O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


 Mustaqillik sharoiti va ilm-fan taraqqiyotida barkamol avlod tabiyasining ustuvor


Download 494.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana05.01.2022
Hajmi494.64 Kb.
#220086
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
mustaqillik sharoitida barkamol avlod tarbiyasining oziga xosligi

1.3. Mustaqillik sharoiti va ilm-fan taraqqiyotida barkamol avlod tabiyasining ustuvor 

jihatlari 

 

Hozirgi  davrdagi  jamiyat  taraqqiyoti  intellektual  salohiyatli  avlodni  tarbiyalash 



muammosini  nihoyatda  dolzarbligini  ta’kidlamoqda  va  u  ham  milliy,  ham  umumbashariy 

mazmun-mohiyatga  ega,  uning  ijrosi  insoniyatni  ma’naviyat  va  ma’rifatga,  yuksak 

barkamollikka,  ezgulikka  olib  boradi.  Shu  sababli  ham  intellektual  salohiyatli  avlod  va  uni 

shakllantirish muammosining yechimlari azal-azaldan xalqimizning ezgu-orzusi bo’lib kelgan. 

O’zbek  xalqining  o’tmishiga  nazar  soladigan  bo’lsak  ajdodlarimiz  ham  yoshlar 

intellektual salohiyatini yuksaltirishga doimo e’tibor berib kelgan va ularning doimiy amaldagi 

orzusi  bo’lgan.  Bunday  orzuga  erishish  nafaqat  oila  boshlig’i  yoki  ta’lim  muassasalaridagi 

murabbiylar,  balki  yurtimizning  donishmandlari-ziyolilari  (olimlar,  shoirlar,  yozuvchilar, 

tarixchilar, hadischilar va h.k.) va adolatparvar hukmdorlarning ham bosh maqsadi bo’lgan.  

Jumladan,  Abu  Nasr  Farobiyning  fozillar  jamiyati,  Yusuf  Xos  Hojibning  «Saodatga 

eltuvchi  bilim»,  shuningdek,  At-Termiziy,  Ahmad  Yassaviy,  Imom  al-Buxoriy,  Bahouddin 

Naqshband,  Hoja  Ahrori  Valiy,  Al-Marg’inoniy,  An-Nasafiy,  Az-Zamahshariy,  Najmiddin 

Kubro,  Ya’qub  Charhiy,  Xoja  Muhammad  Porso,  Mahdumi  A’zam  Xojogon,  Kosoniy,  Xoja 

Yusuf  Hamadoniy,  Abdulholiq  G’ijdivoniy  va  boshqalarning  ilmi  hadis  yo’nalishidagi 

ta’limotlari  va  Al-Xorazmiyning  dunyoviy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  kashfiyotlari,  Ibn  Sino 

tibbiyoti,  Abu  Rayhon  Beruniyning  qomusiy  ilmi  va  ijtimoiy  axloqiy  qarashlari,  Amir  Temur 

davlatchiligi  va  tuzuklari  hamda  uning  adolatli  ijtimoiy-tashkilotchilik  ishlari,  Mirzo 

Ulug’bekning koinot haqidagi ta’limoti, Mirzo Boburning ta’limni («Xatti Boburiy») isloh qilish 

sohasidagi, Alisher Navoiyning adolatli jamiyat va ma’rifatga chaqiruvchi ta’limotlari, Ma’mun 

akademiyasining ta’limotlarida teran ifoda qilingan. 

Zero,  mamlakatimiz  Prezidenti  Islom  Karimov  ta’kidlaganidek:  “...hyech  shubhasiz, 

buyuk ajdodlarimiz merosiga tayangan holda hozirgi zamon va taraqqiyotning  yangi va  yuksak 

cho’qqilarini  egallashga  intilishimiz,  o’zimizning  nimalarga,  qanday  ulkan  ishlarga  qodir 

ekanligimizni namoyon etishimiz, barchamiz, avvalo, navqiron avlodimiz uchun ham qarz, ham 

farz bulishi shart”. 

Hozirda bunday boy o’tmish merosimizga ega bo’lgan ajdodlarimiz orzusiga mustaqillik 

tufayli  erishildi  va  respublikamiz  ahlini  turli  jabhalarida  tub  burilishlarga,  islohatlar  qilishga 



 

15 


ilhomlantirdi.  Jumladan,  ta’lim  tizimida  «Ta’lim  to’g’risida»gi  Qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash 

milliy dasturi» (KTMD) qabul qilinib, bulardan maqsad – ta’lim sohasini tubdan isloh qilishni, 

uni  o’tmishdan  qolgan  zararli  sarqitlardan  to’la  xolis  etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar 

darajasidagi  yuksak  ma’naviy  va  axloqiy  talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar 

tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir. 

Ma’lumki, bunday 

maqsadni  amalga  oshirishda  uzluksiz  ta’lim  tizimi  (UTT)da 

islohatlarni muntazam amalga oshirib va kuzatib borishni takozo etadi. 

Ushbu faoliyatni amalga oshirishda quyidagilar nazarda tutilmog’i lozim: 

–  ta’lim  tizimining  kadrlar  salohiyatini  tubdan  yaxshilash,  tarbiyachi,  o’qituvchi, 

muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish; 

–  davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turini rivojlantirish

–  uzluksiz  ta’lim  tizimini  tarkibiy  jihatdan  qayta  qurish:  ta’lim,  fan,  texnika  va 

texnologiyalarning  iqtisodiyot  va  madaniyatning  jahon  miqiyosidagi  zamonaviy  yutuqlarni 

hisobga olgan holda ta’lim va kasb-hunar dasturlarini tubdan o’zgartirish; 

–  ilg’or  texnologiyalarni  keng  o’zlashtirish  va  yangilarini  yaratish  iqtisodiyotdagi 

tarkibiy  o’zgarishlar,  chet  el  invistisiyalari  ko’lamlarining  kengayishi,  tadbirkorlik,  kichik  va 

xususiy  biznesni  rivojlantirish  bilan  bog’liq,  ya’ni  kasb-hunar  va  mutaxassisliklar  bo’yicha 

kadrlar,  shu  jumladan  boshqaruv  tizimi  kadrlarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  ularni 

malakasini oshirish; 

–  milliy  istiqlol  tamoyillari  va  xalqni  boy  intellektual  meros  hamda  umumbashariy 

qadriyatlarning  ustuvorligi  asosida  ta’limning  barcha  darajalari  va  bo’g’inlarida  ta’lim 

oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish; 

–  ta’limni  boshqarish  tizimini  takomillashtirish  jamiyat  boshqaruvi  shakllarini 

rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish; 

–  ta’lim  olishda,  shuningdek,  bolalar  va  yoshlarni  ma’naviy-axloqiy  intellektual  va 

jismoniy  jihatdan  tarbiyalashda  oila,  ota-onalar,  jamoat  tashkilotlari,  mahallalar,  xayriya  va 

xalqaro fondlar rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga 

oshirish; 

–  ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tizimini yaratish va joriy etish; 

–  uzluksiz  ta’lim  tizimi  fan  va  amaliyot  (ishlab  chiqarish)  bilan  integrasiyalashning 

mukammal mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish

–  ta’lim , ilm-fan bilan bog’liq ishlarni chet el va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini 

kengaytirish xamda rivojlantirish

–  ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va 

sanitariya-gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish va h.k. 




 

16 


Demak,  yuqorida qayd etilganlarni  hisobga oladigan bo’lsak, uzluksiz ta’lim  tizimining 

bosh  masalalaridan  biri  yosh  avlodni  «Davlat  ta’lim  standartlari»  (DTS)  talablari  darajasida 

tayyorlashdan  iborat.  (Bu  yerda  DTS  jamiyat  taraqqiyotiga  mos  muntazam  ravishda 

takomillashtirilib borishi ham e’tiborga olinadi). 

Umuman  olganda  barkamol  avlod  tarbiyasi  o’zining  ma’naviy-ma’rifiy,  tashkiliy-

uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab va mas’uliyatli dinamik jarayondir.  

Demak, taraqqiyotning O’zbek modeliga asoslangan barkamol avlod tarbiyalash orzusini 

ifodalashga  ma’naviy,  iqtisodiy  va  qonuniy  asoslarimiz  bor.  Shu  sababli  ham  shakllanayotgan 

avlod o’z ixtisosligi bo’yicha jahon talablari darajasiga javob beruvchi, rivojlangan demokratik 

davlatlar darajasidagi mutaxassis, yuksak ma’naviyatli va axloqiy yetuk barkamol avlod bo’lishi 

lozim.  

Bu  orzuga  erishishning  yo’li  respublikamiz  Prezidenti  I.A.  Karimov  tashabbusi  va 

rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modelida yaqqol ifodalangan. 

Navbatdagi  vazifa  orzuga  erishishning  usul  va  vositalari  hamda  yo’llarini  belgilab 

olishdan iboratdir. Ularni quyidagicha ifodaladik: 

–  ta’lim-tarbiya berish va unga mos intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalash tizimini 

jamiyatda  yuz  berayotgan  xamda  rivojlanish  sari  qadam  qo’yilayotgan  jarayonlar  bilan 

muntazam ravishda moslab borish; 

–  barkamol avlodni ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy axloqiy tarbiyalashning 

istiqbolli uslub va vositalarini ishlab chiqish xamda qo’llash. 

Belgilangan  maqsad  va  vazifani  amalga  oshirish  uchun  uzluksiz  ta’lim  tizimining 

ahamiyati  beqiyosdir.  Shu  sababli  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelida  uzluksiz ta’limga  alohida 

e’tibor berilgan.  

Mazkur  uzluksiz  ta’lim  tizimi  ketma-ketligi  oldingi  ta’lim  tizimidan  farqli  o’laroq  unda 

uzilish  yo’q,  ya’ni  ma’lum  bir  bosqichlardan  keyin  yoshlarimiz  bo’sh  qolmaydilar.  Ayniqsa, 

ularni dasturlar bilan ta’minlashlar kadrlar tayyorlash milliy dasturida markaziy e’tiborlardan biri 

hisoblangan,  ya’ni  umumta’lim  maktablari  (I-IX  sinflardagi),  o’rta  maxsus  kasb-hunar  va  oliy 

ta’lim dasturlarini tuzishda tayanch ta’lim dasturlar vazifasini bajarib, ular o’zaro uyg’unlashib 

uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etadi. 

Davlatimiz bugungi kunda intellektual salohiyatli avloddan O’zbekiston taraqqiyotining 

poydevori  bo’lishdek  muhim  va  istiqbolli  ezgu-niyatlar  qilmoqda.  Bunday  ezgu-niyatlarni 

amalga  oshirishda  nafaqat  uzluksiz  ta’lim  tizimi,  intellektual  salohiyatli  avlod  orzusi  va 

vazifalari,  balki  mustahkam  ilmiy  asoslangan  uzluksiz  ta’lim  tarkibi  ham  kerak.  Ushbu  ishda 

uzluksiz ta’lim tarkibini quyidagicha ifodalashni taklif qildik: 

–  maktabgacha  tarbiya  (xonadon  bog’chasi,  fermer  xo’jaligi  bog’chasi  va  bolalar 



 

17 


bog’chasi); 

–  umumiy o’rta ta’lim (1-4- sinflar va 5-9- sinflar); 

–  o’rta-maxsus ta’lim (kasb-hunar kolleji, akadem liseylar); 

–  oliy ta’lim (institut, universitet, akademiyalarda bakalavriyat, magistratura); 

–  oliy  o’quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  (aspiranturaga  va  doktoranturaga  ruxsat  berilgan 

oliy o’quv yurtlarida, tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida); 

–  kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash (kadrlar malakasini oshirish va ularni 

qayta  tayyorlash  universitetlarida,  xodimlar  malakasini  oshirish  institutlarida,  kadrlarni  qayta 

tayyorlash huquqi berilgan o’quv markazlarida); 

–  maktabdan tashqari ta’lim («ustoz-shogird» guruhlarida, ommaviy sprot tadbirlarida, 

to’garaklarda,  milliy  pedagogik  qadriyatlarga  asoslangan  va  jahondagi  ilg’or  tajribalarni 

inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy vositalarni joriy qilish va h.k.). 

Barkamol  avlod  tarbiyasi  uchun  qayd  etilgan  ta’lim  tizimi  tarkibi  Davlat  ta’lim 

standartlari  talabi  asosidagi  kadrlar  tayyorlashning  uzviy  tarkibiy  qismi  bo’ladi  va  undan 

foydalanib jahon ta’limi talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash mumkin.  

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ni  joriy  etishning  ilmiy-uslubiy  ta’minoti  bevosita 

intellektual salohiyatli avlod tarbiyasi jarayoni ilmiy-uslubiy ta’minotining asosiy qismidir. 

Shu  sababli  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelini  joriy  qilishdagi  ilmiy-uslubiy 

ta’minotlarni quyidagi uch asosiy qismga bo’ldik: 

–  ilmiy-uslubiy  ta’minot  (o’quvchi-talaba,  yoshlar,  o’quv  rejalari  va  dasturlari,  davlat 

ta’lim standartlari, mutaxassislik, tasnifiy tasnifnomalar, iqti-dorli va iste’dodli yoshlar axborot 

ta’minoti, ta’limni axborotlashtirishning yangi texnologiyalari, ma’naviyat va ma’rifat markazi); 

–  o’quv, ilmiy ishlab chiqarish va tarbiya jarayoni (o’quvchi yoshlar, axborot ta’minoti, 

ta’limni  axborotlashtirishning  istiqbolli  usullari,  o’quv  rejalari  va  dasturlari,  DTS,  professor-

o’qituvchilar tarkibi, moddiy-texnika baza); 

–  fan  va  ishlab  chiqarish  (professor-o’qituvchilar  tarkibi,  qayta  tayyorlash  va  malaka 

oshirish). 

Bu  qayd  etilgan  ilmiy-uslubiy  ta’minot  intellektual  salohiyatli  avlod  tarbiyasining 

o’zagini tashkil etadi va barkamol avlod tarbiyasi jarayoni to’liq ushbu ilmiy-uslubiy ta’minotni 

e’tiborga olgan holda olib boriladi.  

Barkamol avlod tarbiyasi jarayoniga bunday yondashish kompleks xarakterga ega bo’lib, 

ushbu jarayondagi ta’lim-tarbiyaning har bir bosqichida puxta tayyorgarlikka ega bo’lishlikni va 

maqsadga  yetishlikni  kafolatlaydi.  Maqsadga  yetishlikni  avvaldan  ishlab  chiqilgan  mezonlar 

asosida  olib  boriladi.  Ta’lim-tarbiya  mazmuniga  qarab  yoki  ushbu  jarayonni  boshqarish 

mazmuniga  qarab  maqsadlar  tizimi  (ketma-ketligi)  yoki  yaxlit  yagona  bir  maqsad  bo’lishi 



 

18 


mumkin  va  u  Davlat  ta’lim  standartlariga  yoki  mutaxassislarga  qo’yiladigan  jahon  ta’limi 

talablari asosida shakllangan (tuzilgan) bo’ladi. 

Tarbiyalayotgan  yosh  avlodimiz,  qo’yilgan  maqsadga  javob  bergan  holatga  kelgandan 

keyin  amaliy  faoliyatga  (mehnat  bozori)ga  yo’llanma  beriladi,  aks  holda  qo’shimcha  chora-

tadbirlar  belgilanib,  intellektual  salohiyatli  avlod  tarbiyasi  maqsadiga  mos  qo’shimcha  ta’lim-

tarbiya olib boriladi. 

Barkamol  avlod  tarbiyasining  qayd  etilgan  ilmiy  asoslangan  ta’lim-tarbiya  jarayonida, 

ayniqsa ta’limni boshqarishda istiqbolli natijalarni qo’lga kiritish imkonini beradi va eng asosiy 

«Barkamol  avlod  –  O’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori»,  degan  ezgu  niyatlarimizning 

og’ishmay amalga oshishiga fundamental asos bo’ladi. 

Mamlakatimiz Prezidentining ta’limni rivojlantirishga, yoshlarga jahon andozalariga mos 

bilim,  ko’nikma  va  malakalar  hosil  qilish,  ularni  milliy  g’oyaga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash 

hamda  intellektual  salohiyatli  kadrlar  qilib  yetishtirish  borasida  ko’rsatayotgan  doimiy 

g’amxo’rligi  tufayli  ta’lim-tarbiya  ishlarining  bugungi  kundagi  mazmun-mohiyati  tubdan 

o’zgardi. 

Eng  asosiysi,  mamlakatimizda  barkamol  avlod  ta’lim-tarbiyasini  kafolatlovchi  milliy 

model yaratildi. Bugun mamlakatimiz aholisining 60 foiziga yaqinini yoshlar tashkil etadi. Ular 

uchun respublikamizda barcha sharoitlar yaratilmoqda. 

Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2008 yilni “Yoshlar yili”, 2010 yilni “Barkamol avlod 

yili” deb qabul qilinganligi ham e’tiborning yuksak namunasidir. Yoshlar yilida ham Barkamol 

avlod  yilida  ham  bugungi  va  ertangi  hayotimizni  belgilab  beradigan,  barcha  ezgu  ishlarimizni 

amaliy  hayot  jabhasida  ro’yobga  chiqaradigan  har  tomonlama  yetuk  kadrlar  tayyorlash, 

intellektual  salohiyatli,  jahon  andozalariga  javob  beradigan  yoshlarni  tarbiyalash  masalasida 

qilinayotgan ishlarning miqyosi beqiyos.  

Bu ham intellktual salohiyatli barkamol avlodni tarbiyalashga bo’lgan e’tiborning omiliy 

bir  ko’rinishi  ekanligi  shubhasizdir.  Shu  o’rinda  bir  savol  tug’iladi:  Zamonaviy  intellektual 

salohiyatli  yosh  avlod  kim  va  u  o’zida  qanday  fazilatlarni  mujassamlashtirgan  bo’lishi  lozim? 

Biz ushbu savolga quyidagicha javob berishni lozim deb topdik:  

Barkamol  avlod  –  bu  yuksak  aql  zakovat  sohibi,  mustaqil  fikrni  erkin  bildira  oladigan, 

milliy  g’oyaning  tub  ma’no  mazmunini  anglab  yotgan  va  ularga  sodiq  bo’lgan,  dunyoqarashi 

keng, sog’lom fikrli, mahalasi, uyi tinchligi uchun jonini fido etishga tayyor turuvchi o’z Vatani 

dovrug’ini jahon uzra keng yoyadigan haqiqiy bunyodkor shaxs. 

Hozirgi  paytda bu sohada keng ko’lamli  ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda milliy 

qadriyatlarni milliy g’oya uyg’unligi asosida tashkil etishga ahamiyat berilayotgani intellektual 

salohiyatli  yoshlar  ongining  shakllanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Chunki 



 

19 


tarbiyalanayotgan barkamol avlodning ongi va dunyoqarashini zamon talablariga muvofiq tarzda 

shakllantirmasdan maqsadga erishib bo’lmaydi.  

Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov bu sohaga bo’lgan e’tiborining mohiyati haqida 

shunday  degan  edi:  “Bugungi  kunda  oldimizga  qo’ygan  buyuk  maqsadlarimizga,  ezgu 

niyatlarimizga  erishishimiz,  jamiyatning  yangilanish,  hayotimizning  taraqqiyoti  va  istiqboli 

amalga  oshirayotgan  islohatlarimiz,  rejalarimizning  samarali  va  taqdiri  –  bularning  barchasi, 

avvalombor  zamon  talablariga  javob  beradigan  yuqori  malakali,  ongli  mutaxassis  kadrlar 

tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz”. 

Modamiki,  davlatimiz  kelajagimiz  vorislari  bo’lgan  zamonaviy  intellektual  salohiyatli 

yoshlar  ta’lim  tarbiyasiga  hyech  narsani  ayamayotgan  ekan,  o’z  umrini  bunday  ulug’  va 

mas’uliyatli  ishga  bag’ishlagan  har  bir  pedagog  davlat  va  jamiyat  tomonidan  bildirilgan 

ishonchga  munosib  bo’lish,  pedagogik  faoliyatida  yuksak  samaradorlikka  erishish  bilan  javob 

berishi, XXI asr avlodini tarbiyalashda faol qatnashish lozim. 

 


Download 494.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling