O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
Xayrixohlik xatosi. Agar ta’lim beruvchi biror ta’lim oluvchiga nisbatan
hayrixohlik bilan qarasa, bu bahoning biroz yuqoriroq bo’lishiga olib kelishi mumkin. Yuqori talab qo’yish xatosi. Agar ta’lim beruvchi o’ziga nisbatan yuqori talablar qo’ysa va xuddi shunday yuqori darajadagi talablarni ta’lim oluvchilarga nisbatan qo’llasa, bunday hol bahoning biroz pastroq bo’lishiga olib kelishi mumkin. O’rtacha baho berish xatosi. Bu xato ta’lim oluvchilarning natijalari o’rtacha baholanishini bildiradi. Buning sabablari ta’lim beruvchining o’ta yaxshi yoki o’ta yomon baho berishdan qo’rqishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. O’z fikrini o’zgartirmaslik xatosi. Ta’lim beruvchi o’zining birinchi fikrini o’zgartirishni xohlamasligi tufayli u o’z nazoratining natijalarini o’zgarishsiz qoldiradi. Bir marta sodir bo’lgan voqea tufayli ta’lim beruvchida biror ta’lim oluvchi to’g’risida qolgan ijobiy yoki salbiy taassurot, keyinchalik bu ta’lim oluvchining shaxsiyatiga oid barcha boshqa xususiyatlariga e’tibor bermasligiga olib keladi. Yoqtirmaslik xatosi. Biror ta’lim oluvchini yoqtirmaslik yoki unga nisbatan salbiy fikrda bo’lishi tufayli ta’lim beruvchi ta’lim oluvchiga yomon baho qo’yadi. Bu xato “Hayrixohlik xatosi” ning aksidir. Ta’lim beruvchining baholashdagi xatolari oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish kerak: Baholash mezonlarini aniq ishlab chiqish va ularni to’g’ri tanlash bo’yicha: nazorat varag’ini ishlab chiqish; baholovchining bir emas, balki ikkita bo’lishi; baholash usullarini to’g’ri tanlash; samarali baholash tizimini qo’llash; baholash topshiriqlarini va ularga javoblarni imkoni boricha yozma ravishda o’tkazish va rasmiylashtirish. Baholashda uchraydigan xatolarning oldini olish uchun rioya qilinishi maqsadga muvofiq bo’lgan qoidalar: baholashdan oldin ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda baholash mezonlarini muhokama qilib olishlari lozim; baholash mezonlarga muvofiq qo’yilgach, u ta’lim oluvchilarga ma’lum qilinishi lozim. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchi bilan birgalikda olingan baholarning natijalarini va yo’l qo’yilgan xatolarni muhokama qilishlari hamda ularning sabablarini aniqlashlari lozim. Ular xatolarning takrorlanmasligi chora-tadbirlarini belgilab olishlari lozim. Ama’ Baholash tizimlari. Hozirda Respublikamizning oliy ta`lim muassasalarida quyidagi ikkita baholash tizimi qo’llanilib kelinmoqda: 1. Baholashning “besh ballik” tizimi. 2. Baholashning reyting tizimi. Baholashning besh ballik tizimida baholashga quyidagi didaktik talablar qo’yiladi: tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo’lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o’qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta`sir qiladi. Ta`lim oluvchilar darsga har kuni tayyorlanib borishlari kerak (ta`lim beruvchining doimiy ravishda nazorat qilib turishi shunga majbur etadi); bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta`lim oluvchi uning bilimlari, ko’nikma va malakalari baholanayotganini tushunishi kerak. Davlat ta`lim standartlariga asoslanganlik. Ta`lim ouvchilarning bilimlari, malaka va ko’nikmalari davlat o’quv dasturlarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling