O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Fanning maqsadi va vazifalari
Download 4.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Fanning maqsadi va vazifalari Fanning maqsadi: Konstitutsiya va qonunlar bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish, Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, uning mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, qonunlarga hurmat uyg‘otish, yosh avlodning huquqiy ongini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda huquqiy davlatni bunyod etishda faol ishtirok qiladigan huquqiy bilimga ega komil insonni tarbiyalashga qaratilgan.
ko‘zlangan maqsadga erishish quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan: Konstitutsiya va qonunlar mazmunida mujassam bo‘lgan ilg‘or g‘oyalarga va axloqiy-huquqiy qoidalarga amal qilib hayotda yashashni turmush tarzining ajralmas uzviy qismiga aylantirish; konstitutsiyaviy qonun bo‘yicha beriladigan ta’limni yuqori ilmiy- nazariy va tarbiyaviy saviyada amalga oshirish orqali o‘quv jarayonini faollashtirish; har bir o‘quvchini hayotdagi amaliy faoliyatida zarur bo‘lgan Konstitutsiya bo‘yicha huquqiy bilimlar bilan qurollantirish; konstitutsiyaviy qonunlarning mazmun va mohiyatini o‘rgatish orqali o‘quvchilarni kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash;
445 o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy tafakkurini zamon talablari darajasida shakllantirishga erishish; o‘quvchilarning Konstitutsiya va qonunlar bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish va ularda huquqiy madaniyatli bo‘lish his- tuyg‘ularini tarbiyalash; o‘quvchilarda Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlarga nisbatan e’tiqodni shakllantirib borish; umuminsoniy va milliy huquqiy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni uyg‘otish; o‘quvchilarni qonun hujjatlarida mustahkamlangan huquqiy qoidalarni hayotda qo‘llay bilishga o‘rgatish; o‘quvchilarga inson huquq va erkinliklari – ayni vaqtda muayyan burch, majburiyat va mas’uliyat ekanligini teran anglatish; Konstitutsiya va qonun hujjatlari ustida mustaqil ishlash va erkin mutolaa qilishga o‘rgatish; o‘quvchilarning o‘zi egallayotgan mutaxassislik va kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha huquqiy bilimlarini boyitish; yuksak xulq-atvor fazilatlari bilan o‘zgalarga namuna bo‘la olishga o‘rgatish; jamiyat va inson manfaatlariga zararli harakatlarga, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish immunitetini hosil qilish; jamiyatdagi voqea va hodisalarni huquqiy jihatidan mantiqiy tafakkur qilish va munosabat bildira olish layoqatini shakllantirish; qonunchilikni yaratish yo‘lidagi tarixiy tajribalarni va huquqiy ta’lim rivojlanishini tushuntirish; o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini boyitish orqali ularning jamiyat hayotidagi ijtimoiy huquqiy faolligini ta’minlash; jamiyat hayotidagi, huquqiy sohadagi o‘zgarishlarni teranroq anglash va zarur ilmiy, g‘oyaviy, tarbiyaviy xulosalar chiqarish hamda milliy istiqlol mafkurasining shakllanishiga yordam berish; o‘quvchilarni ijodiy, mustaqil va erkin fikrlash, olgan bilimlarini ishonchli tarzda hayotga tatbiq etish, qo‘shimcha manbalar, me’yoriy 446 hujjatlar hamda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish qobiliyatlarini shakllantirish; Konstitutsiya va qonunlar bo‘yicha olgan huquqiy bilimlari natijasida o‘z hayotining kelajagini belgilash, o‘z Vatanining dunyoda munosib o‘rin egallashida halol mehnat qilish bilan hissa qo‘shish hamda boshqa millat vakillarining huquqiy manfaatlarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Fan bo‘yicha o‘quvchilarning bilimi, ko‘nikmasi va malakalariga qo‘yiladigan talablar O‘quvchilar ushbu fanni organish orqali: O‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilishi va uning asosiy xususiyatlarini, asosiy prinsiplari; O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik, inson huquq va erkinliklarining kafolatlari hamda burchlari, O‘zbekiston Respublikasining saylov tizimi; jamiyatning iqtisodiy negizlari, jamoat birlashmalari, oila va ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy maqomi; O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy tuzilishi, davlat hokimiyati tizimi va ularning vazifalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy maqomi; Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zini boshqarish organlari; O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va uning tizimi; O‘zbekiston Respublikasida prokuratura, mudofaa va xavfsizlik tizimi; O‘zbekiston Respublikasining moliya va kredit tizimi; Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid g‘oyalarni bilish va ular asosida mushohada yurita olish; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi huquq va burchlarini mohiyatini tushunish va ularga rioya qilish; davlat hokimiyati organlarining bo‘linish prinsipi hamda ularning vazifalarini anglay bilish; Konstitutsiyaviy normalar mazmunini tushuntirishga qaratilgan mustaqil ishlar tayyorlay olish ko‘nikmalariga ega bolishi; 447 konstitutsiyaviy huquqlaridan hayotda mustaqil foydalana olish; konstitutsiyaviy burchlarini anglash va ularni ongli ravishda bajarish; konstitutsiyaviy normalarni anglash orqali davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etish; siyosiy huquqlaridan foydalanish; o‘z konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qila olish
mavzu bo‘yicha o‘rgatilishi lozim bo‘lgan tushunchalarni reja asosida taqsimlagan holda bilim beradi. Mavzu bo‘yicha o‘quvchi minimal darajada bilishi lozim bo‘lgan tushunchalarni yozdiradi. Mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning savollariga javob beradi, mavzuni mustahkamlaydi, yangi atamalar bo‘yicha qo‘llaydigan pedagogik texnologiyalar orqali o‘quvchilarning ko‘nikmasini shakllantiradi.
o‘quvchilar bilan savol-javob qiladi. O‘quvchilar o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan tushunchalarni qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar asosida mustahkamlanadi. Mavzular bo‘yicha o‘quvchilarning mavzuni
o‘zlashtirganlik darajasidan kelib chiqqan holda mustaqil bajarishlari uchun topshiriqlar beradi. Mustaqil ishlarni tashkil etish: O‘qituvchi o‘tilgan seminar mashg‘ulotlari xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ish mavzulari ro‘yxatini shakllantiradi, mustaqil ishlarni bajarish shaklini belgilaydi, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar beradi. Mustaqil ishlar yakuniy nazorat o‘tkazilgunga qadar tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim. Mustaqil ishga qo‘yilgan baholar joriy nazorat tarkibiga kiradi.
O‘quv dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti ma’ruza, seminar, mustaqil mashg‘ulotlar uchun darslik, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar, huquqiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar, multimedia vositalari, internet materiallari, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llanilishini nazarda tutadi.
448
Fan bo‘yicha baholash joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar hamda mustaqil ish shaklida amalga oshiriladi. Mazkur baholash usullari o‘quvchilarning bilim darajasini, tanqidiy va tahliliy fikrlash, notiqlik, o‘z fikr va mulohazalarini mustaqil asoslab bеrish va himoya qilish, ularni yozma shaklda tizimli va samarali bayon etish ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan. O‘quvchilar joriy, oraliq va yakuniy nazorat boyicha “5”, “4”, “3” va “2” ballar qo‘yish orqali baholanishi belgilangan. Bеlgilangan baholash turlari bo‘yicha ballar quyidagi holatlarda qoyiladi: o‘quvchilarning darslarga qatnashishdagi davomati va faolligi; sеminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik darajasi; fan bo‘yicha asosiy manbalarni konspеktlashtirganligi; dolzarb mavzular bo‘yicha mustaqil ishlar yozish, tеst savollari tuzish, jadvallar tayyorlash va nazorat ishi yozish; mustaqil ta’lim uchun bеrilgan nazorat ishlarini bajarish; fanga oid ko‘rgazmali qurollar tayyorlash. Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshirilib, uning doirasida oquvchi quyidagilarni namoyon etadi: o‘zlashtirilgan o‘quv matеriallarini chеgaralangan vaqt doirasini e’tiborga olgan holda samarali bayon etish qobiliyati; guruhda ishlash va amaliy misollarga tayangan holda xulosalar chiqarish yoki dalillar kеltirish; tanqidiy fikrlash, taraflarning fikrini eshitish va o‘zining javoblarini tеgishli huquqiy tеrminlardan foydalangan holda asoslab bеrish; muayyan masalalarni hal qilish uchun tеgishli huquq normalarini qo‘llay olish ko‘nikmalari; mustaqil tarzda tadqiqot olib borish; o‘zi tomonidan ilgari surilgan fikrlarni mantiqiy izchillikda va mazmunan to‘g‘ri holatda yozma shaklda bayon etish; tеgishli normativ-huquqiy hujjatlardagi normalarni to‘g‘ri qo‘llash va sharhlash; o‘zlashtirgan o‘quv matеriallari bo‘yicha bilimlarini namoyon etish; ijtimoiy-huquqiy hodisalarni bilish va tushunish; 449 tеgishli huquqiy atamalardan foydalangan holda masalani adabiy va yuridik tilda bayon qilish; o‘z javobini tеgishli huquq manbasi yoki normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilgan holda asoslash; yakuniy xulosalar chiqara olish va boshqalar. Fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasi tarkibi № Fanning bo‘limlari va mavzulari Umumiy yuklama, soat H a m m a s i Darslar turi bo‘yicha soatlar taqsimoti (auditoriya, yuklamasi) M u s ta q il i s h
M u s ta q il i s h
a m i N a z a r iy (m a ’r u za ) A m a li y L a b o r a to r iy a S e m in a r K u r s i s h i 1 2 2 4 5 6 7 8 9 10 I Bob. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, unda shaxs va davlat munosabatining huquqiy asoslari 5 3 2 1 2 1.
Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – asosiy qonun. 2 1
1 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Asosiy prinsiplari. 3 2
1 1
huquqlari 12 8 4
4
3. Fuqarolar huquqlarining Konstitutsiyaviy asoslari. 3 2 1
1
1 4. Shaxsiy huquq va erkinliklar 3 2
1 1 5. Siyosiy huquqlar 3 2 1
1
1 6. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar 3 2
1 1
Konstitutsiyaviy kafolatlari 4 3 2 1 1 7.
Inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi. Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmi. 4 3 2
1
1 IV Bob. Konstitutsiyada fuqarolarning asosiy burchlari 6 4 2 2 2 450 8.
Fuqarolarning Konstitutsiyaviy burchlari. 3 2
1 1 9. Vatanni himoya qilish va harbiy xizmatni o‘tash burchi. 3 2
1 1
3 2 2 1 10.
Fuqarolik jamiyatining asoslari 3 2 2
1 VI Bob. O‘zbekiston Respublikasining davlat shakli va davlat organlari 28 20 10 10 8 11.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi va boshqaruv shakli 3 2
1 1 12. O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti – Oliy Majlis. 3 2
1 1 13. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti. 3 2
1 1 14. Ijro etuvchi hokimiyatning huquqiy asoslari. 4 3
2 1 15. Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. 3 2 1
1
1 16. Sud hokimiyati. 3 2
1 1 17. O‘zbekiston Respublikasida Prokuratura organlarining huquqiy asoslari. 3 2 1
1
1 18. Moliya va kredit. 3 2
1 1 19. Mudofaa va xavfsizlik. 2 2 1
1
20. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi. 1 1 1
Жами 58 40 22 18 18 O‘quv dasturining mazmuni I. Bob. O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi, unda shaxs va davlat munosabati huquqiy asoslari 1-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – asosiy qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi. Uning davlat mustaqilligini mustahkamlashdagi o‘rni. Mustaqillik Konstitutsiyasi jamiyatda huquqiy taraqqiyotni ta’minlashda yangi davrni boshlab berganligi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini belgilovchi asosiy g‘oyalar. Konstitutsiyaning tuzilishi. Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari. Prezidentimizning Konstitutsiya haqidagi fikrlari. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlash davlatimizning muhim vazifalaridan biri ekanligi. 451 Konstitutsiya va xalqaro huquq. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqaro huquq qoidalari va talablariga monandligi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi kelajagi buyuk davlat bunyod etishning huquqiy kafolati ekanligi. 2-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Asosiy prinsiplari. O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti tushunchasi. Xalq hokimiyatchiligining asoslari. Konstitutsiya va qonun ustuvorligining ta’minlanishi. Tashqi siyosat prinsiplari II. Bob. O‘zbekiston fuqarolarining asosiy huquqlari 3-mavzu. Fuqarolar huquqlarining Konstitutsiyaviy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari haqidagi qoidalar. O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik to‘g‘risidagi 1992- yil 2- iyul qonuni (1-28 moddalar). Fuqarolar huquqlari va erkinliklarining asosiy turlari: fuqarolarning shaxsiy huquqlari, siyosiy huquqlari, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari. Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro huquqiy qoidalar. Inson huquqlarini amalga oshirishda xalqaro aloqalar.”Inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro bill”, “Bola huquqlari to’g’risida konvensiya” 1989- yil 20- noyabr, “Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risida xalqaro konvensiya” 1965 yil 21 dekabr. O’zbekiston Respublikasining 2008-yil 27-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni. 4-mavzu. Shaxsiy huquq va erkinliklar Yashash huquqi har bir insonning tabiiy huquqi ekanligi. Inson hayotiga suiqasd qilish og‘ir jinoyatligi. Shaxsga qarshi jinoyatlar tushunchasi va turlari: hayotga qarshi jinoyatlar, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar. Sud orqali himoyalanish huquqi. (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’lim jazosini bekor qilish to’g’risida”gi Farmoni (2005 –yil avgustdagiga muvofiq, o’lim jazosi 2008 - yil 1- yanvardan e’tiboran bekor qilinishi belgilandi). 452 Fikrlash, so‘z, e’tiqod
va vijdon
erkinligi. O’zbekiston Respublikasining ”Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida”gi qonuni 2002-yil 13-dekabr yangi tahriri. 5-mavzu. Siyosiy huquqlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasaba uyushmalariga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 2014- yil 16- apreldagi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, ijtimoiy harakatlar. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va uning vazifalari haqidagi hujjatlar. Bu tashkilotning yoshlar huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati. 1991-yil 20-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari tog‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014- yil
6-fevraldagi PQ-2124-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2014- yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”. O‘zbekiston Respublikasining Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi 1996- yil 26 -dekabr Qonuni mazmuni. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi 1994- yil 5- may Qonuni. Download 4.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling