O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


O'qish darslariga zamonaviy yondashuv


Download 292.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi292.07 Kb.
#210781
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sadriddinova D

O'qish darslariga zamonaviy yondashuv 

 

         Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarini tashkil etish kichik maktab yoshidagi 



o'quvchilarda  nutq  boyligini  o'stirish,  mustaqil  fikrlashga  o'rgatish,  adabiy-estetik 

tafakkurni kamol toptirish hamda shу yoshdagi bolalarni har tomonlama etuk qilib 

tarbiyalashdan iborat. O'qish dasturining mazmuni boshlang'ich sinf o'quvchilarida 

imon-e`tiqod  tushunchalarini  shakllantirish,  vatanga  muhabbat  uyg'otish,  o'zligini 

tanishga  xizmat  qiladi.  O'quvchilarni  o'qishga  o'rgatish  jarayonida  bir  qator 

ko'nikma  va  malakalar  shakllantiriladi.  Jumladan,  to'g'ri,  ongli,  tez  va  ifodali 

o'qish; o'qilgan asarni adabiy-estetik  xususiyatlari chuqur  idrok etish, tasvirlangan 

voqea-hodisalarning  mag'zini  chaqish,  muayyan  xulosalar  chiqarish;  matn  ustida 

ishlashga  o'rgatish,  o'quvchilarning  atrof-muhit  haqidagi  bilimlarini  boytish; 

o'quvchilarda  yuksak  axloqiy  sifatlarni  va  nafosat  tuyg'usini  tarbiyalash  kabilar. 

Yuqorida  qayd  qilingan  vazifalar  "O'qish"  darsliklariga  kiritilgan  badiiy,  ilmiy-

ommabop  asarlar,  xalq  og'zaki  ijodi  namunalarini  o'qitish  asosida  amalga 

oshiriladi. 

      Boshlang'ich  sinflarda  o'qish  darslari  ikki  yo'nalishda  tashkil  etiladi.  1-

yo'nalish sinfda o'qish darslari; 2-yo'nalish sinfdan tashqari o'qish darslari.  

      Kuzatishlarimizdan ayon bo'lishicha, o'qish dasturini tuzishda g'oyaviy-estetik, 

mavsumiy,  tadrijiy  asoslar  hisobga  olingan.  Tanlangan  o'quv  materiallari 

o'quvchilarga  ta`lim  berish,  ularni  tarbiyalashda  muhim  bo'lgan  borliq  haqidagi 

bilimlar va yuksak insoniy munosabatlarni o'z ichiga oladi. Darsliklar(1-2-3-4-sinf 

"O'qish"  darsliklari  nazarda  tutilyapti)da    o'z  ifodasini  topgan  badiiy  asarlar 

xalqimizning  o'tmishi,  vatanimiz  tarixi,  undagi  muhim  voqealar,  vatan  ramzlari, 

kishilar  mehnati,    inson  e`tiqodi  va  ma`naviyatiga  bag'ishlangan  bo'lib,  u  orqali 

barkamol shaxsni tarbiyalash maqsadi belgilangan. 

      O'quvchilarni o'qishga o'rgatish hayot tajribalariga tayanib ish ko'riladi. Buning 

uchun  o'quvchи  madaniy-maishiy  va  boshqa  sohadagi  hamda  tabiat  hodisalari 

yuzasidan ega bo'lgan ma`lum ko'nikmalarga tayaniladi. 




 

      2-sinfning  2-yarim  yilidan  boshlab  bolalarni  O'qish  kitobi  bilan  tanishtirish 



rejalashtirilgan. Bunga ko'ra o'quvchilar  tuzilishi, tili  va kompozitsion tomonidan 

sodda  hajmga  egan  bo'lgan  badiiy  asarlarni  o'qiydilar.  Bunday  xarakterdagi 

asarlarni  o'qitish  orqali  o'quvchilarda  vatan  va  uning  tabiati,  insoniy  qadriyatlar 

haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.  

      2-sinfda  shakl  va  mazmun  jihatdan  uncha  murakkab  bo'lmagan  vatan.  Ona 

tabiat,  istiqlol,  kishilarning  hayoti  va  mehnati,  axloqiy  munosabatlar  haqidagi 

asarlar bilan tanishadilar. 

      3-4-sinflar  o'qish  dasturida  mavzular  ko'lami  ancha  kengayadi.  Bu  sinflarda 

o'qish darslarining katta qismi asarni o'qish va matn ustida ishlashga qaratiladi.  

      O'qish  mashg'ulotlarida  o'quvchilarning  faolligini  oshiradigan,  tasavvurlarini 

boyitadigan  usullardan  foydalanish,  asarlarni  janr  tabiatidan  kelib  chiqib  rollarga 

bo'lib  o'qitish,  qahramonlar  nomidan  qayta  hikoya  qilish,  qahramonning  taqdiri 

haqidagi  hikoyani  davom  ettirish,    qiziqarli  mavzularda  og'zaki  hikoya  tuzdirish 

kabi ijobiy topshirqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.  

      Sinfdan  tashqari  o'qish  mashg'ulotlarini  tashkil  etish  bo'yicha  hozirgi  kunda 

ma`lum  tizim  ishlab  chiqilgan.  Bunga  misol  qilib    maxsus  seriyada  chop  etilgan 

"Kitobim-oftobim"  qo'llanmasini  ko'rsatish  mumkin.  Sinfdan  tashqari  o'qish 

darslari  ikki  bosqichda  amalga  oshiriladi.  Birinchi  bosqichda  o'qiш  doirasi,  ya`ni 

o'qitiladigan  kitoblar  va  ularni  qaysi  tartibda  o'qish    bilan  tanishtirish  yuzasidan 

tavsiyalar berilsa, ikkinchi bosqichda mavzuga doir BKM shakllantiriladi. Sinfdan 

tashqari o'qish darslarи o'qish darslari bilan bog'lab olib boriladi.  

      Sinfdan  tashqari  o'qish  darslari  o'quvchilarda  kitob  bilan  ishlash,  bolalar 

gazetasi  va  jurnallari  bilan  mustaqil  ishlash,  sinf  va  maktab  kutubxonasidan 

foydalanish kabi malakalarni shakllantirishgа xizmat qiladi. 

      Bugungi  kunga  kelib  o'qitish  jarayonidagi  talablar  bir  yangilanmoqda. 

Jumladan,  o'qish  darslarida  zamonaviy  usullardan  foydalanish,  o'quvchilarning 

tafakkurini  rivojlantirish,  bog'lanishli  nutqni  o'stirish  muammolari  bugungi 

kunning  dolzarb  masalasi  sanaladi.  Bunda  o'quvchilarning  bilish  darajalari 

imkoniyatlaridan kelib chiqib, kichik-kichik differentsial guruhlarga ajratish lozim. 



 

Har  bir  guruh  tegishli  mavzu  yuzasidan  tayyorgarlik  ko'rishadi  va  mashg'ulotda 



"o'zaro  raqiblar"  tarzida  bahslashadilar.  Ushbu  jarayonda  o'qituvchi  nazoratchi 

(hakam)  sifatida  ishtirok  etadi.  Berilgan  rejalar  yuzasidan  ajratilgan  guruhlarning 

fikrini  eshitib,  ulardan  umumlashmalar  hosil  qilinadi,  xulosalar  chiqariladi. 

Darsning  nihoyasida  guruhlar  chiqargan  xulosalarga  tayanilib,  o'qituvchi 

tomonidan  ma`lum  bir  xulosa  chiqariladi.  Mashg'ulotlarda  ham  zamonaviy 

pedagogik  texnologiyaga  asoslangan  interfaol  usullardan  ("Dumaloq  stol", 

"Muammolarni  hal  etish",  "Interv'yu",  "Diskussiya  (Munozara)",  "Bilimdonlar 

bahsi",  "Bilimlar  mamlakatiga  sahshat")  foydalanish    maqsadga  muvofiq  bo'ladi. 

O'qish  darslarida  o'quvchilarni  ta`lim  jarayonining  faol  ishlovchisiga  aylantirish 

zarur.  Buning  eng  qulay  usullaridan  biri  ularni  munozaraga  jalb  qilishdir. 

Munozara  jarayonida  talaba  o'z  fikrini  mustaqil  bayon  etishga  harakat  qiladi. 

Bunday ko'rinishda tashkil qilinadigan  darslarning  muhim  talabi o'quvchilarga o'z 

fikrini bayon qilish erkinligini berishdir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 




Download 292.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling