Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi
Download 3.7 Mb. Pdf ko'rish
|
9. Amaki, oylab gapiryapsizmi? Qancha yol yurib kelga- nimizni bilasizmi? Bilmayman. 10. Sen avval shartimga roziligingni ayt? Roziman. (Ò. Malik) Soz-gaplar 1-topshiriq. Ofarin, balli, hormang, yashang sozlarini dialogik nutqda gap holida qollang. 2-topshiriq. Ha, yoq, afsus, albatta sozlarini dialogik nutqda gap holida qollang. Dialogik nutqda ha, yoq, shaksiz, shubhasiz, ofarin, yashang, togri, ehtimol, albatta kabi sozlarning ozi alohida gap bolib keladi va oldingi gapning mazmuniga sozlovchining munosabatini bildiradi. Eslab qoling. Ha, yoq sozlari hamda modal soz- lar bilan ifodalangan, oldingi gap mazmuniga sozlov- chining munosabatini ifodalovchi gaplarga soz-gaplar deyiladi. L T 488 Sodda gaplarda gap bolaklarining tartibi 1-topshiriq. Quyidagi sozlardan gap tuzing. Gap bolaklarining qanday joylashganini ayting. Gullarga, suv, quyaman, ertalab, har kuni. 2-topshiriq. Quyida berilgan gapdagi gap bolak- larini sozlashuv uslubidagi tartibga soling. Quloq soling menga, yaxshi qiz, biroz Dilimni ochmoqchi bolaman Sizga. (A. Oriðov) Biz fikrimizni bayon qilish chogimizda zarur sozlarni tanlash bilan birga, ularni muayyan tartibda joylaymiz, chunki sozlashuvchilarning ongida gap bolaklarining tartibi boyicha konikma mavjud boladi. Unga kora, kesim gapning eng oxirida; toldiruvchi toldirilmishdan, hol esa hollanmishdan oldin, ega kopincha gap boshida, aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Bunday tartib sozlashuv va ilmiy uslublarga xosdir. Badiiy va qisman publitsistik uslubda esa gap bolaklari tartibi ozgarishiga yol qoyiladi. Eslab qoling. Gap bolaklari tartibining buzilishi inversiya deb ataladi. Inversiya badiiylik, ifodalilik, tasirchanlilikni tamin- lash maqsadida qollaniladi. Oylang: Òoliqsiz gaplarning, soz-gaplarning fikr ifodalashda qanday ahamiyati bor? Òayanch tushunchalar: yigiq gap, yoyiq gap, soz-gap, inversiya, toliq gap, toliqsiz gap. Quyidagi maqollarni yod oling. Ularning manosini izohlash bilan birgalikda maqollarda ishlatilgan «ha» va «yoq» sozlariga ham tarif bering. 1. «Ha» degan tuyaga mador. 2. «Ha» dedim, tutildim, «Yoq» dedim, qutuldim. T L
489 31-DARS. QOSHMA GAPLAR Darsning maqsadi: talabalarga qoshma gap haqida umumiy malumot berish, uning sodda gaplardan farqini tushuntirish. Nutqda qoshma gaplardan foydalanish malakasini hosil qilish. R E J A: 1. Kesimlik shakllari haqida. 2. Sodda va qoshma gaplar. 3. Qoshma gap tarkibidagi sodda gaplarning oziga xos xususiyatlari va ular ortasidagi mazmuniy hamda grammatik munosabat. 1-topshiriq. Quyidagi sodda gaplardan mazmunan muvofiq keladiganini bir-biriga boglang. Qanday gap hosil bolganini ayting. Olim bolsang. Bahor keldi. Olam seniki. Gullar ochildi. 2-topshiriq. Quyidagi sodda gaplarni mazmunan muvofiq keladigan boglovchilar orqali ozaro boglab kochiring. Sodda gaplar ortasida qanday mazmuniy munosabat borligini ayting. Ogri ogriligini qoysa qoyadi, ...oq poshsho zolimligini qoymaydi. (M. Ismoiliy) Gapni gap qilib turgan asosiy belgi uning kesimlik (predikativlik) belgisi ekanligidan xabaringiz bor. Gapning kesimlik belgisi kesimlik manolarini [zamon, shaxs-son, tasdiq, inkor, modal (mayl)lik] ifodalovchi kesimlik shakllari orqali ifodalanadi. Kesimlik manosini ifoda etgan har qanday sintaktik birlik gap sanaladi. Masalan, Borma+sa(y)+di+m. Kom-kok dala. Bu gaplarning birinchisida kesimlik manolari alohida-alohida kesimlik shakllari: tasdiq-inkor manosi -ma shakli orqali, modal (mayl) mano -sa(y) shakli orqali, zamon manosi -di T
490 shakli orqali, shaxs manosi esa -m shakli orqali ifodalan- moqda. Ikkinchi gapda ham shu kesimlik manolarining hammasi: tasdiq, aniqlik (modal mano), hozirgi zamon, III shaxs manolari anglashiladi, lekin ular moddiy korsat- kichlarga ega emas. Nol korsatkich orqali umumiy tarzda ifodalangan. Ana shu manolar mavjudligi uchun ham u sintaktik birlik gap sanaladi. Gap uchun muhim belgi sanalgan kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qoshma gaplarga bolishga asos boladi. Bitta kesimlik belgisiga ega bolgan gap sodda, ikki va undan ortiq kesimlik belgisiga ega bolgan gap esa qoshma gap sanaladi. Qoshma gap ikki va undan ortiq sodda gaplarning ozaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topadi. Juda muhim. Qoshma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda, shu sodda gaplarning bir-biri bilan malum grammatik vositalar (boglovchilar, yuklamalar, olmoshlar, ohang) yorda- mida boglanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabati deganda esa, qoshma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi tushuniladi. Har qanday sodda gap ozaro boglanib, qoshma gapni hosil qila bermaydi. Faqat ozaro mazmuniy muvofiq bolgan gaplargina bir-biri bilan boglanib, qoshma gapni tashkil etadi. Masalan: Qor yogdi va gullar ochildi; Bahor keldi, paxta terimi boshlandi deb bolmaydi, chunki bu gaplar bir-biri bilan mazmunan muvofiq kelmaydi. Qoshma gapni tashkil etgan sodda gaplar alohida qollangan sodda gaplar bilan teng emas. Alohida qollangan sodda gaplar grammatik, mazmun va ohang tugalligiga ega boladi, ammo qoshma gap tarkibidagi sodda gaplar esa bunday xususiyatga ega emas. Ularning har biri garchi gapning asosiy belgisini ozida namoyon etsa ham, gram- !
491 matik, mazmun va ohang tugalligi qoshma gapning oxirida namoyon boladi. Shuning uchun qoshma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida-alohida gaplar emas, balki bir umumiy gapning qismlari sanaladi. Bir qismning ohangi ikkinchi qismni talab qilib turadi. Masalan: Suv keldi nur keldi. Eslab qoling. Ikki va undan ortiq sodda gaplarning ozaro grammatik, mazmun va ohang tomondan boglanishidan tashkil topgan sintaktik butunlik qoshma gap deyiladi. 91-mashq. Oqing. Qoshma gap qismlarini ozaro boglovchi vositalarni aniqlab tahlil qiling. Ulugbek hamma narsadan xabardor edi-yu, lekin Abdullatif uyushtira boshlagan fitnadan, uning xoinlik kochasiga kirib borayotganidan bexabar edi. 2. Ulugbek- ning birdan bir maqsadi ortadagi nizoni tinch yol bilan bartaraf qilish edi, faqat shuni oyladi, shuning ketidan tushdi. 3. Ulugbek yigilganlarga bir-bir nazar tashladi, lekin hamma yer chizib otirardi. 4. Abdullatif yana bir necha bor Abulqosim Bobur huzuriga odam yuborib, uni Ulugbekka qarshi urushga tortmoqchi boldi, lekin Abulqosim Bobur uning yoliga yurmadi. 5. Sulton Abu Said esa Ulugbekning shaharga yaqinlashib qolganini eshitib, qamalni boshatdi va Òurkiston tarafga qarab qochdi. 6. Abdullatif otasining ketidan quvmadi uch kun Sherozda qolib ketdi. 7. Navkar yelkasini qisdi, chunki u ham bularni tanimasdi. Otliqlar bilan robaro bolish- ganda ulardan biri «chu» deb otiga qamchi bosdi va yol ustiga chiqdi, song otdan tushib ikki bukilib mirzo Abdulazizga salom berdi. (B. Ahmedov) 92-mashq. Rasm asosida «Qadim Buxoroga laylaklar keldi» mavzusida matn tuzing. Unda qoshma gaplarga misollar keltiring. Bunday qoshma gaplardagi uslubiy boyoqni ayting. L
492 93-mashq. Quyidagi hikoyatni oqib, undagi qoshma gaplarni aniqlang hamda qissadan hissa chiqarib, javobini ayting. ORIYAÒLI NOVVOY Qoqonda bir novvoy bolgan ekan. U har kun kechasi turib, non yopib, nonlarni savatga solib, erta sahardan yolda och qolgan musofirlar shu nondan yeb ketsin, deya savatni kochaga chiqarib qoyar ekan. Yolovchilar ham nonni olib, pulini savatga tashlab ketisharkan. Novvoy hisob-kitob qilganda yiliga bir yoki ikki bora olingan non uchun haq tolanmagani malum bolar ekan. Shunda u Xudoga iltijo qilib: Ey, Olloh! Mana shu nonni bir bechora, kambagal inson olib yegan bolsa, men roziman. Agar puli bola turib, haqini tashlab ketmagan bolsa ...unga ham roziman, Xudoyim. Unday vatandoshimga ozing insof, imon bergin, der ekan. (A. Ibrohimov) Qissadan hissa chiqarish uchun savol: 1. Nega novvoy «puli bola turib, tashlab ketmagan» odamga Xudodan jazo soramadi?
493 32-DARS.
QOSHMA GAP QISMLARINI
BOGLOVCHI VOSIÒALAR VA QOSHMA GAP ÒURLARI Boglangan qoshma gap Darsning maqsadi: talabalar ongidagi orta umumiy talimda olgan bilim va konikmalarni mustahkamlash, nutqda qoshma gaplardan foydalanish malakasini kuchaytirish. R E J A:
1. Qoshma gap qismlarini boglovchi vositalar haqida umumiy malumot. 2. Ohang yordamida boglanish. 3. Òeng boglovchilar yordamida boglanish. 4. Ergashtiruvchi boglovchilar yordamida boglanish. 1-topshiriq. Quyida berilgan bosh kataklarga muvofiq keladigan gaplarni qoyib kochiring. Bu gaplarning qanday boglovchilar bilan boglanganini va buning sababini ayting. 1) 1 va 2 3) 1 2 2) 1 2 ammo
lekin biroq
4) 1 2 5) 1 , 2 shuning uchun shu sabab shu bois
yo yo-yo
bazan-bazan goh-goh
dam-dam T
494 2-topshiriq. Berilgan gaplardagi nuqtalar orniga va, goyo, shuning uchun boglovchilarini qoying. Boglovchilarning ozgarishi qanday qoshma gaplarni hosil qilayotganini ayting. Bahor keldi... yasandi dunyo. Qoshma gap tarkibidagi sodda gaplar ozaro quyidagi grammatik vositalar yordamida boglanadi: 1. Boglovchilar: a) teng boglovchilar (va, hamda; ammo, lekin, biroq; yo, yo... yo, dam... dam... va boshq.); b) ergashtiruvchi boglovchilar (shuning uchun, chunki, -ki va boshq.) 2. Boglovchi vazifasidagi bolsa, esa sozlari va -u (-yu),-da yuklamalari. 3. Ohang: Qor yogdi rizq yogdi. Juda muhim. Qoshma gap tarkibidagi sodda gaplarning ozaro qanday boglovchi vositalar yorda- mida grammatik boglanishga kora qoshma gaplar uch guruhga bolinadi: 1. Boglangan qoshma gaplar qismlari teng bog- lovchilar: bolsa, esa sozlari, -y (u), -da yuklamalari yordamida boglanadi. 2. Ergash gapli qoshma gaplar qismlari ergash- tiruvchi boglovchilar yordamida boglanadi. 3. Boglovchisiz qoshma gaplar qismlari ohang yordamida boglanadi. Qismlari teng boglovchilar, bolsa, esa sozlari -u (-yu), -da yuklamalari yordamida boglangan qoshma gaplar boglangan qoshma gap hisoblanadi. Oylang: Grammatik va mazmuniy munosabat deganda nimani tushunasiz? Òayanch tushunchalar: sintaktik butunlik, kesimlik belgisi, kesimlik shakllari, qoshma gap, boglangan qoshma gap, boglovchisiz qoshma gap, ergash gapli qoshma gap, grammatik vosita. !
495 Berilgan maqolning manosini izohlang, sodda yoki qoshma gap ekanligini tushuntiring. Har kimni bilay desang, sozini organ, Zotini bilay desang, qiligini organ. 94-mashq. Oqing, qismlari biriktiruvchi boglovchilar bilan boglangan qoshma gaplarni topib, ularni bir paytda yoki ketma- ket yuz bergan voqea, hodisa, harakatni ifodalovchi qoshma gaplarga ajrating. Matnni kochirib, ulardagi boglovchi vosita- larning tagiga chizing. 1. U har uch qadamda bir toxtab, nafasini rostlay- rostlay tepaga zorga yetdi, qopni agdardi-yu, muvoza- natini saqlay olmay otirib qoldi. 2. Mashrab vafosizlik togrisidagi kitoblarni oqisa, yo erkaklar ogzidan xotin- qizlar haqida shaloq gaplar eshitsa, esiga hamisha Mastura tushadi-yu, butun vujudi isyon kotaradi, bunday gaplar- ning birontasiga ishonmaydi. 3. Gulchehra «piq» etib kuldi- da, chozilib tugunni oldi. 4. Shu bilan maslahat tugadi-yu, byuro boshlanish bilan birinchi bolib Ertayev sozga chiqdi. 5. Mashhur qora qashqa aygirining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. 6. Òosatdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertayev paydo boldi. 7. Inobat qizishib ketib, pisandaga otganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi. (O.Yoqubov) 95-mashq. Quyida berilgan fellardan boglangan qoshma gaplar hosil qilib yozing. 1. Oqardi, tokildi. 2. Bukildi, salom berdi. 3. Nigoron boldi, nasib qilmadi. 4. Hayron boldi, nafasi tiqildi. 5. Yiqildi, shikastlandi. 6. Azoblandi, qiynaldi. 7. Kezdi, uygondi. 8. Aynidi, yoga boshladi. 9. Qomsadi, yigladi. 10. Yuraverdi, goyib boldi. 11. Oyladi, bagishladi. 12. Sevindi, yoshlandi. 496 96-mashq. Kochiring. Qoshma gap tarkibidagi sodda gaplar- ning qanday boglanganligini izohlang. 1. Baxillik hamma joyda yomonlangandir va dunyo nematlari cheksiz emasdir. Rizq izlab juda uzoq ketmoq zaharlidir hamda rizq berguvchi doim tirik va qoimdir. 2. Ey odam farzandlari, men sizlarning amallaringizni hisoblab borib, qiyomat kunida ajrini tamom berurman, bas, har kim yaxshi amal qilgan bolsa, Xudoga hamd aytsin, lekin agar yomon amal qilib borgan bolsa, unda ozini malomat qilaversin. 3. Olam bir daryo hamda uning qirgogi oxiratdir. Ul daryoning kemasi taqvodir. 4. Adovat kishiga uch narsadan yetar: avval kishidan mol-dunyo tama qilmoq bolsa, ikkinchi xaloyiqdan izzat va ikrom tama qilmoq, shuningdek, xalq ortasida maqul bolmoqni tama qilmoqdir. («Hadisi qudsiy»dan) 33-DARS. QISMLARI OHANG YORDAMIDA BOGLANGAN QOSHMA GAPLAR Darsning maqsadi: qismlari ohang yordamida bog- langan qoshma gaplar yuzasidan talabalarning bilimlarini chuqurlashtirish. Ohang yordamida boglangan qoshma gaplardan amalda togri foydalana olish konikmasini shakllantirish. R E J A: 1. Qismlari ohang yordamida boglangan qoshma gaplar haqida. 2. Ohang yordamida boglangan qoshma gaplar qismlari ortasidagi mazmuniy munosabatlar va qoshma gap turlari ortasidagi sintaktik sinonimiya. 1-topshiriq. Quyidagi gaplarning nimasi bilan bir- biridan farqlanishi va ular ortasida qanday umumiy jihatlar borligini ayting. Qoshma gapning qaysi turla- riga kirishini bayon qiling. T
497 Bahor keldi, gullar ochildi. Bahor keldi, shuning uchun gullar ochildi. Bahor keldi va gullar ochildi. 2-topshiriq. Quyidagi sodda gaplardan boglan- gan, ergashgan va ohang yordamida boglangan (boglovchisiz) qoshma gaplar hosil qiling. Ularning qaysi belgisi bilan bir-biridan farq qilayotganini ayting. Yurt tinch. Sen tinch. Yuqoridagi darslarda qoshma gaplarning doimo ikki va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topishi, qoshma gapni tashkil etgan sodda gaplar uning qismlari ekanligi, ana shu tarkibiy qismlar bir-biri bilan malum boglovchi vositalar yordamida boglanishi va qismlari qanday boglovchi vositalar yordamida boglanishiga kora qoshma gaplarning quyidagi uch turga bolinishi haqida malu- motga ega boldingiz: 1) qismlari teng boglovchilar yoki bolsa, esa sozlari yordamida boglangan qoshma gaplar; 2) qismlari ergashtiruvchi boglovchilar yordamida yoki bir qismning kesimi nomustaqil shaklda turgan qoshma gaplar; 3) qismlari maxsus boglovchi vositalarsiz, ohang yordamida boglangan qoshma gaplar. Bularning birinchi turi boglangan, ikkinchi turi ergash gapli, uchinchi turi esa boglovchisiz qoshma gap hisob- lanishini bildingiz. Esda saqlang. Qoshma gap qismlari teng boglov- chilar yordamida ham, ergashtiruvchi boglovchi yor- damida ham boglanmasa, u holda ular bir-biri bilan ohang yordamida boglanadi. Ana shunday qoshma gaplar ohang yordamida boglangan qoshma gaplar yoki boglovchisiz qoshma gaplar deyiladi. Ohang yordamida boglangan qoshma gap qismlari ortasida turli xil mano munosabatlari boladi. Masalan, Zidlik: Koprikni biz qurdik, dushmanlar otdi. Sabab: Qongiroq chalindi, dars boshlandi. L
498 Payt: Dalasida osmas tikanlar, chollarida chopmas ilonlar va boshqalar. Bunday manolar boglangan va ergash gapli qoshma gap qismlari ortasida ham mavjudligidan xabaringiz bor. Ana shu mano umumiyligi asosida bunday qoshma gaplar ozaro sinonimik munosabatda boladi. Masalan, Koprikni biz qurdik, dushmanlar otdi. Koprikni biz qurdik, lekin (ammo) dushmanlar otdi. Esda saqlang. Yuqoridagi ikkita qoshma gap qismlari ortasida bir xil mano munosabati zidlik (birinchi gap manosi bilan ikkinchi gap manosi ortasida zidlik bor) munosabati ifodalangani uchun bu ikki gap bir-biri bilan sinonim sanaladi. Ular ortasidagi farq faqat qoshma gap qismlari ortasida qanday boglovchi vositaning ishlatilishidadir. Shuningdek, Anor soylar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.Olimjon) Qoshma gap qismlari ortasida payt munosabati ifodalangan. Qoshma gap tarkibidagi ikkita sodda gap bir paytda roy berayotgan ikkita voqea-hodisa (birinchisi Anorning sozlashi, ikkinchisi Zaynab qalbining qaltirashi)ni ifodalaydi. Ikkala qism va boglovchisi qatnashmagan holda ohang yordamida ham boglanishi mumkin: Anor soylar, Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. Bu vaqtda boglangan qoshma gap emas, balki boglovchisiz, ohang yordamida boglangan qoshma gap hisoblanadi. Juda muhim. Qoshma gap qismlari ortasida sabab-natija (bir sodda gap sababni, ikkinchisi esa undan kelib chiqqan natijani bildiradi) munosabati mavjud bolsa, unday qoshma gaplar ergash gapli qoshma gap shaklida ham, boglangan qoshma gap shaklida ham, ohang yordamida boglangan qoshma gap shaklida ham ifodalanishi mumkin. ! L
499 Masalan, Paxtalar qiygos ochildi, terim avjiga chiqdi. Paxtalar qiygos ochildi, shuning uchun terim avjiga chiqdi. Paxtalar qiygos ochildi va terim avjiga chiqdi. Yuqoridagi uchta qoshma gap sabab-natija umumiy manosi bilan ozaro sinonimik munosabatda bolsa ham, lekin qoshma gapning qaysi turiga mansubligi bilan bir- biridan farq qiladi. Korinadiki, bir xil manoni turli qoshma gap shakllari orqali ifodalash mumkin. Shuning uchun ulardan nutqda orinli foydalana olish nutq madaniyatiga ega bolishda katta ahamiyatga ega. Savol va topshiriqlar 1. Qoshma gap deganda nimani tushunasiz? 2. Qoshma gap qismlari deganda nimani tushunasiz? 3. Qoshma gap qismlari qanday boglovchilar yordamida boglanadi? 4. Qanday qoshma gaplar ohang yordamida boglangan qoshma gaplar sanaladi? 5. Qoshma gap turlari, ortasidagi sinonimik munosabatga uchta misol keltiring. Ular ortasida nima uchun sino- nimik munosabat borligini tushuntiring. Oylang: Òeng boglanish bilan ergash boglanishning farqli tomonlarini ayting. Òayanch tushunchalar: qoshma gap, qoshma gap qismlari orasidagi payt munosabati, zidlik munosabati, sabab-natija munosabati, sintaktik sinonim. Quyida berilgan maqol qoshma gap bola oladimi? Izohlab bering. Maqolning manosini ham tushuntirib bering.
Qanoat qil, bolsa uyingda yorma, Aytilmagan yerga suqulib borma. 97-mashq. Ozingizni sinab koring. Shu sozlar ishtirokida qoshma gaplar tuzing. ?
500 «M» dan «M» gacha 1. Yelim. 2. Arab harfi. 3. Ish suratini belgilovchi mezon. 4. Doim. 5. Aza. 6. Musiqiy atama. 7. Zarur. 8. Yil- ning malum fasli. 9. Oshkor, ayon, aniq. 10. Dardga davo dori. 11. Vafot etgan. 12. Noaniq. 13. Jazoga hukm qilingan. 14. Bebahra, benasib. 15. Oqituvchi, ustoz. 16. Azim, ulkan, ulugvor. 17. Shakllangan, joylashgan. 18. Mashina, asbob, apparat va shunga oxshash narsa- larning ichki tuzilishi. 19. Hurmat va ehtiromga sazovor. 20. Eng kop miqdor. 21. Qamariy yil hisobida birinchi oyning nomi. 22. Ogirlik olchovi. 23. Mahkam. . 1
M . 2 M M . 3 M M . 4 M M . 5 M M . 6 M M . 7 M M . 8 M M . 9 M M . 0 1 M M . 1 1 M Download 3.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling