O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 4.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/53
Sana18.12.2017
Hajmi4.89 Mb.
#22510
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53

255 

 

Yoshlarga  harbiy  ta’lim  berishda  ularga  harbiy  qismlarning  jangovar 

o‘quv-faoliyatida  bajariladigan  mashqlar,  harakatlar  va  amallarni  harbiy 

qismlardagi  qo‘shinlarning  jangovar  o‘quv  faoliyatlariga  mumkin  qadar 

yaqinlashtirilgan holda o‘rgatish ko‘zda tutiladi.  

2.  CHQBT  fani  uchun  o‘g‘il  bolalarga  –  140  soat;  qiz  bolalarga  -  80 

soat  (4  soat  -  kirish  mavzusiga,  26  soat  “Fuqaro  muhofazasi”ga,  4  soat  – 

“Harbiy  xizmat  asoslari”ga,  46  soat  “Tibbiy  bilim  asoslari”ga  ajratilgan). 

CHQBT  fani  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  ta’limning 

oxirgi ikki yilida o‘qitiladi.  

3.  Ta’lim  muassasalarida  CHQBT  fani  nazariy,  amaliy  va  nazorat 

shaklida o‘tkaziladi. 

Nazariy  mashg‘ulotlar asosan ma’ruza  yoki suhbat shaklida ta’limning 

pedagogik 

va 

axborot 


kommunikatsion 

texnologiyalardan 

keng 

foydalanilgan  holda  o‘tkaziladi.  Bu  mashg‘ulotlarda  o‘quv  materiallarining 



asosiy  tushunchalari,  ta’riflari  hamda  mavzuning  asosiy  qoidalarining 

mazmuni bayon etiladi. Adabiyotlar, sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, 

Qurolli Kuchlar Nizomlari talablari izohlanadi.  

Amaliy  mashg‘ulotlar  fan  dasturi  talablariga  muvofiq  jihozlangan 

o‘quv-moddiy bazalarda o‘tkaziladi. 

Nazorat  mashg‘ulotlari  dasturning  “Harbiy  ish  asoslari”,  “Otish 

tayyorgarligi”  va  “Yo‘naltirilgan  jismoniy  tayyorgarlik”,  “Tibbiy  bilim 

asoslari”  bo‘limlari  bo‘yicha  mashg‘ulotlar  faqat  o‘g‘il  bolalar  uchun  dala 

o‘quv  mashg‘ulotlarining  yakunida,  “Harbiy  xizmat  asoslari”  va  “Fuqaro 

muhofazasi” bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlar mazkur bo‘limlar o‘qitilishi 

yakunlanganishi bilan o‘tkaziladi.  

Ta’lim muassasalarida “Harbiy xizmat asoslari” bo‘limi bo‘yicha o‘g‘il 

bolalar bilan, “Fuqaro muhofazasi” bo‘limi bo‘yicha esa o‘g‘il va qiz bolalar 

bilan  birga  nazorat  mashg‘ulotlari  o‘tkaziladi.  Nazorat  mashg‘ulotlarida 

o‘quvchilar dasturda ko‘rsatilgan me’yorlarni (mashq, usul, amaliy harakat, 

vazifalar)  bajarishadi.  O‘quvchilarning  yakka  tartibdagi  bahosi  dasturdagi 

bo‘limlar  bo‘yicha  nazorat  mashg‘ulotlarida  uning  har  bir  me’yor 

bajarilganligi  uchun  olgan  baholari  yig‘indisidan  kelib  chiqib  quyidagicha 

aniqlanadi:  

“a’lo” – agarda barcha tekshirilgan me’yorlarning (mashq usul, amaliy 

harakat,  vazifalar)  50  %  dan  ortig‘i  “a’lo”  bahoga,  qolganlari  esa  “yaxshi” 

bahoga bajarilgan bo‘lsa; 

“yaxshi”  -  agarda  barcha  tekshirilgan  me’yorlarning  50  %  dan  ortig‘i 

“a’lo”  va  “yaxshi”  baholarga  bajarilsa,  qolganlari  esa  qoniqarlidan  pastga 

baholanmagan bo‘lsa; 

“qoniqarli”  -  agarda  barcha  tekshirilgan  me’yorlarning  bajarilishiga 

qo‘yilgan “qoniqarsiz” baho bittadan ko‘p bo‘lmasa; 


256 

 

“qoniqarsiz” - me’yorlar bo‘yicha ikkita va undan ko‘p qoniqarsiz baho 

bo‘lsa; 

Ta’lim muassasalarida bitiruvchi bosqich o‘quvchilari bilan o‘qishning 

yakuniy  qismida  CHQBTdan  olgan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini 

mustahkamlash 

hamda 

dastur 


bo‘limlarida 

ko‘rsatilgan 

nazorat 

mashg‘ulotlarini  o‘tkazish  uchun  CHQTBga  ajratilgan  vaqt  hisobidan  uch 

kunlik  dala  o‘quv  mashg‘ulotlari  o‘tkaziladi.  Bu  mashg‘ulotlar  akademik 

litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining  3-bosqich  o‘quvchilari  bilan  o‘qishning 

oxirgi davrida, tuman (shahar) hokimliklari hamda hududiy mudofaa ishlari 

bo‘limlari  bilan  kelishilgan  holda,  ta’lim  muassasasi  direktorining 

buyrug‘iga ko‘ra o‘tkaziladi. 

Uch  kunlik  dala  o‘quv  mashg‘uloti  (DO‘M)  quyidagi  tartibda  olib 

boriladi:  

–    bir  vaqtning  o‘zida  barcha  yoki  bir  nechta  ta’lim  muassasalari 

o‘quvchilariga otaliqda bo‘lgan harbiy qismlarga yoki okrug qo‘mondonligi 

tomonidan biriktirilgan o‘quv joylarida yig‘in o‘tkazish yo‘li bilan; 

–    har  bir  guruh  o‘quvchilarini  uch  kunlik  mashg‘ulotlar  jadvaliga 

muvofiq olib chiqish yo‘li bilan

(O‘MB to‘liq bo‘lgan ta’lim muassasalari 



bilan kelishilgan holda); 

–    dala  o‘quv  mashg‘ulotlarini  o‘tkazish  imkoniyatiga  ega  bo‘lgan 

ta’lim muassasasining o‘z bazasida; 

 

DO‘M o‘tkazish vaqti va tartibi mudofaa ishlari bo‘limlari hamda O‘rta 



maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda, viloyat 

mudofaa ishlari boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi va CHQBT 

jarayonini  rejalashtirishga  qadar  ta’lim  muassasalari  rahbarlariga  ma’lum 

qilinadi.  DO‘M  nazorat  mashg‘ulotlarida  nazorat  me’yorlari  (mashq,  usul, 

amaliy  harakat,  vazifalar)  ushbu  dasturdagi  2-ilova  shartlari  bo‘yicha 

bajariladi. 

 

“Harbiy ish asoslari” bo‘limi bo‘yicha: 



–  nishonni ilg‘ash, ularning joy atrofidagi narsalarga hamda belgilarga 

nisbatan joylashgan o‘rnini aniqlash va kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot 

berish; 

–  o‘t ochish joyini tanlash, yotib otish uchun xandaq (okop) qazish; 

– jang maydonida avtomatdan o‘t ochgan holda yurib, qisqa yugurishlar 

bilan, yugurib, emaklab harakatlanish (to‘liq bajarish); 

 

 “Otish tayyorgarligi” bo‘limi bo‘yicha : 



–  avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish, tozalash va moylash; 

– avtomatdan otish bo‘yicha dastlabki mashqni bajarish (kichik kalibrli- 

pnevmatik miltiqdan otish mashqini bajarish); 


257 

 

–  o‘qdonga paxtavon patronlarni joylash; 

–  qo‘l granatalarini uloqtirish bo‘yicha mashqlarni bajarish. 

 “Yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlik” bo‘limi bo‘yicha:  

–  100 metrga yugurish; 

–  turnikda tortilish; 

–  1000 yoki 3000 metrga yugurish; 

–  to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish bo‘yicha umumnazorat mashqini bajarish

–  qo‘l jangi usullarini bajarish.  

 

“Harbiy xizmat asoslari” bo‘limi bo‘yicha: 



–  kombatantning xatti-harakatlarini bajarish 

 

4.  Ta’lim  muassasalarida  CHQBT  jarayoni  mazkur  dastur  talablari 



asosida rejalashtiriladi. O‘quv reja dasturning to‘liq bajarilishini, uning har 

bir bo‘limini boshqa fanlar bilan uzviy hamkorlikda o‘rganishni ta’minlashi 

shart. 

Joriy  o‘quv  yiliga  taqvimiy-mavzuviy  rejani  “Chaqiruvga  qadar 



boshlang‘ich tayyorgarlik”rahbari CHQBT dasturi hamda ta’lim muassasasi 

direktori  tomonidan  tasdiqlangan  haftalar  bo‘yicha  reja  asosida  ishlab 

chiqadi. Taqvimiy-mavzuviy reja o‘quv yiliga to‘liq tuzilib, uch kunlik dala-

o‘quv mashg‘ulotlarini ham o‘z tarkibiga oladi. 

Taqvimiy-mavzuviy reja har yili Mudofaa vazirligi qo‘shinlari va ta’lim 

muassasalarining  CHQBT  bo‘yicha  erishilgan  ilg‘or  tajribalaridan, 

shuningdek, axborot metodik yordam xizmati ma’lumotlaridan kelib chiqib 

yangilanib turiladi. 

Taqvimiy-mavzuviy  rejada  mashg‘ulotlar  bo‘yicha  o‘quv  soatlarining 

taqsimoti, 

mashg‘ulotlarni 

o‘rganish 

mantiqiy 

ketma-ketligi, 

mashg‘ulotlarning  o‘quv  va  tarbiyaviy  maqsadlari,  o‘quvchilarga  mustaqil 

tayyorgarliklari  uchun  topshiriqlar,  nazorat  turlari,  o‘quv  adabiyotlari, 

shuningdek, uslubiy ko‘rsatmalar, qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar 

va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlik ko‘rsatiladi. 

O‘quv yili boshida ta’lim muassasasi direktorining  «Chaqiruvga qadar 

boshlang‘ich  tayyorgarlik  mashg‘ulotlarini  boshlash  to‘g‘risida»  gi  hamda 

mashg‘ulotlarni  tashkiliy  jihatdan  sifatli  uyushtirish  va  O‘zbekiston 

Respublikasi  Qurolli  Kuchlarning  Umumharbiy  nizomlari  talablarini 

o‘quvchilarga amaliy jihatdan singdirish maqsadida «Guruh komandirlarini 

tayinlash  to‘g‘risida»  buyruqlari  tasdiqlanadi.  Buyruqqa  asosan  o‘quv 

guruhlardan  guruhlar  tashkil  qilinadi.  Intizomli,  bilimli,  tashkilotchi 

o‘quvchilardan guruh komandirlari tayinlanadi. 



258 

 

O‘quvchilarning  o‘quv  mashg‘ulotlarida  olgan  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalari  darsdan  tashqari  o‘tkaziladigan  quyidagi  tadbirlar  orqali 

mustahkamlanadi: 

–  harbiy bilim asoslari bo‘yicha to‘garaklar va sportning harbiy-amaliy 

turdagi seksiyalarini tashkil etish

 –  harbiy sport musobaqalari, harbiy o‘yinlar tashkil etish va o‘tkazish;  

–    harbiy  vatanparvarlik  ruhidagi  tadbirlar  va  davra  suhbatlari, 

munozaralar va taqdimotlar tashkil etish; 

–    o‘quvchilarning  darsdan  tashqari  vaqtida  harbiy  texnika,  harbiy  va 

sport-sog‘lomlashtirish  yo‘nalishidagi  ta’lim  muassasalariga  tashriflarini 

tashkil etish. 

CHQBT  darslarida  va  darsdan  tashqari  tadbirlar  jarayonida  o‘qituvchi 

va  o‘quvchilar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar  umumharbiy  nizomlar 

talablari  asosida  o‘rnatilishi  shart.  CHQBT  jarayonida  intizomsiz 

o‘quvchilardan  Qurolli  Kuchlar  “Intizom  nizomi”  asosiy  talablarini 

o‘zlashtirishlari talab etiladi. 

5. Kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan, shuningdek, o‘quv-kompyuter 

qurilmasidan  (SKATT)  o‘t  ochish  mashqlari,  o‘quvchilarning  o‘qotar 

quroldan  otish  qoidalari  va  usullarini  o‘zlashtirish  darajasini  tekshirish 

maqsadida,  shuningdek,  ularni  o‘qotar  quroldan  (avtomat)  jangovar 

patronlar  bilan  otish  bo‘yicha  dastlabki  mashqlarga  tayyorlash  maqsadida 

o‘tkaziladi.  

Kichik  kalibrli  (pnevmatik)  miltiqdan  otish  mashqlari  xavfsizlik 

qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda maxsus jihozlangan o‘q otish joylari 

(tir)da  tashkil  etiladi.  Bunday  mashqlarni  amaliy  bajarishga  faqat  o‘t  otish 

mashqlarining  shartlari  va  xavfsizlik  qoidalariga  oid  bilim  va  ko‘nikmalar 

sinovidan  muvaffaqiyatli  o‘tgan  o‘quvchilarga  ruxsat  beriladi.  Sinovdan 

o‘tmagan  o‘quvchilar  ushbu  talablarga  javob  bera  oladigan  darajaga 

yetgandan  so‘ng  darsdan  tashqari  o‘tkaziladigan  mashg‘ulotlarda  otish 

mashqlarini bajaradilar. Otish xavfsizligi ta’minlanmagan o‘q otish joylarida 

otish  mashqlarini  bajarish,  shuningdek,  otish  mashqlariga  rahbarlikni 

o‘quvchilardan biriga topshirib qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi.  

Otish  mashqini  bajargandan  so‘ng,  mashqni  bajaruvchilar  otish 

natijalarini ko‘zdan kechiradi. 

Jangovar  o‘qotar  quroldan  otish  mashqlari  maxsus  jihozlangan  otish 

joylarida (tirlarda) yoki otish maydonlarida garnizon boshlig‘i (harbiy qism 

komandiri) va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari bilan 

kelishilgan holda, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari rejalari asosida 

o‘tkaziladi.  Otish  mashg‘ulotlari  “Otish  mashqi  bo‘yicha  yo‘riqnoma”  ga 

muvofiq amalga oshiriladi. 


259 

 

Otish  mashqlarini  boshlashdan  avval,  otish  mashqi  rahbari, 

o‘quvchilarning xavfsizlik qoidalari, o‘qotar qurolining tuzilishi hamda otish 

qoidalariga  doir  bilimlarini  nazoratdan  o‘tkazadi.  Ushbu  qoidalarni 

o‘zlashtirmagan o‘quvchilar otish mashqlariga qo‘yilmaydi. 

Ta’lim  muassasalarida  o‘qotar  qurollar  va  o‘q-dorilar  mavjud 

bo‘lmagan  hollarda  otish  tayyorgarligi  bo‘yicha  nazariy  mashg‘ulotlarda 

qurol-aslahalarning  maketlari,  ko‘rgazmali  vositalar  va  o‘quv  filmlaridan, 

amaliy  mashg‘ulotlarda  esa  qurol-aslahalar,  granatalar  va  minalarning 

maketlaridan foydalanish tavsiya etiladi. O‘qotar qurolni o‘rganish bo‘yicha 

amaliy  mashg‘ulotlarni  garnizon  boshlig‘ining  buyrug‘i  bilan  ta’lim 

muassasasiga otaliqqa biriktirilgan harbiy qismda o‘tkaziladi. 

Ta’lim  muassasi  rahbari o‘quv  qurol-aslahalarni  ta’lim  muassasalariga 

berish  va  ularni  saqlash  haqida  yuqori  turuvchi  tashkilotlardan  maxsus 

buyruq  yoki  ko‘rsatma  olmagunicha,  tegishli  vazirlik  va  tashkilotlardan 

ta’lim  muassasasini  maxsus  tabelga  muvofiq  jangovar  qurol-aslaha, 

artilleriya  va  muhandislik  vositalari  bilan  ta’minlanishini  talab  qilish 

huquqiga ega emas. 

 

Dasturning bo‘limlari bo‘yicha yillik o‘quv soatlar taqsimoti 

 

№ 



Bo‘limlar nomlar 

O‘quv soatining 

umumiy miqdori 

Ta’lim muassasi 

II bosqich 

III bosqich 

Uch kun

lik

 DO

‘M

 

(o‘g‘il bo

lalar)

 

O ‘

g‘il bol

alar

 

Qiz bolal

ar

 

O‘g‘il bol

alar

 

Qiz bolal

ar

 

O‘g‘il bol

alar

 

Qiz bolal

ar

 

1  Kirish 





 

 



 

Harbiy xizmat 



asoslari 

38 


28 


 



3  Otish tayyorgarligi 

20 

 

10 



 

 



Yo‘naltirilgan 



jismoniy tayyorgarlik 

18 


 

 



 



5  Harbiy ish asoslari 

28 


 

 

 



20 

 



6  Fuqaro muhofazasi 

26 


26 

26 


26 

 

 



 

7  Tibbiy bilim asoslari 

46 


46 


 

 

 



 

Jami: 

140 

80 

80 

80 

40 



20 

 

*- Akademik litsey namunaviy o‘quv rejasi umumta’lim fanlari 



blokidagi soatlar taqsimotiga asosan mavzular to‘liq saqlangan holda 

138soat hajmida ishchi o‘quv dasturi shakllantiriladi.  



260 

 

 

Eslatma:  1.CHQBT  to‘liq  kursi  uchun  –  140  soat. Shundan  76 soati  - 

amaliy, 64 soati - nazariy mashg‘ulotlar. 

2. O‘quvchi  qizlar uchun 80 soat  ajratiladi (4 soat  - kirish mavzusiga, 

26  soat  fuqaro  muhofazasiga,  4  soat  –  harbiy  xizmat  asoslariga,  46  soat  - 

tibbiy bilim asoslariga). 

Izoh:  O‘quvchi  qizlarga  kirish  mavzusi,  “Harbiy  xizmat  asoslari” 

bo‘limidagi  qurolli  to‘qnashuvlar  huquqi  mavzusi,  fuqaro  muhofazasi 

bo‘limi hamda Tibbiy bilim asoslari bo‘limidagi 6 soatlik “Shikastlanganda, 

baxtsiz  hodisalar  sodir  bo‘lganda  va  jarohatlanganda  (yaralanganda) 

birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatish”  mavzusi  bo‘yicha  mashg‘ulotlar  o‘g‘il 

bolalar bilan birgalikda 2 bosqich, 3-semestrida o‘tkaziladi (jami 40 soat). 

O‘quvchi  qizlar  2  bosqich,  4-semestrida  ilovadagi  dasturga  ko‘ra  40 

soatlik “Tibbiy bilim asoslari” kursini o‘rganadilar.  

*Uchinchi  kursda  o‘smirlar  va  qiz  bolalar  o‘quv  guruhlari  soni 

saqlangan  holda  guruhlarga  ajratilib  o‘qitiladi.  Bunda  3-  kursdagi  ikki 

guruhda  dars  mashg‘ulotlari  jadval  bo‘yicha  bir  vaqtga  qo‘yiladi,  ya’ni 

guruhlardagi o‘smirlar va qizlar alohida guruhlarga bo‘linadi. O‘smirlarga 

dasturdagi harbiy tayyorgarlikka oid bo‘limlar bo‘yicha, o‘quvchi qizlarga 

alohida  dastur  asosida  60  soatlik  “Hayot  va  turmush  odobi” 

(Oilashunoslik) o‘quv kursidan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.  

  3.  Nazorat  mashg‘ulotlari  12  soat.  Nazorat  mashg‘ulotlari  har  bir 

o‘quv  bo‘limga  ajratilgan  vaqt  hisobidan  o‘tkaziladi.  Nazorat 

mashg‘ulotlarining  4  soati  (HXA  -  2  soat,  FM-2  soat)  ta’lim  muassasida 

katta hajmdagi mavzulardan so‘ng yoki bo‘lim yakunida o‘tkaziladi, 8 soati 

esa (HXA – 4 soat, YJT-2 soat, HIA – 2 soat) DO‘M mobaynida o‘tkaziladi. 



 

 

1-mavzu. “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanining 

maqsadi va vazifalari, bugungi kundagi ahamiyati. 

 

 1-mashg‘ulot.  Nazariy.  O‘zbekiston  Respublikasida  chaqiruvga  qadar 

boshlang‘ich  tayyorgarlikning  tarixiy  zaruriyati  hamda  uning  bugungi 

kundagi  ahamiyati.  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  Vatan 

himoyasi to‘g‘risida. 



2-mashg‘ulot.  Nazariy.CHQBT  -  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

muassasalarining  o‘quv  dasturidagi  umumdavlat  majburiy  o‘quv  fani 

sifatida. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikning mohiyati, maqsadi 

va vazifalari.  

 


261 

 

2-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi - davlatning muhim 

vazifasi, umumxalq ishi. 

1-mashg‘ulot. Nazariy. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy 

Bosh  Qo‘mondonining  mamlakat  mudofaa  qobiliyati  hamda  Qurolli 

Kuchlarni  rivojlantirish  borasidagi  qarashlari.  O‘zbekiston  Qurolli 

Kuchlarining  jangovar  salohiyatini  oshirish  borasida  olib  borilayotgan 

islohotlar. 

2-mashg‘ulot. 

Nazariy. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Mudofaa 

doktrinasining  mohiyati,  maqsadi  va  vazifalari.  Mudofaa  doktrinasining 

mudofaaga qaratilganligi. 

 

HARBIY XIZMAT ASOSLARI 

 

Ta’limiy vazifasi 

Harbiy  xizmat  asoslari  bo‘limida  o‘quvchilar  harbiy  xizmatning 

huquqiy  asoslarini  tashkil  etuvchi  “Mudofaa  to‘g‘risida”  gi,  “Umumiy 

harbiy  majburiyat  va  harbiy  xizmat  to‘g‘risida”  gi  Qonunlar,  Qurolli 

Kuchlarning  tashkiliy  tizimi  va  vazifalari  haqida,shuningdek,  muddatli 

harbiy 


xizmatchilarga 

beriladigan 

imtiyozlar 

bilan 


tanishadilar. 

O‘quvchilarga  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  nizomlari 

talablari  hamda  ularga  amal  qilish  har  bir  harbiy  xizmatchining  muqaddas 

burchi ekanligi tushuntiriladi. Shuningdek, o‘quvchilar qurolli to‘qnashuvlar 

huquqi,  muddatli  harbiy  xizmatchilarning  huquqiy  javobgarligi  bo‘yicha 

bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar. 

 

 

O‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari shart: 



 

–  O‘zbekiston  Respublikasining  yangi  tahrirdagi  “Mudofaa 

to‘g‘risida”gi  hamda  “Umumiy  harbiy  majburiyat  va  harbiy  xizmat 

to‘g‘risida” gi Qonunlari talablarini; 

– 

O‘zbekiston 



Respublikasi 

Qurolli 


Kuchlari 

umumharbiy 

nizomlarining asosiy talablarini; 

–  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topishi tarixiy 

asoslarini;  

–  Qurolli Kuchlarning vazifasi, tarkibi, tuzilish tamoyillari, rivojlanish 

strategiyasini;  

–  Harbiy  okruglar  hamda  mahalliy  harbiy  boshqaruv  organlari 

vazifalarini; 

–  harbiy  xizmat  turlarini  va  harbiy  xizmatni  o‘tash  hamda  harbiy 

ro‘yxatda turish tartibini; 


262 

 

–  harbiy  unvonlar,  farqlovchi  belgilar,  shuningdek,  muddatli  harbiy 

xizmatchilarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirishlar va intizomiy ta’zirlarni; 

–  harbiy  intizom  asoslarini,  harbiy  nizomning  harbiy  qism  hayoti  va 

faoliyatidagi  o‘rni,  harbiy  xushmuomalalik  qoidalari,  o‘zini  tutish  va 

harbiycha salomlashish, askarning saf oldi va safdagi majburiyatlarini; 

– harbiy jinoyat, harbiy xizmatdan bosh tortganligi uchun ma’muriy va 

jinoiy javobgarlik haqidagi asosiy qonun talablarini; 

–  soqchining qorovullik xizmatidagi majburiyatlarini; 

–  qurolli to‘qnashuvlar huquqi mohiyati, tamoyillari va manbalarini; 

–  jangovar harakat qatnashchisi (kombatant)ning kodeksini; 

 –  qurolli  to‘qnashuvlar  huquqining  asosiy  talablari  va  ularga  rioya 

qilishning zarurligini; 

–  kombatant  va  fuqaro  shaxs  orasidagi  farqlarni,  harbiy  obyekt  bilan 

fuqaro obyektini farqlashni; 

–  harbiy  harakatlar  olib  borishning  taqiqlangan  usullari  va  qurol 

turlarini; 

–  qurolli to‘qnashuvlar huquqini buzganligi uchun javobgarlikni; 

–  qurolli  to‘qnashuvlar  huquqi  tomonidan  qabul  qilingan  farqlovchi 

timsollarni va belgilarning vazifalarini; 

–  oliy harbiy bilim yurtlari va serjantlar tayyorlash maktablariga qabul 

qoidalarini; 

–  muddatli  harbiy  xizmatchilarga  belgilangan  huquq  va  imtiyozlarni, 

harbiy xizmatchilarning huquqiy holatini; 

–  harbiy  qasamyodning  mohiyati,  harbiy  qismning  jangovar 

bayrog‘ining  ahamiyati,  harbiy  jamoaning  shakllanishi  va  jipslashuvining 

xususiyatlari, jangovar an’analarini. 

 

 O‘quvchilar  quyidagi  ko‘nikma  va  malakalarga  ega  bo‘lishlari 

shart: 

 

–  harbiy  xizmatchi  majburiyatlarining  mohiyatini  tushuntira  olish, 



harbiy  unvonlarni  farqlash,  unvon  va  lavozim  bo‘yicha  kattalar  va 

kichiklarga, boshliqlar va bo‘ysunuvchilarga murojaat qilish; 

–  saf amallarini bajarish; 

–  buyruq  berish,  buyruqni  bajarish  tartibi,  vzvod  bo‘yicha  posbon 

harakatlarini bajarish;  

–  trevoga  e’lon  qilinganida,  yong‘in  chiqqanida  shaxsiy  tarkibning 

harakatlanishi; 

–  yakka tartibda va guruh tarkibida saf amallarini bajarish; 

–  kombatantning kodeksi talablarini to‘g‘ri bajarish; 


Download 4.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling