1.3. O„zbek shevalarining sintaktik xususiyatlari
O‗zbek shevalarining sintaktik xususiyatlari kam o‗rganilgan. Bu soha
M. Turobova va Y. Jumanazarovlarning tadqiqot obyekti bo‗lgan, xalos.
Y. Jumanazarov o‗g‗uz shevalarining sintaktik xususiyatlarini o‗rgangan.
Ushbu o‗rinda e‘lon qilingan sheva materiallari asosida shevalarining
ayrim sintaktik xususiyatlarini yoritishga harakat qilamiz.
Avval
ta‘kidlaganimizdek,
o‗zbek
shevalarining
o‗ziga
xos
xususiyatlari, asosan, fonetika, leksika va morfologiyada namoyon bo‗ladi.
Sintaksis esa hozirgi adabiy tilning so‗zlashuv shaklini ko‗proq aks
ettiradi. Bu, ayniqsa, savol-javoblardan iborat matnlarda ko‗zga tashlanadi.
Xalq shevalaridan yozib olingan ertak, lapar va boshqa janrdagi matnlarda
ham, asosan, adabiy tilga xos bo‗lgan xususiyatlar aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |