O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Mexanik inokulatsiya yordamida viruslarni


Download 317.19 Kb.
bet48/50
Sana16.11.2023
Hajmi317.19 Kb.
#1781153
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-fayllar.org

5.2. Mexanik inokulatsiya yordamida viruslarni 

o`simlikka yuqtirish 



24

Ishdan maqsad: Virus namunasini sog` o`simlikka yuqtirish malakasini 

hosil qilish.


Kerakli materillar: viruslar, o`simliklar. 1 Indikator o`simliklar:

Nicotiana glutinosa, yoki N. sylvestris, Chenopodium amaranticolor yoki Ch.


quenea.

2 Virus namunasi: TMV ni tomat shtammi bilan kasallangan tomat yoki tamaki


barglari (5-10 gramm). 
3. Korund (300-600 mesh) yoki "selit" (diatom tuprogi),
4. Shisha tayoqcha, shpatel. 
5. Chinni xavoncha (25 - 50 ml).
6. Eksikator (xajmi 20 litr). 
7. Ip.
8 Plastilin. 
Ishning borishi. Viruslar bilan ishlaganda har bir qilinadigan amallardan 

avval qo`llarni, ish joyini, ish asboblarini yaxshilab yuvish, tozalash, ba'zilarini


steril - lash zarur. Ish toza filtr qog`ozi ustida bajariladi. 
Virusli namunadan virusli shira ajratish: TMV bilan kasallantirilgan tomat 

yoki tamaki bargini (5-10 gr) chinni xavonchada 0,1 M fosfat buferi (1 gr


namunaga 1 ml bufer miqdorida) (rN 7,8) ishtirokida ezib maydalaniladi. Yanada 
yaxshiroq maydalash uchun gomogenizatordan (1-2 minut) foydalansa 5 xam
bo`ladi. Gomogenatni 2 - 3 qavatli dokadan o`tkaziladi, so`ngra 1 minutda 6 -
8ming aylanish tezligida 10 minut davomida sentrifuga qilinadi. Cho`kmaga
yaxshi ezilmagan o`simlik qoldiqlari, hujayrani yirik birikmalari tushadi, virus esa 
cho`kmaning ustida bo`ladi.
Virus yuqtirish. Kasal o`simlikdan ajratib olingan shirani 2 - 3 tomchisini sog` 

o`simlik bargiga tomiziladi va igna bilan barg sathi tirnaladi. Ammo bu usullar


kam natija beradi. Hozirgi vaqtda esa bu usul sal o`zgartirilgan, barg sathiga 
ozgina obraziv sepiladi, 2 - 3 tomchi shirani tomiziladi va toza barmoq yoki shisha
tayyoqcha yoki shpatel yordamida ohistalik bilan surtiladi. Surtishning kuchi 
bargning holatiga, yoshiga, o`simlikni, abrazivni sifatiga bog`liq bo`ladi, 10-15
minutdan so`ng virus preparati va abrazivlarni ortiqchalari distillangan suv bilan 
yuvib tashlanadi Virus barg to`klari va epidermisidagi mikro-jarohatlari orqali
kiradi.

Virus yuqtirilgan barglarga virus nomi, sana va hokozolar yozilgan 


etiketkalar bog`lanadi. So`ngra ularni nam solingan katta eksikator yoki shishadan
yasalgan 15-20 l hajmli usti zich yopiledigan idishlarda saqlanadi. Buning uchun 
eksikatorni ustki qismiga 3 - 4 qator ip tortiladi va ipning ikki uchi eksikator
devorlariga plastilin yoki yopishqoq lentalar yordamida yopishtiriladi. Virus 
yuqtirilgan barglar ana shu iplarga bog`lanib osib qo`yiladi. Virusning yuqish
kuchini oshirish uchun virus yuqtirilgan barglar qorong`iroq va nam joyga 
qo`yiladi.
Virus yuqtirilgan barglarda kasallik alomatlari paydo bo`lishi ishlatiladigan 

indikator o`simlikning turiga (Nicotiana glutinosa da 48 soat, N. sylvestris da 76 -


80 soatda nekroz hosil bo`ladi), virusning turiga, haroratga va shu kabi faktorlarga 
bog`liq bo`ladi.
Virus yuqtirilgandan so`ng 48 soat (N. glutinosa), 76 - 80 soat (N. sylvestris), 

ikki hafta (Ch amaranticoior, Ch. quenea), 1 - 2 oy va yillar mobaynida


(daraxtlarda) kuzatilib boriladi. Indikator o`simliklarda paydo bo`lgan simptomlar 
48 - 72 soatdan so’ng hisobga olinadi va nazorat bargdagi (yoki bargni yarmidagi)




25

hamda tajriba barglardagi simptomlar sanaladi (nekroz yoki dog`, xalqa bo`lsa), 
diametri o`lchanadi, ya'ni tasvirlanadi.


Download 317.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling