O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
tushuntirish;
topshiriqni aniqlashi texnika vositalarini boshqarish, tajribalarni amalda ko’rsatish, talabalarning ob’ekt va jarayonning mustaqil kuzatishlari; maqsadni tushuntirish, kuzatish ob’ektlarini aniqlash; talabalarning kuzatishlariga rahbarlik qilish, yakun yasash. tajriba va amaliy mashg’ulotlar; maqsadni tushuntirish, talabalar ishini, tartibini va mazmunini aniqlash hamda rahbarlik qilish; yakun yasash; Mashqlar: maqsadni tushuntirish; talabalarning ishini tartibini va muzmunini tushuntirish; yakun yasash. talabalarning ijodiy ishlari; maqsadni tushuntirish, muammo qo’yish; talabalar ishiga rahbarlik qilish va yakun yasash. 5.2. Og’zaki metodlar. Agar talabalar asosiy o’quv axborotini o’qituvchining o’quv mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik mavzulari asosida olsalar, bunday metodlar og’zaki metodlar jumlasiga kiradi (tushuntirish, hikoya, suhbat va h.k.). Og’zaki metodlarga o’quv materialining o’qituvchi tomonidan og’zaki bayon qilinishiga, hikoya, tushuntirish, suhbat ta’lim oluvchilarning texnik adabiyoti bilan mustaqil ishlashi yozma instruktsiya berish, ovoz yozuvchi televidenie kabilar kiradi. Talabalarga o’quv materialini bildirishning asosiy metodlaridan biri so’zlab berish, tushuntirish, ma’ruzani o’z ichiga oladigan og’zaki bayon etishdir. Bularning hammasida ta’lim berishning faqat bir vositasidan - o’qituvchi so’zidan foydalaniladi. So’zlab berish o’quv materialini hikoya tarzida bayon etishni ko’zda tutadi. Bu metod o’quv materiali, asosan, tavsifiy xarakterda bo’lib, mantiqiy izchilligi bilan farq qiladigan hollarda qo’llaniladi. So’zlab berish yordamida, odatda, kirish mavzulari, mashina va mexanizmlarning umumiy tuzilishi, materiallarning xossalari va ishlatilishi, ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi masalalari va shu kabilar bayon etiladi. Tushuntirish o’quv materialini og’zaki bayon etishni ko’zda tutadi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduktsiya, induktsiya, asoslash, qonuniyatlar chiqarish, masalalar echish va shu kabilardan foydalanadi. Tushuntirish, asosan, xususiy va konkret ma’lumotlarni bildirishda qo’llaniladi. O’qituvchilarning ish tajribasidan so’zlab berish va tushuntirish sof holda kamdan- kam uchraydi, ular ko’pincha so’zlab berish-tushuntirishdan iborat bo’lgan kompleks metod tarzida qo’llaniladi. Ma’ruza, so’zlab berish va tushuntirishdan farqli o’laroq, ancha aniq tuzilgan bo’ladi. Ma’ruzalar, odatda, o’quv dasturining yirik, muhim masalalari yuzasidan o’qiladi. Ma’ruzada o’quv materiali yaxlit va izchillik bilan bayon etiladi, o’zaro bog’langan tushunchalar, qonuniyatlar tizimi ochib beriladi, kursning turli mavzulari orasida ichki bog’lanishlar o’rnatiladi. Kirish ma’ruzalari, sharh ma’ruzalar, rukn ma’ruzalar va xotima ma’ruzalar bo’ladi. Ma’ruza so’zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi (u, odatda, butun darsga mo’ljallanadi) va talabalarning yozib borishini (konspekt tuzishini) ko’zda tutadi. Ma’ruzani eshitish so’zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki ko’proq diqqat-e’tiborni talab etadi. Ma’ruzalar, odatda, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonida qo’llaniladi. Og’zaki metodlarni qo’llash jarayonida ko’rgazmali qurollardan ham foydalanish mumkin. Ammo ular yordamchi rol o’ynaydilar. Og’zaki metodlardan foydalanishning muvaffaqiyat ko’rsatkichlari - talabalarning yangi bilimlarni eslab qolishlari va takror aytib bera olishlaridir. Og’zaki metodlarda talabalar o’qituvchi mulohazalari jarayonini takrorlaydilar, unga taqlid qiladilar. Talaba o’qituvchining tushuntira olish mantiqiga qanchalik yaqinlashsa, materialni shunchalik muvaffaqiyatliroq o’zlashtiradi. Og’zaki metodlardan yangi materialni o’rganish paytida foydalaniladi va bu o’rganish fanlarni egallashning boshqa usullari bilan qo’shib olib borilsagina ular ta’limda yaxshi samara beradi. 5.3. Ko’rgazmali metodlar Ko’rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko’p darajada bog’liq bo’lgan o’quv materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi. Ta’limning ko’rgazmali vositalari bilimlarni o’rganish va o’zlashtirish xarakterini belgilaydi. Masalan, tikuv mashinasi detallarining namunalari ko’rsatilganda, mexanizmlarning ishlashini virtual model orqali yoki tikuv mashinasida bajariladigan texnologik jarayonnming videotasviri namoyish qilinishi orqali tushuntirish mumkin, Ta’limning bunday usullaridan foydalanilganda talabalarning bilish faoliyati ko’rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy obrazlarga, tasavvurlarga bog’liq bo’ladi. Ko’rgazmali qurollar bilimlarni bir tizimga solish va boyitishda, shuningdek, talabalarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishda yordam beradi. Ta’limning ko’rgazmali usullari talabalarning bilish faoliyatida obrazli va mantiqiy, konkret va abstrakt, hissiy va aqliy jihatlarning nisbatini chuqur tushunishni talab etadi. Ko’rgazmali vositalarni namoyish qilish (ko’rsatish) yordamida talabalarda mashina va mexanizmlar tuzilishini, texnologik jarayonlarni, mehnat harakatlarini muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular unga taqlid qiladilar va o’z harakatlarini qiyoslaydilar. Mazkur metodning qo’llanilishi maxsus fanlarni o’qitishda ko’rgazmalik tamoyilining yaqqol namunasi bo’lib hisoblanadi. Maxsus fanlar darslarida ko’rsatmali qurollarning turli xil va shakllaridan foydalanish o’qituvchining tushuntirishlarini yaxshi idrok qilish hamda o’zlashtirishlarga, malakalarning mustahkam shakllanishiga yordam beradi. Slaydlar, rlakatlar, sxemalar, modellar, maketlarni namoyish qilish bilan bir qatorda harakatdagi ish quroli, asboblar, moslamalar xom-ashyolar, buyumlarning haqiqiy namunalari va hokazolarni ko’rsatish ham katta ahamiyatga ega. 5.4. Amaliy metodlar Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba-sinov ishlari asosida o’quv materialini egallash shakllari ta’limning amaliy metodlari jumlasiga kiradi. Ana shu metodlar yordamida amaliy ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Bunday ko’nikmani shakllantirish jarayoni o’quv faoliyatida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ko’nikmalarni egallashning muvaffaqiyati uni shakllantirish sharoitiga bog’liq. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling