O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
Ijobiy tomonlari
Salbiy tomonlari qat’iy tashkiliy tizilmaga ega ekanligi; bir o’qituvchi bir vaqtni o’zida ko’p sonli ta’lim oluvchilar bilan faoliyat olib borganligi sababli iqtisodiy ko’rsatkichlarning nisbatan yuqoriligi; o’qituvchi va ta’lim oluvchini o’zaro hamkorlik faoliyatini amalga oshirishga qulay sharoit yaratilganligi. darsni sinfdagi o’rtacha ta’lim oluvchilarga mo’ljal- langanligi; har bir ta’lim oluvchi bilan individual shug’ullanish imkoniyatining yo’qligi. Har bir dars o’quv jarayonining bir qismi hamda bilim, ko’nikma va malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichi hisoblanadi. Dars muvaffaqiyatli o’tishi uchun uni tashkil etish bo’yicha o’qituvchi faoliyatining maqsadini aniqlash lozim. Har qanday darsning uchta maqsadlari mavjud ( 4.2 - rasm). 4.2-rasm. Darsning maqsadlari. Darsning ta’limiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: yangi tushunchalarni shakllantirish; yangi qonun, qonuniyat, xususiyat va belgilarni uzlashtirishni ta’minlash; yangi harakat usullarini o’rgatish; bilimlardagi etishmovchiliklarni bartaraf etish; bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish; malakalarni shakllantirish; ma’lum harakat usullarini mustahkamlash; tushunchalar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash bo’yicha talabalarda biror narsa to’g’risida tushunchalarni shakllantirish; dunyoqarash g’oyalari va muammolarini aniqlash; talabalarda u yoki bu harakatni, voqealarni baholash bo’yicha bilimlarni shakllantirish; xulosa chiqarishga tayyorlash, o’zlashtirishga erishish. Darsning tarbiyaviy maqsadlari talabalarda quyidagi muayyan shaxs sifatlari va xarakterini tarkib toptirishdan iborat: dunyoqarashni va kasbga qiziqishni; o’z-o’zini tekshirish va o’zaro yordamni; voqeliklar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash va tahlil qilish ko’nikmalarini; bir sohadan ikkinchi sohaga bilimlarni ko’chirish ko’nikmalarini; fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish ko’nikmalarini; nutq madaniyatini; vatanparvarlikni; mehnatga ongli munosabatni; ongli intizom va yaxshi xulqni; ta’lim olishga ijobiy munosabatni; estetik qarashlarni; ish o’rnini tashkil etish va o’z faoliyatini tekshirishni; e’tiqodni. Rivojlantirish maqsadi — dars jarayonida talabalarning psixologik sifatlarini diqqat, xotira, texnik taf fakkur va bilish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Psixologik adabiyotlarni tahlil qilish talaba larda tafakkurni, politexnik, mehnat, bilish (anglash) va aqliy ko’nikmalarni, iroda va mustaqillikni rivojlantirish, ularni kelgusi darslarga tayyorlash za rurligini ko’rsatadi. Agar bilimlarni shakllantirish va maqsadli tarbiyalash talabalarning bilish qobiliyatini takomillashtirsa, buni rivojlantiruvchi ta’lim deb tan olinadi. Didaktik maqsadlar bo’yicha darsning quyidagi turlari mavjud: Yangi materialni bayon etish darsi. Yangi materialni bayon etish darslari suhbat o‘tkazish, hikoya qilish, tushuntirish, turli ko‘rgazmali vositalardan foydalangan holda muammoli vaziyatlar yuzaga keltirish usullari bilan o‘tkaziladi. Bunday darsning asosiy maqsadi dastur materialini tushunarli ravishda bayon qilishdir. O‘qituvchi darsning ayrim mavzularini tushuntirish jarayonida ta’lim oluvchilar yangi materialni qanday qabul qilayotganini tekshirib (ta’lim oluvchilarga birma-bir qisqa savol berish yo‘li bilan), ta’lim oluvchilarni darsda faol ishtirok etishga jalb qiladi. Bu darslar, odatda, mavzuni bayon etish va darsdan ko‘zlangan maqsadni ochib berishni, yangi materialni navbati bilan bayon etish yoki ta’lim oluvchilarning o‘quv adabiyoti, texnika adabiyoti (jurnallar, byulletenlar, albomlar, chizmalar, sxemalar, texnologik jarayon kartalari va shu kabilar) yoki ma’lumotnoma adabiyot bilan mustaqil ishlashini tashkil etishni, ta’lim oluvchilarning savollariga javob qaytarishni, ta’lim oluvchilarning yangi materialni o‘zlashtirish sifatini tekshirishni, qo‘shimcha tushuntirishlarni, uyga vazifalar berishni o‘z ichiga oladi. Bunday darslar, odatda, o‘rganiladigan material tavsifiy xarakterda va o‘zlashtirish uchun engil bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling