Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi
Download 3.7 Mb. Pdf ko'rish
|
olkam, Ozbekistonim, ey sen zakiy, boy ota, gulim, ona tilim, Vatan, azizim onam, kozim qorasi. 74-mashq. Quyidagi gaplarni oqing. Ularni undalmali gaplarga aylantirib kochiring. Namuna: Otashga sigindi bir zamon xalqim. (A.Oriðov)
462 1. Xalqim, bir vaqtlar sen otashga sigingan eding. 2. Millatimizning har bir hikmati zamirida olam-olam mazmun yashiringandir. 3. Qush qanchalik baland yoki uzoqqa parvoz qilmasin, baribir oz oshyoniga qaytib keladi. 4. Kishi qozonga nima solsa shuni, tosh solsangiz, tosh olasiz, osh solsangiz, osh olasiz. 5. Godak oilaviy muhitda ulgayadi, muhit uni qanday oziqlantirsa, shunday ruhda kamolga yetadi. 6. Òalabalik yillarim dugonalarim biznikiga kelishini buvijonim juda yaxshi korardi. 7. Men bir nar- saga qattiq ishonamanki, hayotimdagi ogir va baxtiyor kunlarda doim buvimning ruhi menga madad bolib kel- yapti. 8. Shu payt eshik ochilib, bolalarning xushchaqchaq ovozlari, onajonimning bagriga otilib, mehr tola bildirilgan salom-aliklari barala yangradi. 9. Ayol qanchalik didli- farosatli, tabiatan ozoda, saranjom-sarishta, buning ustiga shirinsuxan bolsa, hatto xonadon devorlari ham jilva qilib turadi. 10. Muhabbatxon xonadonimga quyosh bolib, ozgacha harorat olib kirdi. («Sanam» jurnalidan) 23-DARS. UNDALMALARNING UNDOV SOZ
VA EGALIK QOSHIMCHALARI BILAN QOLLANILISHI HAMDA ULARNING USLUBIYAÒI Darsning maqsadi: talabalarga undalmalar undov soz hamda egalik qoshimchalari bilan qollanganda qanday xususiyatlarga ega bolishi haqida malumot berish. R E J A: 1. Undalmaning oldidan va undan song kelgan undovlarning xususiyatlari haqida. 2. Egalik qoshimchalari bilan qollangan undalmalar. 1-topshiriq. Undalma ishtirok etgan gap tuzib, undalma oldidan undov sozni qoshing. Undov bilan qollangan undalmaning undovsiz undalmadan farqini ayting.
T 463 2-topshiriq. Onajonim, bunday qilma, Bunday qilma, Onajon! (A. Oriðov) gapidagi undalmaga qoshilgan -jon va egalik qoshimchasi -im ning qanday vazifa bajarayotganini ayting. Undalmalar tinglovchining diqqatini kuchliroq jalb etish, emotsionallikni taminlash, hayron qolish manosini ifodalash uchun kopincha ey, hoy, voy kabi undovlar bilan birgalikda keladi. Bunday undovlar kopincha undalma oldidan qollaniladi. Masalan, Hoy ortoqjon, quloq soling sozimga. Bazan undalmadan song ey, ho, ov, -u (-yu) kabi undovlar ham ishlatiladi: Karimjon-u (ov, ey, ho), bu yoqqa keling. Bu vaqtda undalma orqali ifodalangan shaxs yoki predmet sozlovchidan uzoq masofada ekanligi ifodalanadi. Eslab qoling. Undalmalar oldidan undov sozlar ishlatilganda, yozuvda undalma bilan undov sozlar orasiga hech qanday tinish belgi qoyilmaydi. Undov sozlar undalmadan song kelganda esa undov bilan undalma chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Undalmalar kopincha I shaxs birlikdagi egalik qoshim- chasini olib keladi. Bunday vaqtda undalma vazifasida kelayotgan tinglovchi sozlovchiga yaqin ekanligini, erkalash, suyish manolarini ifodalaydi. Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz. (Uygun) Ayrim hollarda undalma nutqda tushib qolib, uning ornida undovlar qollaniladi. Masalan, Hoylar, bu yoqqa kelinglar. Hoy, chilim keltir. Undalma ornida hoy kelganda tinglovchiga hurmatsizlik, mensimaslik manosi ifodalanadi. Bazan, er-xotin bir-biriga murojaat etganda III shaxs birlikdagi egalik qoshimchasi bilan kelgan undalmadan foydalaniladi. Masalan, Oyisi, keling. Dadajonisi, choy iching kabi. Oylang: Undalmalar nutqimizda nima uchun kerak? Òayanch tushunchalar: undalma, undov soz, undal- malar bilan birgalikda ishlatiladigan tinish belgilari. L
464 Berilgan maqolni izohlang, uni undalmali gapga aylan- tiring, unda undov soz, egalik qoshimchalari ham ishtirok etsin.
Erta eksang, erta orasan. 75-mashq. Oqing. Boshqa bolaklar bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan bolaklarni toping. Nima uchun aloqaga kirishmayotganini izohlang. 1. Umrzoq ota qogozlardan birini qora hoshiyali pushti rang qogozni Xolbibining qolidan yulqib oldi. 2. Darhaqiqat, tepa ustidan diqqat bilan qaralsa, hali ham odamzod qoli bilan qurilgan kanalning izlari korinadi. 3. Yoq, ogaynilar, biz bu yerda qancha tortishmaylik, oramizda har qancha gap qochmasin, bu mehnat sarf qilsa arziydigan ish ekanligi ravshan korinib turibdi. 4. Avvalo, rosmana ilmiy loyiha kerak. Òushundingmi? Bunday loyiha uchun pul tolanadi. Ikkinchidan, portlatish ishlari talab qilinadi. 5. Ayting-chi, Oyqiz, barcha ishlar qol kuchi bilan ado qilinadimi? 6. Darhaqiqat, oglim, bizdan konglingiz toq bolsin, xalqimiz inoq va sergayrat, yuzlaringizni shuvut qilmaydigan xalq. 7. Keling, shu yerda ozgina otiraylik. «Yuring, yaxshisi, uyga kiraylik, Oyqiz», dedi Olimjon Oyqizni qistab, uning rozi boli- shiga judayam ishonqiramay. 8. Uluglarning tabiri bilan aytganda, tutunsiz otin yoq, xatosiz odam. 9. Ehtimol, u ham kun boyi jon-jahdi bilan ishlab, haddan tashqari charchagandir. 10. Qisqa qilib aytganda, Jalolov bilan birga xatoning oldini oldik, menimcha. (Sh. Rashidov) 76-mashq. Oqing. Undalmali gaplarni ajratib korsating. Undalma bilan boshqa bolaklar ortasida qanday tinish belgisi qoyganingizni va buning sababini tushuntiring. Ey, mening buyuk va ozurda yurtim, qudratli va jafokash Vatanim. 465 Sen oz zanjirlaring ichida eng uqubatlisi, eng ogriqlisi bolgan tobelik va mutelik zanjiridan xalos bolding. Ozodlik kuning asr desa asr, mingyillik desa mingyillik ichida eng buyuk kundir. U sening yangi tarixing, mening yangi umrim boshlangan kun. Milodiy va hijriy yil hisobi yonida qalbimning oz yil hisobi bor. Yangi yilning milodiy ikki ming birinchi, hijriy bir ming tort yuz-u yigirma birinchi, ozodiy oninchi yil boladi. Ey, mening suyukli Ozbekistonim. Zamonlar kelarki, botiniy zanjirlaring ham yechilar. Kelajak haqiqiy hur dunyo ichida, sen ham chinakam ozod mamlakat bolarsan. Zamonlar kelarki, insoniyat mojarolarini, qon tokishlarni unutar, olamda mehr-u saxovat, poklik va ezgulik golib bolar. Bizning bu gurbat tola asrda matonat bilan yashagan avlodning uygoq ruhi ul zamon aytar: «Olmagan qul shunday kunga ham yetib keldi-ya!» Shu umidbaxsh tuygu bilan bugun: «Assalom, kelajak», deya hayqirgim keldi. (E. Vohidov) 24-DARS. KIRISH SOZLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYAÒLARI Darsning maqsadi: oquvchilar ongida kirish sozlardan orinli foydalana olish konikmasini shakllantirish. R E J A:
1. Kirishlar haqida. 2. Kirishlar hamda modal sozlar munosabati. 3. Kirishlarning mano munosabatiga kora turlari. 1-topshiriq. Ehtimol, albatta, shubhasiz sozlari ishtirokida gap tuzing. Bu sozlarning qanday mano ifodalayotganini ayting. , T
466 2-topshiriq. Biror voqea-hodisaning bajarilishi- ga gumon bilan qarayapsiz. Ana shu gumon mano- sini qanday yol bilan ifodalaysiz? Gap orqali malum axborot ifodalanishi bilan birga, sozlovchining shu axborotga munosabati ham ifodalanadi. Sozlovchining munosabati gapning kesim shakli (mayl shakli, boglamalar va nol shakli) orqali hamda maxsus modal sozlar yordamida ifodalanadi. Masalan, albatta, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, togri, ehtimol, balki, chamasi, taxminan va boshqalar. Sozlovchi gap orqali bayon qilayotgan axborotga qanday munosabatda ekanligiga qarab, yuqoridagi modal sozlardan muvofigini qollaydi: tasdiq munosabatini ifodalamoqchi bolsa, darhaqiqat, haqiqatan ham, togri sozlaridan; ishonch munosabatini bildirmoqchi bolsa, albatta, shubhasiz, shaksiz kabi sozlardan; gumon manosini ifodalamoqchi bolsa, ehtimol, balki sozlaridan; chama- taxmin manosini ifodalamoqchi bolsa, chamasi, chamamda, taxminan sozlaridan foydalanadi. Eslab qoling. Sozlovchining ozi bayon etayotgan fikriga ishonch, gumon, achinish kabi munosabatlarini ifodalovchi sintaksis birliklarga kirishlar deyiladi. Kirishlar soz va birikma holatida boladi. Kirishlar gapning boshqa bolaklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Shuning uchun u boshqa gap bolaklaridan farq qiluvchi alohida ohang bilan talaffuz qilinadi va yozuvda vergul bilan ajratiladi. Sozlovchining ozi ifodalagan fikrga munosabat turlari va har qaysi mano munosabatini ifodalaydigan kirish sozlarni jadvalda koring. L
467 Kirish sozlarning uslubiy xususiyatlari 1-topshiriq. Reyter agentligining xabar qilishicha, shaksiz, fikri ojizimcha, shubhasiz, albatta kabi kirish sozlarni uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf turlarga ajrating. Uslubiy xoslanganlarining qaysi uslubga mansubligini ayting. 2-topshiriq. Òogri, ehtimol sozlarini gap bolagi va kirish soz vazifasida ishlating. Ularning bir-biridan farqini ayting. Kirishlar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun sozlovchi ozi qollayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini tanlab qollaydi. Masalan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor kabi kirish sozlar uslubiy xoslangan sozlardir. Ulardan shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, avvalambor, fikri ojizimcha sozlari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga Sozlovchining oz fikriga munosabati Shu munosabatni ifodalashga xoslangan sozlar Misollar T/r
1. Ishonch
munosabati albatta, shaksiz, shubhasiz Bu iltimosingizni, albatta, bajaraman. 2. Gumon munosabati balki, ehtimol, chamasi Balki, kelib qolar. 3. Tasdiq
munosabati togri, darhaqiqat, haqiqatan Togri, bu litsey binosi. 4.
munosabati afsuski, attang Afsuski, men yordam berolmadim. 5. Fikrga yakun yasash munosabati xullas, demak Xullas, oqishlar yaxshi.
6. Fikrning kimga qarashli ekanligi menimcha, uning takidlashicha, fikri ojizimcha, aytishlaricha Menimcha, eng yaxshisi shu. 7. Fikrning tartibi birinchidan, ikkinchidan, avvalo, avvalambor Avvalo, men unday demoqchi emasman. T
468 xos bu sozlar oz ichida ichki xoslanishga ega: shaksiz, fikri ojizimcha badiiy uslubga xos; bayon qilinishicha publitsistik uslubga xosdir. Shuning uchun har qaysi kirish sozini oz ornida ishlatish madaniy nutq belgisi sanaladi. Oylang: Uslubiy xoslanish deganda nimalarni tushu- nasiz? Òayanch tushunchalar: modal sozlar, kirish sozlar, kirish birikmalar. Berilgan maqolning manosini izohlang, fikr bayon qilayotganingizda kirish sozlardan ham foydalaning. Òil bor, bol keltirar, Òil bor balo. 77-mashq. Oqing. Kirish sozlarni ajrating. Kerakli oringa vergul qoyib kochiring. 1. Òogri-da, harna kongli yozilgani! Qolaversa kasal onasiga madad boladi. 2. Rais ham Ranoxonning ahvolini sezdi shekilli haytovur yoq demadi. 3. Òogri qora kunga asrab qoygan bugdoyimiz ham, joxori ham kop edi. 4. Kun botmasidan oxirgi egatdagi kartoshkani ham terib oldik xayriyat. 5. Oyim chamamda bu gapni dadamga aytmadi. 6. Qiziq zakunchi kelib ketishi bilan oraga gashlik tushdi. (O. Hoshimov) 7. Binobarin yoshlarimizni hayot soqmoqlaridan eson-omon olib otish har bir insonning muqaddas burchidir. 8. Afsuski bugungi kunda mafkura, targibot va tashviqot kerak emas, degan notogri xulosa bilan yashayotgan odamlar ham uchrab turibdi. 9. Ma- lumki oqkongil odam har qachon boshqalar baxtiga, ularning xizmatdagi yo shaxsiy hayotdagi yutuqlariga xuddi oz baxti, oz yutugi kabi qarab quvonadi. 10. Albatta baxillik qon yo jon bilan otadigan fiziologik hodisa emas. 11. Darhaqiqat mundoq oylab qaralganda, bola hadeb oksinaversa kuygunchakka, kuygunchaklik hasadga, hasad esa baxillikka, nihoyat baxillik ziqnalikka aylanganini korish mumkin. (M. Ismoiliy) 469 78-mashq. Kochiring. Kirish sozlarni toping. Ular qaysi uslubda koproq qollanilishini ayting. 1. Modomiki, siz halokatdan gap ochibsiz, yuqoridagi mulohazalarimiz uchun etirozga orin qolmaydi. 2. Demak, yashash manosining zamirida xalq xizmatini qilish, Vatanni sharaflash burchi ham bor. 3. Ajabo, armonga yol qoymaslik mumkin bolgan holda bu azobni, bu gumrohlikni nechun ozingizga ravo kordingiz. 4. Òavba, shunchalik bagritosh, bemehr, bemuruvvat bola boladimi! 5. Ha, darvoqe, uni gazetaga yozmoqchi ham boldik avval, lekin satqayi gazeta ketsin senga, deb yozmadik. 6. Hayot- ning eng ogir, eng shafqatsiz kunlarida ham yiqilmadi, aksincha, qaddini tik tutib, ozini mehnatga urdi. 7. Qis- qasi, yaxshi onaning peshanasida ne xil baxt bolsa, hammasi Saodat buvida mol-kol. 8. Bu sozdan hamma qarilar aqlli-yu, hamma yoshlar nodon ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak! Aslo! Yoshlar orasida ham aql-hushi joyida, ziyrak, tadbirkorlari kop. 9. Xop, bugungi gapim tamom qizim. 10. Aksincha, dami ichiga tushib ketgan odamday churq etmay, hatto, nafas ham olmayotganday otirib qolar edi. (M. Ismoiliy) 25-DARS. KIRIÒMALAR VA ULARNING USLUBIY XOSSALARI Darsning maqsadi: kiritmalardan yozma nutq jarayonida orinli foydalanish konikmasini shakllantirish. R E J A:
1. Kiritma haqida malumot. 2. Kiritmalarda tinish belgilarining qollanilishi. 1-topshiriq. Quyidagi matndan qavs ichiga olingan qismning ohangi va manosiga etibor bering. Gapning asosiy qismi bilan qanday mano munosabati borligini ayting. T
470 Biz (bu safar menga Maktuba ham hamroh boldi) qishloqqa ertasiga kechqurun bordik. (O. Yoqubov) Nutq jarayonida sozlovchi muayyan tushuncha yoki fikrga bogliq qoshimcha malumot bergisi kelishi mumkin. Ana shu qoshimcha malumot ifodalovchi qism gapning asosiy qismidan toxtam va pastroq ohang bilan talaffuz qilinadi. Masalan, Uni tanishsa kerak (Fargonada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi. (O. Umarbekov) Yuqoridagi gapda asosiy axborot uni tanishsa kerak, bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi qismi orqali ifodalanadi. Fargonada bir-birini tanimaydigan odam yoq qismi esa gapning asosiy qismi tarkibidagi tanishsa kerak bolagi bilan bogliq qoshimcha malumotni ifodalaydi. Juda muhim. Bu qoshimcha malumot ifodalovchi qism gapdan tushirib qoldirilsa ham, gapning asosiy manosiga ziyon yetmaydi. Qoshimcha malumot beruvchi qism gapning asosiy qismlaridan past ohang bilan ajralib turibdi. Eslab qoling. Gapning asosiy mazmuniga qoshimcha axborot qoshuvchi va alohida ohang bilan ajralib turuvchi qismga kiritmalar deyiladi. Kiritmalar, asosan, kitobiy uslubga xos. Kiritmalar fikrga qoshimcha malumot berganligi uchun, asosan, gap ortasida keladi va yozuvda doimo gapning boshqa qismlaridan qavs bilan ajratiladi. Oylang: Kiritmalar nutqimizda nima uchun kerak? Òayanch tushunchalar: kiritmalar, kiritmalarda tinish belgilarining ishlatilishi. Berilgan maqolning manosini izohlang, ozaro fikr- lashing. Nutqingizda kiritmalardan ham foydalaning. Ajralganni ayiq yer, Bolinganni bori yer. L ! 471 79-mashq. Kochiring. Kiritmalarni aniqlang. Ohang va tinish belgilarini izohlab bering. 1. Kozlari botaloqning kozlariday javdirab turgan bu yosh, hurkak malakni (uning ismi ham jismiga monand Qorakoz begim edi!) amirga Buxoro hokimi Alp Òegin inom qilib yuborgan. 2. Mana, bir oydan oshdi, Gazna- dan maxfiy elchi Abulvafo Sariq kelib, Ibn Sino hazratlarini topolmay noumid qaytib ketdi hamki, amir har on, har daqiqa Gaznadan sovuq xabar kutib (gunohkor bandangni ozing kechirgaysen, Xudovandi karim!) betoqat boladi, kechalari mijja qoqmay chiqadi. 3. Sarpardaning chap tomonida, baland qilib toshalgan oq kigizlar ustida... boshiga qora telpak, egniga uzun qora jun chakmon kiygan bir odam... (Yo rab! bu odam Sulton Mahmud Gazna- viy edi!) uzala tushib yotardi! 4. Mirzajon aka (bizda birovni ota hurmat qilsang, yosh bolsa ham aka deymiz, men ham u kishini aka degim keladi)... muloyim kulimsirab qoydi. 5. Shundan keyin Saltanatni oninchi sinfni bitiruv- chilar kechasida (bu toyga odatdagiday hammamiz yigil- gan edik) kordim. (O. Yoqubov) 26-DARS. GAPNING IFODA MAQSADIGA
KORA ÒURLARI. DARAK GAPLAR VA ULARNING USLUBIY
XUSUSIYAÒLARI Darsning maqsadi: talabalarga gapning ifoda maqsadiga kora turlari haqida umumiy malumot berish. Nutqda darak gaplardan foydalanish konikmasini shakllantirish. R E J A:
1. Sozlovchining maqsadi va gapning shu maqsadga kora turlari. 2. Darak gaplar va ularning oziga xos qoliði. 3. Darak gaplarda gap bolaklarining tartibi. 4. Darak gaplarda tasdiq va inkor manosining ifodalanishi. 472 1-topshiriq. Ertalab bajargan yumushlaringiz ha- qida sozlab bering. Nechta gapdan foydalanganin- gizni va gap kesimining qanday shaklda ekanligini ayting. 2-topshiriq. Sizga nomalum bolgan voqea- hodisa haqida suhbatdoshingizdan sorang. Sorash uchun ishlatgan gapingizda qanday vositalardan foydalanganingizni ayting. 3-topshiriq. Malum harakat-holatni bajarishga sherigingizni buyuring. Buyurish uchun ishlatgan gapingizning kesimi qanday shaklda ekanligini ayting. Sozlovchi nutq jarayonida turli maqsadlarni amalga oshiradi: oziga malum bolgan axborotni boshqasiga yetkazish maqsadi, oziga malum bolmagan axborotni boshqasidan sorash maqsadi, malum voqea-hodisani amalga oshirishga tinglovchini davat etish maqsadi va boshqalar. Ana shu maqsadlarning amalga oshishiga muvofiq- lashgan gap shakllari (qoliðlari) mavjud. Eslab qoling. Sozlovchining maqsadiga xoslangan gap turlariga gapning ifoda maqsadiga kora turlari deyiladi. Ifoda maqsadiga kora gaplar tort turga bolinadi: 1) da- rak gaplar; 2) buyruq gaplar; 3) soroq gaplar; 4) istak gaplar. Darak gaplar va ularning uslubiy xususiyatlari 1-topshiriq. Kesimi aniqlik maylidagi feldan ifodalangan gap topib yozing. Gapning qanday axborot ifodalayotganini ayting. 2-topshiriq. Ot kesimli gap topib yozing. Gapning qanday axborot ifodalayotganini ayting. Sizga malum bolgan biror axborotni boshqalarga yetkazmoqchi bolsangiz, darhol shu maqsadingizga muvofiq keladigan gap shaklini (qoliðini) tanlaysiz. Bunday T L
473 gaplarning xarakterli xususiyati shundaki, kesimi tasdiq yoki inkor shaklida turgan aniqlik maylidagi fellar bilan, bazan tasdiq yoki inkor shaklidagi otlar bilan ifodalanadi; yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bolgan voqea- hodisani tasdiq yoki inkor qilish yoli bilan ifodalaydi; darak ohangi bilan talaffuz qilinadi; darak ohangi gap oxiriga qarab pasayib boradi; gap bolaklari togri tartibda joylashgan boladi. Eslab qoling. Kesimi aniqlik maylidagi fellardan, tasdiq yoki inkor manosini bildiruvchi otlardan ifoda- lanib, biror voqea-hodisa haqida xabar bildiruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi. Masalan: Ana bu bizning bogimiz. Yozuvda darak gaplar oxiriga nuqta qoyiladi. Bazan darak gaplardagi gap bolaklarining meyordagi tartibi ozgarishi mumkin. Masalan: a) Urugchilik instituti shahar markazidan xiyla chetda joylashgan. b) Shahar markazidan urugchilik instituti xiyla chetda joylashgan. d) Xiyla chetda joylashgan urugchilik instituti shahar markazidan uzoqda edi. Juda muhim. Darak gaplardagi bunday uch xil gap bolaklarining tartibi gapning umumiy mazmunini bir xil ifodalasa ham, lekin uslubiy xoslanishlik va gap bolaklaridan birining ahamiyatlilik darajasini ifodalashga kora ozaro farqlanadi: a) va b) harflari bilan berilgan gaplar kitobiy uslubga, d) harfi bilan berilgan gap esa sozlashuv uslubiga xoslangan. Darak gaplar malum axborotni tasdiq va inkor yoli bilan ifodalaydi. Kesimi bolishsiz fellardan, yoq, emas sozlarini olgan sifatdosh va otlardan ifodalangan gaplar darak-inkor gaplar sanaladi. L !
Download 3.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling