O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 292.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi292.07 Kb.
#210781
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sadriddinova D

XULOSA 

 

"O'qish  kitobi"da  keltirilgan  "Ajdodlarimiz  -  faxrimiz"  bo'limida  berilgan 

tarixiy  rivoyatlar  va  hikoyalar,  tarixiy  shaxslarga  bag'ishlangan  she`rlar  orqali 

o'quvchilarning  nafaqat  nutqini,  dunyoqarashini,  bilimini  o'stirish,  balki  ularning 

qalbida  shu  tabarruk  ajdodlarga  munosib  voris  bo'lib  etishi  tuyg'usini  qaror 

toptirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.  

Qolaversa,  rivoyatlar  epik  tafakkur  taraqqiyotining  tadrijiy  takomilini 

ko'rsatuvchi  manbalardan  biri  bo'lishi  bilan  birga  xalqimizning  o'tmishi,  qadimgi 

davrlarda  yashagan  ajdodlarimizning  o'ziga  xos  turmush  tarzi,  dunyoqarashi,  urf-

odatlari,  el-yurt  ozodligi  va  hurligi  yo'lida  olib  borgan  fidokorona  kurashlari 

haqidagi  g'oyat  muhim  ma`lumotlarni  o'zida      mujassamlashtirganligi    bilan  ham 

ahamiyatlidir.  Ayniqsa,    vatanparvar  ajdodlarimizning  o'z  elini  bosqinchi 

dushmandan    himoya      qilishi    haqida    hikoya    qiluvchi  asarlarga  millat  qadrini 

yuksaklarga ko'tarish, ona-yurt tuprog'ining  har bir zarrasini  muqaddas deb bilish, 

milliy    hurlikdek  ulug'  ne`matni  ko'z  qorachig'idek  asrash  g'oyasi  singdirilgan 

bo'lib, bunday asarlar yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida  tarbiyalashda bugungi 

kunda ham o'z qadrini yo'qotgan emas. 

O'zida  o'tmishda  yashab  o'tgan  zukko  kishilarning  yuksak  aql-zakovati, 

shuningdek,  muhim  tarixiy  voqea-hodisalar,  ajdodlarimizning  bunyodkorlik 

faoliyati  haqida  hikoya  qiluvchi  asarlar  o'quvchilarning  ham  sevimli  asarlaridir. 

Zero,  yosh  avlod  hamisha  o'z  ajdodlari  haqida  eshitishni,  bilishni,  ulар  ruhini 

qadrlashni sharafli burch deb biladi. 

 

 

 



 

 

 



 


 

22 



Download 292.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling