Ishning obyekti – tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan ishlash.
Ishning predmeti – tarbiyasi qiyin o’smirlar xulqini korreksiya qilishda
pedagog kasbiy faoliyatining psixologik kompetentligini o’rganish.
Ishning maqsadi – tarbiyasi qiyin o’smirlarda “Men timsoli”ni korreksiya
qilishda pedagog kasbiy faoliyati kompetentligi-ning psixologik modelini yaratish
va uni amaliyotda qo’llash.
Ishning farazi – dazadaptasiyalashgan o’smirlarda “Men timsoli” ni
korreksiya
qilish
bu
pedagogning
kasbiy-psixologik
kompetentligini
shakllantirish,
ahamiyatli
kasbiy
jihatlarini
rivojlantirish
bilan
bog’liq
pedagoglarning kasbiy ijtimoiylashuvi hamda kasbiy faoliyati samaradorligini
mustahkamlashga olib kelishi mumkin.
Pedagog kasbiy-psixologik kompetentligining motivasion, emosional-
irodaviy va yo’naltirilgan tizimli komponentlarining shakllanganligi, uning kasbiy
faoliyatini tipik vaziyatlarda harakatlantiruvchi operasional, ijrochilik jihatlarining
samaradorlik ko’rsatkichini belgilashi; tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan o’qituvchi
ishining psixologik kompetentlik modeli dolzarb yo’nalishni belgilab, pedagog
faoliyatining strategiya va taktikasining psixologik jabhalarini muvaffaqiyatli
amalga oshishida, o’qituvchining kasbiy-shaxslilik rivoj-lanishi va keng
jamoatchilikni jalb qilish orqali, o’qituvchi va psixolog o’zaro harakatlari orttishi
hisobiga ro’y berishi kutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |