O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
Boshlang’ich baholash – ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchilarning dastlabki
bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash uchun o’tkaziladi. Joriy (shakllantiruvchi) baholash - ta’lim jarayonida muntazam ravishda o’tkazib boriladi. Yakukiy (umumlashtiruvchi) baholash – ta’lim oluvchining ta’lim jarayoniniig ma’lum davridagi o’zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi. noxushlik his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak; baholovchi va ta’lim oluvchi baholash nima berishi, u qachon, kim tomonidan va qanday o’tkazilishini bilishlari muhim ahamiyatga ega; qo’yilgan baho o’quv natijasi tushunish va uni mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir; ta’lim oluvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim; rejalashtirilmagan baholashni o’gkazish maqsadga muvofiq emas. 9.3. Baholashning asosiy tamoyillari. Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik talablarga javob berishi kerak. Tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo’lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o’qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta’lim oluvchi uiing qaysi bilimlari, ko’nikma va malakalari baholanayotganini bilishi kerak. Ta’lim beruvchining savollariga va vazifalariga javob berishga tayyorlik holati bilimlarni tekshirish va baholash o’quv jarayonining muhim bir bo’lagiga, uning tarkibiy qis- miga aylangan taqdirdagina ro’y beradi. Ta’lim oluvchining bilimlari, ko’nikma va malakalari davlat o’quv rejalarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi. Ta’lim oluvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini tekshirish shakllari turlichadir. Ba’zan ta’lim beruvchi bilimlarni tekshirishning uzoq vaqt mobaynida bir xildagi usullarini qo’llaydi. Unda so’rash, savol berish, bahoni izohlash sohasida muayyan odat paydo bo’ladi. Ta’lim oluvchilar bunday tekshirishga moslashib ketadilar, o’qituvchining qay tarzda so’rashi ularga oldindan ma’lum bo’ladi. Ular faqat ta’lim beruvchi uchun, uni qanoatlantirish uchun javob bera boshlaydilar. Quyidagi beshta asosiy tamoyil baholash tizimi samaradordigining poydevori hisoblanadi: o’quv maqsadlariga asoslanganlik; haqiqiylik; haqqoniylik; ishonchlilik; qulaylik. O’quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyili o’quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o’quv maqsadlariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. O’quv maqsadlari baholash mazmunini aniqlab beradi. O’quv maqsadlarining qo’yilish darajasiga qarab, baholashning shakl va usullari tanlanadi. Shuningdek, o’quv maqsadlariga erishish uchun bajarilgan faoliyat natijasi baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Har qanday baholash tizimini loyihalashtirishda, baholash topshiriqlarining berilgan ta’lim mazmuni doirasida bo’lishi talab etiladi. Baholashni loyihalashtirishda, har doim quyidagi ikkita savolni e’tibordan qochirmaslik lozim: 1) Baholash topshiriqlari ta’lim jarayonidan ko’zlangan o’quv maqsadlarini to’la aks ettiradimi? 2) O’quv maqsadining darajasi uchun baholash shakli, usuli va mezoni to’g’ri tanlandimi? Masalan, yo’l harakati qoidalari bo’yicha olgan bilimlarni baholashda yozma test olish usuli mos kelishi mumkin. Lekin undan mashinani boshqarish malakalarini baholashda foydalanib bo’lmaydi. Bu malakalar og’zaki yoki yozma emas, balki amaliy faoliyatga asoslangan baholash usuli yordamida baholanishi maqsadga muvofiqdir. Haqiqiylik. O’quv maqsadida ko’zda tutilgan natijanigina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo’lishi lozim. Ta’lim oluvchi erishgan natijalar to’g’risida asoslangan va ishonchli axborot berish kerak. O’lchanishi talab etiladigan narsalargina o’lchanishi kerak. Ta’lim oluvchi tomonidan egallagan bilim, malaka va ko’nikmalar hamda shaxsiy fazilatlarni o’lchash imkonini beradigan metodlardan foydalanish zarur. Haqqoniylik (ob’ektivlilik). Bir xildagi ta’lim oluvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bo’yicha har xil ta’lim beruvchilar tomonidan bir xil baho berilgan hollardagina bunday topshiriq va test haqqoniy hisoblanadi. Bu haqqoniylik har xil vaqtlarda berilgan baholar uchun ham taalluqlidir. Ushbu mezonlar ko’pincha markazlashgan holatda, o’tkaziladigan yalpi «rasmiy testlar» paytida amalga oshiriladi, xolos. Ta’lim beruvchi tomonidan tuzilgan testlar esa odatda mazkur talablarni bajarmaydi. Baholash tizimi o’quv maqsadlariga mos bo’lishi, shuningdek, baholash shart- sharoitlari va maqsadlari bilan talabalar oldindan tanishgan bo’lishlari lozim. Ta’lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi va hajmdagi topshiriqlar berilishi kerak. Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobayiida har xil usullardan foydalanish mumkin. Lekin, bu usullarni tanlashga qo’yiladigan asosiy shart ishonchlilik hisoblanadi. Uslub ishonchli bo’lishi uchun baholash asosli va aniq ma’lumotlarga asoslangan bo’lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning o’rganish maqsadlarini nazorat qilishga yo’naltirilganligi qanchalik ishonchli ekanliligi nazarda tutiladi. Baholash ishonchli bo’lishi uchui ta’lim oluvchilarda bir-biriga o’xshash, ammo har xil sharoitlarda baholash o’tkazilganda, natijalari bir xil bo’lishi kerak. Baholash metodining ishonchliligi turli metodlarning iatijalari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Baholash tizimi ishonchli bo’lishi uchun – turli ekspertlar yordamida turli vaqtlarda, baholash o’tkazilganda, uning natijalari bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak. Qulaylik. Baholash tizimi o’quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda o’quv va ishlab chiqarish standartlariga mos bo’lishi, murakkab bo’lmasligi, nazorat o’tkazuvchi va ta’lim oluvchi uchun qulay bo’lishi lozim. Baholashni o’tkazishda imkon qadar kompyuter te[nologiyalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Topshiriq yoki test paytida ball beriladigan bo’lsa, ball berish o’rganish maqsadlarini nazorat qilishga moslashtirilgan bo’lishi lozim. Bunda mavzuning muhimroq bo’lgan qismlariga unchalik muhim bo’lmagan qismlariga nisbatan ko’proq ball berish kerak bo’ladi. Baholash jarayonida uchraydigan ba’zi xatoliklar. Ta’lim beruvchining shaxsiy qarashlari bilan bog’liq ravishda baholashda bir qator xatolar uchrab turadiki, ularni quyidagilar tashkil qiladi.. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling