O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 4.89 Mb. Pdf ko'rish
|
XII. Uglevodlar Uglevodlar, ularning sinflanishi va ahamiyati. Monosaxaridlar- fruktoza va glukoza. Disaxaridlar- saxaroza, maltoza, laktoza. Polisaxaridlar- kraxmal, selluloza. Ko‘rsatiladigan namoyishli tajribalar: Mono-, di- va polisaxaridlarning fizikaviy va kimyoviy xossalari, suvda eruvchanligi, o‘xshashligi va farqini ko‘rsatuvchi tajribalar o‘tkazish. Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: O‘qituvchi va o‘quvchilar uchun laboratoriya tajribalari o‘tkazish shisha asboblar va anjomlar to‘plamlari. Mavzularga oid plakatlar va slaydlar to‘plami. Shar sterjenli moddalar molekulalarining namoyish qilish to‘plami, moddalar molekulalarini namoyish qilish doskasi va to‘plami. Kimyoviy idish va anjomlar to‘plami. Kimyoviy reaktivlar to‘plami. Mavzularga oid plakatlar va slaydlar to‘plami.
228 XIII. Azotli organik birikmalar Azotli organik birikmalar. Nitrobirikmalarning ayrim vakillari va xossalari. Konovalov reaksiyasi, nitrolash. Trinitrotoluol va trinitroglitserin olinishi. Aminlarning sinflanishi, alifatik va aromatik aminlar, fizik- kimyoviy хоssalari. Goffman reaksiyasi. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar. Аromatik aminlar va kislota amidlari. Anilinning tuzilishi. Olinishi va ishlatilishi.
xossalari. Olinishi va bipolyar ko‘rinishi. Peptid bog‘lar. Keng tarqalgan - aminokislotalar vakillari. Polimerlanish reaksiyasi.
Oqsillarning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi tuzilishi. Oqsillarning sintezi. Denaturatsiya. Oqsillarning fizik-kimyoviy xossasi. Oqsillarning amfoterligi. Oddiy va murakkab oqsillar haqida tushuncha. Protein va proteidlar. Oqsillarning sifat reaksiyalari. Oqsillar turlari va asosiy vazifalari.
Ko‘rsatiladigan namoyishli tajribalar: Aminokislotalarning amfoter xossalari. Oqsillarni aniqlashga oid tajribalar. Oqsillarning denaturatsiyasi. Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: KEX. Shar sterjenli moddalar molekulalarining namoyish qilish to‘plami, moddalar molekulalarini namoyish qilish doskasi va to‘plami. Kimyoviy idish va anjomlar to‘plami. Kimyoviy reaktivlar to‘plami. Mavzularga oid plakatlar va slaydlar to‘plami. O‘qituvchi va o‘quvchilar uchun laboratoriya tajribalari o‘tkazish shisha asboblar va anjomlar to‘plamlari. Mavzularga oid plakatlar va slaydlar to‘plami.
Geterosiklik birikmalarning sinflanishi: pirrol, furan, tiofen, piridin (azotli, kislorodli, oltingugurtli geterohalqali birikmalar) haqida tushunchalar. Tarkibida bir va undan ortiq azot geteroatomlari bo‘lgan geterosiklik birikmalar. Pirimidin, purin qatori geterosiklik birikmalar. Adenin, guanin, timin, uratsil va sitozin haqida tushunchalar.
229
Nuklein kislotalarning tuzilishi. DNK molekulasining tuzilishi. Vodorod bog‘larining hosil bo‘lishi. Replikatsiya xossasi. Ribonuklein kislotaning tuzilishi (RNK). RNKning biologik va kimyoviy xususiyatlari. Nuklein kislotalarning gidrolizi
Polimerlanish reaksiyasi va mexanizmi. Yuqori molekulali birikmalar sinflanishi. Tibbiyotda qo‘llaniladigan polimer moddalar. Tabiiy va sintetik tolalar.
O‘zbekistonda metallurgiya sanoati, qishloq xo‘jaligidagi zararkunandalarga qarshi kurash, xalq xo‘jaligida va tibbiyotda kimyo fanining rivojlanishi. 3. Tavsiya etiladigan amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlari Amaliy ishlar: 1.
Kimyo tajribaxonalarida ishlash qoidalari. Kimyoviy idishlar va asbob- uskunalar bilan tanishtirish. Kimyoviy moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari. 2.
Kimyoviy elmentlarning atom tuzilishi elektron konfigurasiyasi. 3.
Uglevodorodlarning izomeriyasi va nomenklaturasi. Laboratoriya ishlari: 1.
Ion almashinish reaksiyalari. 2.
a) kimyoviy moddalar gidrolizi; b) kimyoviy reaksiya tezligi va kimyoviy muvozanatni o‘rganish. 3.
4.
a) etilenning olinishi va kimyoviy xossalarini o‘rganish; b) asetilenning olinishi va kimyoviy xossalarini o‘rganish. 5.
a) glitserinning kimyoviy xossasini o‘rganish (mis glitserinatlarining olinishi); b) etil spirtni kaliy dixromat bilan oksidlash. 6.
Karbon kislotalarning kimyoviy xossalarini o‘rganish. 7.
Quruq mevadan qand moddalarni ajratish va kimyoviy xossasini o‘rganish. 8.
230 Fanni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi Fanni o‘rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, turli amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajarish, referatlar yozish, testlar, o‘quv – Тexnik vositalar, kompyuter elektron versiyalarni qo‘llash, ayrim zararli reaksiyalarni o‘tkazishda ularni kompyuterda yoki videotasmalar yordamida ko‘rsatish nazarda tutiladi. Texnik o‘quv vositalari 1. Ko‘rgazmali qurollar: jadvallar, slaydlar, CD- disklar 2. Organik birikmalarning tuzilishi – 12 ta plakat 3. Kompyuter tizimi. Multimediya proektori, ekran. Kodoskop 4. Taqdimot dars disklari 5. Videotasmalar 6. Elektron davriy jadval 7. Elektron eruvchanlik jadvali 8. Kichik laboratoriya anjomlar plastik tagligi
O‘quv yuklamalarining hajmi Ushbu fan o‘quv dasturi 80 soatga mo‘ljallangan, jumladan, ma’ruzalar uchun 58 soat, amaliy mashq’ulotlar uchun 6 soat va laboratoriya ishi uchun 16 soat ajratilgan. Joriy, oraliq nazorat turlarini o‘tkazishda o‘quvchilarning mustaqil ishlashiga keng imkoniyat beriladi. Laboratoriya ishlari kasb-hunar kollejlari yo‘nalishi boyicha ma’lum darajada o‘zgartirilishi mumkin.
1-yarim yillikda 2 ta oraliq baholash va 1 ta yakuniy baholash nazorati, 2-yarim yillikda ham 2 ta oraliq va 1 ta yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Joriy nazorat turlarini tanlash va ballarni belgilash o‘qituvchi ixtiyoriga beriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abdulxayeva M.M.,Mardonov M.M. Kimyo. – T.: “O‘zbekiston”. 2011. 2. Toshev I.A., Ro‘ziyev R.R., Ismoilov I.I. Anorganik kimyo. – T.: 2003 3. Masharipov S., Tirkashev I. Kimyo. – T.: 2012 4. Xomchenko G.P., Xomchenko I.G. Kimyo. – T.: 2010 5. Toshev I.A., Ro‘ziyev R.R., Ismoilov I.I. Organik kimyo. – T.: 2004 6. Abdusamatov A., Mirzayev R. Organik kimyo. – T.: 2003 7. Muftaxov A.G., Omonov H.T. Umumiy kimyo. – T.: 2002 8. Gabrielyan O.S., Lisova G.G. Ximiya. –Drofa. 2012 (10 sinf)
231 9. Gabrielyan O.S., Lisova G.G. Ximiya. –Drofa. 2012 (11 sinf) 10. Gusev. L.S., Surovseva R.P. Ximiya. –Drofa. 2012 (10 sinf) 11. Gusev L.S., Surovseva R.P. Ximiya. –Drofa. 2012 (11 sinf) 12. Xomchenko G.P., Xomchenko I.G. Ximiya. – M.: 2012.
1. Toshev I.A., Ro‘ziyev R.R., Ismoilov I.I. Anorganik kimyodan mashq va masalalar to‘plami. – T.: 2003. 2. Koreyaning zamonaviy asbob-usknalaridan uslubiy qo‘llanma. – T.: 2005. 3. Toshev I.A., Ro‘ziyev R.R., Ismoilov I.I. Anorganik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari. – T.: 2003. 4. DTMning testlar to‘plami. (2001-2014).
232
B I O L O G I Y A
A.T. G‘ofurov – Nizomiy nomidagi TDPU, biologiya fanlari doktori, professor. J.O.Tolipova – Nizomiy nomidagi TDPU, pedagogika fanlari doktori. D.R.Inogamova – P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji o‘qituvchisi, pedagogika fanlar nomzodi. M.A.Aslanova – O‘zMU qoshidagi S. H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi
bosh
o‘qituvchisi.
M.Umaraliyeva – TFI qoshidagi akademik litseyi
bosh
o‘qituvchi. R.Inamova – Axborot-metodik ta’minlash xizmati yetakchi metodisti
Taqrizchilar: S.S .Fayzullaev – Nizomiy nomidagi TDPU, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. O.E.Eshonqulov – TPTI qoshidagi akademik litsey direktori, biologiya fanlari doktori, professor.
233
Biologiya – tirik organizmlarning kelib chiqishi, turli-tumanligi, tuzilishi, rivojlanishi ularda sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar, tashqi muhit bilan aloqasi, moslashishi haqidagi fandir. Biologiya o‘quv fani umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida umumta'lim o‘quv fani sifatida uzviy davom etadi. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan biologiya, ayniqsa, 9–sinfda o`qitiladigan biologiya o‘quv fani bilan mantiqan bog‘langan bo‘lib, yagona o‘quv kursini tashkil etadi. Mazkur sinfda o‘quvchilarga organik olamning turli-tumanligi, sitologiya asoslari, hujayra va organizmlarda kechadigan hayotiy jarayonlar, ko‘payish, individual rivojlanish, irsiyat va
o‘zgaruvchanlik, o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar seleksiyasi haqida bilim berilsa, akademik litsey, kasb- hunar kollejlarining o‘quv dasturiga genetik injeneriya va biotexnologiya evolyutsion ta’limot, evolyutsiya dalillari, hayotning kelib chiqishi, rivojlanishi, odamning paydo bo‘lishi, ekologiya asoslari, biosfera va uning evolyutsiyasiga oid o‘quv materiallar kiritilgan. Qayd qilinganlarning hammasi o‘quvchilar ongida hayotning yer yuzida paydo bo‘lishi, rivojlanishi, organik olamning tuzilish darajalari, ularning muhit bilan aloqasi, organizmlarning moslanishi, biologik sistemalarning bir butunligi, o‘z-o‘zini boshqarishi, organ tuzilishi bilan boshqaradigan funksiyasining o‘zaro bog‘liqligi, nazariya bilan amaliyotning bir-biri bilan munosabati haqida ilmiy tushunchalarni shakllantirishga imkon beradi. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari biologiya ta'limida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb - hunar kollejlari biologiya ta'limida takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlari, umumiy o‘rta ta'lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda biologik tushunchalarni asta - sekin oddiydan murakkabga shakllantirish e'tiborga olingan. Biologiya ta'limi o‘quv dasturi asosida fan o‘qituvchisi yillik taqvim- mavzuviy reja ishlab chiqadi va ta'lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Taqvim - mavzuviy reja tuzishda namoyishli tajriba va laboratoriya ishlarining o‘tkazilishi, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining to‘g‘ri taqsimlanishi, nazariy bilim berish va amaliy mashg‘ulotlarning ketma - ketligiga e'tibor qaratish lozim. Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan farqli ravishda akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarning mustaqil bilim olishi, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi kerak. Shu maqsadlarni ko‘zlab pedagogik jarayonda ma’ruza, seminar munozara, 234 konferenstiya, muammoli hamda boshqa noan’anaviy darslardan, o‘qitishni faollashtiruvchi metodlardan keng foydalanishi lozim. Shu bilan bir qatorda mavzular mazmuni bilan aloqador turli manbalar ustida mustaqil ishlash, internet ma’lumotlaridan tabiiy obyektlardan keng foydalanish, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish, laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar o‘tkazishga ham alohida ahamiyat berish zarur. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida biologiyani o‘qitish yagona o‘quv dasturi asosida tashkil etilsa ham u ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi. Akademik litseylarda o‘quvchilarni oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash bosh maqsad bo‘lgani sababli, ularning biologiya fani asoslarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun shu fanning turli sohalarida ishlaydigan ilmiy xodimlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish, ayrim mavzularni o‘tishga ularni jalb etish, ilmiy tadqiqot institutlari, stansiyalarga ekskursiyalar uyushtirish yoshlarni kelgusida qanday soha bo‘yicha kasb egasi bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Kasb-hunar kollejlarida esa biologiyani o‘qitishni amaliy, ayniqsa, qishloq xo‘jalik, tibbiyot, o‘rmonchilik, baliqchilik, oziq-ovqat hamda xalq xo‘jaligining boshqa sohalari, tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Shu maqsadlarni ko‘zlab shifoxonalar, jamoa, fermer, o‘rmonchilik, baliqchilik, parrandachilik xo‘jaliklariga ekskursiyalar o‘tkazish, tabiatni muhofaza qilish ishlariga o‘quvchilarni jalb etish diqqatga sazovor. Yuqoridagilardan tashqari o‘quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda ular bilan individual ishlash sinfdan tashqari mashg‘ulotlar olib borish, adabiyotlar tavsiya etish, kechalar o‘tkazishni rejalashtirish lozim.
№
Darslar turi bo‘yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi) H ammasi J ami N azariy L aborator iya ishi S eminar (ekskursi ya) M ustaqil ish 1 Kirish 2 2
- - - 2 Biologik nazariyalar va qonunlar 12 8
- - 4 3 Genetik injeneriya va 15
10 10
- - 5 235 biotexnologiya 4 Evolyutsion ta’limot 24
18 12
6
6 5 Organik olamning evolyutsion dalillari 11 6
- - 5 6 Organik olamning paydo bo‘lishi va rivojlanishi 12 8
2 - 4 7 Odamning paydo bo‘lishi 6 4 4 - - 2 8 Ekologiya asoslari 22 16
14 - 2 6 9 Biosfera va uning evolyutsiyasi 12
8 8 - - 4
116 80 70 10 36 Kirish Biologiya - tirik organizmlar haqidagi fan. Tiriklikning tuzilish darajalari. Biologiyaning istiqbolli tarmoqlari. Tirik organizmlarni o‘rganish metodlari: kuzatish, taqqoslash, tajriba, modellashtirish. Hayot va tiriklikning mohiyati. Biologiya fanining muammolari. Biologiya fanining qishloq xo‘jalik, tibbiyot, sanoat, o‘rmonchilik, baliqchilik, tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati. Biologik nazariyalar va qonunlar Hujayraning tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Hujayra nazariyasi. Tirik organizmlarning ko`payishi: jinssiz va jinsiy ko`payish. Jinssiz ko‘payish. Bir va ko‘p hujayrali organizmlarning jinssiz ko‘payishi. Jinsiy ko‘payish. Jinsiy ko‘payish usullari. Gulli o‘simliklarda jinsiy ko‘payish. Hayvonlar jinsiy hujayralarining rivojlanishi. Gametogenez. Gametogenez jarayoni bosqichlari. Irsiyat qonunlari va nazariyalari. Asosiy genetik tushunchalar va qonuniyatlar. G.Mendel qonunlari. Irsiyatning xromosoma nazariyasi. Genlarning o‘zaro va ko‘p tomonlama ta’siri. Belgilarning to‘liq va to‘liqsiz birikkan holda irsiylanishi haqidagi asosiy tushunchalarni umumlashtirish. Modifikator genlarning ta'siri. Genetikadan masalalar yechish. O‘zgaruvchanlik va uning xillari: fenotipik va genotipik o‘zgaruvchanlik. Fenotipik o`zgaruvchanlik turlari: ontogenetik va modifikatsion o`zgaruvchanlik. Genotipik o`zgaruvchanlik turlari: kombinativ, rekombinativ, mutatsion o‘zgaruvchanlik. Mutatsion nazariya va mutatsiya xillari: gen,
xromosoma, genom
mutatsiyalari. Mutatsiyalarning seleksiyadagi ahamiyati. 236 Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: DNK modeli, o‘quv laboratoriya mikroskopi. Hujayra tuzilishi to‘g‘risidagi plakatlar. Biologiya o‘qituvchisining laboratoriya asbob-anjomlari to‘plami. Genetikadan magnitli applikatsiyalar to‘plamlari, DNK molekulasining bo‘linish modeli. Genetikaga oid rasmlar, sxemalar, «Umumbiologik qonuniyatlar» bobiga tegishli plakatlar va proyeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar.
Genetik injeneriya haqida tushuncha. Gen injeneriyasi fanining maqsadi. Genetik injeneriyaning tadqiqot obyektlari: bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, tuban zamburug‘lar, hujayralar. Irsiyatning moddiy asoslarini o‘rganish tarixi. Hujayra irsiyatini o‘zgarishiga olib keladigan transformatsiya, transduksiya jarayonlari. Shtammlar, klonlar. Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar–transpozonlar, plazmidalar, restriktsion endonukleazalar. Rekombinativ DNK olish. Genlarni klonlash. Hujayra va gen injeneriyasiga asoslanib o‘simlik irsiyatini o‘zgartirish. Hayvonlar irsiyatini hujayra injeneriyasi yo‘li bilan o‘zgartirish. Gibridomalar olish. Biotexnologiya haqida tushuncha. Gen va hujayra injeneriyasiga asoslangan biotexnologiya. O‘zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya sohasida qilinayotgan tadqiqotlar va olingan natijalar. Biotexnologiyaning kelajagi haqida. Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: DNK modeli, Hujayra tuzilishi, biotexnologiya mavzulariga oid plakatlar, sxemalar va jadvallar. Transformastiya, transdukstiya, episomalarga oid rasmlar. Biotexnologiya va genetik injeneriya» bobiga oid proekstion ko‘rgazmali metodik- qo‘llanmalar.
Qadimgi Rim, Yunoniston faylasuflarining, o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo tabiyotshunos olim va mutafakkirlarining tabiat haqidagi fikrlari. Darvingacha bo‘lgan davrda tabiat haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi, O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tabiyotshunos olim va mutafakkirlarning tabiat haqidagi fikrlari (Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar). Biologiya fani rivojlanishida uyg‘onish davri (Karl Linney), J.B.Lamarkning evolyutsion qarashlari Ch.Darvingacha bo‘lgan davrda tabiat fanlarining yutuqlari. Ch.Darvinning tarjimai holi, «Bigl» kemasida dunyo bo‘ylab safari. Asosiy asarlari. Ch.Darvinning Evolyutsion nazariyasining qisqacha mazmuni. Madaniy o‘simliklar, xonakilashtirilgan hayvonlarning xilma xilligi, kelib chiqishi (g‘o‘za, qorako‘l qo‘ylar va h.k).
|
ma'muriyatiga murojaat qiling