O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 494.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana05.01.2022
Hajmi494.64 Kb.
#220086
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
mustaqillik sharoitida barkamol avlod tarbiyasining oziga xosligi

UMUMIY XULOSALAR 

Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqib  va  tadqiqot  natijalariga  tayanib  quyidagi 

umumiy xulosalarga kelindi: 

1.  Barkamol  avlod  –  bu  yuksak  aql  zakovat  sohibi,  mustaqil  fikrni  erkin  bildira 

oladigan,  milliy  g’oyaning  tub  ma’no  mazmunini  anglab  yotgan  va  ularga  sodiq  bo’lgan, 

dunyoqarashi  keng,  sog’lom  fikrli,  mahalasi,  uyi  tinchligi  uchun  jonini  fido  etishga  tayyor 

turuvchi o’z Vatani dovrug’ini jahon uzra keng yoyadigan haqiqiy bunyodkor shaxs. 

2.  Barkamollikning qirralari ko'p ekanligi haqida yuqorida aytib o`tildi. Har bir shaxsni 

ilk  yoshligidan  boshlab  mantiqiy  fikrlashga  o"rgatish  hayot  talabidir.  Shunga  ko'ra,  unga  har 

doim mantiqiy tafakkur yuritish tamoyillarini singdirib borish lozim. 

3.  Komil  inson  tushunchasi  o'rta  asrlarda  ishlab  chiqilgan  bo'lib,  musulmon  Sharqida, 

asosan,  islomiy  nuqtayi  nazardan  tariflab  kelingan,  Aslida  «komil  inson"  tushunchasining 

dunyoviy mazmuni borligini ham  e'tibordan soqid qilish  mumkin  emas. Uning falsafiy ma'nosi 

umummilliy  ahamiyatga  ega  va  umuminsoniy  qadriyat  sifatida  asrlar  davomida  sayqal  topib 

rivojlanib kelmoqda. 

4.  Yoshlarni  sog'lom  fikrlashga, ayniqsa, mustaqil fikr  yuritishga  o`rgatish  zarur.  Ba'zi 

bolalar yoshligidan boshlab «men» yoki «o`zim» deb fikr yuritadi. Sharqona tarbiyada o'zining 

gapini,  fikrini  o'tkazishga  intilish  yoki  manmanlik  hamma  vaqt  ham  qo`llab  quvvatlanmaydi. 

Ko'pincha, kattalar o`z fikrlarini o'zgarishga intiladilar, shunga qaramay mustaqil fikri bor odam 

odatda «fikrli odam deyiladi. 

5.  Barkamol  inson  tushunchasiga  kiradigan  muhim  talablar  sharq  tafakkurida  aiohida 

tizimni  tashkil  qiladi.  Ular  shaxsning  bosiqligi,  vazminligi,  bag'ri  kengligi,  kamtarligi, 

odamxunligi,  umuminsoniylik  ruhining  kuchliligi,  serfarzandligi,  keksa  va  yoshlarga  mehr-

shavqatliligiga  kabilar  bilan  xarakterlanadi,  Bular  sirasiga  kishining  boshqa  e'tiqoddagi  yoki 

dindagi  insonlarga  nisbatan  sabr-toqatliligi,  hurmati,  tabiatni  sevish,  butun  jonli  tabiatga 

muhabbat  bilan  qarash  kabi  fazilatlarni  ham  kiritish  mumkin.  Respublikamizda  istiqlol  tufayli 

shakllanayotgan  va  tobora  kishilar  e'tiqodiga  aylanayotgan  mustaqillik  tafakkuri  mazmunini 

tashkil etadigan bunday tushunchalar tobora hayotimizda keng o'rin egallamoqda. 

6.  Bugungi  kunda  yoshlardagi  milliy  ruhiyat,  insoniy  fazilatlar,  ma’naviyat,  jamiyatni 

ma’naviy  yuksaltirishdagi  ishtiroki  albatta,  ularning  barkamol  itnsonlar  bo‘lib  yetishishi  uchun 

asos  bo‘ladi.  Barkamol  yoshlar  tarbiyasi  tarixiy  ahamiyatga  ega.  Ulug‘  mutafakirlarimizning 

ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi benazir fikrlaridan foydalanish bugungi taraqqiyot uchun, 

yosh avlodni kamoloti uchun muhim ekanligini inkor qilib bo‘lmaydi. 

7.  Demak,  taraqqiyotning  O’zbek  modeliga  asoslangan  barkamol  avlod  tarbiyalash 

orzusini  ifodalashga  ma’naviy,  iqtisodiy  va  qonuniy  asoslarimiz  bor.  Shu  sababli  ham 



 

50 


shakllanayotgan  avlod  o’z  ixtisosligi  bo’yicha  jahon  talablari  darajasiga  javob  beruvchi, 

rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi mutaxassis, yuksak ma’naviyatli va axloqiy yetuk 

barkamol avlod bo’lishi lozim.  

8.  Barkamol  avlod  tarbiyasi  uchun  qayd  etilgan  ta’lim  tizimi  tarkibi  Davlat  ta’lim 

standartlari  talabi  asosidagi  kadrlar  tayyorlashning  uzviy  tarkibiy  qismi  bo’ladi  va  undan 

foydalanib jahon ta’limi talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash mumkin.  

9.  Barkamol  avlod  tarbiyasi  jarayoniga  bunday  yondashish  kompleks  xarakterga  ega 

bo’lib,  ushbu  jarayondagi  ta’lim-tarbiyaning  har  bir  bosqichida  puxta  tayyorgarlikka  ega 

bo’lishlikni  va  maqsadga  yetishlikni  kafolatlaydi.  Maqsadga  yetishlikni  avvaldan  ishlab 

chiqilgan mezonlar asosida olib boriladi. Ta’lim-tarbiya mazmuniga qarab yoki ushbu jarayonni 

boshqarish  mazmuniga  qarab  maqsadlar  tizimi  (ketma-ketligi)  yoki  yaxlit  yagona  bir  maqsad 

bo’lishi  mumkin  va  u  Davlat  ta’lim  standartlariga  yoki  mutaxassislarga  qo’yiladigan  jahon 

ta’limi talablari asosida shakllangan (tuzilgan) bo’ladi. 

10. Barkamol  avlod  tarbiyasining  qayd  etilgan  ilmiy  asoslangan  ta’lim-tarbiya 

jarayonida, ayniqsa ta’limni boshqarishda istiqbolli natijalarni qo’lga kiritish imkonini beradi va 

eng  asosiy  «Barkamol  avlod  –  O’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori»,  degan  ezgu 

niyatlarimizning og’ishmay amalga oshishiga fundamental asos bo’ladi. 

11. Ma’naviyatli inson – o‘zida ma’naviy-axloqiy hislatlar majmuini mujassamlashtirgan, 

jamiyatda  o‘zligini  va  o‘z  qobiliyatini  har  tomonlama  namoyon  eta  oladigan,  ma’rifatli, 

dunyoviy  bilimlarni  mukammal  egallagan,  yuksak  iste’dodli  va  intellektual  salohiyatga  ega 

bo‘lgan  ma’naviy  jihatdan  yetuk,  axloqan  pok,  jismonan  sog‘lom,  hayot  go‘zalliklarini  his  eta 

oladigan ijodkor shaxsdir. 

12. Yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasi – shaxsni ma’naviy-ahloqiy shakllantirish, Vatan 

mustaqilligi  mustahkamlash,  jamiyat  va  davlat  manfaatlariga  xizmat  qiluvchi,  intellektual 

salohiyatli,  erkin  fikrlovchi  shaxslarni  tarbiyalashga  qaratilgan  tarbiyaviy  jarayonlar 

majmuasidir.  Ma’naviy-ahloqiy  tarbiyaning  asosiy  maqsadi  –  Davlat  va  jamiyatga  xizmat 

qiluvchi, Vatanga fidoiy, ahloqiy barkamol intellektual kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdir. 

13. Barkamol  avlod  –  jamiyat  taraqqiyotining  asosi.  Shu  bois  mamlakatimizda 

mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  ham  jismoniy,  ham  ma’naviy  barkamol  avlodni 

tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bejiz yemas. 

14. Barkamol  avlod,  bizningcha,  yuksak  aql  yegasi,  mustaqil  fikrlay  oladigan,  milliy 

g’oyaning  tub  ma’no-mazmunini  anglab  yetgan  va  ularga  sodiq  bo’lgan,  dunyoqarashi  keng, 

sog’lom  fikrli,  xalqi,  mahallasi,  oilasi  tinchligi  uchun  jonini  fido  yetishga  tayyor  turuvchi,  o’z 

Vatani dovrug’ini jahon uzra keng yoyadigan haqiqiy fidokor shaxsdir. 

 



 

51 



Download 494.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling