O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
Yigirma.Namangan:yigme,yimekk; o‗g‗uz: yirmа. O„ttiz
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5325947579492470095
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltmish.
- Sakson.
- Yuz va ming.
- Jamlovchi son
Yigirma.Namangan:yigme,yimekk; o‗g‗uz: yirmа.
O„ttiz.O‗g‗uz:ottis; Mank.:ottoz; Jizzax, Namangan:ottuz; Qirq. Namangan, Jizzax: qiq//qix; Qarluq:qir; o‗g‗uz: qirq(х). Ellik. Qarluq:elliy, elluv; Surxondaryo: (j. lovchi): yelu, aluv; Jizzax: olliy//elliy; O‗g‗uz: elli; Andijon, Surxondaryo: yellig(qisman), Toshkent: alliy//ellik.
Namangan: oltmish//oltmush; O‗g‗uz: oltmsh. Etmish. Forish (uchma):yetmish; Namangan, Qo‗qon, Qarshi: yetmush, yetmish. Sakson. Andijon, Farg‗ona, Namangan, Qo‗qon:sexsan; Andijon, Jizzax: sekson; Toshkent: sexson. To„qson. Toshkent:toxsen; Jizzax, Farg‗ona, Surxondaryo, Qarshi: toxsen; toqsen; O‗g‗uz: doxsen. Yuz va ming. Yuz soni komponentlar va affikslar qo‗shilmasi, o‗zbek adabiy tilidan farq qilmaydi. Faqat o‗g‗uzlarda: juz, min, qipchoqlarda:min. Tartib son. Shevalardagi tartib sonlar sanoq son o‗zagiga qarluq tip shevalarda–nchi, -inchi, -lamchi, ayrim shevalarda –unchi (Namangan: uchunchi ), o‗g‗uz tip shevalarda –lamchi, -lenchi, - lenji, -inji, -ndji, -lenchi kabi affikslarning qo‗shilishidan yasaladi. Masalan, qarluq:birinchi kun, o‗ninchi uy, Namangan: tortonch maktap; o‗g‗uz:billamchikalish.
yasaladi. Masalan, Namangan:bota; Qipchoq: ektа; Qarluq: ushtа; Qarshi: yettа; Namangan: tottа.
yasaladi. Taqsim son yasovchi affikslar o‗zbek adabiy tilidan farq qilmaydi. Taqsim sonlar adabiy tildagi kabi to‗daning (ko‗pning, guruhning) teng qismlari, bo‗laklarini ifodalaydi. Masalan, Sh-sabz: ektadan, Jiz.:ikkitadan; Qipch.: ekkitadan. Biroq o‗g‗uz tip shevalarda sanoq son o‗zagiga dona son afffiksi qo‗shmay, to‗g‗ridan-to‗g‗ri chiqish kelishigining affiksi qo‗shilishidan ham 29
taqsim son yasaladi:brdan. Shuningdek, o‗g‗uz tip shevalarda juft sonlar oxiriga – diyn affiksi qo‗shilganda ham taqsim son yasalaveradi:uch-dortdiyn go‗ynak tikdila. Kasr son.O‗zbek shevalari vakillari nutqida kasr sonlar kamroq uchraydi. Bu sonlar o‗zbek adabiy tilidagi singari butunning qismini (ulushini) ifodalash uchun qo‗llanadi. Kasr sonlar tuzilish e‘tibori bilan boshqa sonlardan farq qiladi, chunki ularni bir son bilan ifodalab bo‗lmaydi va ko‗pincha ma‘lum shaklda kelgan birdan ortiq so‗zlarning birikuvidan hosil bo‗ladi. Kasr sonlar bosh kelishikdagi ikki sanoq son o‗rtasiga chiqish kelishigining affiksi qo‗shilishi natijasida yasaladi. Masalan, Qarl.:ushtenbir, beshtenbir, о‘nnenbir; Qipch.: juzdenbir, vonnenbir. Kasr sonlar taxmin bildirishi mumkin. Bunday o‗rinlarda yarim, choray, nimchorey so‗zlariga dona son affiksi -ta va chiqish yoki jo‗nalish kelishigining affiksi –dan hamda yaqn, choreytedeynyeqn. Shevalardagi chorey(tojik tilidagi «chahor» - to‗rt) so‗zi to‗rtdan bir ma‘nosini anglatadi. Nimchorey 2,5 ni ifoda etadi.
shevalarda–av, ala, -оv+la+b, оv+la+p, qipchoq tip shevalarda –av//ov, -ovlap affikslarining qo‗shilishi natijasida yasaladi. Bu affikslar, odatda, o‗ndan past bo‗lgan sonlarga qo‗shiladi va birgalik, egalik ma‘nolarini anglatadi. Chama son.Shevalardagi chama sonlar predmetning noaniq miqdorini, taxminiy hisobini bildiradi.Ular o‗zbek adabiy tilidagi singari yasaladi. Quyidagi affikslar chama sonlar yasaydi: 1) la+p о‘nlap, yuzlap, minglap. Ta+lәp ushtalap,beshtalap. 2) –ov+lap beshov-beshovlap; beshtala-beshtalap..qipchoq 3) –ta+chaolmishtacha, toxsantacha; 4) dona sonlardan so‗ng (xoh juft, xoh yakka holda bo‗ishidan qat‘iy nazar) –mi yuklamasi qo‗shilishi natijasida Surx. (j-lovchi): ontami-ombeshtama bar. Numerativlarga ham –cha affiksi qo‗shilib chama sonlar yasaladi. Masalan, Qarl.: birbotmoncha keladi,uch hovuchcha kelar. 30
5) umuman, sonlarga va numerativlarga chiqish kelishigi affiksdan so‗ngortiq, kam, jichcha, ko‗p, qittay kabi qator so‗zlar qo‗shilib . Masalan, Qarl.: elliydan ortiq, elliydan kam, elliydan qittay//kichcha ko‗p//kam.
Numerativlar.хасмунка (50 gr.) ботмон (128 kg), мъръчорай (2kg), қадоғ (400 gr.), дахсар (10 kg.), пансар//понсар (5 kg); сесарo (240 kg), , нъмчә (500 gr.) , бъреллъ (15 sm.). pul (bir tiyin). Kishilik olmoshlari. O‗zbek adabiy tilidagi kishilik olmoshlarining birlik va ko‗plik shakllari qarluq tip (Samarqand, Farg‗ona, Marg‗ilon, Namangan, Kattaqo‗rg‗on, Qarshi, Qarnob, Buxoro, Jizzax, SHahrisabz, Turk, Urgut, Toshkent kabi shahar) shevalarda men, sen, u, biz, siz||sla, ula|| ular, ўғузшеваларида men, sen, hu || vu, bizla, sizla, hula, qipchoq tip shevalarda men, sen, u, bizer, sler, voler tarzida talaffuz etiladi. Qarnob shevasida I shaxs ko‗plik kishilik olmoshi ko‗plik affiksini qabul etganda, qaratqichli birikmalarda qaratqich-qaralmish orasida o‗zaro moslik bo‗lmaydi. Masalan: bizlen hovlisi, bzen permes (bizlarning fermamiz). Ko‗rsatish olmoshlari. Shevalarda ko‗rsatish olmoshlari u, ul, bu, bul, shu, shul, shi, vo, vol, shol tarzida uchraydi. So‗roq olmoshlari. O‗zbek adabiy tilidagi shaxsni bildiruvchi kim, narsa bildiruvchi nima, miqdor bildiruvchi qancha, necha, vaqt bildiruvchi qachon, maqsad-sabab bildiruvchi nega, nimaga va so‗roq bildiruvchi qani kabi olmoshlar o‗zbek shevalarida turli variantlarda, fonetik o‗zgarishlarga yuz tutgan shakllarda uchraydi. O‗zlik olmoshi. Ko‗pincha, shaxsga ba‘zan predmetlarga nisbatan ishlatiladigano‗zlik olmoshi barcha o‗zbek shevalarida o‗zbek adabiy tilidagidek talaffuz etiladi. Quyi Qashqadaryoning Taloqtepa qishlog‗ida va ayrim qipchoq tip shevalarda uning voz shakli uchraydi. Masalan: voz institutga kirdi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling