O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 3.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/45
Sana28.10.2017
Hajmi3.7 Mb.
#18838
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45

1.  Yaxshi  kitob  muallifning  odamzod  uchun  atal-

gan  tortig‘idir.  2.  Ilm  va  dinning  mashhur  kishilari  o‘z

maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar.

(A. Òemur) 3. «Ey farzand, ilm olmoqning fazilatlari ko‘p-

dirkim,  ilm  orqali  hayoting  farog‘atda,  yurish-turishing

hurmatda bo‘lur». (A. Samarqandiy) 4. Sabrli bo‘lish kabi

fazilatlarni o‘zingizda mujassam eting. 5. Imonli kishi aql-

zakovat sohibi bo‘lish bilan birga insoniy, ijtimoiy muam-

molarni hal etishda faol ishtirok etadi. 6. Insof va insofli

?


350

bo‘lish  singari  tushunchalar  ayrim  diyonatsiz  odamlar

uchun qadr-qimmatsiz bo‘lib qolgandek bo‘lib ko‘rinadi.

7. Vaqt o‘tgan sari odam yaxshilik, ezgulik kabi umr ish-

lariga  tashna  bo‘lib  yashaydi.  8.  Xudbin  odam  adolat

yuzasidan emas, shaxsiy manfaatlari, injiqligi va xudbin-

ligidan kelib chiqib harakat qiladi. (O‘. Mahkamov).

203-mashq. Berilgan gaplardagi ko‘makchilarni kelishiklar

bilan almashtirib ko‘chiring.

1.  Zarina  so‘zlar,  sakkiz  o‘g‘il  o‘rtasida  yolg‘iz  qiz

bo‘lgani uchun erkakshoda bo‘lib o‘sgandi, hech narsadan

tap tortmay so‘zlayverardi ham. Gap orasida menga qarata:

«Sen  o‘lgur  menga  bugundan  boshlab  ikki  tomonlama

yaqin bo‘lib qolding», deb yubordi. 2. Sizning sog‘lig‘ingiz,

sizning  baxtingiz  uchun  gapirsak  arziydi.  3.  Mening

ko‘nglim sezgan edi, shu sababli tushlikni chala-chulpa

qilib, uy tomon yugurgan edim. 4. Palataga kirib borganim

sari meni vahima bosardi. 5. Siz go‘daklardek pishillab

uxlardingiz, tim qora va quyuq sochlaringiz oppoq yostiq

ustida yoyilib yotardi. 6. Voqealar tizimidan sal ilgarilab

ketdim shekilli, bu haqda maktubimning keyingi sahifa-

laridan birida alohida to‘xtab o‘tarman. 7. Kasbim sharofati

bilan  baribir  qaysi  jumlangiz  yolg‘on  ekanini  gapingiz

ohangidan bilib olaman. 8. Ona urug‘im haqida boshqa

narsani  bilmayman,  bilganim  shuki,  onamlar  Siz  kabi

bo‘lishni  xush  ko‘radilar.

(A.  Ibrohimov)

204-mashq. Quyidagi ko‘makchilar ishtirokida gaplar tuzib,

yozing.

Bo‘yi, haqida, to‘g‘risida, tufayli, uzra, misli, misoli,



uchun, singari, kabi, sari, tomon, orqali, bo‘ylab, qarab,

qaraganda,  ko‘ra,  yarasha...

205-mashq. Nuqtalar o‘rniga zarur ko‘makchilarni qo‘yib,

so‘z birikmalari hosil qilib ko‘chiring.



351

O‘qish... intilmoq, otasi... bormoq, test... bahslashmoq,

erk... suhbatlashmoq, litseyga ... yurmoq, jahon... yuksalmoq,

osmon  ...  hilpiramoq,  tog‘  ...  bormoq,  qizimdan  ...

balandroq, jahon... yangramoq, ko‘z ... gaplashmoq, qarorga

... haydalmoq, kechadan... tayyorlanmoq, qozon ... quyildi.

206-mashq. Nuqtalar o‘rniga gaplarning talabiga mos ko‘-

makchilarni qo‘yib ko‘chiring.

1. Qimmatli fikrlar hozirda, sahnaga chiqayotgan yosh

iste’dod  sohiblariga  sahna  sirlaridan  saboq  olishlari...

yordam berishi shubhasiz. 2. Yoshlarimizning bilimli, kasb-

hunarli bo‘lishga, Vatanga sadoqat ... xizmat qilishga undash

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  o‘z  ifodasini

topgan. 3. Milliy qadriyatlarga tayanib, dunyoviy bilim va

hunarlarni egallab olayotgan yoshlarimizning fazilatlari...

soatlab  gapirish  mumkin.  4.  Vatan  himoyasi  yo‘lida  jon

fido etgan o‘g‘lonlarimizning onalari achchiq iztirob, og‘ir

ayriliq... turib ham mardonalik... istiqlol... ko‘ksini qalqon

qilgan  farzandlari...  faxrlanib  gapirganini    hammamiz

eshitdik.  5.  Qishloq  ...  taralayotgan  kuy  qizning  yurak-

bag‘rini ezayotgan edi. 6. Undan... onangni bir bor yo‘qlab,

asrlar...  sayqallashib  kelayotgan  udumimizni  saqlab

qolmabsan-da. 7. Sen... mening niyatlarim kun... orqaga

ketayotganligini his qila boshladim. (Gazetadan)

Òayanch tushunchalar

yordamchi so‘zlar, ko‘makchilar, sof (asl) ko‘makchi-

lar,  vazifadosh  ko‘makchilar.

36-DARS.  BOG‘LOVCHILAR  VA  ULARNING

USLUBIY  XUSUSIYAÒLARI

Darsning maqsadi: bog‘lovchilar yuzasidan o‘rta umu-

miy ta’limda talabalar olgan bilimlarini kengaytirish. Òa-

labalarning  nutqida  bog‘lovchilardan  o‘rinli  foydalanish

ko‘nikmasini  shakllantirish.


352

R E J A:


1. Bog‘lovchi haqida ma’lumot.

2. Bog‘lovchilarning turlari.

3. Bog‘lovchilarning uslubiy xususiyatlari.

Òopshiriq. Quyida berilgan gapdan bog‘lovchini

aniqlang va uning ma’nosi hamda vazifasini ayting:

Mehnat qilish eng yaxshi odat, chunki mehnat bizga

berur  saodat.

Hammasini  tinglardim,  ammo  o‘xshashini  topmasdim

aslo.  Omon  so‘zlar  va  Zaynab  qalbi  tol  bargiday  dir-dir

qaltirar.  (H.  Olimjon)

Keltirilgan  gaplarning  birinchisida  ammo  yordam-

chisi  o‘zaro  zid  ma’noli  bo‘lgan  tinglardim  gap  bo‘lagi

bilan o‘xshashini topmasdim bo‘lagini; ikkinchi gapda va

bir paytda ro‘y berayotgan voqea haqida axborot beruvchi

ikki gapni o‘zaro bog‘lash uchun qo‘llangan.

Ikki  va  undan  ortiq  gap  bo‘lagi  yoki  gaplarni

o‘zaro bog‘lab keluvchi yordamchi so‘zlarga bog‘-

lovchilar  deyiladi.

Gap  bo‘lagi  va  gaplarni  qanday  bog‘lashlariga  ko‘ra

bog‘lovchilar ikki turli bo‘ladi:

a) teng bog‘lovchilar; b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar.

O‘zaro teng munosabatda bo‘lgan gap bo‘lak-

lari,  gaplarni  bog‘lash  uchun  ishlatiladigan  bog‘-

lovchilar  teng  bog‘lovchilar  hisoblanadi.  Òeng

bog‘lovchilarga va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo,

yoki, yoxud, yo... yo, goh... goh singari bog‘lovchilar

kiradi.

O‘zaro tobe munosabatda bo‘lgan gap bo‘lagi va gap-



larni bog‘lash uchun ishlatiladigan bog‘lovchilarga ergash-

tiruvchi  bog‘lovchilar  deyiladi.  Bunday  bog‘lovchilarga

chunki,  sababli,  tufayli,  shuning  uchun,  shu  bois  (sabab,

sababli), ya’ni, -ki singari so‘zlar kiradi.

Òeng bog‘lovchilar ham, ergashtiruvchi bog‘lovchilar

ham o‘z ichida bir necha ma’no guruhlariga bo‘linadi.

Buni quyidagi jadvalda ko‘ring:

T

!



!

353

i

h



c

v

o



g

o



B

i

r



a

l

r



u

t

r



/

T

-



v

o



g

o

B



g

n

i



n

r

a



li

h

c



i

r

a



l

r

u



t

i

s



a

fi

z



a

V

r



a

li

h



c

v

o



g

o



B

-

v



o

g



o

b

g



n

e

T



r

a

li



h

c

.



1

v

u



r

it

k



i

r

i



B

-

i



h

c

v



o

g



o

b

i



r

a

l



k

a



o

b

q



i

h

s



u

y

U



n

a

g



n

a



g

o

b



a

v

p



a

g

a



m

h

s



‘

o

q



i

n

i



r

a

l



m

s

i



q

‘

g



o

b

-



it

k

i



r

i

b



,

b

a



l

o

n



u

m

v



u

r

-



a

b

a



s

.i

d



y

a

l



a

d

o



fi

i

n



it

a

d



m

a

h



,

a

v



‘

g

o



b

i

h



c

v

o



l

a

d



i

s

a



fi

z

a



v

k

n



a

li

b



n

a

g



l

e

o



k

,i

s



i

h

c



k

a

m



‘

i

s



a

m

a



l

k

u



y

m

a



h

.

2



‘

g

o



b

v

o



l

d

i



Z

-

i



r

a

li



h

c

v



o

l

d



i

z

o



r

a

z



‘

O

il



o

n

’



a

m

-



k

a



o

b

q



i

h

s



u

y

u



a

m

h



s

‘

o



q

a

v



i

n

r



a

l

i



n

i

r



a

l

m



s

i

q



p

a

g



.i

d

y



a

g



o

b

,



n

i

k



e

l

,



o

m

m



a

,

k



e

l

,



q

o

r



i

b

e



l

a

v



.

3

v



u

r

i



y

A

-



i

h

c



v

o



g

o

b



i

r

a



l

k

a



o

b



q

i

h



s

u

y



U

a

m



h

s

‘



o

q

a



v

i

n



i

r

a



l

m

s



i

q

p



a

g

v



u

r

i



y

a

,



b

a



g

o

b



k

il

l



a

g

-



a

m

l



a

g

a



v

i

n



it

a

b



a

s

o



n

u

m



.i

d

a



r

i

d



li

b

,i



k

o

y



,

o

y



,i

k

n



i

o

y



,

d

u



x

o

y



-

h

o



g

,

o



y

..

.



o

y

..



m

a

d



,

h

o



g

..

.



n

a

z



’

a

b



,

m

a



d

n

a



z

’

a



b

-

v



u

r

it



h

s

a



g

r

E



-

v

o



g

o



b

i

h



c

r

a



li

h

c



.

1

v



o

l

q



i

n

A



-

i

h



c

v

o



g

o



b

i

r



a

l

-



‘

o

b



n

a

g



li

t

a



rj

A

-



a

rj

a



i

n

r



a

l

k



a

l

-



‘

o

b



h

s

i



m

li

t



h

s

a



g

r

e



,

a

k



k

a

l



h

s

o



b

i

n



p

a

g



,

b

a



g

o



b

a

g



p

a

g



-

u

m



v

o

l



q

i

n



a

i

n



it

a

b



a

s

o



n

.i

d



a

r

i



d

li

b



i

k

-



,i

n

’



a

y

)



m

i

k



-

(

.



2

-

‘



g

o

b



b

a

b



a

S

i



r

a

li



h

c

v



o

l

h



s

a

g



r

e

b



a

b

a



S

,

b



a

g



o

b

i



n

p

a



g

-

i



s

a

t



r

‘

o



r

a

l



u

-

b



a

b

a



s

i

g



a

d

-



a

s

o



n

u

m



a

ji

t



a

n

-



a

d

o



fi

i

n



it

a

b



.i

d

y



a

l

-



u

h

s



,i

k

n



u

h

c



,

n

u



h

c

u



g

n

i



n

b

a



b

a

s



u

h

s



,

)

n



a

d

(



,i

l

b



a

b

a



s

u

h



s

il

y



a

f

u



t

u

h



s

354

Yuqorida keltirilgan bog‘lovchilarning har bir ma’no

turiga bir necha bog‘lovchilar mansub. Har qaysi guruhga

mansub  bo‘lgan  bog‘lovchilar  bir-biridan  uslubiy  xosla-

nishga egaligi bilan farq qiladi.

Biriktiruvchi  bog‘lovchi  sifatida  oddiy  so‘zlashuv

uslubida  ko‘proq  bilan  (minan)  ko‘makchisi  ishlatiladi.

Va, ham, hamda yordamchilari esa yozma nutq uslublari

uchun  xoslangan.

Zidlov  bog‘lovchisi  sifatida  so‘zlashuv  uslubi  uchun

ammo, lekin bog‘lovchilarining birikkan holida ammo-lekin

(ammolek) shakli ko‘proq ishlatiladi. Lekin bog‘lovchisining

lek, vale (valekin) shakllari ham badiiy uslub uchun xoslangan.

Ayiruv  bog‘lovchilaridan  yoxud,  yoinki  yozma  nutq

uslubi (publitsistik, badiiy uslub)dagina qo‘llaniladi. Aniq-

lov bog‘lovchilari faqat yozma nutq uslubida qo‘llaniladi.

Sabab bog‘lovchilaridan chunki, shu sabab, shu tufayli

ko‘proq yozma nutq uslubida qo‘llaniladi.

Shart  bog‘lovchilaridan  garchi  yozma  nutq  uslubi

uchun  xoslangan.  Chog‘ishtiruv  bog‘lovchilaridan  xuddi

uslubiy betaraf, go‘yo yozma nutq uchun xoslangan.

.

3



-

‘

g



o

b

t



r

a

h



S

i

r



a

li

h



c

v

o



l

z

i



s

q

i



s

‘

o



t

,t

r



a

h

S



-

r

e



a

d

m



a

h

l



o

h

i



n

r

a



l

p

a



g

h

s



a

g

k



a

o



b

m

i



k

o

h



-

p

a



g

h

s



o

b

i



k

o

y



,

b

a



g

o



b

a

g



r

a

l



i

g

a



d

i

s



a

t

r



‘

o

r



a

l

u



-

q

i



s

‘

o



t

a

v



t

r

a



h

s

-



a

s

o



n

u

m



k

il

z



i

s

-



o

fi

i



n

it

a



b

.i

d



y

a

l



a

d

,i



t

r

a



h

s

a



b

,

r



a

g

a



,

o

d



o

b

a



m

i

h



c

r

a



g

.

4



-

it

h



s

g



o

h

C



v

u

r



-

v

o



g

o



b

i

r



a

li

h



c

i

r



a

l

k



a

o



b

p

a



G

i

n



r

a

l



p

a

g



a

v

,



b

a



g

o

b



o

r

a



z

‘

o



i

g

a



d

i

s



a

t

r



‘

o

r



a

l

u



a

d

h



s

i

n



a

g



o

b

h



s

a

l



s

o

y



i

q

i



n

i

s



o

n

’



a

m

.i



d

y

a



l

a

d



o

fi

,



o

y

‘



o

g

,i



k

o

y



‘

o

g



i

d

d



u

x


355

Savol va topshiriqlar

1. Qanday yordamchi so‘zlar bog‘lovchi hisoblanadi?

2. Bog‘lovchilarning turlarini ayting va ularning o‘zaro farqini

tushuntiring.

3. Bog‘lovchilarning uslubiy xoslanishini tushuntiring.

207-mashq. O‘qing. Bog‘lovchilarni topib, ma’no guruhlariga

ko‘ra turini qavs ichiga yozing.

1. Ayol va ijod tushunchalari ayol va bahor kabi bir-

biriga  yaqin,  uyg‘un.  2.  Iðak  kiyim-kechaklar  dazmol-

lanmasligi  ma’qul,  agar  zarur  bo‘lsa,  teskari  tomonidan

yoki ustiga zig‘ir tolasidan to‘qilgan mato qo‘yib, qattiq

qizimagan dazmol bilan dazmollanadi. 3. Alla ayting, shun-

day aytingki, bolangiz ulg‘ayib, dunyoni mehrga chulg‘a-

sin.  4.  Qo‘zg‘algan  kasallikni  yengish  uchun  tirik  tanda

«antitanacha»lar hosil bo‘ladi, ammo bu kasallikni yen-

gish uchun har doim ham mikroorganizmlarning sama-

radorligi sezilarli bo‘lmasligi mumkin. 5. O‘rta maxsus,

kasb-hunar  ta’limi  tizimiga  shunchaki  bakalavr  emas,

balki qo‘sh ixtisoslikni ko‘zda tutgan bakalavr — muta-

xassis zarurligini hisobga olish va barcha hujjatlarni shu

yo‘nalishga  moslashtirish  kerak.  6.  Muallifning  Vatan,

davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyati shu qadar yuksakki,

shaxsiy  manfaat,  mukofot  yoki  lavozim  ilinjiga  o‘rin

qolmasin. 7. Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab chi-

qarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda ximik-

larga, balki shifokorlar, adabiyotshunoslar va tinchlikpar-

varlarga ham berilishini vasiyat qilib ketdi. 8. Mustaqillik!

Seni  hayotim bilan ham, san’atim, she’rim bilan ham

asrayman.  (Gazetadan)

9.

Men  buyuk  yurt  o‘g‘lidurman,



Men  bashar  farzandiman,

Lekin avval senga bo‘lsam

Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

(E.  Vohidov)

?


356

208-mashq.  Gaplar  ichidan  bilan,  ham  so‘zlarining  qaysi

o‘rinlarda  bog‘lovchi,  qaysi  o‘rinlarda  boshqa  yordamchi  so‘z

vazifasida qo‘llanganini aniqlang, undagi farqni tushuntirib bering.

1.  Kumushbibi  endi  o‘n  yettini  qo‘yib,  o‘n  sakkizga

qadam bosganida, bo‘yi ham onasiga yetayozgan, ammo

jussasi onasidan ko‘ra to‘laroq ko‘rinar edi.

2. Muloyim kishida insof ham, diyonat ham, e’tiqodga

sodiqlik ham, vijdon ham, sadoqat ham — hammasi bo‘ladi.

3. Ahmad Yassaviy ko‘ngil va til birligini qadrlagan.

4. Binolar qurildi, biroq tadbirkorlik ishlari qanday olib

borilmoqda?

5. She’r bilan kuyning hamohangligiga erishmoq zarur.

6. Ona ba’zan farzandi boshida parvona bo‘lardi, ba’zan

beshikka bosh qo‘yganicha uxlab qolardi.

209-mashq. So‘zlashuv uslubida ishlatiladigan minan, ommo-

lek, valek, lek, shun-chun kabi bog‘lovchilar ishtirokida gaplar

tuzing. So‘ngra ularni yozma nutq uslubida yozing.

210-mashq. Matnni o‘qib, bog‘lovchilarni toping, ularni tahlil


Download 3.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling