O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
Barkamol avlod tarbiyasida milliy g’oyaning o’rni
Download 494.64 Kb. Pdf ko'rish
|
mustaqillik sharoitida barkamol avlod tarbiyasining oziga xosligi
2.2. Barkamol avlod tarbiyasida milliy g’oyaning o’rni
Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoshlarga qaratilayotgan e’tibor davlat siyosatining muhim ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida qaralib, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan zamonaviy mutaxassislarni yetishtirish hamda jismonan baquvvat, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, mard va jasur, vatanparvar, ma’naviyati yuksak, milliy g’oyani o’zida mujassam etgan shaxsni shakllantirishga e’tibor berila boshladi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar qabul qilinib, dasturlar ishlab chiqildi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonun hamda “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”, sport sohasidagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni va boshqa me’yoriy hujjatlar yoshlar bilan ishlash, ularni barkamol avlod sifatida shakllantirishni davlat miqyosida muvaffaqiyatli amalga oshirilishida zamin bo’lmoqda. Ulardan ko’zlangan maqsad yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, yoshlarimizga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatish, ularni ish bilan ta’minlash, sog’lig’ini asrab-avaylash, ma’naviyatini yuksaltirish, qobiliyati va madaniyatini rivojlantirish hamda jamiyat manfaatlari yo’lida xizmat qiladigan barkamol avlodni tarbiyalash uchun sharoitlar yaratishdan iborat. Mustaqillik yillari bu yo’nalishda ham ulkan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so’nggi 35
yillarda g’oyaviy-mafkuraviy, ta’lim-tarbiya, targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotiga jiddiy turtki bermoqda. Aksariyat fuqarolar buzg’unchi g’oya va mafkuralar mohiyatini farqlab, ularning g’arazli maqsadlarini anglab yetmoqda. Bu, hyech shubhasiz, keyingi yillarda olib borilgan ijobiy ishlarning samarasidir. Ammo mazkur sohada qator muammolar ham yo’q emas. Xususan, jamiyatimiz a’zolarining hammasi ham milliy g’oya va mafkuraning mazmun-mohiyatini, hayotimiz va taraqqiyotimizda tutgan o’rni hamda ahamiyatini hamon yetarlicha anglamayotganini ta’kidlash lozim. Milliy mafkura-mohiyatan milliy g’oyaga yetish yo’li. Nima qilinsa, shu g’oyaga intilish tezlashadi, osonlashadi, maqsad amalga oshadi, qanday ish tutilsa, mazkur g’oyaga zid harakatlarning yo’li to’siladi-milliy mafkura aynan ana shu savollarga javob beradi. Ilmiy tarzda aytganda, agar milliy g’oya nazariya bo’lsa, milliy mafkura-amaliyot. Yoki, milliy g’oya strategiya bo’lsa, milliy mafkura-taktika. Ma’naviyat va ma’rifat odamni ana shunday yuksak insoniy darajaga yetkazadi. Shunda inson komil bo’ladi. Milliy mafkurani ham komil insonlar yaratadi, takomillashtiradi va amalga oshiradi. Milliy istiqlol g’oyasining mazmuni va mohiyatini tashkil etuvchi asoslardan biri- xalqimizning qadimiy va boy tarixidir. Tarix-buyuk murabbiy. U odamga namuna bo’ladigan misollarnigina emas, balki ba’zan achchiq saboqlar ham beradi. Milliy istiqlol g’oyamizning falsafiy asosini eng avvalo milliy-ijtimoiy tafakkurning butun dunyoda mashhur nodir namunalari, buyuk ajdodlarimizning falsafiy merosi, diniy va ilmiy qarashlari, progressiv aholi qatlamlarining dunyoqarashi, xalq orasida keng tarqalgan ezgulik va adolat g’oyalari, sofko’ngillik va oliyjanoblik, halollik, jasorat, ma’naviy va jismoniy barkamollik tashkil etadi. Istiqlol g’oyasining falsafasi, uning mazmuni va mohiyati, eng muhim prinsiplari jamiyatimizning progressiv taraqqiyot yo’lini, milliy davlat barpo etish jarayoni va istiqbollarini nazariy jihatdan asoslab bergan Islom Abdug’aniyevich Karimov asarlarida o’zining teran ifodasini topdi. Milliy istiqlol g’oyasi kishilik sivilizasiyasining - qadimgi dunyo, antik dunyo, o’rta asrlar, boshqa davrlar va hozirgi zamonning falsafiy tajribasiga tayanadi. Milliy istiqlol g’oyasining mazmuniga G’arb va Sharq ijtimoiy tafakkurining qator buyuk vakillari, chunonchi, Suqrot va Konfusiy, Zardusht va Aflotun, Akvinskiy va Forobiyning va jadidchilik vakillarining hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan qarashlari: jahon dinlarida mavjud bo’lgan umuminsoniy gumanizm g’oyalari ta’sir ko’rsatmoqda. “G’oya” tushunchasining hozirgi zamon ilmiy talqiniga muvofiq, u obyektiv
36
voqyelikning inson tafakkuridagi in’ikosi bo’lib, ayni paytda, inson ongi, borliqni aks ettirish bilan birga, o’zida bilish jarayonini yanada chuqurlashtirish va amaliy hayotni ijodiy o’zgartirishning keng, chuqur imkoniyatlarini mujassam etadi hamda o’z navbatida, uning o’zi ham ularning rivoji negizida muttasil taraqqiy topib boradi. “G’oya” borliqni to’g’ri yoki noto’g’ri aks ettirishi mumkin. Shunga qarab, u jamiyatning yo rivojiga yoki tanazzuliga xizmat qiladi.
Biz I.A.Karimov “milliy g’oya” to’g’risidagi fikr-mulohazalari bilan tanishar ekanmiz, bu yerda “g’oya” tushunchasini xudi mana shu, yuqorida qayd etilgan, zamonaviy ruhdagi, ilmiy ma’noda ishlatilganligining guvohi bo’lamiz. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi jumlalarni keltirishni maqsadga muvofiq topdik: “Aslida,-deydi yurtboshimiz “Turkiston” gazetasi muhbiri savolariga bergan javoblarida,-odamzod tafakkurining chegarasi yo’q”. “Agar tafakkurni atrofimizdagi hayot tarzining mahsuli sifatida qabul qilsak, uning ikkinchi jihati shundaki, hayotning o’zi ham, uning o’zgarishlari ham odamzod tafakkurining o’zgarishi bilan chambarchas bog’liq”. “Milliy g’oya millatni, xalqni birlashtirishga qaratilishi kerak”. “Millatni bo’lib tashlashga asos bo’ladigan g’oya buzg’unchi g’oyadir”. “G’oya”ning ijtimoiy hayotdagi o’rni va ahamiyatini ushbu tarzda idrok etilishidan kelib chiqqan mamlakat yo’lboshchisining musobahasida biz aql, ong, tafakkur, ma’naviyat, mafkura, milliy g’oya tushunchalarini keng uslubiy-nazariy miqiyoslarda qo’llanganligini ko’ramiz. XXI asrda, mamlakatimizni, xalqimizni birlashtirish, ularni mushtarak, yakdil qilish asosida kirib borishiga yo’l ko’rsata oladigan, ilg’or jahon hamjamiyati qadriyatlariga hamohang milliy g’oya qanday talabga javob bermog’i darkor? Gap milliy g’oya haqida borar ekan,-deydi mamlakat yo’lboshchisi mazkur savolga javob berar ekan,-o’z-o’zidan uni demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirish masalasi kelib chiqadi. Bu osongina kechadigan ish bo’lmay, balki chuqur ilmiy-siyosiy, nazariy-amaliy yondoshuvni talab qiladigan mashaqqatli jarayondir. Bu vazifani ado etish,-deya davom etadi I.A.Karimov,-ijtimoiy fanlar sohasining yetakchi olimlari- faylasuflar, siyosatshunoslar, sosiologlar, huquqshunoslar, pedagoglar, psixologlar, tarixchilarni, shuningdek, adib va jurnalistlarning eng peshqadam vakillarini mazkur jarayonga jalb qilish, ularning bilim va tajribalaridan omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etadi. Eng muhimi, shu narsa aniqki, erkin fuqaro-ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxs ma’naviyatini kamol toptirish bizning yangi asr bo’sag’asi va uning davomidagi bosh milliy g’oyamiz bo’lishi zarur,-deyiladi musobahada. Milliy g’oya-umumxalq manfaatlari mushtarakligining ifodasi bo’lib, u faqat adolat va demokratiya tamoyillarining hayotda qaror topishi orqali har bir fuqaro turmush tarzini insoniy negizlarda yuz berishini ta’minlaydi. Yashashdan maqsadimiz, xuddi shu milliy istiqlol g’oyasi bilan chambarchas bog’lanib, uyg’unlashib ketmas ekan, bunday hayot bema’nodir. Vatanparvarlik, xalqparvarlik hir
37
birimizning qon-qonimizga singib ketishi shart. O’zimizni jonajon Vatanimiz, aziz xalqimizdan ayru tasavvur etmasligimiz, men shu aziz diyorning bir qismi, jonli bo’lagi degan tasavvurga ega bo’lmog’imiz ayni haqiqatdir. Aslida har birimiz uchun men-Vatan, Vatan-mendir. Bu gapni keng ma’noda Vatan-xalq, xalq-Vatan deb tushunmoq joiz. Negaki bu aziz Vatanga har birimizning ota-bobolarimiz, ona momolarimizning jismi qorishgan. Biz ham shu tuproqdan hosil bo’lgan ne’matlarni iste’mol qilish hisobiga ulg’aydik. Ertami-kechmi (o’lim barhaq) ana shu zaminga qo’shilib ketamiz. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Jamiyatni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z muddolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch- quvvat beradigan poydevor” ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yuksak darajaga ko’tarish, ayniqsa, bugungi yangilanishlar davrida muhim va dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun jamiyatimiz fuqarolari, xususan, yoshlarni eski mafkuraviy asoratlardan xalos etish, ular ongida g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, ularni istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fanining bosh maqsadi hisoblanadi. Bu olijanob maqsadga erishishda “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasi asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Bu boradagi vazifalar ko’lami O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning bir qator chiqishlarida, xususan, “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida aniq ko’rsatib o’tilgan. Chunki mamlakatimizda barpo etilayotgan yangi jamiyat yuksak ma’naviyatga, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga tayanadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarining asosiy masad va vazifalari yurtboshimiz tomonidan bildirilgan ana shu fikrlar asosida belgilanib, milliy istiqlol g’oyasi asosiy tushuncha va tamoyillarini alohida fan sifatida o’qitishga e’tibor qaratildi. Bu fanning vazifalari quyidagilardan iborat: – yosh avlodda milliy g’oya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish; – istiqlol g’oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhini o’quvchilar ongiga yanada chuqur singdirish; – milliy qadriyatlarimiz va ulug’ mutafakkirlarimiz merosidan, islom dinining insonparvarlik falsafasi va g’oyalaridan yosh avlod tarbiyasida foydalanish samaradorligini oshirishga erishish; – mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o’zgarish va yangilanishlar mohiyatini yosh avlod qalbiga singdirib, uni bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylantirish va boshqalar. Demak, asosiy maqsad-yosh avlodda vatanparvarlik tuyg’usi va milliy g’ururni
38
shakllantirish, ajdodlarimiz merosiga hurmat, Vatanga sadoqat, istiqlolga fidoiylik tuyg’ularini kamol toptirish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning ta’sirchan yo’l va usullarini izlab topish, bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z-o’zini boshqara oladigan va har qanday qiyin vaziyatlarda ham to’g’ri yo’l topa biladigan shaxsni tarbiyalashdir. Prezidentimiz atrofiga birlashish, hamma masalada unga ko’mak berish, milliy istiqlolimizning mehnatsevarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, kamtarlik, oilaviy totuvlik, milliy ahillik, do’stlik-birodarlik haqidagi buyuk g’oyalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni talabalarning ongiga singdirish, xalqqa tushuntirish, ularning bajarilishiga o’z hissasini qo’shish-olimu fuzalolarning, shoiru yozuvchilarning sharafli burchi va bosh maqsadidir. Ahli donishlarning har bir kalomi, ta’sirchan, serma’no asari odamlarning qalbi va ongiga, his-tuyg’ulariga ta’sir etib, hayotimizdagi kamchiliklar, nuqsonlarni bartaraf etishga, yangi inson dunyoqarashini, uning ma’naviy hamda estetik qarashlarini shakllantirishga ko’maklashadi. G’oyani amaliyotga joriy etuvchi kuch kim ekanligiga qarab, tor doiradagi manfaatlarni ko’zlovchi sinfiy g’oyalar, shuningdek, o’z mazmuni va miqiyosiga ko’ra insoniyatning ongi va qalbiga singan, barcha xalqlar uchun yuksak insoniy qadriyat hisoblanadigan, bashariyatning ezgu maqsadlariga xizmat qiladigan umuminsoniy g’oyalar ham mavjuddir. Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishiga erishish, yuksak fazilatli komil insonlarni tarbiyalash, ularni bunyodkorlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas tuproq uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsadidir. Bu g’oya dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallab borayotgan mamlakatimiz xalqining istiqlol yillarida orttirgan tajribalarining, bosib o’tgan murakkab va shonli yo’lining, milliy tafakkuri va ma’naviyatidagi yuksalishlarning mantiqiy natijasi, xalq irodasining mujassam ifodasi sifatida shakllandi. Milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning asriy an’ana va qadriyatlarini, milliy o’zligimizni o’zida jamlaydi, ularni umuminsoniy qadriyatlar, dunyo tamaddunining yangi yutuqlari bilan boyitadi. Shu ma’noda mustaqillik sharofati bilan rahbar kadrlarning xalqimiz ma’naviyati va o’tmish madaniy merosini bilish darajasi va ularga bo’lgan munosabatiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari o’zining chiqishlarida milliy istiqlol g’oyasining xususiyati, ya’ni siyosiy qarash va intilishlaridan, ijtmoiy manfaatlaridan qat’iy nazar, barcha partiya va guruhlar, jamiyatdagi turli toifa va qatlamlarni birlashtiruvchilik tamoyilini alohida ta’kidlab kelayotgani bejiz emas. Jumladan, joriy yil boshida bo’lib o’tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
39
Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida ham Yurtboshimiz shu masalaga alohida e’tibor qaratdi. Mazkur ma’ruzada ilgari surilgan fikr va qarashlar, yangi g’oyalar milliy istiqlol mafkurasining dialektning asosini yanada mustahkamlaydi, uning amaliy qimmatini oshiradi, eng muhimi, kelgusidagi bunyodkorlik ishlarimizda uslubiy asos, dasturilamal bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi notinch dunyodagi murakkab vaziyat haqida o’ylaganda milliy istiqlol g’oyasi, yurtdoshlarimiz, avvalo yosh avlod dunyoqarashini sog’lom asosda shakllantirish, diyorimizdagi tinchlik-osoyishtalikni saqlash, mustaqilligimizni amaliy ishlar bilan mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotganiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Ayniqsa, “Vatan ravnaqi”, “Yurt tinchligi”, “Xalq farovonligi” kabi shu zaminda yashayotgan insonlarning barchasi uchun birdek qadrli bo’lgan muqaddas tushuncha va tamoyillarning asosiy g’oyalarimiz sifatida shakllanib xalqimizning qalbi va ongiga chuqur singib borayotgani, bu esa yurtimizdagi tinchlik- barqarorlikning, iqtisodiy o’sish va rivojlanishning muhim asoslaridan biri bo’lib xizmat qilayotgani hammamizni quvontiradi. Barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining asosi. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ham jismoniy, ham ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bejiz yemas. Xo’sh, barkamollik, barkamol shaxs, barkamol avlod tushunchalari nima? Ular qanday shakllanadi? Barkamollik – kamolotga yerishgan, komil topgan, bekamu ko’st, yetuk, barkamol inson. Barkamollik – jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yerishgan, yetuklik, mukammallik holati. Barkamol avlod – yerkin fikrlovchi, o’z xalqi uchun kurashuvchi, hur fikrli va istiqlol g’oyalari bilan sug’orilgan, o’z Vataniga fidoyilik bilan bilan xizmat qiluvchi, tadbirkor va tashabbuskor ozod shaxsdir. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, barkamol avlod deganda, avvalo, jismonan baquvvat, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlod tushuniladi. Barkamol avlod deganda yoshlarimizning bilim-malaka va kasb-hunar hamda mutaxassislikni yegallashi, ilm-fanda yuksak davonlarga ko’tarilishi demakdir. Barkamol avlod, bizningcha, yuksak aql yegasi, mustaqil fikrlay oladigan, milliy g’oyaning tub ma’no-mazmunini anglab yetgan va ularga sodiq bo’lgan, dunyoqarashi keng, sog’lom fikrli, xalqi, mahallasi, oilasi tinchligi uchun jonini fido yetishga tayyor turuvchi, o’z Vatani dovrug’ini jahon uzra keng yoyadigan haqiqiy fidokor shaxsdir. Bu ta’riflarning zamirida yagona g’oya mujassam. Bu g’oya, prezidentimiz ta’biri bilan
40
aytganda, sog’lom fikrli, jismoniy va ma’naviy yetuk avlodni shakllantirishda zarur tizimni yaratish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zamonaviy bilim va kasbga yega bo’lishda milliy g’oya, uning mazmun-mohiyatini singdirishdan iboratdir. Darhaqiqat, hozirgi globallashuv sharoitida yoshlarimiz oldiga qo’yilayotgan talablar yuksak hamda mas’uliyatlidir. Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo’lishlarini orzu qilayotgan, barcha intilishlarimizni shu maqsadga yo’naltirgan yekanmiz, buning uchun, birinchi galda, ma’naviy tarbiya beradigan milliy g’oya masalasiga katta ahamiyat bermog’imiz asosiy vazifadir. Yuqorida qayd yetib o’tilganidek milliy g’oyaning jamiyat taraqqiyoti va barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati beqiyos. Milliy g’oyani o’zida tarkib toptirmagan kishilarsiz yetuk kishilik jamiyati qurish mumkin yemas va milliy g’oya shaxsning barkamol shakllanishida asosiy o’rin tutadi. Xususan, milliy g’oya tushunchalariga yega bo’lgan bo’lajak o’qituvchilar kelajakda yosh avlodni ma’naviy yetuk, ijobiy-axloqiy sifatlar bilan qurollantirib tarbiyalaydi, o’zida bor ijobiy fazilatlarni o’z o’quvchilarida ko’rishga intiladi va natijada jamiyatimizda adolatli, vatanparvar, insonparvar shaxslar ko’payib boraveradi. Ular yesa o’z navbatida jamiyat taraqqiyoti uchun doimo o’zlarining munosib hissalarini qo’shishga intilib yashaydi. Chunki yurtimizning yertangi kuni taraqqiyot uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yetuk mutaxassis yoshlarga bog’liq. Bu muhim masalaga davlatimiz tomonidan davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz tomonidan 2010 yilga Barkamol avlod yili deb nom berilishi ham buning yaqqol tasdig’idir.
Download 494.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling