O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Barkamol avlod tarbiyasida milliy g’oyaning o’rni


Download 494.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana05.01.2022
Hajmi494.64 Kb.
#220086
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
mustaqillik sharoitida barkamol avlod tarbiyasining oziga xosligi

2.2. Barkamol avlod tarbiyasida milliy g’oyaning o’rni 

 

Respublikamiz  hukumati  tomonidan  mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  yoshlarga 

qaratilayotgan  e’tibor  davlat  siyosatining  muhim  ustuvor  yo’nalishlardan  biri  sifatida  qaralib, 

yoshlarni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash,  mustaqil  fikrlaydigan 

zamonaviy mutaxassislarni yetishtirish hamda jismonan baquvvat, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, 

mard va jasur, vatanparvar, ma’naviyati yuksak, milliy g’oyani o’zida mujassam etgan shaxsni 

shakllantirishga  e’tibor  berila  boshladi.  Bu  boradagi  ishlarni  aniq,  maqsadli  amalga  oshirish 

uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar qabul qilinib, dasturlar ishlab chiqildi.  

“Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”,  “O’zbekiston 

Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonun hamda “Maktab 

ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”, sport sohasidagi “Jismoniy tarbiya va sport 

to’g’risida”gi  Qonun,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O’zbekiston  Bolalar  sportini 

rivojlantirish  jamg’armasini  tashkil  etish  to’g’risida”gi  Farmoni  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlar 

yoshlar  bilan  ishlash,  ularni  barkamol  avlod  sifatida  shakllantirishni  davlat  miqyosida 

muvaffaqiyatli amalga oshirilishida zamin bo’lmoqda. Ulardan ko’zlangan maqsad yoshlarning 

ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, yoshlarimizga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatish, 

ularni  ish  bilan  ta’minlash,  sog’lig’ini  asrab-avaylash,  ma’naviyatini  yuksaltirish,  qobiliyati  va 

madaniyatini rivojlantirish hamda jamiyat manfaatlari yo’lida xizmat qiladigan barkamol avlodni 

tarbiyalash uchun sharoitlar yaratishdan iborat. 

Mustaqillik  yillari  bu  yo’nalishda  ham  ulkan  ishlar  amalga  oshirildi.  Ayniqsa,  so’nggi 




 

35 


yillarda g’oyaviy-mafkuraviy, ta’lim-tarbiya, targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlantirishga alohida 

e’tibor  qaratilayotganini  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy,  ma’naviy-ma’rifiy  taraqqiyotiga  jiddiy 

turtki  bermoqda.  Aksariyat  fuqarolar  buzg’unchi  g’oya  va  mafkuralar  mohiyatini  farqlab, 

ularning  g’arazli  maqsadlarini  anglab  yetmoqda.  Bu,  hyech  shubhasiz,  keyingi  yillarda  olib 

borilgan ijobiy ishlarning samarasidir. 

Ammo  mazkur  sohada  qator  muammolar  ham  yo’q  emas.  Xususan,  jamiyatimiz 

a’zolarining  hammasi  ham  milliy  g’oya  va  mafkuraning  mazmun-mohiyatini,  hayotimiz  va 

taraqqiyotimizda tutgan o’rni hamda ahamiyatini hamon yetarlicha anglamayotganini ta’kidlash 

lozim.  

Milliy mafkura-mohiyatan milliy g’oyaga yetish yo’li. Nima qilinsa, shu g’oyaga intilish 

tezlashadi,  osonlashadi,  maqsad  amalga  oshadi,  qanday  ish  tutilsa,  mazkur  g’oyaga  zid 

harakatlarning yo’li to’siladi-milliy mafkura aynan ana shu savollarga javob beradi. 

Ilmiy tarzda aytganda, agar milliy g’oya nazariya bo’lsa, milliy mafkura-amaliyot. Yoki, 

milliy  g’oya  strategiya  bo’lsa,  milliy  mafkura-taktika.  Ma’naviyat  va  ma’rifat  odamni  ana 

shunday yuksak insoniy darajaga yetkazadi. Shunda inson komil bo’ladi. Milliy mafkurani ham 

komil insonlar yaratadi, takomillashtiradi va amalga oshiradi. 

Milliy  istiqlol  g’oyasining  mazmuni  va  mohiyatini  tashkil  etuvchi  asoslardan  biri-

xalqimizning  qadimiy  va  boy  tarixidir.  Tarix-buyuk  murabbiy.  U  odamga  namuna  bo’ladigan 

misollarnigina emas, balki ba’zan achchiq saboqlar ham beradi. 

Milliy  istiqlol  g’oyamizning  falsafiy  asosini  eng  avvalo  milliy-ijtimoiy  tafakkurning 

butun  dunyoda  mashhur  nodir  namunalari,  buyuk  ajdodlarimizning  falsafiy  merosi,  diniy  va 

ilmiy  qarashlari,  progressiv  aholi  qatlamlarining  dunyoqarashi,  xalq  orasida  keng  tarqalgan 

ezgulik va adolat g’oyalari, sofko’ngillik va oliyjanoblik, halollik, jasorat, ma’naviy va jismoniy 

barkamollik tashkil etadi. 

Istiqlol  g’oyasining  falsafasi,  uning  mazmuni  va  mohiyati,  eng  muhim  prinsiplari 

jamiyatimizning progressiv taraqqiyot yo’lini, milliy davlat barpo etish jarayoni va istiqbollarini 

nazariy  jihatdan  asoslab  bergan  Islom  Abdug’aniyevich  Karimov  asarlarida  o’zining  teran 

ifodasini topdi. 

Milliy  istiqlol  g’oyasi  kishilik  sivilizasiyasining  -  qadimgi  dunyo,  antik  dunyo,  o’rta 

asrlar,  boshqa  davrlar  va  hozirgi  zamonning  falsafiy  tajribasiga  tayanadi.  Milliy  istiqlol 

g’oyasining mazmuniga G’arb va Sharq ijtimoiy tafakkurining qator buyuk vakillari, chunonchi, 

Suqrot va Konfusiy, Zardusht va Aflotun, Akvinskiy va Forobiyning va jadidchilik vakillarining 

hozir  ham  o’z  ahamiyatini  yo’qotmagan  qarashlari:  jahon  dinlarida  mavjud  bo’lgan 

umuminsoniy gumanizm g’oyalari ta’sir ko’rsatmoqda. 

“G’oya”  tushunchasining  hozirgi  zamon  ilmiy  talqiniga  muvofiq,  u  obyektiv 



 

36 


voqyelikning  inson  tafakkuridagi  in’ikosi  bo’lib,  ayni  paytda,  inson  ongi,  borliqni  aks  ettirish 

bilan  birga,  o’zida  bilish  jarayonini  yanada  chuqurlashtirish  va  amaliy  hayotni  ijodiy 

o’zgartirishning keng, chuqur imkoniyatlarini mujassam etadi hamda o’z navbatida, uning o’zi 

ham  ularning  rivoji  negizida  muttasil  taraqqiy  topib  boradi.  “G’oya”  borliqni  to’g’ri  yoki 

noto’g’ri aks ettirishi mumkin. Shunga qarab, u jamiyatning yo rivojiga yoki tanazzuliga xizmat 

qiladi. 


Biz  I.A.Karimov  “milliy  g’oya”  to’g’risidagi  fikr-mulohazalari  bilan  tanishar  ekanmiz, 

bu yerda “g’oya” tushunchasini xudi mana shu, yuqorida qayd etilgan, zamonaviy ruhdagi, ilmiy 

ma’noda  ishlatilganligining  guvohi  bo’lamiz.  Fikrimizning  dalili  sifatida  quyidagi  jumlalarni 

keltirishni maqsadga muvofiq topdik: “Aslida,-deydi yurtboshimiz “Turkiston” gazetasi muhbiri 

savolariga  bergan  javoblarida,-odamzod  tafakkurining  chegarasi  yo’q”.  “Agar  tafakkurni 

atrofimizdagi  hayot  tarzining  mahsuli  sifatida  qabul  qilsak,  uning  ikkinchi  jihati  shundaki, 

hayotning  o’zi  ham,  uning  o’zgarishlari  ham  odamzod  tafakkurining  o’zgarishi  bilan 

chambarchas bog’liq”. “Milliy g’oya millatni, xalqni birlashtirishga qaratilishi kerak”. “Millatni 

bo’lib tashlashga asos bo’ladigan g’oya buzg’unchi g’oyadir”. 

“G’oya”ning ijtimoiy hayotdagi o’rni va ahamiyatini ushbu tarzda idrok etilishidan kelib 

chiqqan mamlakat yo’lboshchisining musobahasida biz aql, ong, tafakkur, ma’naviyat, mafkura, 

milliy g’oya tushunchalarini keng uslubiy-nazariy miqiyoslarda qo’llanganligini ko’ramiz. 

 XXI  asrda,  mamlakatimizni,  xalqimizni  birlashtirish,  ularni  mushtarak,  yakdil  qilish 

asosida kirib borishiga yo’l ko’rsata oladigan, ilg’or jahon hamjamiyati qadriyatlariga hamohang 

milliy g’oya qanday talabga javob bermog’i darkor? Gap milliy g’oya haqida borar ekan,-deydi 

mamlakat yo’lboshchisi mazkur savolga javob berar ekan,-o’z-o’zidan uni demokratik tamoyillar 

bilan uyg’unlashtirish masalasi kelib chiqadi. Bu osongina kechadigan ish bo’lmay, balki chuqur 

ilmiy-siyosiy,  nazariy-amaliy  yondoshuvni  talab  qiladigan  mashaqqatli  jarayondir.  Bu  vazifani 

ado  etish,-deya  davom  etadi  I.A.Karimov,-ijtimoiy  fanlar  sohasining  yetakchi  olimlari-

faylasuflar, siyosatshunoslar, sosiologlar, huquqshunoslar, pedagoglar, psixologlar, tarixchilarni, 

shuningdek,  adib  va  jurnalistlarning  eng  peshqadam  vakillarini  mazkur  jarayonga  jalb  qilish, 

ularning bilim va tajribalaridan omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etadi. 

Eng  muhimi,  shu  narsa  aniqki,  erkin  fuqaro-ongli  yashaydigan,  mustaqil  fikrga  ega 

bo’lgan shaxs ma’naviyatini kamol toptirish bizning  yangi asr bo’sag’asi  va uning davomidagi 

bosh milliy g’oyamiz bo’lishi zarur,-deyiladi musobahada. Milliy g’oya-umumxalq manfaatlari 

mushtarakligining  ifodasi  bo’lib,  u  faqat  adolat  va  demokratiya  tamoyillarining  hayotda  qaror 

topishi orqali har bir fuqaro turmush tarzini insoniy negizlarda yuz berishini ta’minlaydi. 

Yashashdan maqsadimiz, xuddi shu milliy istiqlol g’oyasi bilan chambarchas bog’lanib, 

uyg’unlashib  ketmas  ekan,  bunday  hayot  bema’nodir.  Vatanparvarlik,  xalqparvarlik  hir 



 

37 


birimizning qon-qonimizga singib ketishi shart. O’zimizni jonajon Vatanimiz, aziz xalqimizdan 

ayru tasavvur etmasligimiz, men shu aziz diyorning bir qismi, jonli bo’lagi degan tasavvurga ega 

bo’lmog’imiz  ayni  haqiqatdir.  Aslida  har  birimiz  uchun  men-Vatan,  Vatan-mendir.  Bu  gapni 

keng ma’noda Vatan-xalq, xalq-Vatan deb tushunmoq joiz. 

Negaki  bu  aziz  Vatanga  har  birimizning  ota-bobolarimiz,  ona  momolarimizning  jismi 

qorishgan. Biz ham shu tuproqdan hosil bo’lgan ne’matlarni iste’mol qilish hisobiga ulg’aydik. 

Ertami-kechmi (o’lim barhaq) ana shu zaminga qo’shilib ketamiz.  

O’zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Jamiyatni sog’lom, 

ezgu  maqsadlar  sari  birlashtirib,  uning  o’z  muddolariga  erishishi  uchun  ma’naviy-ruhiy  kuch-

quvvat  beradigan  poydevor”  ma’naviy-ma’rifiy  tarbiyani  yuksak  darajaga  ko’tarish,  ayniqsa, 

bugungi  yangilanishlar  davrida  muhim  va  dolzarb  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Shuning  uchun 

jamiyatimiz fuqarolari, xususan, yoshlarni eski mafkuraviy asoratlardan xalos etish, ular ongida 

g’oyaviy  bo’shliq  paydo  bo’lishiga  yo’l  qo’ymaslik,  ularni  istiqlol  g’oyalariga  sadoqat  ruhida 

tarbiyalash “Milliy istiqlol  g’oyasi  va ma’naviyat asoslari” fanining bosh  maqsadi  hisoblanadi. 

Bu  olijanob  maqsadga  erishishda  “Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar” 

risolasi asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. 

Bu  boradagi  vazifalar  ko’lami  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning 

bir  qator  chiqishlarida,  xususan,  “Fidokor”  gazetasi  muxbirining  savollariga  javoblarida  aniq 

ko’rsatib  o’tilgan.  Chunki  mamlakatimizda  barpo  etilayotgan  yangi  jamiyat  yuksak 

ma’naviyatga,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  uyg’unligiga  tayanadi.  Ma’naviy-ma’rifiy 

ishlarining asosiy masad va vazifalari yurtboshimiz tomonidan bildirilgan ana shu fikrlar asosida 

belgilanib, milliy istiqlol g’oyasi asosiy tushuncha va tamoyillarini alohida fan sifatida o’qitishga 

e’tibor qaratildi. Bu fanning vazifalari quyidagilardan iborat: 

– 

yosh  avlodda  milliy  g’oya,  milliy  mafkura  va  umumbashariy  qadriyatlarga, 



demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish

– 

istiqlol  g’oyalariga  cheksiz  sadoqat,  ona  diyorga  mehr-muhabbat,  ozod  va  obod 



Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhini o’quvchilar 

ongiga yanada chuqur singdirish; 

– 

milliy  qadriyatlarimiz  va  ulug’  mutafakkirlarimiz  merosidan,  islom  dinining 



insonparvarlik  falsafasi  va  g’oyalaridan  yosh  avlod  tarbiyasida  foydalanish  samaradorligini 

oshirishga erishish; 

– 

mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o’zgarish va yangilanishlar 



mohiyatini  yosh  avlod  qalbiga  singdirib,  uni  bu  jarayonning  faol  ishtirokchisiga  aylantirish  va 

boshqalar. 

Demak,  asosiy  maqsad-yosh  avlodda  vatanparvarlik  tuyg’usi  va  milliy  g’ururni 



 

38 


shakllantirish,  ajdodlarimiz  merosiga  hurmat,  Vatanga  sadoqat,  istiqlolga  fidoiylik  tuyg’ularini 

kamol  toptirish,  ma’naviy-ma’rifiy  tarbiyaning  ta’sirchan  yo’l  va  usullarini  izlab  topish,  bozor 

iqtisodiyoti sharoitida o’z-o’zini boshqara oladigan va har qanday qiyin vaziyatlarda ham to’g’ri 

yo’l topa biladigan shaxsni tarbiyalashdir. 

Prezidentimiz  atrofiga  birlashish,  hamma  masalada  unga  ko’mak  berish,  milliy 

istiqlolimizning  mehnatsevarlik,  insonparvarlik,  vatanparvarlik,  halollik,  poklik,  kamtarlik, 

oilaviy  totuvlik,  milliy  ahillik,  do’stlik-birodarlik  haqidagi  buyuk  g’oyalarini,  milliy  va 

umuminsoniy  qadriyatlarni  talabalarning  ongiga  singdirish,  xalqqa  tushuntirish,  ularning 

bajarilishiga  o’z  hissasini  qo’shish-olimu  fuzalolarning,  shoiru  yozuvchilarning  sharafli  burchi 

va bosh maqsadidir. 

Ahli  donishlarning  har  bir  kalomi,  ta’sirchan,  serma’no  asari  odamlarning  qalbi  va 

ongiga,  his-tuyg’ulariga  ta’sir  etib,  hayotimizdagi  kamchiliklar,  nuqsonlarni  bartaraf  etishga, 

yangi  inson  dunyoqarashini,  uning  ma’naviy  hamda  estetik  qarashlarini  shakllantirishga 

ko’maklashadi. 

G’oyani amaliyotga joriy etuvchi kuch kim ekanligiga qarab, tor doiradagi manfaatlarni 

ko’zlovchi sinfiy g’oyalar, shuningdek, o’z mazmuni va miqiyosiga ko’ra insoniyatning ongi va 

qalbiga  singan,  barcha  xalqlar  uchun  yuksak  insoniy  qadriyat  hisoblanadigan,  bashariyatning 

ezgu maqsadlariga xizmat qiladigan umuminsoniy g’oyalar ham mavjuddir. 

Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, har bir fuqaroning yagona 

Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat  sezib  yashashiga, ajdodlarimizning bebaho merosi, 

milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishiga erishish, yuksak fazilatli komil insonlarni 

tarbiyalash, ularni bunyodkorlik ishlariga da’vat  qilish, shu muqaddas tuproq uchun fidoiylikni 

hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsadidir.  

Bu  g’oya  dunyo  hamjamiyatidan  munosib  o’rin  egallab  borayotgan  mamlakatimiz 

xalqining  istiqlol  yillarida  orttirgan  tajribalarining,  bosib  o’tgan  murakkab  va  shonli  yo’lining, 

milliy  tafakkuri  va  ma’naviyatidagi  yuksalishlarning  mantiqiy  natijasi,  xalq  irodasining 

mujassam  ifodasi  sifatida  shakllandi.  Milliy  istiqlol  g’oyasi  xalqimizning  asriy  an’ana  va 

qadriyatlarini,  milliy  o’zligimizni  o’zida  jamlaydi,  ularni  umuminsoniy  qadriyatlar,  dunyo 

tamaddunining  yangi  yutuqlari  bilan  boyitadi.  Shu  ma’noda  mustaqillik  sharofati  bilan  rahbar 

kadrlarning xalqimiz ma’naviyati va o’tmish madaniy merosini bilish darajasi va ularga bo’lgan 

munosabatiga alohida e’tibor qaratildi. 

Davlatimiz  rahbari  o’zining  chiqishlarida  milliy  istiqlol  g’oyasining  xususiyati,  ya’ni 

siyosiy qarash va intilishlaridan, ijtmoiy manfaatlaridan qat’iy nazar, barcha partiya va guruhlar, 

jamiyatdagi turli toifa va qatlamlarni birlashtiruvchilik tamoyilini alohida ta’kidlab kelayotgani 

bejiz  emas.  Jumladan,  joriy  yil  boshida  bo’lib  o’tgan  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va 



 

39 


Senatining  qo’shma  majlisidagi  ma’ruzasida  ham  Yurtboshimiz  shu  masalaga  alohida  e’tibor 

qaratdi. 

Mazkur  ma’ruzada  ilgari  surilgan  fikr  va  qarashlar,  yangi  g’oyalar  milliy  istiqlol 

mafkurasining  dialektning  asosini  yanada  mustahkamlaydi,  uning  amaliy  qimmatini  oshiradi, 

eng  muhimi,  kelgusidagi  bunyodkorlik  ishlarimizda  uslubiy  asos,  dasturilamal  bo’lib  xizmat 

qiladi. 


Bugungi notinch dunyodagi murakkab vaziyat haqida o’ylaganda milliy istiqlol g’oyasi, 

yurtdoshlarimiz, avvalo yosh avlod dunyoqarashini sog’lom asosda shakllantirish, diyorimizdagi 

tinchlik-osoyishtalikni  saqlash,  mustaqilligimizni  amaliy  ishlar  bilan  mustahkamlashda  muhim 

ahamiyat kasb etayotganiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Ayniqsa, “Vatan ravnaqi”, “Yurt 

tinchligi”, “Xalq farovonligi” kabi shu zaminda yashayotgan insonlarning barchasi uchun birdek 

qadrli  bo’lgan  muqaddas  tushuncha  va  tamoyillarning  asosiy  g’oyalarimiz  sifatida  shakllanib 

xalqimizning  qalbi  va  ongiga  chuqur  singib  borayotgani,  bu  esa  yurtimizdagi  tinchlik-

barqarorlikning,  iqtisodiy  o’sish  va  rivojlanishning  muhim  asoslaridan  biri  bo’lib  xizmat 

qilayotgani hammamizni quvontiradi. 

Barkamol  avlod  –  jamiyat  taraqqiyotining  asosi.  Shu  bois  mamlakatimizda 

mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  ham  jismoniy,  ham  ma’naviy  barkamol  avlodni 

tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bejiz yemas. 

Xo’sh,  barkamollik,  barkamol  shaxs,  barkamol  avlod  tushunchalari  nima?  Ular  qanday 

shakllanadi? 

Barkamollik – kamolotga yerishgan, komil topgan, bekamu ko’st, yetuk, barkamol inson. 

Barkamollik  –  jismoniy  va  aqliy  jihatdan  kamolotga  yerishgan,  yetuklik,  mukammallik 

holati. 

Barkamol  avlod  –  yerkin  fikrlovchi,  o’z  xalqi  uchun  kurashuvchi,  hur  fikrli  va  istiqlol 

g’oyalari  bilan  sug’orilgan,  o’z  Vataniga  fidoyilik  bilan  bilan  xizmat  qiluvchi,  tadbirkor  va 

tashabbuskor ozod shaxsdir. 

Yurtboshimiz  ta’kidlaganidek,  barkamol  avlod  deganda,  avvalo,  jismonan  baquvvat, 

iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlod tushuniladi. 

Barkamol  avlod  deganda  yoshlarimizning  bilim-malaka  va  kasb-hunar  hamda 

mutaxassislikni yegallashi, ilm-fanda yuksak davonlarga ko’tarilishi demakdir.  

Barkamol  avlod,  bizningcha,  yuksak  aql  yegasi,  mustaqil  fikrlay  oladigan,  milliy 

g’oyaning  tub  ma’no-mazmunini  anglab  yetgan  va  ularga  sodiq  bo’lgan,  dunyoqarashi  keng, 

sog’lom  fikrli,  xalqi,  mahallasi,  oilasi  tinchligi  uchun  jonini  fido  yetishga  tayyor  turuvchi,  o’z 

Vatani dovrug’ini jahon uzra keng yoyadigan haqiqiy fidokor shaxsdir. 

Bu ta’riflarning zamirida yagona g’oya mujassam. Bu g’oya, prezidentimiz ta’biri bilan 



 

40 


aytganda,  sog’lom  fikrli,  jismoniy  va  ma’naviy  yetuk  avlodni  shakllantirishda  zarur  tizimni 

yaratish,  yoshlarning  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish,  zamonaviy  bilim  va  kasbga  yega 

bo’lishda milliy g’oya, uning mazmun-mohiyatini singdirishdan iboratdir. 

Darhaqiqat,  hozirgi  globallashuv  sharoitida  yoshlarimiz  oldiga  qo’yilayotgan  talablar 

yuksak  hamda  mas’uliyatlidir.  Farzandlarimiz  bizdan  ko’ra  kuchli,  bilimli,  dono  va,  albatta, 

baxtli  bo’lishlarini  orzu  qilayotgan,  barcha  intilishlarimizni  shu  maqsadga  yo’naltirgan 

yekanmiz,  buning  uchun,  birinchi  galda,  ma’naviy  tarbiya  beradigan  milliy  g’oya  masalasiga 

katta ahamiyat bermog’imiz asosiy vazifadir. 

Yuqorida qayd yetib o’tilganidek milliy g’oyaning jamiyat taraqqiyoti va barkamol avlod 

tarbiyasidagi  ahamiyati  beqiyos.  Milliy  g’oyani  o’zida  tarkib  toptirmagan  kishilarsiz  yetuk 

kishilik  jamiyati  qurish  mumkin  yemas  va  milliy  g’oya  shaxsning  barkamol  shakllanishida 

asosiy  o’rin  tutadi.  Xususan,  milliy  g’oya  tushunchalariga  yega  bo’lgan  bo’lajak  o’qituvchilar 

kelajakda  yosh  avlodni  ma’naviy  yetuk,  ijobiy-axloqiy  sifatlar  bilan  qurollantirib  tarbiyalaydi, 

o’zida  bor  ijobiy  fazilatlarni  o’z  o’quvchilarida  ko’rishga  intiladi  va  natijada  jamiyatimizda 

adolatli, vatanparvar, insonparvar shaxslar ko’payib boraveradi. Ular yesa o’z navbatida jamiyat 

taraqqiyoti  uchun  doimo  o’zlarining  munosib  hissalarini  qo’shishga  intilib  yashaydi.  Chunki 

yurtimizning  yertangi  kuni  taraqqiyot  uchun  mas’uliyatni  o’z  zimmasiga  olishga  qodir  yetuk 

mutaxassis  yoshlarga  bog’liq.  Bu  muhim  masalaga  davlatimiz  tomonidan  davlat  siyosatining 

ustivor yo’nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz tomonidan 2010 yilga Barkamol 

avlod yili deb nom berilishi ham buning yaqqol tasdig’idir. 

 


Download 494.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling