O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 3.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/45
Sana28.10.2017
Hajmi3.7 Mb.
#18838
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45


d

a

l



m

u

j



n

a

l



a

s

a



m

,

s



a

ll

u



x

,

k



a

m

e



d

n

a



m

u

m



u

217-mashq. Gaplarni o‘qing. Modal so‘zlarni topib, har bir

modal  so‘zning  ma’nosini,  gapda  qanday  vazifa  berayotganini

tushuntiring.

1. Òabiiy, xiyonatkor sultonlarning qochishi Boysun-

g‘ur  Mirzo  lashkarining  soniga  unchalik  ta’sir  qilmagan

bo‘lsa-da, ruhiga jiddiy zarar yetkazgani shak-shubhasiz edi.

2.  Darhaqiqat,  agar  voqealarning  kechishini  diqqat

bilan  kuzatsak,  Abu  Yusuf  arg‘un  bilan  Zuhrabegi  og‘a

niyatidan  xabardor  bo‘lgan.

3. Aytishlaricha, Shayboniy otasi Budoq Sulton bilan

onasi Qo‘zibegimdan yoshligida yetim qolib, ukasi bilan

birga bobosi Abulxayrxon qo‘lida tarbiya topgan.

218-mashq.  Berilgan gaplarni ko‘chiring. Modal so‘zlarni

topib ma’nosini ayting.

 1. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun

yarmidan oqqanda birdan uyg‘onib ketasiz.

 2. Yo‘q, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan,

bizning o‘lchovimizga sig‘maydigan o‘z olami borga o‘xshaydi.

3. «Xayriyat!» — o‘qituvchi bosh silkidi.

4. Nachora, kuni bitgan-da, — dedi dadam tomog‘ini

bo‘g‘gan ko‘z yoshidan ovozi xirillab.

5. Nihoyat, Anna xola o‘zi tutib turgan ko‘zguni etagiga

artib xurjuniga tiqdi. (O‘. Hoshimov)

6. Darhaqiqat, xalq uchun ulug‘ ish qilyapsiz, o‘g‘lim.


367

219-mashq. «Ming bir hadis» kitobidan olingan hikmatlarni

o‘qing, ulardan bir nechtasini yod oling. Modal so‘zlarni topib,

ma’nosini ayting.

Ollohga eng yomon ko‘rinadigan odam, avvalo, gina

va adovatni uzoq saqlovchi odamdir. Kimningki g‘azabi

kelsa, so‘zsiz, jim bo‘lsin. Birinchidan, olim (ilm beruvchi)

bo‘l yoki ilm o‘rganuvchi bo‘l, yoki tinglovchi bo‘l, yoki

ilmga va ilm ahliga muhabbatli bo‘l. Beshinchisi bo‘lma,

afsuski, unda halok bo‘lasan.

Ikkinchidan, agar yaxshiliging seni xursand qilib, yomon-

liging xafa qilsa, demak, sen mo‘min ekansan.

Kimgaki  (Olloh  tomonidan)  aql-u  idrok  berilsa,  bi-

nobarin, u najot topadi.

Uzr  aytishga  majbur  qiluvchi  ishlarni  shaksiz,  ka-

maytiringlar.

Umuman olganda, baxtli kishi fitnalardan yiroq bo‘lgan

va musibat yetganda sabr qilgan kishilardir.

39-DARS. SO‘ZLARNING  ÒUZILISHIGA  KO‘RA

TURLARI.  SODDA  VA  QO‘SHMA

SO‘ZLAR,  ULARNING  USLUBIYATI

Darsning maqsadi: so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari

bo‘yicha  talabalarning  o‘rta  umumiy  ta’limda  olgan  bi-

limlarini mustahkamlash va kengaytirish.

R E J A:

1. So‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari.

2.  Qo‘shma  so‘zlar,  ularning  sodda  so‘z  hamda  so‘z

birikmasidan farqi.

3. Qo‘shma so‘zlar bilan sodda so‘zlar sinonimiyasi.

Òopshiriq. «Imlo lug‘ati»dan qo‘shma so‘zlarga

o‘nta  misol  keltiring.  Qo‘shma  so‘zlarning  sodda

so‘zlardan farqini ayting

So‘zlar tuzilishiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:

1. Sodda so‘zlar. 2. Qo‘shma so‘zlar. 3. Juft va takroriy

so‘zlar.

T


368

Faqat bir o‘zakdan tashkil topgan so‘zlar sodda

so‘zlar hisoblanadi. Masalan, keldi, yondirishdi, yigit-

larga, g‘allachilik, lalmikor, yettinchi, o‘rikzor kabi.

Ikki va undan ortiq o‘zaklardan tashkil topgan

so‘zlar qo‘shma so‘zlar sanaladi. Masalan, shirinza-

bon,  muzqaymoq,  kungaboqar  kabi.

Qo‘shma  so‘zlar  tilning  tarixiy  taraqqiyoti  davomida

aslida ikki va undan ortiq so‘zlarning birikuvidan tashkil

topgan,  lekin  hozirgi  o‘zbek  tili  nuqtayi  nazaridan  bu

birikuv  o‘z  kuchini  yo‘qotib  bir  so‘zga  aylanib  qolgan

bo‘ladi. Shuning uchun qo‘shma so‘z tarkibida alohida so‘z

bo‘lib  ko‘ringan  qismlar  (kunga-boqar,  beshik-tervatar,

nomoz-shom-gul) hozirgi o‘zbek tilida so‘zlik xususiyatini

yo‘qotgan, bir so‘z tarkibidagi ma’noli qism (morfema)lar

sanaladi.

Qo‘shma so‘zlar bitta so‘z bo‘lganidan, ularning qism-

lari orasiga boshqa ma’noli qismni kiritib bo‘lmaydi. Ma-

salan, kungaboqar so‘zining kunga qismidagi -ga ni boshqa

kelishiklar  bilan  almashtirib  bo‘lmaydi.  Shuningdek,  bu

qism  egalik,  ko‘plik  shakllarini  ham  olmaydi.  Ana  shu

xususiyati  bilan  so‘z  birikmasidan  va  sodda  so‘zning

ko‘makchi fe’lli shaklidan farq qiladi. Solishtiring: uxlab

chiqdi — uxlamay chiqdi; kunga qaradi — kun qaradi (so‘z

birikmasi). Qo‘shma so‘zlar qismlari birikib bitta so‘zning

tarkibiga  aylangani  uchun  ular  ko‘pincha  sodda  so‘zlar

bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan, o‘sal qil-

moq — uyaltirmoq, oq qilmoq — haydamoq, bayon qilmoq —

so‘zlamoq; kamchiqim — pishiq, shifobaxsh — dori, ham-

nafas — yaqin va boshqalar.

Savol va topshiriqlar

1. Sodda va qo‘shma so‘zlarning o‘zaro farqini ayting.

2. Qo‘shma so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatini bayon qiling.

So‘z birikmasidan farqini ayting.

220-mashq. O‘qing, yasama so‘zlarni topib, ularning o‘zagi

va qo‘shimchalarini aniqlab yozing.

!

!

?



369

1. Òushlik o‘tib, ikki soatlik majburiy hordiq tamom

bo‘lgandan keyin kasalxona gavjum bo‘lib ketadi. 2. Ka-

ravot simlari asabiy g‘ijirlab ketdi. Shunda to‘satdan yuragi

tez-tez gursullab ura boshladi. 3. Shunday qildiki, yupqa

gardishli ko‘zoynagi siljib ketdi. 4. Mashina qora oqqushdek

yengil suzib borar, yon derazadan bahor shabadasi shid-

dat  bilan  yopirilib  kirar.  Sirojiddinning  siyrak  sochlari

peshanasiga tushib, ora-chora ko‘z o‘ngini to‘sib qo‘yardi.

5. U zina oldiga yetganda qo‘ng‘iroq uzoq asabiy jiringladi.

6. O‘rta Osiyoda Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘illar lashka-

riga  qiron  keltirgan.  7.  Asfalt  yo‘lkaning  bir  chekkasida

paxtalik chopon kiyib olgan mallasoch kishi o‘tirardi.

8. Doshqozonga olov yoqilgan, kabobpaz sixlarini ko‘raga

tergan,  boyagi  qassob  bola  allaqachon  qo‘yni  tinchitgan

edi. 9. Chapdast bir yigit ko‘zlari yulduzdek chaqnab tur-

gan  oppoq  otning  jilovidan  mahkam  tutib,  darvozadan

olib kirdi.

(O‘.  Hoshimov)

221-mashq. Yusuf Xos Hojib yozib qoldirgan quyidagi baytni

bahs-munozaraga aylantiring.

Òil  arslon  turur,  ko‘r,  eshikda  yatur,

Aya, evlug, arsiq boshingai eyur.

M a z m u n i:

Òil hovli (qafas)da yotgan arslon kabidir,

Ey, uy egasi, qafasdagi makkor vahshiy boshingni yeydi.

222-mashq. Sintaktik usul bilan yasalgan so‘zlarni ko‘chi-

ring, yasalishi va imlosini tushuntiring.

Jigarpora, jinoyatchilik, idrokli, ibodatxona, kamolot,

majnuntol,  mardikor,  masxaraboz,  noahil,  oshxamir,

oqpadar,  sassiqpopishak,  ohaktosh,  xonavayron,  chilon-

jiyda,  Sirdaryo,  toshbaqa,  Qoraqurt,  Oyko‘l,  qoliðli,

Quvasoy,  serg‘ayrat,  temiryo‘l,  g‘o‘zapoya,  qultum.


370

Òayanch tushunchalar

sodda so‘zlar, sodda tub so‘zlar, sodda yasama so‘zlar,

qo‘shma so‘zlar, juft so‘zlar, takroriy so‘zlar.

40-DARS.  JUFÒ VA ÒAKRORIY SO‘ZLAR HAMDA

ULARNING  SINONIMIYASI.

QISQARÒMA  SO‘ZLAR  VA  ULARNING

USLUBIY  XUSUSIYAÒLARI

40.1. JUFÒ VA ÒAKRORIY SO‘ZLAR HAMDA

ULARNING  SINONIMIYASI

Ikki so‘zni yonma-yon qo‘shish yo‘li bilan hosil

qilingan so‘zlar juft so‘zlar sanaladi. Masalan, qi-

shin-yozin, erta-kech, bugun-erta va boshqalar. Bun-

day so‘zlar ko‘pincha yangi ma’noga ega bo‘ladi va

sodda so‘zlar bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi:

qishin-yozin—doimo,  erta-kech—hamisha,  bugun-

erta-(yaqinda). Yoki umumlashtirish ma’nosini ifo-

dalaydi:  idish-tovoq  (ro‘zg‘or  buyumlari),  qalam-

daftar  (o‘quv  quroli),  ko‘ylak-lozim  (sarupo)  kabi.

Juft so‘zlar doimo ikki qismdan iborat bo‘ladi. Bu qism-

lar  zid  ma’noli  so‘zlardan  (masalan,  erta-kech,  oldin-

ketin,  ochin-to‘qin,  ostin-ustun  kabi)  yoki  o‘zaro  yaqin

ma’noli  so‘zlardan  (er-xotin,  idish-tovoq,  taxta-o‘qlov,

oshiq-ma’shuq  kabi)  tashkil  topadi.

1. Sodda so‘zlar bilan sinonim bo‘lgan juft so‘zlarda

tasviriylik,  ta’kid  ma’nosi  kuchliroq  bo‘ladi.  Masalan,

qishin-yozin  tinmaydi  jumlasi  doimo  tinmaydi  jumlasiga

nisbatan  tasviriyroq,  ta’sirchanroqdir.  Non-pon,  choy-

poy,  katta-katta,  tez-tez,  sovuqdan  sovuq,  dam-badam,

so‘zma-so‘z,  uncha-muncha  kabi  so‘zlar  takror  so‘zlar

sanaladi.

Juft va takroriy so‘zlardan o‘rinli foydalanish nutqning

ifodaliligini,  ta’sirchanligini  oshiradi.  Yuqoridagi  takror-

!


371

langan yoki juftlashgan so‘zlarda ko‘pincha yangi ma’no

hosil bo‘ladi: nari-beri (tez), uncha-muncha (sal, oz) kabi.

Ba’zilari  esa  so‘z  ma’nosini  kuchaytirish,  ta’kidlash,

umumlashtirish  uchun  ishlatiladi:  tez-tez  (tezlikni  ku-

chaytirish), sira-sira (ma’noni ta’kidlash), tun-kun (umum-

lashtirish)  kabi.

So‘z  takrorida  qismlar  turli  shaklda  bo‘ladi,  shunga

ko‘ra ular quyidagi turga bo‘linadi:

1. Har ikki qism bir xil shaklda: tog‘-tog‘, tez-tez, ko‘p-

ko‘p  kabi.

2. Birinchi qism chiqish kelishigida, ikkinchi qism bosh

va jo‘nalish kelishigida: ko‘pdan ko‘p, naridan beri, yildan

yil(ga)  kabi.

3. Birinchi qism bilan ikkinchi qism o‘rtasida ba-, -ma

qo‘shimchalari  qo‘yiladi:  yuzma-yuz,  qadam-baqadam,

dam-badam, eshikma-eshik kabi.

4.  Ikkinchi  qismning  birinchi  tovushi  fonetik  o‘zga-

rishga uchraydi: osh-posh, ora-chora, odam-podam kabi.

Juft va takroriy so‘zlar qismlari o‘rtasiga yozuvda chi-

ziqcha qo‘yiladi.

Òakroriy so‘zlar qismlari o‘rtasida -ma, ba- qo‘shim-

chalari  qo‘yilganda  -ma  birinchi  qism  oxiriga,  ba-  esa

ikkinchi qism boshiga qo‘shiladi. Masalan, orqama-ketin,

dam-badam,  zo‘r-bazo‘r,  zinhor-bazinhor  kabi.

So‘zlarni takrorlash va juftlash yo‘li bilan ravish yasal-

ganda, ular quyidagi so‘z turkumlaridan bo‘ladi:

1. Ot-ot (qator-qator, tun-kun, yildan yilga).

2. Sifat-sifat (uzundan uzun, ochiqdan ochiq).

3.  Fe’l-fe’l  (uzil-kesil,  turib-turib,  qo‘sha-qo‘sha,

qo‘yarda-qo‘ymay,  bilinar-bilinmas).

4.  Olmosh-ravish  (oldinma-keyin,  nari-beri).

5. Olmosh-olmosh  (o‘z-o‘zidan, o‘z-o‘zicha, o‘zidan o‘zi).

6. Son-son (birma-bir).

7.  Òaqlid  so‘z-taqlid  so‘z  (taqa-taq,  shart-shurt)  va

boshqalar.



372

Savol va topshiriqlar

1. Juft so‘z deganda nimani tushunasiz?

2. Òakroriy so‘z deganda-chi?

3. Juft va takroriy so‘zlar sodda so‘zlardan ma’no jihatdan

qanday farq qiladi?

4. Juft va takroriy so‘zlar qanday yoziladi?

223-mashq. Quyidagi sodda so‘zlardan juft so‘zlar hosil qilib

yozing.

Erta — ..., shak — ..., olib — ..., ora — ..., apoq —...,



azob — ..., do‘st-u..., el — ..., aql — ..., oxir — ..., o‘g‘il — ...,

ota  —  ...,  bo‘m  —  ...,  rang  —...,  toat  —  ...,  qiy  —...,

savol  —  ...,  er-u  ...,  yosh  —  ...,  kir  —  ...,  kayf  —  ...,

uch — ..., kuch — ..., katta — ..., past— ..., bog‘ — ...,

turli — ..., qiyin — ..., to‘y —..., oyoq — ..., yot..., or — ...  .

224-mashq. 2 guruhga bo‘lining. I guruh zid ma’noli juft so‘zlarga,

II  guruh  esa  o‘zaro  yaqin  ma’noli  juft  so‘zlarga  misollar  yozsin.

Qaysi guruh belgilangan vaqt ichida ko‘p va to‘g‘ri so‘z topa olsa,

o‘sha  guruh  g‘olib  deb  topiladi.  (Musobaqani  davom  ettirmoqchi

bo‘lsangiz juft so‘zlar ishtirok etgan she’riy misollar ham yozing.)

N a m u n a:

I. Zid ma’noli

II. Yaqin ma’noli

kecha-kunduz

ota-ona

225-mashq. Gazetadan olingan quyidagi gaplarni ko‘chiring.



So‘zlarning juft va takroriy shakllarini toping, ularning tuzilishini

va grammatik ma’nolarini aniqlang.

1. Yigitning ukasi kelib, qo‘yarda-qo‘ymay kasalxonaga

borib  kelishimni  iltimos  qildi.  2.  Azizlar!  Bir  kuni  kelib

afsus-nadomatning  zaharli  sharobini  ichmaslik  uchun

qo‘lning kiri bo‘lgan mol-mulkni odamdan, insoniy qadr-

qiymatdan  yuqori  qo‘ymaylik.  3.  Yakshanba  kuni  birin-

ketin, o‘g‘il-qiz, nevara-kelinlar yig‘ila boshlashdi. 4. Yaqinda

tumanimizdagi  54  ta  bolalar  bog‘chalarida  ko‘rik-tanlov

o‘tkazildi. 5. Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori bilan

?


373

yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. 6. Mamlakatimiz

Prezidenti Islom Karimov majlisda so‘zlagan nutqlarida yigit-

qizlarning oldiga jamiyatda munosib o‘rin egallash, o‘z aql-

zakovati, kuch-qudratini to‘la namoyon etishdek mas’uliyatli

vazifani qo‘ydi. 7. Òo‘qqiz yil oldin bo‘lib o‘tgan voqea-

hodisalar negadir tez-tez esimga tushadi. 8. Gazetamizda «Ota-

onamdan olgan saboqlarim», deb nomlangan pand-nasihat

tarzidagi rukn ochilsa. («Oila va jamiyat» gazetasidan)

226-mashq. Quyidagi berilgan juft so‘zlar ishtirokida gaplar

tuzib yozing.

El-yurt,  choynak-piyola,  tun-kun,  opa-singil,  o‘rin-joy,

asta-sekin,  uzoq-yaqin,  tasir-tusir,  oyoq-qo‘l,  zavq-shavq,

meva-cheva, afsus-nadomat, qovun-tarvuz, og‘iz-burun, teri-

tanosil, sarf-xarajat, tog‘-u tosh, to‘y-tomosha, ota-yu ona.

40.2. QISQARÒMA SO‘ZLAR VA ULARNING

USLUBIY  XUSUSIYAÒLARI

Darsning  maqsadi:  talabalarning  qisqartma  so‘zlar

haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish.

Qisqartma so‘zlardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.

R E J A:

1. Qisqartma so‘zlar haqida ma’lumot.

2. Qisqartma so‘zlar va ularning to‘liq varianti o‘rta-

sidagi munosabat.

3. Qisqartma so‘zlarni hosil qilish yo‘llari.

Inson o‘z faoliyatida doimo oz mehnat sarflab,

ko‘proq natijaga erishishga urinadi. Bunda nutqiy

faoliyat natijasida bir qancha barqaror birikmalarni

qisqartirish  yo‘li  bilan  qisqartma  so‘zlar  vujudga

keladi va bu bilan nutqiy ixchamlikka erishiladi. Ma-

salan, Birlashgan Millatlar Òashkiloti — BMÒ, Ichki

ishlar boshqarmasi — IIB kabi.

Qisqartma so‘zlarga abbreviatura ham deyiladi. Dar-

haqiqat,  Birlashgan  Millatlar  Òashkiloti  deyishdan  ko‘ra,

BMÒ  deyish  ixchamroq.

!


374

Shuni ta’kidlash kerakki, qisqartirish yangi so‘z yasash

emas,  chunki  qisqartirish  faqat  so‘zning  shakliga  oid

bo‘lib, ma’noga ta’sir etmaydi. Shuning uchun qisqartma

so‘z  barqaror  so‘z  birikmasining,  to‘g‘rirog‘i,  murakkab

nomning qisqartirilgan varianti (ko‘rinishi)dir. Qisqartma

so‘zlarni aytishimiz bilan uning to‘liq, kengaygan ko‘rinishi

xotiramizga keladi. Masalan, DÒM—Davlat Òest markazi,

DÒS — Davlat Òa’lim standartlari.

Qisqartirish turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi.

1. Barqaror so‘z birikmasi qismlarning birinchi tovush-

lari (yozuvda harflari) asosida: BMÒ (Birlashgan Millatlar

Òashkiloti),  YÒRK  («Yoshlar»  teleradiokanali)  kabi.

2. Barqaror so‘z birikmasi birinchi qismining birinchi

bo‘g‘ini, qolgan qismlarning birinchi tovushlari (harflari)

asosida: O‘zROAK (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attesta-

tsiya komissiyasi),O‘zAS (O‘zbekiston Adabiyoti va san’ati).

3. Barqaror so‘z birikmasi birinchi va ikkinchi qismla-

rining birinchi bo‘g‘ini, qolgan qismlarning to‘la ko‘rinishi:

O‘zmashxolding.

4. Birinchi qismning birinchi bo‘g‘ini, qolgan qismlar-

ning to‘la ko‘rinishi: O‘zmevaxolding, O‘zdunrobita kabi.

Mustaqillik  davrida  respublikamizning  boshqa  davlatlar

bilan  munosabatining  kengayishi,  yangi  qo‘shma  korxo-

nalarning ko‘payayotganligi tilimizni ham turli-tuman qis-

qartma  so‘zlar  bilan  boyitmoqda.  Masalan,  O‘zmashxol-

ding, Anteks, Kibo kabi. Qisqartma so‘zlar asosan, yozma

nutq uslubiga xosdir. Bunday so‘zlar dastlab yozma nutq

uslubida vujudga keladi va nutqimizda faollashib, hamma

uchun  tushunarli  bo‘lgandan  so‘ng,  keyinchalik  og‘zaki

so‘zlashuv uslubiga o‘tadi.

Savol va topshiriqlar

1. Qisqartma so‘zlar deganda nimani tushunasiz?

2. Qisqartma so‘zlar qanday usullar bilan hosil qilinadi?

3. Mustaqillik davrida vujudga kelgan qisqartma so‘zlarga mi-

sollar keltiring va ularni kengaytiring.

?


375

227-mashq.  Quyidagi  qisqartma  so‘zlarni  barqaror  birik-

malarga aylantirib yozing.

AQSH,  DÒM,  O‘zavtotrans,  Òoshshaharloyiha,

XXR,  IIV,  O‘zA,  AYQSH,  ÒMU,  AndMII,  MDH,

O‘zMU,  SamDU,  ÒDIU.

228-mashq. Gaplarni o‘qib, qisqartma otlarni toping. So‘ng

ularni kengaytirib,  daftaringizga ko‘chirib yozing.

Samarqandda, Òurkiyaning «Koch Xolding» konserni

rahbariyati hamda O‘zbekiston avtomobilsozlik korxona-

lari assotsiatsiyasi — «O‘zavtosanoat», «SamKOCh-avto»

o‘zbek-turk  qo‘shma  korxonasida  «Otayo‘l»  rusumidagi

o‘rtacha avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarilmoqda.

«O‘zDEUavto» O‘zbekiston—Janubiy Koreya qo‘shma kor-

xonasida «Matiz» avtomobillarini ishlab chiqaradigan yangi

liniya ishga tushdi.

O‘zbekiston  1992-yilning  2-mart  kuni  jahondagi  eng

nufuzli xalqaro tashkilot — BMÒga a’zo bo‘ldi.

MÒDP  1995-yilning  3-iyun  kuni  ta’sis  etilgan.  Res-

publikamizdagi  O‘zMU,  SamDU,  ÒDPU,  FarDU,

ÒDÒU,  ÒDYI,  ADU,  BuxDU,  NamDU,  ÒerDU  kabi

oliy o‘quv yurtlarida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun

yetuk  malakali  mutaxassislar  tayyorlanmoqda.

Oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish ishlari DÒM

tomonidan yildan yilga takomillashtirilib borilmoqda.

229-mashq. Qisqartma otlarni kengaytiring. So‘ngra dafta-

ringizga ko‘chirib oling.

O‘zMU,  MDH,  YPX,  MXQ,  MOQ,  YÒRK,

Òoshqishmash,  teleradiokompaniya,  biofak,  matfak.

Òayanch tushunchalar

barqaror  so‘z  birikmalari,  qisqartma  so‘zlar,  abbre-

viaturalar.



376

1-DARS. FONEÒIKA  VA  LEKSIKOLOGIYA

 

YUZASIDAN  O‘ÒILGANLARNI



ÒAKRORLASH

1-mashq. She’rni o‘qing. Unda ishtirok etayotgan unli va

undosh tovushlar asosida fonetika bo‘limi yuzasidan o‘tilganlarni

eslang va shu haqda bahs yuriting.

Mulki borliq ichra bir mahal,

Ko‘rksizgina olam yaralgan.

Bermoq uchun dunyoga sayqal,

Olam aro odam yaralgan.

Shundan beri inson tinmayin,

Shu  yer  uzra  ter  to‘kar  hamon.

Yerni go‘zal qilgani sayin,

Go‘zal bo‘lar o‘zi ham inson.

(Erkin  Vohidov)

2-mashq.  Òez  aytishlarni  mashq  qilib  ko‘ring.  Undosh

tovushlarni belgilab, ularga tavsif bering.

ÒEZ  AYTISH

Òez aytish og‘zaki nutq mashqi bo‘lib, kichik yoshdagi

bolalarda ma’lum tovushlarni to‘g‘ri va ohangdor talaffuz

qilish ko‘nikmalarini orttiradi. Bu janrga mansub asarlar

bolalarni  biyron  so‘zlashga  o‘rgatish  bilan  birga,  ularga

estetik zavq beradi, xotiralarini mustahkamlaydi.

Jamila jiydani joyiga joyladi.

3 - K I T O B


377

Shu  mushuk,  shum  mushuk,  shumshuk  mushuk.

Jo‘ja cho‘chib go‘ja cho‘qir.

Moshdan  tosh,  toshdan  mosh  bo‘lmas.

Chumchuq  chug‘urchiqni  cho‘qimasa,

Chug‘urchiq  chumchuqni  cho‘qimaydi.

Sovuqda tustovuq sovuq qotdi.

Boqi bog‘ga, Soqi tog‘ga bordi.

Saodat soatini soatsozga sozlatdi.

Qo‘sh qo‘lqop, qo‘shovi ham bo‘sh qo‘lqop.

Shokir  sholiðoyada    shovqin  solib,  shaqildoqni

shaqillatdi.

3-mashq. Fonetikaga oid qiziqarli grammatik o‘yin. Maqolni

toping, tovushlarni izohlang.

1. Tug‘ilgan yer, yurt – 1, 2, 3, 4, 5.

2. Uyga, xonaga kirish joyi – 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12.

3. Kelishik qo‘shimchasi – 13, 14, 15.

4. Gavdaning yuqori qismi – 16, 17, 18.

5. Fe’l yasovchi qo‘shimcha – 19, 20.

6. Alifbodagi harf – 21.

7. Fe’l zamonini yasovchi qo‘shimcha – 22, 23.

4-mashq. Matnni o‘qing, ajratilgan so‘zlar qanday ma’no

bildirayotganini toping, ularning boshqa ma’nolari ustida ham

o‘ylab ko‘ring.

13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23

1

2



3

4

5



6

7

8



9

10 11 12


378

 Sharqda qadimiy bir ta’limot bor. Bu tasavvuf ta’li-

moti.  Bu  ta’limotning  asosiy  maqsadi  komil  insonni

tarbiyalash, ya’ni shaxsni tarbiyalashdan iborat. Demoq-

chimizki, biz ertangi kun baxti uchun kurashar ekanmiz,

ilm izlab unchalik uzoqqa borishning hojati yo‘q, dastavval

o‘zimizni o‘rganishimiz lozim.

 Bugun ma’naviyat, mafkura davlat siyosati darajasiga

ko‘tarildi.  Albatta,  bu  tabiiy  ehtiyoj  tufayli  sodir  bo‘ldi.

Zero, ma’naviyat shunchalik keng jabhaki, u oddiy inson

qalbini poklashdan tortib, butun jamiyatni poklashgacha

bo‘lgan  jarayonni  qamrab  oladi.  Bu  borada,  ayniqsa,

bugun maktablarda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarga

teran  tushuntirishlar  berib  borish  kechiktirib  bo‘lmas

vazifadir.

Darhaqiqat,  muammo  qo‘yish  oson.  Uni  hal  qilish

qiyin, faqat bu muammoni yechishning bittagina yo‘li bor:

birdamlik,  hammaslaklik,  hamkorlik.

5-mashq.  Ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zlarning  ma’nodoshlarini

toping,  ularni  matnda  ishlatish  bilan  qanday  uslubiy  o‘ziga

xosliklar kelib chiqayotganini belgilang.

SENGA  ÒA’ZIM,  OZODLIK!

Men Mustaqillik bayrami kunini bahorni kutgan kabi

orziqib  kutaman.  Najot  yomg‘irlarini  kutib,  130  yil

qaqragan  ona-Vatan  tuproqlari  kabi  mushtoq  bo‘lib

kutaman.  Ozodlik  kuni  millatning  bahori  tashrif  etgan

kundir.

Bu  kun  yuragimizning  tavallud  lahzalari  kabi  mo‘ji-



zaviydir.

Bu kun Qodiriy boboning ichikkan ohi bizni uyg‘otgan

kundir.

Ozodlik millat ongidagi, qalbidagi tiriklik. Bu hurriyat



yerni  yengib  bosh  ko‘targan  maysalar  hurligiga,  basha-

379

riyatning ne-ne ofatlar ustidan g‘olib chiqqandagi mukar-

ram hurriyatiga o‘xshaydi.


Download 3.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling