O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm .  Kalla  tubining  sirti


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43

69-rasm .  Kalla  tubining  sirti. 

°
 
,

.  .  ,  _ 

,  . . .   , 

,  ..  . 
bor.  Bulardan  tashqa- 
/ -
yuqori  jag 
;  2 
-   tanglay  о  sig 
1

3 -  
tanglay  choki; 
 
. 7 .
tanglay  su yagin ing  gorizontal  plastinkasi;  5 -   xoana; 

-
  r i’ 
Plramida  tanasi 
b l-  
yonoq  yoyi; 
7,  8 -  
qanotsim on  o'siq; 
9 -  
ovalsim on  teshik; 
l&n  ensa  va  ponasimon 
1 0 -
 orqadagi  teshik; 
11
  -   «yirtiq»  teshik; 
12 -
 tashqi  uyqu 
suyaklarning  tanalari 
teshigi; 
13 -
 b ig izsim o n   o'siq ; 
14 -
 bo'yinturuq  teshik; 
1 5 -
 
orasida noto'g'ri  shakl- 
b o 'g 'im   yuzasi; 
16 -
 so 'rg'ich sim on   o'siq; 
1 7 - e
 nsa  suya-  j j  
« y irtiq »   te sh ik  
gi; 
18 -
 chakka  suyagi; 
19 -
  tepa  suyagi; 
20 -
 ponasim on 

*
 

.
suyak; 
21  -
 tanglay  suyagi; 
22 
-  yonoq  suyagi; 
23 -
  tepa ja g '. 
c*lakka  suyagi  pirami-
dasining  pastki  yuza-
sidagi  uyqu  arteriya  kanalining  tashqi  teshigi,  ovalsimon  va orqa  teshikcha­
lar  ko'rinib  turadi.  Kalla  tubining  tashqarisi  ensa  suyagidagi  katta  ensa 
teshigi— umurtqa  kanaliga  ochiladi.  Uning  ikki  yonboshida  birinchi  bo'yin 
umurtqasi  bilan  bo'g'im   hosil  qilib  birlashadigan  bo'g'im   do'mboqchalari 
va  ularning  orqalarida  orqa  chuqurchalari,  til  osti  nervi  kanali  joylashgan. 
Ensa  suyagi  bilan  chakka  suyak  piramidasidagi  chuqurchalar  qo'shilib, 
bo'yinturuq  teshigini  hosil  qiladi.  Ana  shu  teshikda  lateral  tomondan  yuz 
nervi  teshigi,  quloqning  tashqi  teshigi  va  turli  yoriqchalar joylashgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Kalla  tubining  ichini  (70-rasm)  kallani  gorizontal  yoki  sagittal  qilib 
kesilgandagina  ko'rish  mumkin.  Bu  tub  ichi  oldingi,  o'rta  va  orqa  chu- 
qurchalarga  ajralgan.  Tubning  oldingi  va  o'rta  chuqurchalarida  bosh  miya 
yarimsharlari  joylashsa,  orqa  chuqurchasida  esa  miyacha  turadi.
Kallaning ol­
dingi chuqurcha- 
si  peshona suya­
gining  ko'z  ko­
sasi  qismi,  g'al­
vir  suyagining 
plastinkasi,  po­
nasimon  suyak­
ning 
kichik 
qanotlari  va  ta­
nasining  bir qis­
midan  tashkil 
topgan.  Oldingi 
c h u q u r c h a d a  
m iya 
yarim - 
s h a r l a r i n i n g  
peshona  qismi 
j o y l a s h a d i .
G 'alvir  suyak­
ning  plastinka 
qismi  chuqurroq 
bo'lib,  unda  hid 
bilish  nervi  tar- 
moqlarining  bu­
run  bo'shlig'iga 
o'tadigan teshik- 
ch alari 
bor.
Kallaning  o'rta  chuqurchasi  oldingi  chuqurchadan  bir  oz  chuqur  bo'lib, 
o'rta  qismi  ponasimon  suyakdagi  turk  egari  bilan  ikkita  bo'lakka  ajral­
gan.  Unda  miya  yarimsharlarining  chakka  qismlari  joylashadi.  O 'rta 
chuqurcha  ponasimon  suyakning  tanasi  va  katta  qanotlaridan,  piramida­
ning  oldingi  yuzasidan  va  chakka  suyagining  palla  qismidan  tuzilgan. 
Turk  egarining  old  tomonida joylashgan  ariqcha  ikkala  tomondan  ko'rish 
kanallariga  boradi.  Kallaning  o'rta  chuqurchasida  ko'z  kosasining  yuqori 
yoriqchasi,  dumaloq,  ovalsimon  yirtiqsimon  va  orqa  teshiklar joylashgan. 
O 'rta  chuqurchaning  orqa  chegarasi  piramidaning  yuqori  chekkasi  bilan 
turk  egarining  suyanchig'idan  hosil  bo'lgan.
Kallaning  orqa  chuqurchasi  yuqorida  qayd  qilingan  ikkala  chuqurcha- 
ga  nisbatan  chuqur  va  kengroq  bo'lib,  ensa  suyagi,  chakka  suyagi  pirami-
70-rasm .  Kalla  tubining  ichi.
/   -   xo'roz  tojisim on  qirra;  2   -  peshona  suyagi;  3 - k o ‘ruv  kanali; 
4 -
  turk  egari;  5 -  dum aloq  teshik;  6  -  ovalsim on  teshik;  7 -  orqadagi 
teshik; 
8
 -   «yirtiq»  teshik;  9 -   quloq  yo'Iining  ichkarigi  teshigi; 
10 -  
bo'yinturuq  teshik; 
11
  -  til  osti  nerv  kanali; 
12 -
 chakka  su yagin ing 
piramida  qism i; 
13
  -  ensa  suyagi; 
14
 -   ko'ndalang  egat; 
15
 -   sigm a- 
sim on  egat.
www.ziyouz.com kutubxonasi

dasining  orqa  yuzasi,  ponasimon  suyak  tanasining  orqa  bo'lagi  va  tepa 
suyakning  orqadagi  pastki  burchagidan  tashkil  topgan.  Orqa  chuqurchada 
katta  teshik,  til  osti  nervi  kanali,  buyinturuq  teshigi  va  piramidaning  orqa 
yuzasida  joylashgan  quloqning  ichki  teshiklari  ko'rinadi.
K A L L A   S U Y A K L A R I  O N T O G E N E Z I
Odam  kallasi  embrion  taraqqiyotining  boshlanish  davrida orqa torining 
yuqori  uchidan  rivojlanadi.  Bu  paytda  bosh  miya  mezenxima  pardasi 
bilan  o'ralib,  parda  kalla  yoki  biriktiruvchi  to'qimadan  tuzilgan  kallani 
paydo  qiladi.
Ona  qomidagi  hayotning  ikkinchi  oyida  mezenxima  pardasi  (hujayra­
lari)  tog'ay  to'qimaga  aylana  boshlaydi.  Tog'ay  to'qimaning  plastinkalari 
xordaning  oldingi  uchiga  yaqin  joyida  va  uning  ikkala  tomonidan  hosil 
bo'ladi.  Bular  asta-sekin  qo'shilib,  xordani  o'z  ichiga  oladi  va  kallaning 
tog'ay  negizini  vujudga  keltiradi.  Tog'ay  plastinkalarida  bosh  miya  ne- 
rvlarining  chiqib  ketishi  uchun  teshiklar  bo'ladi.  Tog'ay  kallaning  tubida 
takomillashadi,  kalla  qopqog'i  esa  faqat  biriktiruvchi  to'qima  pardasi 
bilan  qoplangan.
Taraqqiyotning  uchinchi  oyi  birinchi  yarmida  tog'ay  kalla  yaxshi  rivoj­
lanadi;  bu  vaqtda  hid  bilish  a’zosining  kapsulasi,  ko'rish  a’zolari  turadigan 
chuqurchalar,  eshitish  a’zolari  kapsulalari  va  ensa  sohalari  aniq  tafovut 
qilinadi.  Bular  hammasi  o'zaro  birlashib,  yaxlit  kallani  hosil  qiladi.  Kalla­
ning yuz qismi esa jabra yoki 5 juft visseral ravoqlardan rivojlanadi.  Ulardan 
birinchi  jufti  pastki  jag'  ravog'i  bo'lsa,  ikkinchisi  —  til  osti  ravoq'idir. 
Qolgan  uchinchi,  to'rtinchi  va  beshinchi  juftlari jabra  ravoqlari  nomi  bilan 
ataladi.
Pastki  jag'  ravog'idan  keyinchalik  yuqori  va  pastki  jag',  o'rta  quloq 
suyakchalari  (bolg'acha,  sandon,  uzangi)  rivojlanadi.  Til  osti  suyagi 
tanasining  bir  qismi  (kichik  shoxchalar  bilan)  uchinchi  visseral  ravoqdan, 
tanasining  qolgan  qismi  va  katta  shoxchalar,  to'rtinchi  hamda  beshinchi 
jabra  ravoqlaridan  hiqildoq  tog'aylari  (kallaga  aloqasi  yo'q)  rivojlanadi.
C H A Q A L O Q   K A L L A S I
Chaqaloq  kallasining  miya  bo'limi  yuz  bo'limiga  qaraganda  kattaroq 
bo'ladi.  Kalla  tubi  kalla  qopqog'iga  nisbatan  kechroq  rivojlanadi,  ko'z 
kosalari  kattaroq  bo'ladi.
Chaqaloqlarda  dastlab  suyaklanish  nuqtalari  bir-biridan  keng  birikti­
ruvchi  to'qima  plastinkalari  bilan  ajralgan  bo'lib,  uzoq  saqlanadi.  Suyak- 
langan  kalla  qopqog'ining  ushbu  sohalari  parda  bilan  qoplangan  va  su- 
yaklanmagan  bo'lib,  ko'pincha  choklar  o'zaro  kesishgan  qismlardagina 
kuzatiladi.  Kalla  qopqog'ining  ana  shunday  yumshoq  (suyaklanmagan)
www.ziyouz.com kutubxonasi

joylarini  liqildoq  deb  ataladi.  Chaqaloq  kallasida  (71-rasm)  quyidagi  li- 
qildoqlar  bo'ladi.
1.  Romb  shaklidagi  peshona liqildog'i  (uzunligi  3,5  sm  gacha,  ko'nda­
lang  o'lchami  taxminan  2,5  sm)  bola  ikki  yoshga  to'lganda  suyaklanib 
yopiladi.
2.  Uchburchak  shaklidagi  ensa 
liqildog'i  bolaning  ikki  oyligida 
bekilib  ketadi.
3.  Yon  liqildoqlar  to'rtta  bo'lib, 
kallaning  har  bir  yonida  bir juftdan 
uchraydi  va  bolaning  2— 3  oyligida 
suyaklanib  bitadi.
Chaqaloq  kallasida  hali  choklar 
bo'lmaydi.  Kalla  tubi  suyaklarida 
esa  tog'ay  plastinkalar  bo'ladi.
Chaynov  funksiyasi  chaqaloqlarda 
yaxshi  rivojlanmaganidan  jag'  su­
yaklari  unchalik  takomillashmagan, 
pastki jag'  esa  ikki  bo'lakdan  iborat 
bo'lib,  orasida  tog'ay  plastinkasi 
u c h ra y d i.  J a g '  s uya kl a r i ni ng 
alveolar  o'siqlari  bo'lmaydi.
Bola  kallasining  tug'ilgandan 
keyingi  rivoji  3  davrga  bo'linadi: 
bi r i nchi   o 's is h   d a v ri  — bola 
tug'ilgandan  keyin  yetti  yoshgacha 
bo'lib,  bu  davrda  kallaning  ensa 
qismi  o'sib  ketadi.  Ikkinchi  o'sish 
davri — yetti  yoshdan to  balog'atga yetguncha (14— 16 yoshgacha) davom 
etadi  va  kalla  bir  qadar  sekin  o'sadi.  Uchinchi  o'sish  davri  —   balog'atga 
yetgan  vaqtdan  gavdaning  umumiy  suyaklanish  davri  tamom  bo'lishiga- 
cha  (20—25  yoshgacha)  bo'lib,  bu  davrda  kallaning  old  qismi  juda  tez 
o'sadi.
Kalla  skeleti  organizmda  muhim  vazifani  bajaradigan  markaziy  nerv 
sistemasiga,  sezgi  a’zolariga,  ovqat  hazm  qilish  va  nafas  sistemasiga 
bog'liq  holda joylashgan.  Har  bir  individiumning  kalla  suyagi  sinchiklab 
tekshirilsa,  ularning  tuzilishida o'ziga xos  turli  xususiyatlar borligini  ko'ra­
miz.
Antropologiya  fani  kalla  skeleti  qopqog'ining  shakli  va  hajmiga  qarab 
uch  xil  kallani  ajratgan.
1) 
kalta  kalla  —  braxisefal;  2)  o'rtacha  kalla  —  mezosefal;  3)  uzun 
kalla  —  dolixosefal.
7 1 -rasm.  Chaqaloq  kallasi  skeleti. 
/ - t e p a   suyak;  2  -   en sa  liq ild o g 'i;  J -  
suyaklararo  parda; 
4
 -  en sa   su yagi;  5 -  
s o ‘rg‘ich sim on   liqildoq;  6 -   tangasim on 
chok;  7 -  quloq  parda  halqasi; 
8
 -   p on asi­
mon  liqildoq;  9 -p o n a s im o n   suyak  katta 
qanoti;  / 0 - peshona  suyagi;  / / - o l d i n g i  
liqildoq; 
12
  -  sagittal  chok.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Kalla  yuqorida  aytilganidek,  turli  shakldaligini,  ya’ni  hajmlari  bir  xil 
bo'lmasligini  hisobga  olib  chet el  olimlari  (kallaning  hajmiga qarab)  «oliy» 
va  «past»  turdagi  kallani  tafovut  qiladilar.  Bu  «nazariya»ga  qaraganda 
kalta  kallalik  odamlar  «past  irqqa  mansub»,  uzun  kallalik  odamlar  esa 
«oliy»  tabaqadagi  odamlar  hisoblanadi.
Kalla turlari  to'g'risidagi  «nazariya»ni  ikkinchi jahon  urushi boshlanishi 
oldidan  nemis  fashistlari  ham  keng  qo'llaganlar.  Ularning  soxta  «ilmiy» 
tushunchalariga  ko'ra  dolixosefal  kallalilar,  ya’ni  nemislar  biologik  bel­
gilari bilan  boshqa hamma millatlardan yuqori  turishi  va dunyoda hukmron 
bo'lmog'i  lozim  emish.  Lekin  odamlar  o'rtasidagi  irqiy  belgilarni  to'g'ri 
talqin etish  uchun:  avvalo  «irq»  bilan  «millat»  to'g'risidagi  tushunchaning 
farqini  aniqlab  olish  lozim.  Irq  ma’lum  bir  hududda  yashaydigan  bir 
turkum  odamlardagi  morfologik  belgilarning  nasldan  naslga  o'tishi 
natijasida kelib chiqqan  tabiiy-tarixiy kategoriya, tabaqa hisoblanadi.  Hozirgi 
zamon  odamlari  o'rtasidagi  irqlaming  turli  davrda  kelib  chiqishiga  qara- 
masdan  hamma  xalqlar  biologik,  morfologik  va  fiziologik  bir  xil  bab- 
baravar  o'smoqda.  Irqlaming  turli  davrda  kelib  chiqishi  ularning  yashab 
turgan  sharoitiga,  taraqqiyotiga  bog'liq  ekanligini  e’tiborga  olish  lozim, 
ammo  kun  sayin  xalqlarning  o'zaro  aloqalari  kengayib  borishi  turli  irq- 
larning  bir-biri  bilan  o'zaro  nikohlashuvi  va  aralashib  yashashi  irqiy 
farqlaming  asta-sekin  yo'qolib  borishiga  olib  keldi.  Shunday  qilib,  fan 
irqni  «oliy»  va  «past»  tabaqalarga  ajratadigan  hech  qanday  ilmiy  material 
yo'qligini  isbotlab  berdi.  Millat  —  ijtimoiy  kategoriya  (turkum)  urf- 
odatlar  birligi  majmuidir.  Shuning  uchun  biologik  alomatlarga  (irqqa) 
qarab siyosiy huquqni, ya’ni  ijtimoiy ustunlikni isbotlashga urinish haqiqatga 
to'g'ri  kelmaydi.  Buni  anatomiya  dalillari  bilan  osongina  isbotlash  qiyin 
emas.  Jumladan,  sobiq  ittifoq  va  chet  el  olimlarining  tekshirishlariga 
qaraganda,  uzun  kallali  odamlarni  hozirgi  hamma  irqlarda  uchratish 
mumkin.  Barcha  millatlar  orasida  turli  xil  (kalta,  uzun)  kallaning  bo'lishi 
ularning  o'zaro  yaqin  ekanligi,  hajmlarining  kelib  chiqishi  bir  xil,  ya’ni 
kromanyon  avlodidan  ekanligidan  dalolat beradi.  Bundan  tashqari,  hamma 
millat  orasida  ham  53—61  sm  diametrli  kallasi  bo'lgan  odamlar  borligini 
ko'rsatib o'tish  lozim.  Masalan,  dunyoga tanilgan  atoqli odamlar (Leybnits, 
Kant)ning  kallasi  ham  kichkina  (55  sm),  Dante  kallasining  uzunligi  esa 
atigi  54  sm  bo'lgan.
Kallaning  miya  bo'shlig'i  hajmi  odamning  evolutsion  o'sishi  davrida 
pitekantropdagi  900  sm3  dan  hozir  1500— 1600  sm3  gacha  o'sganligi 
ma’lum.
Hozirgi  davr  xalqlari  o'rtasida  ijtimoiy  va  madaniy  rivojlanishning 
turlicha  bo'lishi  biologik  (irqiy)  belgilarga  emas,  balki  ularning  ijtimoiy 
tuzumiga  taalluqlidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi

1.  B osh  skeleti  qaysi  qismlarga  bo'linadi?
2.  M iya  bo'lim i  qaysi  suyaklardan  iborat?
3.  B osh ning  yuz  qism iga  qaysi  suyaklar  kiradi?
4.  Kalla  suyagida  qaysi  a’zolar  joylashgan?
5.  Ensa  suyagining  tuzilishi.
6.  T epa  suyakning  tuzilishi.
7.  Peshona  suyagi  qism larining  anatomik  belgilari.
8.  Chakka  suyagi  qaysi  qismlardan  tashkil  topgan  va  ularning  tuzilishi.
9.  Chakka  suyagida  qaysi  a’zo   joylashgan?
10.  Ponasim on  suyak  qismlari.
11.  G 'alvirsim on  suyakning  tuzilishi.
12.  T epa  ja g '  suyagining  tuzilishi.
13.  Tepa ja g '  suyagining  havo  saqlanadigan  b o 'sh lig 'i  qaysi  bo'shliqqa  ochiladi  va 
uning  ahamiyati?
14.  Pastki  jag'  su yagin ing  tuzilishi.
15.  B osh  suyaklarining  qaysilarida  havo  saqlanadi  va  ularning  ahamiyati.
16.  B osh  suyaklari  o'zaro  qanday  birlashadi?
17.  Burun  b o 'sh lig 'in in g   tuzilishi.
18.  K o 'z  kosasi  tuzilishida  qaysi  suyaklar  qatnashadi?
19.  K o 'z  kosasida  qaysi  sezg i  a’zosi  joylashadi?
20.  O g 'iz   b o 'sh lig 'in in g   tuzilishi.
21.  Qattiq  tanglay  qaysi  suyaklardan  tuzilgan?
22.  B osh  skeleti  tubining  sirti  qanday  tuzilgan?
23.  Kalla  tubi  ichki  qism ining  tuzilishi.
24.  Chakka  va  chakka  osti  chuqurchalari  qanday  tuzilgan?
25.  Qanot  tanglay  chuqurchasining  tuzilishi.
26.  Chaqaloq  suyaklarining  tuzilishi.
27.  Liqildoq  b o'lishining  sababini  bilasizm i  va  ular  qaysi  yoshgacha  saqlanadi?
MUSKULLAR  HAQIDA  TA’LIMOT 
U M U M IY   M A ’L U M O T L A R
Odam  organizmida  uch  xil  muskul  mavjud:  1)  skelet  yoki  ixtiyoriy 
qisqaruvchan  muskullar nurlami  turlicha qabul  qilganidan ularning  tolalari 
mikroskop ostida ko'ndalang-targ'il  bo'lib  ko'rinadi.  Shuning  uchun  skelet 
muskullari  ko'ndalang-targ'il  muskullar  deb  ataladi;  2)  yurak  muskullari
— garchand  ko'ndalang-targ'il  muskullardan  tuzilgan  bo'lsa-da,  ixtiyorsiz 
qisqaradi;  3)  silliq  yoki  ixtiyorsiz  qisqaruvchi  muskullar  bo'lib,  ichki 
a’zolar  va  tomirlar  devorida  joylashgan.
Skelet  m uskullari  harakat  a ’zolari  sistem asi  orasida  o 'zin in g  
qisqaruvchan  xususiyati  bilan  muhim  vazifani  bajaradi.  Muskullar  nerv 
tolalari  orqali  markaziy  nerv  sistemasidan  keladigan  impulslar  ta’sirida 
qisqarganda  gavdada  turli  harakatlar  vujudga  keladi.  Odatda,  skelet  mus­
kullari  odam  ixtiyori  bilan  qisqaradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Skelet  muskullari  o'rta  yoshdagi  odamda  gavda  og'irligining  40%ini, 
yosh  organizmda  esa  20—25  %  ini  tashkil  etadi.  Sport  bilan  shug'ulla- 
nuvchilarda esa muskullaming  umumiy og'irligi gavdaga nisbatan 50%gacha 
yetadi.  Yosh  ulg'aygan  sari  muskullar  hajmi  va  og'irligi  asta-sekin  kamaya 
boradi.  Odam  gavdasida  600  ga  yaqin  skelet  muskullari  bor.
Muskullaming  rivojlanishi.  Gavda  muskullari  embrionning  orqa 
sohasida  joylashgan  mezodermaning  segmentar  qismi  —  somitlardan 
rivojlanadi.  Somitlar  esa  sklerotom  va  miotomga  bo'linadi.  Sklerotomdan 
umurtqa  pog'onasi  va  boshqa  suyaklar,  miotomdan  esa  muskullar 
rivojlanadi.
Orqa  miyada  segmentar joylashgan  miotomga  nerv  tolasi  o'sib  kiradi. 
Shuning  uchun  har  bir  miotomdan  rivojlangan  muskul  tananing  qaysi 
qismida joylashishidan  qat’i  nazar,  o'zining  xususiy  nerviga  ega  bo'ladi. 
Agar  bir  nechta  miotomdan  bitta  muskul  vujudga  kelsa,  u  holda  mazkur 
muskulning  tashkil  bo'lishida  qatnashgan  miotom  soniga  qarab  xuddi 
shuncha  nerv  tolasi  bo'ladi.
Muskullar  rivojlanish  davrida  o'zining  takomil  etgan  joyida  qolsa, 
bunday  muskullar  m a h a l l i y   m u s k u l l a r   deb  ataladi,  aksincha, 
muskullar  rivojlanish  davrida  bir  joydan  ikkinchi  joyga  (qo'l-oyoqqa) 
o'tib  ketsa,  ularni  t a n a d a n   q o c h u v c h i   m u s k u l l a r   deyiladi. 
Nihoyat,  uchinchi  guruh  muskullar  qo'l-oyoqda  rivojlansa-da,  taraqqiyot 
davrida  tanaga  o'tib  ketadi,  bunday  muskullar  t a n a g a   i n t i l u v c h i  
(trunkopetal) 
m u s k u l l a r   deyiladi.  Muskullar  rivojlangan  sohani 
ularga 
kelgan 
nervlardan 
bilish 
qiyin  emas.  Jumladan,  diafragma 
(qorin-ko'krak  to'sig'i)  bo'yin  qismida  takomil  etib,  keyin  pastga  qarab 
yo'nalgan.  Shuning  uchun  diafragma  nervlari  bo'yin  nerv  chigalidandir. 
Orqaning  keng  muskuli  qo'lning  yelka  qismida  rivojlanib,  tananing  orqa 
qismiga  ko'chgan.  Shuning  uchun  bu  muskul  yelka  nerv  chigali  hisobidan 
innervatsiya  qilinadi.
Muskullaming  tuzilishi.  Skelet  muskullari  ko'ndalang-targ'il  tolalar- 
dan  tuzilgan  bo'lib,  qisqarish  xususiyatiga  ega.  Har  bir  muskulning 
qisqaruvchi  qismi  —  tanasi  va  ikki  uchi,  ya’ni  boshlanish  va biriktiruvchi 
(pay)  qismlari  bor.  Bundan  tashqari,  uzun  muskullarda  boshi  va  dum 
qismi  ajratiladi.  Yassi  muskullar  (qorin  muskullari)ning  yassi  payi  (apo- 
nevrozi)  bo'ladi.
Muskul  tolalari  o'zaro  yumshoq  biriktiruvchi  to'qima  bilan  tutashgan 
bo'lib,  ustidan  biriktiruvchi  to'qimadan  tuzilgan  parda  (fassiya)  o'rab, 
ularning  alohida  qisqarishiga  yordam  beradi.  Fassiyalar  bir  muskulni 
ikkinchi  muskuldan  ajratib  turadi.  Fassiyalaming  boshqa  turi  ma’lum  bir 
guruh  muskullami  o'rab,  so'ngra  ichkariga  yo'naladi  va  suyakka  borib, 
fassiya to'sig'ini  hosil  qiladi.  Fassiyalar odatda qavatma-qavat muskullami 
o'rab  turadi.  Shu  boisdan  ulami  joylashgan  o'rniga  qarab  chuqur,  o'rta 
va  yuza  yoki  teri  osti  fassiyalariga  ajratiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Fassiyalar  amaliyotda juda  katta  ahamiyatga  ega.  Ular  oralig'ida  qon 
tomirlar va nerv  tolalari joylashgan  bo'lib,  yallig'lanish jarayonida vujudga 
kelgan  yiring  ham  fassiyalar  orasidan  tarqaladi.  Muskulning  pay  qismi 
yaltiroq  oq  yoki  sarg'ish  rangi  bilan  ajralib  turadi.  Muskul  odatda  suyak- 
larga  pay  yoki  aponevrozlar  yordamida  yopishadi.  Muskul  uzun,  qisqa, 
yassi  bo'lishi  mumkin.  Uzun  muskullar  aksari  qo'l  va  oyoqda,  yassi 
muskullar  esa  tananing  old  va  orqa  tomonida joylashgan.  Kalta  muskullar 
gavdaning  chuqur  qismida,  serbar  muskullar  esa  yuzada  joylashadi. 
Organizmda  ikki  boshli,  uch  boshli,  to'rt  boshli,  duksimon,  bir  va  ikki 
patli,  ikki  qorinli  va  boshqa  turdagi  muskullar  uchraydi  (72-rasm).  Muskul 
tolalari  yo'nalishiga  qarab  to'g'ri,  qiyshiq,  ko'ndalang  va  aylana  bo'ladi.
Har bir muskulning o'z qon 
tomiri  va  nervlari  bor.  Muskul 
tarkibida sezuvchi  nerv tolalari 
sezg ilarn i  m arkaziy  nerv 
sistemasiga  yo'naltirsa,  aksin­
cha,  markazdan  kelayotgan 
harakat  tolalarining  ta’sirida 
muskullar qisqaradi.  Simpatik 
tolalar yordamida esa  muskul­
lar  trofikasi  (moddalar  alma­
shinuvi)  amalga  oshadi.
Muskullar  fiziologiyasi.
Muskullar  ishi  ularning  qisqa- 
rishidir.  Muskullar qisqarganda 
bir  uchi  ikkinchi  uchiga yaqin- 
lashadi,  natijada gavdaning  ana 
shu  qismi  harakatga  keladi, 
ya’ni muskullar mexanik ish ba­
jaradi,  shuningdek,  ular  statik 
ish  ham  bajaradi,  ya’ni  muskullar  qisqarib,  gavdaning  ma’lum  vaziyatini 
saqlab  turadi.  Bunda  gavda  vaziyati  o'zgarmaydi.
Muskullaming  ish  bajarish  quvvati  uning  ko'ndalang  kesimi  o'lchovi- 
ga  bog'liq.  Jumladan,  1  sm2  ko'ndalang  kesimga  ega  bo'lgan  muskul 
o'rta  hisobda  10  kg  yuk  ko'tara  oladi.  Muskullaming  ish  bajarishida 
suyak  richaglari  katta  ahamiyatga  ega.
Odam  organizmida  ikki  yoki  bir  yelkali  richaglar  mavjud.  Ikki  yelkali 
yoki  muvozanat richagining tayanch  nuqtasi bo'lib,  ikki  tomondagi  yelkalar 
baravar  uzunlikda.  Masalan,  I  umurtqa  bilan  bosh  suyagi  orasidagi  hamda 
chanoq  bilan  umurtqa  orasidagi  bo'g'imlar.
Ikkinchi  xil  richag  yoki  bir  yelkali  richag  —  kuch  richagi  qarshi 
tayanch  nuqta  bilan  kuch  qo'yilgan  nuqta 
orasida  bo'ladi.  Masalan,
72-rasm .  M uskullar  shakli.
A -  duksim on  muskul; 
В
 -  bir  patli  m uskul; 
D - 
ikki  patli  muskul;  £  — ikki  qorinli  muskul.
www.ziyouz.com kutubxonasi

oyoq-kaft-boldir  suyaklari  bo'g'im i.  Bunda  odam  oyoq-kaft  suyaklari­
ning  boshchalariga tayanib,  boldiming orqa tomonida joylashgan  va  tovon 
do'mbog'iga  yopishgan  muskullar  yordamida  gavda  og'irligini  ko'taradi. 
Tirsak  bo'g'im i  ikkinchi  misol  bo'lib,  bunda  kuch  sarflash  nuqtasi  (bi- 
lakni  bukuvchi  muskullaming  yopishgan joyi)  tayanch  nuqtasidan  uzunroq 
bo'ladi.  Qarshilik  qiladigan  (og'irlik)  nuqta  esa  ancha  uzun  (kaftda).  Shu 
bois  ozgina  yukni  ko'tar ish  uchun  ko'p  kuch  sarf  qilinadi,  lekin  masofa­
dan  yutiladi.  Muskullaming  boshlanish  nuqtasi  bilan  birikish  nuqtasi  ora­
sida  joylashgan  bo'g'im   soniga  qarab,  bir  bo'g'imli,  ikki  bo'g'im li  va 
ko'p  bo'g'im li  muskullar  deb  ataladi.
Bir  xil  muskullar  qisqarib,  ikkinchi  tomonda  joylashgan  muskul- 
larga  qarama-qarshi  ish  bajarsa,  bunday  muskullar  zid  (antagonist) 
muskullar  deb  ataladi.  Masalan,  bilakni  bukuvchi  muskullar  yozuvchi 
muskullarga  nisbatan  antagonistdir.  Aksincha,  muskul  qisqarib  ikkinchi 
muskul  ishiga  yordam  bersa,  bunday  muskullami  hamkor  (sinergist) 
muskullar  deyiladi.
Muskullaming  ish bajarishida g'altaklar,  sinovial  xaltachalar,  pay qinlari 
va  sesamasimon  suyaklar  muhim  ahamiyatga  ega.
G'altak  suyaklarida  tog'aylardan  tuzilgan  do'nglar  bo'lib,  ulardan 
muskullar  payi  aylanib  o'tadi.  Shu  tariqa  muskullaming  qisqarish  kuchi 
oshadi.
Ichida  suyuqlik  saqlovchi  (sinovial)  xaltachalar  turlicha  bo'lib,  ular 
muskul  paylarining  suyaklarga  ishqalanadigan  joylarida  uchraydi  va 
paylarni  suyaklarga  ishqalanishdan  saqlab,  muskullaming  ish  qobiliya- 
tini  oshiradi.
Qo'l-oyoq  panjalarida  muskul  paylarini  o'rab  turadigan  silindr  shakli­
dagi  fibroz  qin  bo'lib,  ular  devori  ikki  qavatdan  tuzilgan.  Ichki  va  tashqi 
qavatlar  orasida  suyuqlik  bo'lganidan  muskul  paylari  qinning  ichki  devo­
ri  bilan  osongina  suriladi.  Natijada  muskul  paylari  siqilmasdan  bemalol 
ish  bajara  oladi.
Sesamasimon  suyaklar  muskul  payining  tagida  joylashadi  va  hara­
kat  effektini  oshiradi.  Eng  katta  sesamasimon  suyak  tizza  qopqog'i 
suyagidir.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling