O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 3.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/45
Sana28.10.2017
Hajmi3.7 Mb.
#18838
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45

qiling.


N a m u n a:

Hamdardlik — bir odamning qayg‘u-hasratlariga achi-

nib, o‘zida ham qayg‘u hosil qilishidir, lekin quruq ham-

dardlik foyda bermaydi.

Lekin — bog‘lovchi, teng bog‘lovchi, zidlov bog‘lov-

chisi yakka holda qo‘llangan, 2 ta gapni bog‘lash uchun

xizmat qilgan.

1. Aql va farosat quyoshga o‘xshaydi, beparvolik tu-

fayli tushish mumkin bo‘lgan dog‘larga o‘rin qoldirmaydi.

2.  Mol-u  davlatingiz  bilan  emas,  balki  ilm-hunaringiz,

go‘zal xulq-atvoringiz bilan faxrlaning. 3. Birov odob o‘r-

gatsa,  o‘rganmagan  kishi  hayvon,  ammo  uzr  so‘rasa,

qabul qilmagan kishi shaytondir. 4. Haqiqat tikanli gulga

o‘xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning

burniga  sanchiladi.  («Hikmatlar»dan)  5.  Uning  goh

yig‘lagisi,  goh  kulgisi,  goh  butun  kechani  ostin-ustun

qilib qo‘shiq aytgisi kelardi. (S. Ahmad)


357

211-mashq. Quyida berilgan fikrni izohlang. Unga hikoyat

va hikmatlardan misollar keltirib, bog‘lovchilarni ham ishtirok

ettiring.

Òil bor, bol keltirar,

Òil bor, balo keltirar.

Savol va topshiriqlar

1. Harakat nomidan keyin kelgan ko‘makchilarga misollar

yozing.

2. Yanglig‘ so‘zi qaysi ko‘makchilar bilan sinonim bo‘la oladi?



3. O‘xshashlik, qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi ko‘makchi-

larni yozing, ular ishtirokida gaplar tuzing.

4. Òufayli, chog‘li, osha, bo‘ylab, bo‘yicha, uzra, holda, yo‘sinda

ko‘makchilari ishtirok etgan gaplar tuzing.

5. Nutqimizda qaysi ko‘makchilar jo‘nalish kelishigidagi so‘z-

lar bilan qo‘llanadi?

6. Biriktiruv bog‘lovchilari qanday vazifa bajaradi?

7. Bog‘lovchi o‘rnida keladigan qo‘shimchalarni ayting va ularga

misollar  yozing.

8. Agar, garchi, chunki, go‘yo, go‘yoki, basharti, mabodo kabi

bog‘lovchilar ishtirokida gaplar tuzing, ularning uslubiy

vazifasini tushuntiring.

Òayanch tushunchalar

bog‘lovchilar, teng bog‘lovchilar, ergashtiruvchi bog‘-

lovchilar,  biriktiruv  bog‘lovchilari,  zidlov  bog‘lovchilari,

ayiruv bog‘lovchilari, aniqlov bog‘lovchilari, sabab bog‘-

lovchilari,  shart  bog‘lovchilari,  chog‘ishtiruv  bog‘lov-

chilari.


37-DARS.  YUKLAMALAR  VA  ULARNING

USLUBIY  XUSUSIYAÒLARI

Darsning  maqsadi:  talabalarning  yuklamalar  yuzasi-

dan olgan bilimlarini kengaytirish.

Yuklamalardan  nutqda  o‘rinli  foydalanish  ko‘nikma-

sini  shakllantirish.

?


358

R E J A:


1. Yuklamalar haqida ma’lumot.

2. Yuklamalar tasnifi.

3. Yuklamalarning uslubiy xususiyatlari.

Yordamchi  so‘zlar  deb  yuritiluvchi  guruh  tarkibida

shunday yordamchilar borki, ular so‘z va gaplarning bir-

biriga bo‘lgan sintaktik munosabatini ifodalamaydi. Masa-

lan,  faqat  o‘qishni  o‘ylaydi  jumlasidagi  faqat  yordam-

chisi o‘qishni so‘zini boshqalardan ayirib, bo‘rttirib, ta’kid-

lab  kelyapti.  Shuning  uchun  ham  bu  jumla  zamirida

boshqa  narsani  o‘ylamaydi  degan  ma’no  ham  yashirin-

gandir. Ana shu yashirin ma’noga ishora faqat yordam-

chisi orqali seziladi. Agar mazkur jumla tarkibidan faqat

yordamchisini olib tashlasangiz, yuqoridagi yashirin ma’no

ham xiralashadi.

So‘z  va  gaplarga  qo‘shilib,  ularga  qo‘shimcha

ma’no yuklovchi yordamchilarga yuklamalar deyiladi.

Yuklamalarning  ko‘pchiligi  qo‘shimcha  shaklida,  ay-

rimlari esa so‘z shaklida qo‘llaniladi. Ana shu belgisiga

ko‘ra yuklamalar ikki guruhga bo‘linadi:

1. So‘z yuklamalar: faqat, hatto, nahotki kabi.

2. Qo‘shimcha yuklamalar: -mi, -chi, -a (-ya) kabi.

E s l a t m a: aslida, ikkinchi guruhdagi yuklamalar

qo‘shimchalar  ekan,  ularni  so‘z  turkumlari  tarkibida

o‘rganish  shartlidir,  chunki  so‘z  turkumlariga  bo‘linish

uchun u, albatta, so‘z maqomiga ega bo‘lishi kerak.

Yuklamalarning qanday ma’no guruhlariga bo‘linishini

quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin.

-

a



m

a

l



k

u

Y



g

n

i



n

r

a



l

o

n



’

a

m



i

r

a



l

r

u



t

q

o



r

‘

o



S

a

v



b

u

jj



a

a

t



-

y

a



h

c

u



K

a

v



v

u

r



it

d

i



k

’

a



t

-

v



u

r

i



y

A

-



a

g

e



h

c

v



o

l

a



r

n

o



m

u

G



-

a

l



k

u

y



i

s

a



m

r

o



k

n

I



-

a

l



k

u

y



i

s

a



m

r

a



l

a

m



a

l

k



u

Y

,i



m

-

,i



h

c

-



a

-

)



a

y

-



(

u

-



,

u

k



-

,

a



d

-

,



)

u

y



-

(

q



o

-

,



)

q

o



y

-

(



a

h

,



m

a

h



o

tt

a



n

i

g



-

,

a



n

i

k



-

(

,



)

a

n



i

q

-



t

a

q



a

f

r



i

d

-



a

n

..



.

a

n



!

359

Yuqorida keltirilgan yuklamalardan -ku, na... na yuk-

lamalari yozma nutq uslubi uchun xoslangan bo‘lsa, qol-

ganlari  uslubiy  betaraf  yuklamalar  sanaladi.

Ham yuklamasi bog‘lovchi vazifasida ham qo‘llaniladi.

Bunday  vaqtda  qaysi  vazifada  (yuklama  yoki  bog‘lovchi

vazifasida) kelayotganligini farqlash kerak bo‘ladi.

Ikkita  o‘zaro  teng  munosabatga  kirishgan  so‘zlarni

bog‘lab, va bog‘lovchisi bilan almashtirish mumkin bo‘lsa,

ham bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bo‘ladi. Ham yor-

damchisi qo‘llanilgan jumla tarkibiga hatto yordamchi-

sini  ham  qo‘llash  mumkin  bo‘lsa,  ham  yordamchisi

yuklama vazifasida, ya’ni o‘z vazifasida qo‘llanilgan bo‘-

ladi. Solishtiring: Soli ham Karim keldi. Hatto Karim ham

keldi.

Yuklamalardan -mi, -gina (kina, qina), -oq (yoq) o‘zi



qo‘shilayotgan so‘zga qo‘shib yoziladi. Qolganlari o‘zi bi-

rikib bir so‘zni kelayotgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib

yoziladi.

Ko‘p  o‘rinda  bir  yuklamaning  o‘rnida  ikkinchisini

almashtirish  mumkin  bo‘ladi.  Masalan,  Faqat  (yolg‘iz)

sen  kelmading.

E s l a t m a: -gina (-kina, -qina) shakllari ot, sifat,

ravishga qo‘shilib, ma’noni kuchaytirish, erkalash, ta’kid-

lash uchun ishlatiladi. Masalan, ukaginam, qizgina, yax-

shigina, sekingina, ko‘pgina, ozgina va boshqalar.

Savol va topshiriqlar

1. Qanday yordamchi so‘zlarga yuklama deyiladi?

2. Yuklamalarning bog‘lovchilar bilan o‘xshash va farqli to-

monlarini ayting.

3. Yuklamalarning uslubiy betaraf va uslubiy xoslangan tur-

larini bayon qiling.

212-mashq.  Quyidagilarni  ko‘chiring.  Gapga  so‘roq,  his-

hayajon, taajjub, ta’kid, kuchaytiruv, ayiruv ma’nolarini beruvchi

so‘z va qo‘shimchalarni topib, ularning ostiga chizing.

?


360

1. O‘shanda Asadbek undan norizo bo‘lganida «Ikki kishi

o‘rniga bitta odam o‘tirgani durust emasmi?» deb o‘zini

oqladi. 2. Ketma-ket ravishda ming marta, balki undan-da

ko‘p  hariflarning  kuragini  yerga  tekkizgan  polvon  agar

dono bo‘lsa, o‘ziga bino qo‘ymaydi, ming birinchi harifni

ham albatta majaqlayman, deb katta ketmaydi. 3. Agar G‘ilay

tirsagi  bilan  turtib  yuborsa,  to‘pponchasi  ish  bermay

qolishi,  hatto  Bo‘tqaning  o‘girilishga  ham  ulgurmasligi

mumkinligini  o‘ylamadi.  4.  «Qarg‘alar  sovuqdan  qo‘rq-

maydi-ya, men axir yigit bo‘lib qolgan bo‘lsam» o‘yladi

Risqitilla va qarg‘aga qarab «hov, hov, ha, ha» deya qo‘lla-

rini  yuqoriga  niqtadi.  Unga  beparvo  qarab  turgan  qarg‘a

Risqitillaning  izzat-nafsiga  tegdimi,  u  shartta  oyoqlarini

etikdan  chiqarib  o‘rikka  chirmashdi-da,  pichoq  turgan

shoxga olmaxonday lið etib chiqib oldi. 5. Yig‘i aralash yerga

tushmoqchi bo‘ldimi, yo qirqayotgan shoxining qanchalik

«joni» qolganini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldimi joyidan qo‘z-

g‘alishini biladi — shox qasir-qusur qilib pastga ag‘darildi.

6. Xudo asragan ekan, pichoq qor ichida naq uning yelkasi

tushgan joyda yotardi. 7. Jardagi ariqlarda bir paytlar to‘lib

suv  oqqanini  bilasan-a?!

(Ò. Malik)

213-mashq. -mi, -chi, -a, -ya, -ku, -ham, -u (-yu) -da, -oq,

-yoq, -ki (-kim), axir, hatto, nahotki, -gina (-kina, -qina),

faqat, naq, na yuklamalari ishtirokida gaplar tuzing, ularni imlo

qoidalariga rioya qilib yozing.

214-mashq. -chi yuklamasi so‘roq, buyruq, iltimos, xohish,

ta’kid (uqtirish) ma’nolarini bildiradi. Shunga ko‘ra, Siz ham

yuqoridagidek hissiy bo‘yoq beradigan gaplar tuzing va yozing.

Yordamchi so‘zlarga oid grammatik topishmoqlarning

ma’nosiga e’tibor bering, javobini toping.

1. Yordamchi so‘z o‘zlari

4. Bir xil so‘roqli so‘zlar

Qo‘shimchadek so‘zlari.

O‘rtasida qo‘llanar.

Ma’nosi  nuqul  so‘roq,

Bog‘lovchi -la almashar,

Oxirida bor o‘roq.

Belgi bo‘lib ko‘rinar.



361

2. Qalam bilan yozamiz,

5. Sen ham men xatni yozdik.

Men bilan sen yozamiz.

Karim ham xatni yozdi.

Bunda ikki «bilan» bor.

Bunda ikkita «ham» bor,

Bir-biridan  farqi  bor,

Òoping, qanday farqi bor?

Òoping, qanday farqi bor?

3. Shu so‘zi uchun, bilan,

6.  Yuklamalardir  -u,  -yu,

Uchun  ham  shuning  bilan  Ko‘p  hunarlidir  -u,  -yu.

Qachon bo‘lar bog‘lovchi?

Bog‘lovchi bo‘lar -u, -yu.

Misol topib ayting-chi.

Bog‘lovchi-yu yuklama

Qanday  bo‘ladi  u,  yu?

Bilan,  uchun  so‘zlari

Qachon bo‘ladi -chun, -la?

O‘ylab  toping  misollar

Qo‘llansin -chun hamda -la.

Òopishmoqlarning javobi

1. So‘roq yuklamalari.

2. Birinchi bilan — ko‘makchi, ikkinchisi — bog‘lovchi.

3. Bilan, uchun so‘zlari -la, -chun tarzida.

4. Vergul.

5. Birinchi ham bog‘lovchi, ikkinchisi — yuklama.

6. Ikki ot orasida kelsa — bog‘lovchi, fe’llar bilan qo‘l-

lansa — yuklama.

Òayanch tushunchalar

yuklama,  so‘roq  va  taajjub  yuklamalari,  kuchaytiruv

va ta’kid yuklamalari, ayiruv yuklamalari, gumon yuklama-

lari, inkor yuklamalari, so‘z yuklamalar, affiks yuklamalar.

38-DARS. UNDOV,  ÒAQLID,  MODAL  SO‘ZLAR

VA  ULARNING  USLUBIYAÒI

38.1. UNDOV VA ÒAQLID  SO‘ZLAR, ULARNING

USLUBIY  XUSUSIYAÒLARI

Darsning maqsadi: undov va taqlid so‘zlar yuzasidan

o‘rta umumiy ta’limda olgan bilimlarni mustahkamlash



362

va kengaytirish. Undov va taqlid so‘zlardan nutqda o‘rinli

foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish.

R E J A:


1. Undov so‘z haqida ma’lumot.

2. Undovlarning ma’no turlari.

3. Uvdovlarning uslubiy xususiyatlari.

4. Òaqlid so‘zlar haqida ma’lumot.

5. Òaqlid so‘zlarning ma’no turlari.

6. Òaqlid so‘zlarning uslubiy xususiyatlari.

Nutq jarayonida oh, hoy, eha, dod, voydod, pisht sin-

gari so‘zlarni ko‘p eshitasiz.

His-hayajon,  buyruq-xitob,  haydash-chaqirish

ma’nolarini  ifodalaydigan  so‘zlarga  undov  so‘zlar

deyiladi.

Undov  so‘zlar  ham  xuddi  modal  so‘zlar  kabi  qo‘-

shimchalar olib o‘zgarmaydi. Masalan, hoy so‘zi kelishik,

egalik qo‘shimchalari olmaydi. Unga yasovchi qo‘shim-

chalar qo‘shilib yangi so‘z yasalmaydi.

Ayrim undov so‘zlar otlashganda, ya’ni ot vazifasida

qo‘llanganda,  egalik  qo‘shimchasini  olishi  mumkin.

Masalan, Ohi olamni tutdi. Bu o‘rinda ohi nimasi so‘ro-

g‘iga javob bo‘lib, oh deyishning, nola qilishning nomini

bildirib kelyapti.

Undovlar ma’no jihatdan ikki turli bo‘ladi:

1. His-hayajon undovlari.  2. Buyruq-xitob undovlari.

Undovlar boshqa so‘zlar bilan grammatik aloqaga ki-

rishmaydi. Ba’zan kishilarning undov so‘zlar orqali ifoda-

lagan his-hayajonini, buyruq-xitobini tasvirlash uchun un-

dov so‘zlarga demoq, solmoq, urmoq, tortmoq singari fe’llar

qo‘shilib keladi va qo‘shma fe’llar hosil bo‘ladi: voy demoq,

dod solmoq, oh urmoq, oh tortmoq, pisht demoq kabi.

Undovlar  undov  ohangi  bilan  ajralib  turadi,  lekin

undov  ohangi  xilma-xildir.  Bir  undov  so‘z  turli  ohang

bilan talaffuz qilinib, turli xil ma’nolarni ifodalashi mum-

kin.  Masalan,  Hay-hay,  qanday  mazali  (rohatlanish,

!


363

zavqlanish); Hay-hay, tegma (buyurish); Hay-hay, yigitlar,

bu  yoqqa!  (undash,  ta’kidlash);  Hay-hay,  shakkoklik

qilmang (fikrdan qaytarish) va boshq.

Nutq  jarayonida  so‘zlovchilarning  yoshi,  amali  nuq-

tayi  nazaridan  undovlardan  foydalanish  ham  ma’lum

darajada farq qiladi. Xususan, o‘zidan katta yoshdagilarga

murojaat  qilinganda  yoki  ma’lum  lavozimni  egallagan

shaxslarga uning qo‘l ostida ishlayotgan shaxslar hoy deb

murojaat  etmaydi  yoki  balli  undovi  kattalar  tomonidan

kichiklarning qilgan yoki qilayotgan ishlaridan mamnun-

ligini ifodalash, ular mehnatini baholash maqsadida ish-

latiladi,  lekin  kichiklar  tomonidan  kattalarning  ishlariga

nisbatan bunday undov orqali baho berilmaydi.

Shuningdek, undovlar og‘zaki so‘zlashuv, badiiy, qis-

man publitsistik uslubda keng qo‘llanilib, rasmiy va ilmiy

uslubda qo‘llanilish doirasi cheklangan. Ba’zan xat janrida,

ma’lum  voqea-hodisalar  bayoni  yuzasidan  o‘zaro  mak-

tublarda  yoki  ishqiy  maktublarda,  undovlar  qo‘llanilishi

mumkin.  Rasmiy  doiralarning  xatlarida  undovlar  qo‘lla-

nilmaydi.  Sababi  rasmiy  doiralarning  xatlari  har  qanday

ehtiroslardan xoli bo‘ladi.

Òabiatda  insondan  tashqari  juda  ko‘plab  tirik

jonzotlar  yashaydi.  Ularda  ham  o‘ziga  xos  nutq

apparati  mavjud.  Mana  shu  nutq  apparati  yor-

damida ular turli-tuman ovoz chiqaradilar. Itlarning

vovullashi,  mushukning  miyovlashi,  tovuqning

qaqolashi hech birimizga yot emas. Bundan tashqari,

tevarak-atrofimizda beadad voqea va hodisalar sodir

bo‘lib  turadi:  narsalar  bir-biriga  tegadi,  uriladi.

Natijada  har  xil  ovozlar  hosil  bo‘ladi.  Inson  o‘z

faoliyati  davomida  mana  shu  ovozlarga  taqlid  qi-

lishga urinadi. Òilshunoslikda bunday ovozlar taqlid

so‘zlar atamasi bilan yuritiladi.

Òaqlid so‘zlar ikkiga bo‘linadi:

a) tovushga taqlid so‘zlar: taraq, gumbur-gumbur, shov-

shuv, duv-duv, qars-qars, tap, sharaq, shalop, shitir-shitir

va hokazo...

!


364

b)  obrazga  yoki  holatga  taqlid  so‘zlar:  lið-lið,  jimir-

jimir, yalt-yult, lapang-lapang, dik-dik kabi.

Òaqlid so‘zlar egalik va kelishik qo‘shimchalarini oladi,

turlanadi, gapda ot bajargan vazifalarda keladi. Masalan,

Shamolda  barglarning  shitir-shitiri  eshitiladi.  Daryoning

shov-shuvidan  quloqlarimiz  bitib  qolayozdi.

Òaqlid so‘zlarning barchasidan fe’l yasaladi: shovulla-

moq, gumburlamoq, dupirlamoq, qarsillamoq, yaltillamoq kabi.

Savol va topshiriqlar

1. Undov so‘zlar deb nimaga aytiladi?

2. Undovlarning qanday ma’no turlari bor?

3.  Hoy,  balli,  ofarin  singari  undovlar  kimlar  tomonidan

kimlarga nisbatan ishlatiladi?

4. Òaqlid so‘zlarga misollar keltiring va ularning hosil bo‘lish

sabablarini tushuntirib bering.

5. Òovushga taqlid so‘zlarga misollar keltiring, ularni gap ichida

qo‘llab ko‘ring.

6. Obrazga taqlid so‘zlarni ishlatib gaplar tuzing, ularning

qanday qo‘shimchalarni qabul qilayotganiga diqqat qiling.

215-mashq.  Quyidagi  undov  so‘zlarni  ikki  ustunga  bo‘lib

ko‘chiring  va  ular  ishtirokida  og‘zaki  gaplar  tuzib,  ishlatilish

o‘rinlarini izohlang.

Oh,  kisht,  ey,  uh,  mah-mah,  chuh,  tr-r-r,  uf,  bay-

bay,  o‘hho‘,  ehe,  ohho,  beh-beh,  obbo,  voyey,  pisht,

qurey-qurey,  tu-tu,  bah-bah,  iya,  oho.

216-mashq. Quyidagi taqlid so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing,

ularning ishlatilish o‘rinlarini izohlang.

Òaqir-tuqur,  qars-qurs,  gup,  taka-tum-tak,  g‘ir-g‘ir,

miyov-miyov,  lið-lið,  yalt-yult,  lapang-lapang,  gumbur,

g‘isht,  shov-shuv,  dir-dir,  dag‘-dag‘,  pish-pish,  taq-tuq.

Òayanch tushunchalar

undov  so‘zlar,  his-hayajon  undovlari,  buyruq-xitob

undovlari.

?


365

38.2. MODAL SO‘ZLAR VA ULARNING USLUBIYAÒI

Darsning maqsadi: modal so‘zlardan talabalar nutqida

o‘rinli  foydalanish  ko‘nikmasini  shakllantirish

R E J A:

1. Modal so‘zlar haqida ma’lumot.

2. Modal so‘zlar tasnifi.

3. Modal so‘zlarning uslubiy xususiyatlari.

1-topshiriq.  Quyidagi  berilgan  gaplar  tarkibi-

dagi shubhasiz so‘zining vazifasini aniqlang. Shub-

hasiz,  yangilik  eskilik  ustidan  tantana  qiladi.  Siz-

ning a’lo o‘qishingiz shubhasiz.

2-topshiriq.  Albatta  so‘zi  ishtirokida  gap  tu-

zing. Albatta so‘zining gapdagi tartibini o‘zgartiring

va  bu  o‘zgarishning  gap  mazmuniga  ta’sir  etish-

etmasligini aniqlang.

So‘zlashuv jarayonida albatta, shubhasiz, ehtimol singari

so‘zlarni  ko‘p  eshitasiz,  lekin  bunday  so‘zlar  borliqdagi

narsa-hodisalar,  belgi  xususiyatlarini  nomlamaydi.  Shu

bilan  birgalikda  yordamchi  so‘zlarga  o‘xshab  sof  gram-

matik ma’no ham ifodalamaydi. Bunday so‘zlar bildirila-

yotgan axborotga so‘zlovchining tasdiq, ishonch, gumon

kabi munosabatlarini bildiradi.

So‘zlovchining munosabatini ifodalaydigan so‘z-

lar modal so‘zlar sanaladi. Masalan, Mamlakati-

miz,  albatta,  buyuk,  gullagan  yurtga  aylanadi.

Yuqoridagi  gapdan  albatta  so‘zini  tushirib  qol-

dirsangiz ham gapning umumiy mazmuniga futur

yetmaydi.  Lekin,  ishonch,  tasdiq  ma’nosi  bo‘rtib

turmaydi.  Gapga  albatta,  shubhasiz  so‘zlarining

qo‘shilishi  bilan  esa  so‘zlovchining  gap  orqali

ifodalanayotgan  axborotga  ishonch,  tasdiq  mu-

nosabati alohida ta’kidlangan holda bayon qilinadi.

Modal  so‘zlarning  ma’no  tasnifini  quyidagi  jadvalda

ifodalash  mumkin:

T

!



366

i

n



q

i

d



s

a

T



i

h

c



v

u

r



i

d

li



b

r

a



l

z

‘



o

s

a



v

n

i



m

x

a



T

i

n



n

o

m



u

g

i



h

c

v



u

r

i



d

li

b



l

a

d



o

m

r



a

l

z



‘

o

s



a

v

s



u

s

f



A

i

n



h

s

i



n

a

l



b

a

j



a

i

h



c

v

u



r

i

d



li

b

l



a

d

o



m

r

a



l

z

‘



o

s

g



n

i

n



r

k

i



F

i

n



i

b

it



r

a

t



i

h

c



v

u

r



i

d

li



b

l

a



d

o

m



r

a

l



z

‘

o



s

-

it



h

s

a



l

m

u



m

U

-



n

u

k



a

y

,i



h

c

v



u

r

i



h

c

v



u

r

it



h

s

a



l

l

a



d

o

m



r

a

l



z

‘

o



s

,

a



tt

a

b



l

a

,



n

a

t



a

q

i



q

a

h



,t

a

q



i

q

a



h

r

a



d

,

z



i

s

z



‘

o

s



z

i

s



a

h

b



u

h

s



,l

o

m



it

h

e



,i

s

a



m

a

h



c

,

n



a

d

it



f

a

il



li

k

e



h

s

,



g

n

a



tt

a

,i



k

s

u



s

f

a



o

b

a



j

a

,



o

l

a



v

v

a



,

n

a


Download 3.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling