O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 292.07 Kb. Pdf ko'rish
|
Sadriddinova D
XULOSA
"O'qish kitobi"da keltirilgan "Ajdodlarimiz - faxrimiz" bo'limida berilgan tarixiy rivoyatlar va hikoyalar, tarixiy shaxslarga bag'ishlangan she`rlar orqali o'quvchilarning nafaqat nutqini, dunyoqarashini, bilimini o'stirish, balki ularning qalbida shu tabarruk ajdodlarga munosib voris bo'lib etishi tuyg'usini qaror toptirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, rivoyatlar epik tafakkur taraqqiyotining tadrijiy takomilini ko'rsatuvchi manbalardan biri bo'lishi bilan birga xalqimizning o'tmishi, qadimgi davrlarda yashagan ajdodlarimizning o'ziga xos turmush tarzi, dunyoqarashi, urf- odatlari, el-yurt ozodligi va hurligi yo'lida olib borgan fidokorona kurashlari haqidagi g'oyat muhim ma`lumotlarni o'zida mujassamlashtirganligi bilan ham ahamiyatlidir. Ayniqsa, vatanparvar ajdodlarimizning o'z elini bosqinchi dushmandan himoya qilishi haqida hikoya qiluvchi asarlarga millat qadrini yuksaklarga ko'tarish, ona-yurt tuprog'ining har bir zarrasini muqaddas deb bilish, milliy hurlikdek ulug' ne`matni ko'z qorachig'idek asrash g'oyasi singdirilgan bo'lib, bunday asarlar yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda bugungi kunda ham o'z qadrini yo'qotgan emas. O'zida o'tmishda yashab o'tgan zukko kishilarning yuksak aql-zakovati, shuningdek, muhim tarixiy voqea-hodisalar, ajdodlarimizning bunyodkorlik faoliyati haqida hikoya qiluvchi asarlar o'quvchilarning ham sevimli asarlaridir. Zero, yosh avlod hamisha o'z ajdodlari haqida eshitishni, bilishni, ulар ruhini qadrlashni sharafli burch deb biladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling