O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi
Savodxonlikni oshirishning zamonaviy usullari
Download 292.07 Kb. Pdf ko'rish
|
Sadriddinova D
Savodxonlikni oshirishning zamonaviy usullari.
Ma`lumki, savod o'rgatish, o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to'g'ri talaffuzini o'rgatish orqali bolalarda to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. SHuningdek, o'quvchilar lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish, bilimini boyitish, mavhum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o'stirishda ham bu davr mas`uliyatliligi bilan alohida o'rin tutadi. Tayyorgarlik davri o'qishni o'rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o'zgalar nutqini eshitish, diqqatni to'plash, til birliklarini (tovush, harf, bo'g'in, so'z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o'quvchilarning o'qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi. O'qishga o'rgatish uchun, avvalo, o'quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo'g'indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha yo'nalishda amalga oshirilishi mumkin: 1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog'lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so'ng kerakli so'z ajratib olinadi, so'ngra so'z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi. 2. So'z asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida o'rganiladigan tovush ajratib olinadi: ot. O'qituvchi ot rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning nomini- so'zni aytadi. O'qituvchi "O" tovushini cho'zib (o-o-o-ot) aytadi va qaysi tovushni cho'zib aytayotganini o'quvchilardan so'raydi. O'quvchilar O tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o'tkaziladi. O tovushli so'zlar o'ylab toptiriladi. SHundan so'ng O harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko'rsatiladi. Bunda O harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e`tibor beriladi. 3. O'rganilgan harflar ichiga bugun o'rganiladigan harf aralashtirilib qo'yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so'ng o'qituvchi bu harf
16
ifodalaydigan tovushni aytadilar. O'quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko'rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o'qishga o'rgatish ustida ishlanadi. O'qishga o'rgatishda bo'g'in asos qilib olinadi. Buning uchun o'qituvchida bo'g'in jadvali bo'lishi lozim. Bo'g'in jadvali asosida o'qish namunasi ko'rsatiladi, ya`ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko'z bilan ko'rib, uning nomini xotirada saqlab, ikkinchi harfni ko'rish va ikkalasini bog'lab, unlini mo'ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Umuman olganda, har bir o'qish darsida albatta bo'g'in tuzilishi murakkab so'zlarni o'qish mashqи o'tkazilishi lozim. Bu usul o'quvchilarda o'qish malakasining takomillashuviga yordam beradi. O'qishga o'rgatishda so'zlarni va gaplarni to'ldirib o'qish ko'nikmalarini hosil qilish o'quvchini gaп tuzishga, tez fikrlashga yo'naltiriladi. O'quvchi tushirib qoldirilgan harf va so'zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e`tibor beradi, o'rtoqlariga nisbatan tez topib, o'qituvchining rag'batiga sazovor bo'lishiga intiladi. "Alifbe" darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatiladi. Ular shularga mos ohang tanlashni, to'xtash, pauza qilish o'rinlarini belgilab olishni taqozo etadi. Bunda o'qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini izohlash) va ifodali o'qish namunasini ko'rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o'qilgan matngina tushunarli bo'ladi. Har bir predmetda bo'lgani kabi o'qish darslarida ham ta`lim-tarbiya birligiga e`tibor beriladi. O'qish darslarida tarbiya o'qilgan mantnning ongli o'zlashtirilishiga bog'liq. O'quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o'zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, esa yaxshi inson bo'lish uchun o'qishning zarurligini anglaydi. SHuning uchun ongli o'qishni ta`minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqat qaratish lozim. Masalan, rasmni kuzating. Эndi matnni o'qing.
17
Matnda nima haqida fikr yuritiladi? rasmda nima tasvirlangan? Ular orasida bog'lanish bormi? Matn mazmunini rasmga qarab so'zlab bering va hokazo. Demak, o'qish o'qilganlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. SHundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g'oya o'quvchilar tomonidan o'zlashtiriladi. So'ng so'z va matnlar yod olingan taqdirda ham o'quvchiniki bo'lib qoladi. O'qishning ongliligini va ta`sirchanligini ta`minlash uchun matn mazmunini o'quvchilarning ko'rgan-kechirganlari, taassurotlari bilan bog'lash lozim. SHunda o'quvchida o'qishga, o'rganishga qiziqish ortadi. Ongli o'qishni amalga oshirishda lug'at ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. She`r, tez aytish, topishmoq, qo'shiq, maqol, hikmatli so'zlardan o'qitish, yod oldirish ham o'quvchilarning o'qishga qiziqishini oshiradi, o'qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. O'qish darslarining uchdan ikki qismi o'qishni mashq qilishga ajratilishi lozim. Demak, o'quvchilarni o'qishga o'rgatish, ularning o'qish sur`atining oshirilishi, ifodali va ongli o'qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o'qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi. Yozuv daftari asosida uyushtiriladigan yozuv darslarida o'quvchilar asosan grafik malakalarni egallaydilar. Yozuv ko'nikmalarini shakllantirish ham bevosita nutq hamda tafakkur faoliyati bilan bog'lik. SHu tufayli yozuv daftari ham savod o'rgatish jarayonining davrlashtirilishiga mos holda tuziladi. O'quvchilar tayyorlov davrining birinchi bosqichida yozuv chiziqlarini farqlash (asosiy yozuv chizig'i (===); yordamchi yozuv chizig'i (---//)); harf elementlarini yozish, elementlar oralig'ini chamalash orqali ular orasida bir xilda masofa qoldirish, hoshiyalar ustidan chizishni mashq qilish orqali qo'lni yozuvga tayyorlash ishlarini bajaradilar. Ikkinchi bosqichda unli harflarning kichik va bosh shakllarini yozishni o'rganadilar. Asosiy davrda undosh harflarning kichik va bosh shakllarini, o'rganilgan unli va undoshlar bilan bo'g'in, so'z, gap yozishni mashq qiladilar. Bu davrda harflarning shaklini o'quvchi xotirasida to'g'ri gavdalantirish, 18
tovushlarning so'z ma`nosi farqlashdagi vazifasi aniqlashlariga erishish, so'z ma`nosini tushuntirish, so'zning ma`nosini izohlashga, so'z tuzishga o'rgatish, shular bilan bog'liq holda nutqni boyitish, fikrlash faoliyatini rivojlantirish ko'zda tutiladi. Daftarda ta`lim beruvchi, o'rganuvchi-tekshiruvchi, tekshiruvchi xarakterdagi mashqlar berilgan. U bilan ishlashda lug'at ishiga doir, talaffuz mashqlari, og'zaki suhbat, hikoyalash, tuzilgan hikoyadan gapni, gapdan so'zni ajratish, so'zni bo'g'inga bo'lish, so'z yoki bo'g'indagi yozilishi o'rganiladigan harfni ajratish, bo'g'inlarni biriktirish, tuzilgan so'zlarni o'qish va yozish kabi ish turlari bajariladi. Orfografik ko'nikma va malakalarni muvffaqiyatli egallashlari grafik malakalarning qay darajada shakllanganligiga bog'liq. Ehtiyotsizlik va befarqlik bilan yozgan chiroyli yozuv talablariga javob bermaydigan yozuv o'quvchilarning orfografiyasini yana ham pasayishiga olib keladi. Yozuv xunuk, yozishni yaxshi bilmaydigan bola yozma ishini beparvo, o'ylamasdan yozadi, o'z xatolarini ham sezmaydi. Grafik malakalarni egallamagan o'quvchilarning yozma ishlarida grafik malakalarni yaxshи egallagan o'quvchilarning ishlariga nisbatan imlo xatolar ko'p uchraydi. Buning sababi grafik malakalari shakllanmagan o'quvchilar yozuv jarayonida tovushni harfga aylantirish, harfni yozish, ularni bir-biriga ulashga ortiq vaqt sarflaydilar. So'ng o'quvchilar oldida turgan umumiy muammo-to'g'ri yozish muammosini hal qilish uchun ulgurmaydilar. Bularning hammasi o'quvchida borgan sari o'ziga ishonchsizlik kayfiyatini tug'diradi, yozuvni uning uchun mashaqqatli ishga aylantiradi. O'quvchi grafik malakalarni qanchalik tez egallab olsa, to'g'ri yozuv mashqlarini shunchalik muvaffaqiyatli bajaradi. O'quvchi yozuv darslarida doimiy ijodiy izlanishda bo'lishi, ta`limning samarali usullaridan foydalanishni, imkoniyatidan kelib chiqib yozuvga o'rgatishning qulay usullarini qo'llashi lozim. 2-sinf o'quvchilarini yozuvga va o'qishga o'rgatish bilan birga olib boriladi. Yozuvga o'rgatish jismoniy va aqliy mehnat talab etadigan og'ir jarayon hisoblanadi. Tajriba uzluksiz yozuv bolalar uchun kuchи etmaydigan mehnatligini ko'rsatadi. Yozuv jarayonida yozuvni mashq qilishning turli usullaridan 19
foydalanish mumkin. Masalan, hoshiya chizdirish ("Yozuv daftari" dagi hoshiyalarni), xattaxtada (turli topshiriqlar asosida har xil o'yin shaklida) havoda yozdirish, ko'rgazmadan foydalanish tekshirish, xatolar ustida ishlash kabi. Bunday mashq turlari dars samaradorligini oshiradi. 2-sinf o'quvchilarining o'qishning dastlabki harflarida o'qish va yozishga bo'lgan qiziqishi kuchlи bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilarning mana shu qiziqishlarini so'ndirmasdan maqsadga to'g'ri yo'naltira bilish zarur. Buning uchun bolalarning fiziologik va psixologik xususiyatlarini o'ganish talab etiladi. 2- sinf o'quvchisi harfni yozayotganda shu harfning qaysi elementlardan tuzilganini, bu elementlar qaerdan qaergacha davom etishini, ularning chiziqlar orasida joylashuvini, harfning o'lchamini o'ylaydi. Bunda u yana 2 narsani: 1) qo'l harakatini boshqaradi. 2) chiziqdan chiqib ketmaslikni kuzatadi. O'quvchilarni yozuvga o'rgatishning zamonaviy ta`limiy vositalaridan biri ko'rgazmalilikdir. Ko'rgazmalilik 2 xil bo'ladi: 1. Ko'rgazmali tasvir. 2. Ko'rgazmali harakat. Bolalarning tabiati har ikkisini ham qo'llashni taqozo etadi. Qo'rgazmali materiallar har bir partaga mo'ljallanishi kerak. Masalan, ko'rgazmali materiallarda birorta harfni yozma shakli ifodalangan bo'lsa, shu shakl kichik hajmda har bir o'quvchining partasiga berish uchun mo'ljallab ko'paytirilishi va ortiqcha bezaklar bilan jihozlanmasligi kerak. Yangi harf o'rganiladigan darsda qo'llaniladigan ko'rgazmali tasvirlar 40 50 sm hajmdagi kartonda tayyorlanadi. Unga yozuv daftaridagi asosiy va yordamchi chiziqlar chiziladi. Birinchi yozilishi o'rganiladigan harfning to'liq shakli, so'ng shu harf qismlarga ajratilib, keyin qo'l harakati yo'nalishi strelkalar bilan ko'rsatiladi. Ko'rgazma xattaxtaning bir tomoniga osib qo'yiladi. Ko'rgazmadagi ifodalarni dastlabki paytlarda o'qituvchi, keyinchalik esa o'quvchilar strelkalar asosida izohlaydilar. Masalan, bosh "L" harfi yuqoridan pastga qiyalatib chizib tushiladi,
20
pastki yozuv chizig'iga yaqinlashganda o'ngga halqa hosil qilinadi. O'qituvchi xattaxtada ko'rgazmali harakati orqali shuning yozilishini tushuntiradi. Sinfda nechta o'quvchi bo'lsa, iloji boricha hammasining qo'lidan ushlab yozdirishga harakat qilish kerak, chunki ular yo'l qo'yayotgan juz`iy kamchiliklarini ham shu ondayoq tuzatish imkoniga ega bo'ladilar. Lekin shuni unutmaslik kerakki, o'qituvchining diqqat markazida o'quvchilarni mustaqil faoliyatga o'rgatish, o'z kuchi va imkoniyatiga ishonch bilan qarash kabi zarur fazilatlarni tarbiyalash, tarkib toptirish kabilar turishi kerak. CHunki bola bir xildagi ish usulida o'rganib qolsa, unda yangi ko'nikma hosil qilish qiyin bo'ladi. Ayniqsa, u vazifani bajarayotganda doimo ikkilanib, atrofdan yordam kutishga muhtoj bo'lib qoladi. Ko'rinadiki, o'quvchilarni chiroyli yozuviga o'rgatish ta`limi o'quvchidan samarali usullardan oqilona foydalanishni, shaxsiy ijodkorlikni talab qiladi.
Savod darslari o'qituvchini tovush-harf bilan tanishtirish, uni o'qishga o'rgatishi bilan birga savodxonlikka ham zamin tayorlashi zarur. Orfografik bilimlar o'quvchilarning nutqini o'stirish, yangi so'zlar hisobiga lug'atini boyitish, so'zlarni turli grammatik formalarda qo'llash, ularning talaffuzi ustida ishlash bilan bir vaqtda shakllantiriladi. Orfografiyani o'rganishda og'zaki nutqqa tayanib ish ko'riladi. CHunki o'quvchilar eshitgan, o'qigan so'zlarini o'z nutqlarida qo'llaydilar. Buning uchun esa o'sha so'zlarning ma`nosini tushuntirishlarи lozim.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling