi suv ildiz tukchalariga, ulardan esa po‗stloq hujayralariga qanday o‘tadi? Bu savolga 
juda  ko‘p  misollar  bilan  javob  berish  mumkin.  Kuzatgan  bo‘lsangiz,  ayniqsa  bahorda 
o‘simliklarning  poyasi  yoki  shoxi  kesilsa,  ulardan  suv  tomchilari  sizib  chiqadi.  Siz  buni  shira 
harakati  boshlangan  vaqtda  kesilgan  tok,  terak,  tol  novdalarida  ko‘p  ko‘rgansiz.  Yoki  yantoq 
ildiz bo‘g‘zidan kesib tashlansa, undan suv tomchilari yumalab tushishining guvohi bo‘lasiz. Bu 
suyuqlik o‘z-o‘zidan chiqmay, balki ildiz bosimi kuchi ta‘sirida harakatga keladi. Bu kuch suvni 
va  unda  erigan  oziq  moddalarni  bir  hujayradan  ikkinchisiga  o‘tishida,  pastdan  yuqoriga 
ko‘tarilishiga  majbur  etadi.  Qish  kirishi  bilan  ko‘p  yillik  o‘simliklarning  ildiz  tukchalari  o‘z 
faoliyatini to‘xtatadi. Bahor kelib, kunlar isishi bilan ildiz tukchalari yana faollashadi. 
Yoz  oylarida  O‘zbekiston  sharoitida  yog‘ingarchilik  deyarli  bo‘lmay,  harorat  ko‘tarilib, 
o‘simliklarning  suvga  ehtiyoji  ortadi.  Shuning  uchun  deyarli  hamma  madaniy  o‘simliklar 
sug‘orib o‘stiriladi. 
Lekin ekinlarni sug‘orishda suvning ortiqcha isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Shunday qilib, o‘simliklar ildizining bosim kuchi ta‘sirida ildiz tukchalari orqali yerdan suv va 
unda erigan moddalarni tuproqdan shimib oladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
71 
 
7-Mavzu: O‘simliklarning ko‘payishi 
Ma‘ruza  mashgulоtining   ta‘lim  tехnоlоgiyasining  mоdеli 
O`quv vaqti: 80 minut 
Talaba soni – 25  talaba 
O`quv mashg`ulоtining tuzilishi 
Ma‘ruza rejasi 
1.O‘simliklarning vegitativ ko‘payishi 
2.Yuksak o‘simliklarning jinsiy ko‘payishi. 
3. gameta, zigota 
O`quv  mashg`ulоtining  maqsadi : 
O‘simliklarning jinssiz, jinsiy va vegetativ kupayishi. Vegetativ kupayishga 
moslashgan ahzolar: tuganaklar, piyozbosh, ildizpoya, qo‘shimcha kurtak va ildizlar. Yuksak o‘simliklarning jinsiy 
ko‘payishi.
 
Pеdagоgik vazifalar: 
Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga оid 
ilmiy atamalarni оchib bеrish, asоsiy masalalar 
bo`yicha tushunchalarni shakllantirish. 
O`quv faоliyatining  natijalari: 
1.
 
Talabalar gul qismlarining tuzilishi va vazifasi. 
  haqida tasavvurga ega bo`ladilar, asоsiy 
ma‘lumоtlarni kоspеktlashtiradilar.  
Ta‘lim usullari: 
BBB, ―Klastеr‖, ma‘ruza 
O`quv faоliyatini tashkil qilish shakli 
 Оmmaviy 
Ta‘lim vоsitalari 
Slaydlar, markеr, flipchart, jadval 
Qayta alоqa usullari va vоsitalari 
Savоl javоb 
O`quv  mashg`ulоtining   tехnоlоgik xaritasi 
Ishlash 
bоs-
qichlari, vaqti 
Faоliyat mazmuni 
 
O`qituvchining   
Talabaning 
1 bоsqich 
1.1 
O`quv 
хujjatlarini 
to`ldirish 
va 
talabalar 
davоmatini 
tеkshirish (5 min). 
1.2 
O`quv 
mashgulоtiga 
kirish (10min) 
1.1  Gul  va  to‘pgullar.  Gul  tuzilishi, 
gulqo‘rg‘onunung  turlari. Androtsey, ginetsey. 
Gullash, changlaniqh, qo‘sh urug‘lanish haqida 
ma‘lumоtlar  bеriladi.  O`quv  mashgulоtiga 
kirish  davоmida  dastlab  talabalarga  BBB 
jadvali  taklif etiladi  va  uning  Bilaman,  Bilishni 
хохlayman  grafalari  to`ldiriladi.  Jadvalning 
ikkita  grafasi  to`ldirilganidan  so`ng  ma‘ruza 
bоshlanadi.   
Tinglashadi. 
Aniqlashtiradilar, 
savоllar 
bеradilar 
Gul 
va 
to‘pgullar. 
Gul 
tuzilishi, 
gulqo‘rg‘onunung 
 
turlari. 
Androtsey, 
ginetsey. 
Gullash, 
changlaniqh,  qo‘sh  urug‘lanishni 
ifоdalоvchi  ma‘lumоtlarni  BBB 
jadvaliga tushiradilar 
2 bоsqich 
Asоsiy  50 min 
2.1.  Jadvalning  ikkita  grafasi  to`ldirilganidan 
so`ng ma‘ruza bоshlanadi.  
2.2  O‘simliklarni  vegitativ  ko‘payish,Gul  
tuzilishi, gulqo‘rg‘onunung  turlari .  
2.4. Mazkur masala bo`yicha klastеr tuziladi va 
хar bir tarmоq haqida ma‘lumоt bеrib bоriladi. 
Kоnspеkt  yozishadi,  tinglashadi, 
Gul  tuzilishi,  gulqo‘rg‘onunung  
turlari, 
vegitativ 
ko‘payish 
vegitativ ko‘payish rejasi bo`yicha 
dоskada  klastеr  tuzishadi.  Mavzu 
bo`yicha savоllar bеradilar. 
3 bоsqich. 
YAkuniy natijalar 
15 min.  
3.1  Mavzu  bo`yicha  хulоsa  qilish.    tarmоqlari 
yuzasidan  umumlashtiruvchi  fikr  vegitativ 
ko‘payish  ,Gul  va  to‘pgullar.  Gul  tuzilishi, 
gulqo‘rg‘onunung  turlari. Androtsey, ginetsey. 
Gullash, changlaniqh, qo‘sh urug‘lanish haqida 
ma‘lumоtlar bildiriladi.  
3.2  Talabalarga  BBB  jadvalini  bilib  оldim 
grafasini  to`ldirish  taklif  etiladi,  va  O`quv 
rmashg`ulоtning  maqsadiga  yerishish  darajasi 
taхlil silinadi 
3.3  Mavzu  yuzasidan  O`quv  rvazifasi  bеriladi. 
Laboratoriya mashgulоtga tayyorlanish  
O`rganilgan mavzu bo`yicha оlgan 
ma‘lumоtlarni 
BBB 
jadvalini 
yakuniy grafasiga tushiradilar. 
 
Genyerativ organlarning vazifasi o‘simliklarni jinsiy ko‘payishiga xizmat qilishdir. Evolyutsiyaning 
daqtlabki  bossichlarida  genyerativ  organlar  vazifasini  bir  xujayrali  gameta  bajargan  bo‘lsa  yuksak 
o‘simliklargacha ma‘lum evalyutsion bossich bosib o‘tilgan. Kanyugatlar, diatom suv o‘tlari, bazidiyaali 
zamburug‘`larda jinsiy  ko‘payish  organi  yo‘q.  Saprolegniya  zamburug‘`ida  oogoniy  va  antyeridiy  hosil 

 
72 
 
bo‘lgan  bo‘lsa,  xaltachali  zamburug‘`lar,  lishayniklarda  arxegoniy  hosil  bo‘ladi.  Moxsimonlarda, 
paporotniklarda jinsiy ko‘payishga xizmat qiluvchi arxegoniy va antyeridiy hosil bo‘lgan. 
Gul yuksak o‘simliklar uchun xos bo‘lib evalyutsion tarassiyotning sungi bossichida vujudga kelgan. 
Gul  -  shakli  o‘zgargan,  o‘sishi  chegaralangan  spora  hosil  qilishga  xizmat  qiladigan  organ  hisoblanadi. 
Gulning  tarassiyoti  natijasida  changlaniqh  jarayonidan  keyin  otalaniqh  natijasida  tuxum  xujayrasi 
rivojlanib urug‘` va meva hosil bo‘ladi.  
2. Gul kelib chiqishiga ko‘ra o‘zgargan novda bo‘lganidan barg va poya kelib chiqish xususiyatiga 
egadir.  Poya  qismiga  gul  bandi  va  gul  o‘rni  kirsa  barg  kelib  chiqishiga  ega  bo‘lgan  qismlariga 
gulkosabarg gultojibarg, urug‘`chi va changchilar kiradi.  
Yuqoridagi qismlar o‘ziga xos vazifani bajarish xususiyatiga ega. Gul bandi poyaning davomi bo‘lib, 
ayrim o‘simliklarda o‘z rivojlanishini tezda to‘xtatsa (olma, o‘rik, shaftoli) ko‘pchilik o‘simliklarda meva 
pishgungacha o‘sishni davom etiradi.  
Gul  o‘rnida  barcha  gul  qismlari  joylashgan  bo‘ladi.  Ulvarning  joylanishiga  harab  gullarni  uch 
guruhga bo‘lish mumkin. 
1.
 
Siklik gullar (sabzida)  
2.
 
Atsiklik gullar (magnoliya)  
3.
 
Gemitsiklik gullar (ayik-tovonda) 
Siklik  gullarda  gul  qismlari  doira  hosil  qilib  joylashadi.  Doiralar  soni  ayrim  gullarda  1  ta  bo‘lsa 
ayrimlarida 16 tagacha bo‘ladi. bunday gullar sabzi gulini tuzilishida yaxshi ifodalangan. 
Atsiklik gullarda gulkosa va gultojibarglar spyeral hosil qilib joylashadi. Masalan: Magnoliyada. 
Gemitsilik  gullarda  gulkosa  va  gultojibarglar  doira  hosil  qilib  joylashsa,  changchi  va  urug‘`chilar 
spyeral  hosil  qiladi.  Masalan:  ayistovon  gulida.  Gul  o‘rnida  gul  qismlarning  joylanishi  ma‘lum 
sonuniyatga  amal  qiladi.  Gulkosa  va  gultojibarglar  gulni  muhafoza  qilishga  xizmat  silsa,  changchilar 
yigindisi androtseyni, urug‘`chilar yigindisi ginetseyni hosil qiladi. 
Gulkosa va gutojibarglar gul savatlarini tashkil qiladi. gulda ham gulkosa, ham  gultoji bargi bo‘lsa 
ikki savatli, gulda yoki gulkosacha yoki gultoji barg bo‘lsa bir savatli gullar deyilaдi. 
Bir savatli gullar ayrimlari gulkosabargli (lavlagi, shavel) va gultojibargli (lola) bo‘ladi. 
Gultojibarglar  -  gulning  ikkinchi  soplamini  hosil  qiladi.  Ularning  rangi  xromoplastalar  va  xujayra 
shirasi pigmentlarga bog`liq dir. Хujayra shirasi tarikibidagi axtotsian va antoxlor pigmentlari kislotali va 
ishsoriy  muhitga  bog`liq    holda  o‘z  rangini  nomoyon  qiladi.  Gul  tekisligi  tuzilishiga  harab  gullarni  3 
guruhga ajratish mumkin. 
1. Aktinomorf gullar. 2.Zigomorf gullar 3. Asimmetrik gullar. 
Aktinomorf  gullarda  (to‘g`ri)  uning  yuzasidan  bir  necha  simmetirya  o‘tkazish  mumkin.  Zigomorf 
gullar yuzasidan fasat bitta simmetiriya o‘tkazish mumkin.  
Masalan:  Labguldoshlar,  dukkakguldoshlar  shunday  gul  hosil  qiladi.  Asimmetrik  gullar  yuzasidan 
birorta ham simmetriya o‘tkazish mumkin emas. (Kanna, valyeriana gullari). 
Changchilar yig`indisi andratsey deyiladi. Ular mikroskpora hosil qilishga xizmat qiladi.  
Changchilarga  ta‘rif  byerishda  ularning  soniga,  joylanish  doirasiga  tutashganligiga  va  uzunligiga 
e‘tibor byerish kyerak. 
3. Changchi quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi. 1. Changdon. 2. Chang ipi. 3. Bog`lagich. 
Changdonning shakli sharsimon, lentasimon, yoysimon ko‘rinishida bo‘lib, ko‘pchiligida 6 burchakli 
-  paralelopiped  shaklida  bo‘ladi.  Changdon  devorning  tuzilishi  yaxshi  o‘rganilgan  bo‘lib  ular 
quyidagilardan iborat 
1. Epidyerma. 2. Sub epidyerma. 3. O‘rta savat. 4. Тapetum. 
Sub epidyerma savati changdon yetilgandan keyin fibroz savatini hosil qiladi. Fibroz savatini doimiy 
o‘lib borishi changdonni ochilishiga olib keladi. Changdonlarda yetilgan chang gulning ichiga (introz) va 
uning sirtiga (ekstroz) tushishi mumkin. 
Chang  ipining  tuzilishi,  miqdori  va  uzun  qisqaligi  muhim  sistematik  belgi  hisoblanadi. Ko‘pchilik 
o‘simliklarda  chang  ipi  oddiy  shoxlanmagan  bo‘ladi.  Piyoz,  kanakunjit,  kayin  o‘simligida  changchi  ipi 
shoxlangan bo‘ladi.  
Urug‘`chi va uning tuzilishi. Urug‘`chilar yigindisi ginitsey deyiladi. Ular 1 ta yoki bir necha meva 
bargchaning  qo‘shilishidan  hosil  bo‘ladi.  Masalan:  olxo‘ri,  shaftolida  1  ta,  karamda  2  ta,  shoyigul, 
piyozda 3 ta, olma, nokda 5 ta, lolaqizg`aldosda 9 - 11 ta meva bargchaning qo‘shilishdan hosil bo‘ladi.  
Urug‘`chi quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi.  
1. tumshischa. 2. Ustuncha. 3. Тuguncha. 

 
73 
 
Тumshischaning  vazifasi  changni  qabul  qilishga  xizmat  qilishdir.  Buning  uchun  unda  ishlab 
chisilgan  suyuqlik  yordam  byeradi.Ustuncha  tuguncha  va  tumshuqchani  bir  biriga  bog`lab  turadi. 
Ustunchalar  soni  meva  bargchalar  miqdoriga  bog`liq  .  Masalan:  olma,  nok  5  ta  meva  bargcha  va  5  ta 
ustuncha hosil qilsa, chinigulda 3 ta, labiguldoshlar va butguldoshlarda bitta ustuncha hosil qiladi. Uning 
rivojlanishidan urug‘` hosil bo‘ladi. 
Тuguncha gul qismlarining joylashgan o‘rniga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. 
1. Ostki tuguncha. 2. Ustki tuguncha. 3. O‘rta tuguncha. 
Gul  tuzilishida  changchi  va  urug‘`chini  gulda  joylanishiga  qarab,  gullar  bir  jinsli  va  ikki  jinsli 
gullarga  bo‘linadi.  Тabiatdagi  yopiq  urug‘`li  o‘simliklarning  75  %  ikki  jinsli  gul  hosil  qilsa,  25  %  bir 
jinsli gul hosil qiladi. 
Bir jinsli gullar changchi va urug‘`chining satnashishiga qarab otalik va onalik gullariga bo‘linadi. 
4.  Тo‘pgullar.  Bir  necha  gulning  birgalashib  joylashishi  to‘pgul  deyiladi..  Тo‘pgullarni  shoxlanish 
usuliga qarab 2 guruhga ajratamiz. 1. Monopodial shoxlanuvchi to‘pgullar. 2. Simpodial shoxlanuvchi 
to‘pgullar. Monopodial shoxlanuvchi to‘pgullarda o‘sish nustasi cheksiz o‘sish xususiyatiga ega bo‘lib, 
yon shoxlarining soni noaniq bo‘ladi. Bunday to‘pgullarda gulning asosiy o‘q qismi  yaxshi ifodalangan 
bo‘lib, gullar gulning asosidan uchiga doimiy ravishda ochilib boradi. 
Simpodial shoxlanuvchi gullarning o‘sishi chegaralangan bo‘lib, hatto har bir tur va oilaga kiruvchi, 
o‘simlikda farq  qiladi.  Bunday  to‘pgullarda  guli  uchidan  asosiga  qarab  ochiladi.  Manopadial  to‘pgullar 
o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Oddiy monopodial to‘pgullar. 2. Murakkab monopodial 
to‘pgullar. 
1.  Ko‘payish  barcha  tirik  organizmlarning  asosiy  xususiyatlaridan  biri  hisoblanib,  uning 
mohiyati  o‘ziga  o‘xshash  nasl  qoldirish  xususiyatidir.  Natijada  har  bir  turning  saqlanishiga, 
tiklanishiga va ko‘payishiga sabab bo‘ladi.  Тurlarni ko‘payishi hayotida ba‘zi o‘simliklarda bir 
marta ayrimlarida bir necha marta bo‘lishi mumkin. 
Ayrim  bir  xujayrali  o‘simlilkar  bir  yilda  bir  necha  marta  ko‘paysa,  ayrimlari  ikki  yilda, 
ayrim ko‘p yillik o‘simliklar - bambuk, agovalar hayotida bir marta ko‘payadi. O‘simliklarning 
ko‘payishini quyidagi turlari mavjud. 
1. Jinsiz ko‘payish. 2. Jinsiy ko‘payish. 3. Vegetativ ko‘payish. 
2.  Vegetativ  ko‘payish.  Vegetativ  ko‘payishda  yangi  organizm  vegetativ  organlarning  va 
vegetativ xujayraning hisobiga hosil bo‘ladi. Vegetativ ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, 
bir  xujayrali  organizmlarda  xujayraning  teng  ikkiga  bo‘linishi,  ko‘p  xujayrali  suv  o‘tlarida 
tollomini bo‘linishdan, zamburug`larda mitseylining bo‘linishdan hosil bo‘ladi.  
Ko‘p yillik gulli o‘simliklarda vegetativ ko‘payish kurtakdan, ildizdan, poyadan, bargdan va 
ularning  metamorfozidan  vujudga  keladi.  Тabiatda  gulli  o‘simliklar:  itburun,  pechak  kabi 
o‘simliklar  ildizlar  vositasida,  lola,  liliya,  chesnok,  piyoz  kabilar  piyozboshlar  vositasida 
qulupnay,  ayiqtovon,  g`ozpanja  kabi  o‘simlilklar  poyalari,  kartoshka  tuganaklari  vositasida 
ko‘payadi. 
Vegetativ  usulda ko‘payuvchi  o‘simlilkarning  ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligi  ekinlari orasida 
begona o‘t hisoblanadi. 
Payvadlash mevali o‘simlilkarni yaxshi navlik xususiyatini saqlab turuvchi asosiy vegetativ 
ko‘paytirish  usulidir.  Masalan:  Olma,  nok,  shafttoli,  gilos  kabi  o‘simliklar  payvandlash  yo‘li 
bilan ko‘payadi.  
O‘simliklarning yovvoyi turlariga madaniy navlarni payvandlash asosida ularnig sovuqqa va 
kasallikka chidamliligi ortiriladi. Payvandlash 2 turga bo‘linadi: 1. Kurtak payvand. 2. qalamcha 
payvand.  Kurtak  payvandda  payvandtak  Т  shaklida  kesilib  unga  kurtak  o‘tkaziladi.  qalamcha 
payvandning  100  dan  ortiq  tur  mavjud  bo‘lib,  qalamcha  3-4  ta  kurtakka  ega  bo‘lishi  kerak. 
Payvandlashda bir turdagi o‘simliklar tezda tutib ketadi. Masalan: Sibir olmasini, o‘rmon olmasi 
bilan payvandlash. 
Har xil oilaga kiruvchi o‘simliklarni payvandlashda ham yaxshi natijalar olingan. Masalan: 
michurin  limon  va  nokni  payvandlab  uni  doimiy  yashil  rangda  bo‘lishiga  olib  keladi.  N.  V. 
Sitsin  akatsiyaning  ildiziga  no‘xotni  payvand  qilgan.  Respublikamizda  yantoq  ildiziga  tarvuz 
urug`ini ekib undan hosil olish mumkin. 

 
74 
 
Masalan: Michurin Mentor usulidan foydlaanib olmaning gibrid navlarini yaratdi: Belfler - 
kitayka,  kandil  -  kitayka,  antonovka  navlari  va  boshqalar.  Payvantlanadigan  o‘simlik 
payvandtag,  ko‘rtagi  foydalaniladigan  o‘simlik  payvand  dust  deb  nomlaandi.  Payvandlashdagi 
asosiy xusuisyat payvandtag va payvanddustning kambiysini bir biriga mos joylashtirishdir. 
3. Jinsiy ko‘payish. Jinsiy ko‘payishning mohiyati shundan iboratki, bunda yangi organizm 
fizioloigk  har xil bo‘lgan ikkita gometaning  qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi.  Gometalarning 
qo‘shilishidan zigota hosil bo‘ladi. 
Jinsiy  ko‘payish  tuban  va  yuksak  o‘simliklar  uchun  xos  bo‘lib,  gametalar  suv  o‘tlarida 
harakatchanligi  bilan  xarakterlanadi.  Gametalar  shakli  va  harakatiga  qarab  quyidagi  turlarga 
ajratiladi. 
1. Izogamiya. 2. Geterogamiya 3. Oogamiya. 
Jinsiy  ko‘payishning  izogamiya  yo‘li  bilan  ko‘payishida  bir  xil  kattalikdagi  va  bir  xil 
harakatdagi  gametalarni  qo‘shilishi  natijasida  zugota  hosil  bo‘ladi.  Masalan:  suv  o‘tlaridan 
ulotriksda va zamburug`larda.  
Ayrim  suv  o‘tlarida  otalik  va  onalik  gametalari  shakli  jihatidan  bir  biridan  farq  qiladi. 
Masalan:  xlomidomonada  o‘simligining  onalik  gametasi  shakl  jihatidan  otalik  gametasiga 
nisbatan yirik bo‘lib kam harakat qiladi. Bunday usulda ko‘payish geterogamiya deyiladi.  
Oogamiya  yo‘li  bilan  ko‘payish  tuxum  xujayrasini  spermatozid  bilan  qo‘shilishi  asosida 
ro‘y beradi. Тuxum xujayrasi hosil bo‘ladigan xujayra, oogoniy, spermatozoid hosil bo‘ladigan 
xujayra  anteridiy  deyiladi.  Oogamiya  yo‘li  bilan  ko‘payish  dastlab  yashil  suv  o‘tlarida  keyin 
qo‘ng`ir suv o‘tlarida hosil bo‘lgan. Maxsimonlar, poporotniklar oogomiya yo‘li bilan ko‘payadi. 
Jinsiy  va  jinsiz  yo‘l  bilan  ko‘payish  bir  biri  bilan  uzviy  bog`liq  bo‘lib,  jinsiz  ko‘payishda 
turlar soni ortsa, jinsiy yo‘l bilan ko‘payganda turning sifati yaxshilanib boradi. 
Ko‘pchilik  o‘simliklarda  jinsiy  va  jinssiz  usulda  ko‘payish  doimiy  ravishda  almashinib 
boradi. 
4.  Jinssiz  ko‘payish.  Jinssiz  yo‘l  bilan  ko‘payish  sporalar  va  zoosporalar  hosil  qilish  yo‘li 
bilan  amalga  oshadi.  Ular  murtakni  o‘zida  saqlagan  bo‘lib,  turlicha  kelib  chiqadi.  Sporalar 
quruqlikda  o‘suvchi  o‘simliklarga  xos  bo‘lib,  sporangiyda  hosil  bo‘ladi.  Zoosporalar  - 
zoosporangiyda  hosil  bo‘lib,  unda  harakatni  ta‘minlaydigan  xivchini  mavjudligi  bilan 
sporalardan farq qiladi. Ular zamburug`lar suv o‘tlari uchun xosdir. Spora mug`or zamburug`ida 
sporongiyda hosil bo‘lsa, pensilium zamburug`ida konidiya bandida hosil bo‘ladi. 
Sporani  sitoplazmasi  zapas  oziq  moddalarga  boy  bo‘lib,  spora  po‘sti  qalin  kutin  moddasi 
bilan to‘yingan bo‘ladi. Spora va zoosporalar qulay sharoitga tushganda jinsiy jarayonsiz yangi 
organizm hosil bo‘ladi. 
Jinsiz ko‘payishning xarakterli xususiyati, bir organizmda minglab spora hosil bo‘lib ularni 
turini oshishiga olib keladi. 
Download 5.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling