O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


-sinf o'qish darsligi tahlili


Download 292.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi292.07 Kb.
#210781
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sadriddinova D

2-sinf o'qish darsligi tahlili. 

 

Og'zaki  nutq  madaniyatini  egallash,  unga  xos  xususiyatlarni  bilish; 

o'quvchidan  gap  va  nutqni  grammatik,  orfografik,  stilistik  jihatdan  adabiy  til 

me`yorlariga  rioya  qilgan  holda  tuzishga  o'rgatish.  Og'zaki  nutqni  rivojlantirish 

uchun  o'quvchi  lug'at  boyligini  izchil  oshirib  borish,  gapning  sintaktik  tuzilishiga 

oid  bilimlarni  amaliy  jihatdan  egallash,  nutq  birliklari  o'rtasidagi  mantiqiy 

uyg'unlikni  ta`minlashga  oid  malakalarni  rivojlantirish,  yangi  harf-tovushga 

bog'lab tavsiya etilgan so'zlar  ma`nosini  o'quvchiga to'liq anglashilishiga erishish, 

rasm asosida o'zaro bog'langan kichik hikoyachalar tuzishga o'rgatish. 

O'quvchining  bog'lanishli  nutqini  o'stirishga  oid  ta`limiy  ishlarni  amalga 

oshirish. 

 Rasrmlar asosida hikoya tuzish; 



 Rasm mazmuniga mos sarlavha toptirish; 

 "Alifbe"  darsligi  va  sinfdan  tashqari  mashg'ulotlarda  o'rganilgan  o'quv 



materiallarini qayta hikoyalash; 

 Savollarga to'liq va burro javob berish; 



 Adabiy  nutq  me`yorlarini  amaliy  jihatdan  o'rgatishga  e`tibor  qaratish  (bu 

sohada o'qituvchi nutqi o'quvchi uchun namuna bo'lishi kerak); 

 Topishmoq,  maqol,  hikmatli  so'zlar  ustida  ishlash  (darslik  materiallari  va 



sinfdan tashqari o'qish uchun tanlangan o'quv materiallari asosida); 

 Kichik guruhlar bilan ishlashda o'quvchilarni aqliy-intellektual jihatdan teng 



guruhlarga  taqsimlash,  guruhlarga  bog'lanishli  matn  tuzishga  oid  muammoli 

topshiriqlar  berish,  guruhlar  javobini  sharhlash  asosida  g'olib  guruhni 

rag'batlantirish; 

 Yakka  tartibdagi  (individual)  ishlarda  o'quvchida  o'z  nutqini  rivojlantirib 



borishga  ishtiyoq  uyg'otish  (lug'at  daftari,  yangi  she`r,  hikoya,  ertak  mutolaasi 

asosida); 




 



 So'zlarni  yaxlit,  gaplarni  ifoda  mazmuniga  (darak,  buyruq,  so'rov)  mos 

ohangda o'qishga erishish; qahramon harakterini ohang orqali ifodalash; 

 Matn  ichida  qo'llanilgan  tinish  belgilariga  rioya  qilish  malakasini 



shakllantirish; 

 4 va 8 misrali she`rlarni yod oldirish. 



Lug'at  ustida  ishlash.  O'quvchi  nutqini  boyitish,  ular  nutqida  kam  qo'llaniladigan 

so'zlarni  alohida  yozdirib  borish,  dars  jarayonida  lug'at  daftaridagi  so'zlarning 

ishlatilishiga e`tibor berish. 

Bu  vazifalarning  barchasi  o'zaro  bog'liq  holda  amalga    oshiriladi.  SHartni  foydali 

hal  qilish  zaruriy  lisoniy  ma`lumotlarni  asosli  tanlashga,  darslikda  berilgan 

o'quvchilar saviyasiga mos nazariy materiallarni uyg'unlashtirib o'zlashtirish ustida 

ishlashni  maqsadga  muvofiq  uyushtirish,  shuningdek  matnlar  sifati,  topshiriqlar 

xarakteri va bolalar aqliy faoliyatining xususiyatlarini belgilaydigan qator metodik 

sharoitlarga bog'lik. 

Boshlang'ich  sinflar  ona  tili  kursini  o'rganishning  etakchi  lisoniy  tamoyili  tilning 

barcha tomonlarini o'zaro bog'liq holda o'rganish hisoblanadi. Mazkur tamoyil tilni 

yaxlit  hodisa  sifatida  o'rganishini  ta`minlaydi  va  til  kishilarning  aloqa  vositasi 

ekanini  o'quvchilar  tushunishlari  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Bu  tamoyil  bo'limlar 

orasidagi  mumkin  bo'lgan  bog'lanishni  hisobga  olgan  holda  amalga  oshiriladi. 

Birinchidan,  darslikda  butun  til  materiali  gaplar  va  matnlar  sintaksis  asosida  

o'rganiladi.  Ikkinchidan,  so'zning  tovush,  harf  tarkibi  ustida    barcha  bo'limlarni 

o'rganish  bilan  bog'liq  holda  ishlab  boriladi.  Uchinchidan,  so'zni  o'rganishga  har 

tomonlama  yondashiladi: o'qituvchilar so'zning talaffuzi,  yozilishi,  leksik  ma`nosi 

va grammatikasidan  xabardor qilinadi.  

Boshlang'ich  sinflarda  savod  o'rgatishning  ilk  manbai-bu-Alifbedir.  Darslik, 

bezakli  materiallar  bilan  bezatilgan.  Hozirgi  vaqtda  qo'llanib  kelayotgan  alifbe 

darsligi  2003  yil  XTV  tomonidan  tasdiqlangan.  Ushbu  darslikda  unli  va  undosh 

harflar  aralashtirilgan    holda  joylashtirilgan.  Darslik  tovush-tahlil-tarkib  usulida 

tuzilgan.    




 

2-sinfda  o'quvchilarining  og'zaki  va  yozma  nutqining  ilmiy  asosi  shakllantiriladi, 



shuning  uchun  fonetika  va  grafika  sohasidagi  materiallarni  o'rgatishga  katta  o'rin 

beriladi.   

O'quvchilar  tovushlar  va  harflarni    o'rganishdan    bo'g'inni  o'rganishga  o'tadilar. 

Ularning  savod  o'rganish  davrida  so'zning  tovush  va    grafik  tomoni  haqida, 

tovushlar  va  harflar  haqida  olgan  tasavvurlari  kengaytiriladi.  Avval  unli  harflar 

ustida maxsus ishlar boshlanadi.   

Boshlang'ich  sinflarda  o'quvchilarning  og'zaki  va  yozma  nutqi  rivojlantiriladi. 

Nutq o'stirishning turli vositalari mavjud bo'lib, ular sirasiga: turli rasmlar, o'qilgan 

badiiy asarlar, ko'rgan bilgan vokealar-hodisalarga munosabat va h.k.  

O'quvchilarda  nutq,  nutqning  ikki  xil  shakli:  og'zaki  va  yozma  nutq,  nutqning 

gaplardan  hosil  bo'lishi    va  gap  haqida  amaliy  tushuncha  darslikdagi  mazmunli 

rasm  asosida  hosil  qilinadi.  Buning  uchun  o'qituvchi  rasm  yuzasidan  3-4  so'zli 

savollar tuzib keladi.  

Masalan: 

1. 

Rasmda qaer tasvirlangan? 



2. 

O'qituvchi nimalarni tushuntiryapti? 

3. 

Kimlar o'quvchining gapini tinglayapti? 



Boshlang'ich sinfning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilar nutqini o'stirishdir. Nutq 

o'stirish  uch  yo'nalishda:  so'z  ustida  ishlash,  so'z  birikmasi  va  gap  ustida  ishlash, 

bog'lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda [19; 

44] qayd etilgan. 

Savod o'rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo'nalish ustida ishlanadi. So'z 

ustidagi ishlar ham quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi: 

1. 

So'zning to'g'ri, adabiy-orfoepik talaffuzi va o'qilishini o'rgatish. 



2. 

So'z ma`nolarini tushuntirish. 

3. 

O'quvchilar nutqiga yangi so'zlarni kiritib borish, ya`ni lug'atini boyitish. 



4. 

Lug'atidan  o'rin  olgan  so'zlarni  kerakli  o'rinda  maqsadga  muvofiq  to'plab 

olishga o'rgatish. 

5. 


So'zlarni uslubiy jihatdan to'g'ri qo'llashga o'rgatish. 


 

6. 



So'z  mazmuniga  kiradigan  so'zlarni  grafik  va  orfografik  jihatdan  to'g'ri 

yozishga o'rgatiш. 

Savod o'rgatish jarayonida darslikka  ishlagan rasmlarni  hisobga olmaganda, 

ustunchada va matnda o'qish uchun berilgan so'zlar tovush va gapning o'rganilishi 

bilan  bog'liq  holda  juda  chegaralangan.  Bu  davrning  vazifalaridan  biri 

o'quvchilarni  o'qishga  o'rgatish  bilan  birga  ularning  nutqiy  rivojlanishini  ham 

ta`minlashdir.  SHuning  uchun  o'qituvchi  so'z  ustida  ishlashni  qiziqarli  tashkil 

etishi zarur. 

Avvalo,  so'z  tushunchasi  shakllantiriladi.  U  ikki  xil  yo'nalishda  hosil 

qilinadi. O'qituvchi sinf  o'quvchilarining  faolligi bilan bog'liq  holda  ulardan birini 

tanlaydi.  

1. 


Mazmunli  rasm  asosida  hikoya  tuziladi.  Hikoyadan  bir  guruhini  tashkil 

etadigan predmet nomlari ajratib olinadi. 

Keyingi darslarda o'rganilgan mavzu bilan bog'liq holda ishlash. Bu mashqlarga 1-

2  daqiqa  ajratiladi.  Mashqlar  og'zaki  shaklda  kesma  harf  va  kesma  bo'g'in  bilan 

yozma tarzda o'tkaziladi.  

I. 


Og'zaki mashq turlari:  

1. 


Bir  xil  qo'shimchali  so'zlar  tizimini  hosil  qilish.  Masalan:  gulzor,  mevazor, 

bug'doyzor, tutzor, o'yla, bog'la... 

2. 

Ohangdosh  so'zlar  topish:  tutun,  butun,  ustun,  kukun,  burun.  Bunda 



o'qituvchi o'quvchilar bilmaydigan so'zlar bilan boshlab beradi. 

Savod  o'rgatish  jarayonida  o'qishga  o'rgatish,  savodxonlikka  erishish  maqsadida 

bo'g'in  ustida  bosqichma-bosqich  ishlab  boriladi.  Bo'g'in  haqidagi  dastlabki 

tushuncha alifbe sahifasidagi o'quv qurollari yoki  meva, sabzavot rasmlari asosida 

shakllantiriladi. Buning uchun quyidagicha suhbat uyushtiriladi:  

- Bolalar, sizlar qalam va bo'r (olma va nok) so'zlarining aytilishiga e`tibor bering. 

Men  ularni  talaffuz  qilaman:  qa-lam,  bo'r.  Qaysi  so'zni  qismlarga  bo'lib  talaffuz 

qildim?  (qa-lam  so'zini).  Bo'r  so'zini-chi?  (Bu  so'z  qismlarga  ajralmaydi).  Daftar- 

bu  so'z-chi?  (Bu  so'z  ham  ikki  qismga  ajratib  talaffuz  qilindi).  SHu  so'zlarning 

nusxasi xattaxtaga chiziladi: 




 

10 


Dars yakunida: so'zlar nimalarga bo'linadi? So'zning har bir qismi nima deb 

nomlanadi?  So'zlar  nimalardan  tuzilar  ekan?  So'zdagi  bo'g'inlar  sonini  qanday 

belgilar  ekanmiz?  (tik  chiziqlar  bilan)  kabi  savollar  yordamida  o'quvchilarning 

bo'g'in  yuzasidan  hosil  qilgan  bilimlarni  aniqlaydilar  va  umumlashtiriladi. 

Navbatdagi  darslarda  so'zlarning  ikki  va  ko'p  bo'g'inli  bo'lishi  yuzasidan 

"O'ylaganimni top" o'yini uyushtirilishi mumkin. 

O'quvchilar unli va undosh tovush bilan tanishtirilgach, ota, ona, buvi, buva, 

bola, o'g'il, qiz, o'tin, tandir,  non so'zlari asosida  har bir bo'g'inda 1 ta  unli borligi 

o'quvchilarning  o'zlariga  katakchalarni  qizil  bo'r  bilan  bo'yash  orqali  aniqlaniladi. 

SHundan  keyin  so'zda  nechta  unli  bo'lsa,  shuncha  bo'g'in  borligi  haqida  yangi 

tushuncha  beriladi.  Unlilar  soniga  qarab  so'zdagi  bo'g'inlar  sonini  aniqlashga  doir 

o'yin  o'tkaziladi.  Bunda  "so'zda  ikkita  unli  bor.  Bu  so'z  necha  bo'g'inli?  So'z  uch 

bo'g'inli.  Bu  so'zda  nechta  unli  bor?  kabi  savollardan  foydalaniladi.  SHu  tarzda 

yangi xulosa chiqariladi: unli tovushlar bo'g'in hosil qiladi".  

Alifbegacha  tayyorgarlik  davrining  1-bosqichida  quyidagi  savollar  asosida 

suhbat uyushtirilishи mumkin:  

1. 

Bo'g'in bir tovushdan tuzilgan. Bu tovush unlimi yoki undoshmi? 



2. 

Men o'ylagan bo'g'in ikki tovushdan tuzilgan, ular qanday tovushlar? 

O'quvchilarning  bo'g'in  haqidagi  tushunchasi  alifbe  davrida  ham 

mustahkamlanib,  chuqurlashtiriliб  boriladi.  Bunda  bo'g'in  tuzilishiga,  aytilishi  va 

yozilishida  farq qiladigan  tovushlari  mavjud bo'g'inlarga alohida diqqat qaratiladi. 

Qisqa  qilib  aytganda,  bo'g'in  ustida  qilinadigan  ishlar  to'g'ri  o'qishni  vа  to'g'ri 

yozishni ta`minlashga, savodxonlikka yo'naltiriladi. 

Unli  va  undosh  tuzilishdagi  bo'g'inlarni  o'qishga  o'rgatishda  unlini  cho'zib 

talaffuz  qilish  tushuntiriladi.  O'quvchilar  undosh+unli  tipidagi  bo'g'inni  o'qishni 

biladilar, shuning uchun o'qituvchi kesma harfdaн bo'g'inning undosh+unli qismini 

o'quvchiga  tuzdiradi.  So'ng  qo'lidagi  undosh  harfni  shu  bo'g'inga  qo'shib  o'qishni 

topshiradi.  Bola  undosh+unli+undosh  tuzilishidagi  bo'g'inni  o'qib  yaxshi 

o'zlashtirgaч, qand, do'st, rost tuzilishidagi  bo'g'inni-so'zni o'qishni yuqoridagidek 



 

11 


kesma harf yordamida, yokи qan/d tarzida xattaxtada yozib o'rgatadi. Bunda o'qish 

yo'lini o'qituvchi amaliy ko'rsatadi va o'quvchiga takrorlatadi.  

Bilish  jarayonini  faollashtirish  hozirgi  kunda  faqat  psixologik  muammo 

bo'lmay, ayni paytda metodik muammo hamdir.  

Boshlang'ich  sinfning  o'ziga  xos  xususiyati  shundaki,  bilim  berish,  uni 

mustahkamlash, amaliyotgа tadbiq qilish bevosita dars vaqtida amalda oshiriladi.  

Har  bir  o'qituvchi  o'rganilayotgan  materialni  o'quvchilar  tomonidan  ongli,  puxta, 

mustahkam o'zlashtirishini istaydi.  

O'quvchilarning  bilish  faoliyatini  aktivlashtirish  va  rivojlantirish  ko'p 

jihatdan  ko'rgazmali  vositalardan  foydalanishga  bog'liq.  Quyida  metodist  olimlar 

va  tajribali  o'qituvchilar    tomonidan  yaratib,  dars  samaradorligini  oshirishga 

yordam berib kelayotgan ko'rgazmalardan foydalanish haqida to'xtalamiz. 

Savod  o'rgatish  darslarini  muvaffaqiyatli  uyushtirish  uchun  "Harf  kissasi", 

"Harf terish kartoni", "Sirli mato", kesma bo'g'in, so'z kartochkalar, til hodisalariga 

oid  nusxalar,  mazmunli  rasmlar,  predmet  rasmlari,  texnik  vositalardan 

foydalaniladi.  

Sinfda  jamoa  bo'lib  ishlash  o'rganilgan  harflar  ishtirokida    bo'g'in,  so'z, 

ba`zan  gap  tuzish  va  o'qishnи  mashq  qilish  uchun    "Harf  kissasi"  bo'lishi  shart.  

"Harf kissasi" uchun oddiy  mato olinib, unga  40 ta cho'ntakcha tikiladi. Unga 29 

ta  tovushning  belgisi  bo'lgan  harf  va  harf  birikmalari,  bitta  tutuq  belgisi  hamda 

barcha  tinish  belgilariga  joy  bo'lishi  lozim.  Har  bir  cho'ntakcha  ustida    harfning 

bosma shakli alifbo tartibida yopishtiriladi. CHo'ntakcha ichiga shu harfning kichik 

va bosh shaklidan 7-8 tadan solinadi.  

Kesma harflar ikki xil rangda: unli qizil, undosh ko'k rangda tayyorlanadi.  

Kesma harflarning balandligi 8 sm, eni 4 sm bo'ladi.  

Kesma harflar yordamida bo'g'inli so'zlar, ba`zan ikki bo'g'inli so'zlar tuziladi.  

Predmet  rasmlaridan  to'g'ri  talaffuzga  o'rgatishda  ham,  tovush  va  harf  bilan  

tanishtirishda haм foydalaniladi.  




 

12 


Masalan,  rasm  nomlarining  1-harfiga  qarab  guruhlash  o'quvchi  diqqatini  qayta-

qayta  o'rganilayotgan  harfga  tortadi  va  esda    yaxshi  saqlab  qolishiga  yordam 

beradi.  

Texnik  vositalarga    magnitafon,  radiolar,  televizor,  epidiaskop,  komp'yuter  

kiradi. Masalan, epidiaskop orqali harf, bug'in, so'z, gap va rasmlar kattalashtirilib 

ko'rsatiladi.  

Bolalar talaffuzidagi  nuqsonlarni bartaraf etish, nutqni ravon, ifodali bo'lishi 

uchun magnitafondan foydalaniladi. 

Xattaxta, kesma bo'g'inning   o'zi ham eng qulay ko'rgazma sanaladi.  

Alifbe  uchun  yozilgan  tarqatma  materiallar  ham  o'quvchini  o'qishga  o'rgatishda 

qulay  ta`limiy  vosita  hisoblanadi.  Demak,  ko'gazmali  vositalarning  o'quvchilarni 

to'g'ri  talaffuzga,  bo'g'inlab  o'qishga,  ifodali  o'qishga,  fikrlashga  o'rgatishga,  nutq 

o'stirishda ahamiyati katta. 

 

Savod  darslarining  qurilishi    ta`limiy  maqsadida  qo'ra,  dars  tipiga  va 



o'rganiladigan  materialning  xususiyatiga  ko'ra  har  xildir.  Biroq  dars  qurilishida 

qat`iy  andoza  bo'lmaydi,  chunki  yagona  andoza,  birinchidan,  ijodkorlikka  yo'l 

bermaydi, ikkinchidan, o'quvchilarning imkoniyatini cheklab qo'yadi. 

O'qituvchi    dars  davomida  o'quvchilarning  o'rganilayotgan  mavzularning 

qaysi  o'rnini  o'zlashtira  olmaganini  hisobga  olib  borishi,  umumlashtiruvchi  darsni 

qachon  uyushtirishni  belgilash,    takrorlovchi  materiallarni  mavzuni    to'ldiruvchi, 

o'rganilgan  harfni  o'qishni  o'rgatuvchi  qo'shimcha  matnlarni  qo'yishi,  savol  va 

topshiriqlarni tuzib olishi, hatto kimlardan  so'rashini ham belgilab olishi lozim.  

Tanlangan  materiallar  bir  necha  mavzuni  takrorlash  imkonini  ham  berishi  lozim. 

Takrorlash,    umumlashtiruvchi  darsning    boshqa  darslardan  farqi,  yana  shundaki, 

bu darsda ko'proq o'quvchilarning  mustaqil faoliyatiga asoslaniladi.  

Umumlashtiruvchi  darsni  muayyan  alifbe  dasrligi    bo'yicha  unli  tovush  va 

harflardan so'ng bir necha undoshlar o'rganilgach va barcha tovush va harflar o'tib 

bo'lingach  uyushtirish  ko'zda  tutilgan.  Lekin    sinf  o'qituvchisi    o'quvchilarning  

o'zlashtirish  imkoniyatidan kelib chiqib takrorlash  va    umumlashtiruvchi darslarni 

o'tkazishi mumkin.  




 

13 


Takrorlash,  umumlashtiruvchi  darsda  quyidagi  ish    turlari  uyushtiriladi: 

matn  va  matndan  parcha  o'qish,    savollar  asosida  matn  mazmunini  qayta 

hikoyalash,  o'qilishi  murakkab  so'zlarni  bo'g'inlarga    ajratib  yozish,  kesma 

bo'g'inlardan    tuzish  va  o'qishni  mashq  qilish  so'z  ma`nolari  ustida  ishlash,  matн 

mazmuniga  mos she`r, maqol, ertak,  topishmoq aytish kabi.   

Umumlashtiruvchi o'qish darsining tuzilishi: 

1. 

Tashkiliy qism 



2. 

Kirish  suhbati.  Bu  suhbatda  darsning  maqsadi    aytiladi.  Darslikdagi 

matnlarni  yaxshи o'zlashtirgan o'quvchilarga tarqatma materiallardan o'qish uchun 

matnlar beriladi yoki matn bilan bog'liq topshiriqlar beriladi.  

3. 

Belgilangan  sahifalar  ustida  ishlash,  ustunchalardagi    so'zlarni    o'qish, 



gaplarni  o'qish,  darslikdagi  ayrim  so'zlarni    kesma  bo'g'inlardan  tuzish  va  o'qish, 

ma`nolarini  izohlash,  rasmlar  asosida  hikoya  tuzish,  tayanch  so'zlar  bilan  gap 

tuzish, nusxalarda tasvirlash va boshqalar. 

4. 


Darslikka  qo'shimcha  materiallar  ustida  ishlash.  Bunda  o'quvchilarga 

tarqatma  materiallardan  berilgan  matnlarni    o'qitish,  darslikdagi  matn  mazmuniga  

mos tez aytish, she`r,  maqol,  topishmoq aytish, ta`limiy o'yinlar o'tkazish,  ifodali 

o'qish musobaqasini o'tkazish.  

5. 

O'tilganlar yuzasidan darsda takrorlanganlar yuzasidan og'zaki savol-javob. 



6. 

Darsni yakunlash, o'quvchilarni rag'batlantirish. 

Savod  o'rgatish  jarayonida  nutq  gap,  so'z,  bo'g'in  ustida    izchil  olib  boriladigan 

ishlar,  o'qish  va  yozishga  o'rgatish  yuzasidan  tavsiyalar  metodik  qo'llanmaning 

birinchi  qismida  berilgani    sababli  dars  ishlanmalarini  to'liq  bermadik.  O'qituvchi 

o'sha    qismni  o'rganib  chiqsa,  dars  ishlanmalarini    mukammal  yoza  oladi. 

Nimalarga alohida e`tibor qaratish zarurligini  fahmlab, ta`lim jarayonining  sifatini 

yaxshilaydi. 

Dars  namunalarida  tayyorlov  davri    birinchi  bosqichi  uchun  3  soat  dars 

ishlanmasi  beriлди. Биринчи qismda nutq va tovush ustida olib boriladigan ishlar 

yuzasidan metodik tavsiyalar berilgani uchun 2 soat o'qish darsi ishlanmasi berildi. 

Nutq  va  tovush  haqida    tushuncha  hosil  qiladigan  1  soat  yozuv  darsidan  namuna 




 

14 


keltirildi.  2-bosqich    uchun  ham  1  soat  o'qish  va  1  soat  yozuv  darsi  namunasi  

keltirildi, unda shu bosqichning o'ziga xos xususiyati  hisobga olindi.  

Asosiy  davr-alifbe  davri  uchun  ham  dars  ishlanmalari  namunalari    berildi, 

unda  darslarning  oson-qiyinligi,  imlo  va  o'qish  bilan  bog'liqlik  hisobga  olindi. 

Asosiy,  b-p,  d-t,  harf  birikmalari.  Diktant  yozish,    tutuq  belgisi  va 

umumlashtiruvchi-mustahkamlovchi  darslarga  namuna  keltirildi.  Bu  dars 

ishlanmalarini  kengaytirib  berishga    harakat  qildik.  O'qituvchi  undan  sinf 

o'quvchilarining  qobiliyati va o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib ijodiy foydalanadi. 

Biroq berilgan ish turlari u yoki bu darsdа uyushtirilishi, ular yuzasidan o'qituvchi  

bilim hosil qilinishi lozim.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

15 



Download 292.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling