9.6. Klechatkaning aerob parchalanishi
Kletchatka (selluloza) o`simlikning quruq vaznining 45-80% foizini tashkil etadi. U polisaxarid bo`lib, kuchli
kimyoviy reaktivlar ta'sirida ham qiyin parchalanadi. Tabiiy sharoitda sellyulozaning juda katta miqdori tuproqqa
tushadi va u erda tuproq mikroorganizmlari yordamida biologik o`zgarishlarga uchraydi. Bu mikroorganizmlar,
kletchatkani glukozaga gidrolizlovchi va so`ngra aerob sharoitlarda SO
2
va H
2
O gacha oksidlovchi sellulaza va
sellobiaza fermentlari hosil qiladi.
Oraliq mahsulotlar sifatida organik kislotalar hosil bo`ladi.
C
6
H
12
O
6
+О
2
RCHOHCOOH + CO
2
+ H
2
O
R CHOHCOOH + O
2
CO
2
+ H
2
O
Sellulozaning aerob parchalanishi asosan bakteriyalar, hamda aktinomitsetlar va zamburug`lar ishtirokida amalga
oshadi. Bu jarayonda asosiy rol miksobakteriyalarga tegishli. Miksobakteriyalar - grammanfiy bir hujayrali
tayoqchalar bo`lib, eni 0,4 - 0,7 mkm ni tashkil etadi. Bu organizmlar ko`pchiligining yoysimon hujayralari uzunasiga
cho`zilgan, uchlari o`tkirlashgan bo`ladi. Ular egiluvchanligi bilan farqlanadi va qattiq yuzalar bo`ylab sirg`anib
harakatlanadi. Miksobakteriyalar binar - ko`ndalang ikkiga bo`linish yo`li bilan ko`payadi. Vegetativ hujayralar
ko`paygandan so`ng birtalay hujayralar birgalikda to`planib, shilimshiq parda bilan qoplanadi va razmeri 1mm dan
kam bo`lgan rangsiz yoki har xil rangga bo`yalgan differentsiyallashgan meva tanalar hosil qiladi.
Miksobakteriyalarning meva tanasi oyoqchadan (sistofera) va sistalardan tashkil topgan bo`ladi. Sistalarda tinch
holatdagi yirik hujayralar joylashgan bo`lib, etilgandan so`ng ulardan yana vegetativ hujayralar chiqadi.
Miksobakteriyalar bir necha turga birlashtiriladi: Cytophaga, Sporocytophaga, Sorangium, Archangium,
Do'stlaringiz bilan baham: |