O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


MODDALAR  VA  ENERGIYA  ALMASHINUVI


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43

MODDALAR  VA  ENERGIYA  ALMASHINUVI
Moddalar  almashinuvi  jarayoni  tirik  odamga  xos  xususiyat  bo'lib, 
organizm  tinmay  kislorod,  oqsillar,  yog'lar  va  uglevodlar,  vitaminlar, 
tuzlar  va  suv  qabul  qilishi  shart.  Qabul  qilingan  moddalar  tarkibiy  qismga 
aylanadi,  ya’ni  assimilatsiya  bo'ladi.  Assimilatsiya  jarayonida  vujudga 
kelgan  keraksiz  moddalar  (dissim ilatsiya)  organizmdan  tashqariga 
chiqiriladi.  Dissimilatsiya jarayonida  (oksidlanish)  1  g  yog'dan  9,3  kkal, 
1  g  oqsildan  4,1  kkal  va  1  g  uglevoddan  ham  4,1  kkal  issiqlik  ajraladi. 
Bunga  yonish  issiqligi  deb  ataladi.  Organizmda  hosil  bo'lgan  issiqlikning 
bu  qismi  to'qimalarning  ishlash jarayonida  ferment  va  gormon  ajralishiga 
sarflanadi.
Binobarin,  organizmdagi  assimilatsiya  va  dissimilatsiya  majmuasi 
moddalar  almashinuvi  hisoblanadi.
Asosiy  almashinuv.  Odamda  umumiy  almashinuv  asosiy  almashinuv 
bilan  ichki  qo'shimcha  almashinuvdan  iborat.  Asosiy  almashinuv  odam 
ovqat  yeganidan  12— 14  soat  o'tgach  (nahorda)  muskullami  bo'shashti- 
rib,  18—22°  С  li  xonada  harakatsiz  yotganda  bir  kecha-kunduzda  sarf 
bo'ladigan  energiya  bilan  o'lchanadi.
Ayni  vaqtda  asosiy  almashinuv  quvvati  odamda  o'rta  hisobda  1600 
kkal  ga  teng  bo'lib,  u  organizm  hayot  faoliyatiga,  uning  ishlashiga  va 
gavda  haroratining  bir  me’yorda  saqlanib  turishiga  sarf  qininadi.
Asosiy  almashinuv  kuchi  odamning  yoshiga,  bo'yiga,  gavda  vazni  va 
jinsiga  bog'liq.  Bo'yi,  vazni  teng  bo'lgan  erkaklarga  nisbatan  ayollarda 
asosiy  almashinuv  qariyb  10  foiz  kam  bo'ladi.  Bu  almashinuv  keksalik 
davrida  kamayadi,  bolalarda  esa  kattalarga  nisbatan  ko'proq 
bo'ladi. 
Asosiy  almashinuv  ba’zi  kasalliklarda  o'zgaradi,  shu  jumladan  gipofiz 
kasalligida  kamayib,  gavdani  yog'  bosadi,  qalqonsimon  bez  kasalligida 
aksincha,  150  foizga ko'payadi.  Shunda odam ovqat yegani  bilan ozaveradi.
Kasalxona sharoitida asosiy  almashinuvni aniqlash  uchun  Krog  usulidan 
foydalaniladi.  Jumladan,  odam  1  /  kislorod  sarflaganda,  4,8  kkal  issiqlik 
ajraladi.  Shundan  kelib  chiqib  kislorodning  kaloriya  koeffitsiyentini, 
bemoming  sarflagan  kislorod  hajmiga  ko'paytirib,  istagan  vaqtdagi  (bir 
minut,  bir  soat  va  h.k.)  energiya  sarfini  hisoblab  chiqish  oson.
Odam  tinch  holatdagiga  nisbatan  ishlagan  vaqtida  energiya  sarfi  (ish 
qo'shimchasi)  ortadi.  Muskullaming  ishlash qobiliyatiga qarab,  qo'shimcha 
ish 
ham  o'zgaradi.  Muskullar  zo'r  ishlaganda  qo'shimcha  ish  ham 
ko'payadi.  Aqliy  mehnatda esa energiya sarfi unchalik oshmaydi. Jumladan, 
jismoniy  mehnat  qilganda  va  sportchilarda  4000  —  7000  kkal  energiya 
sarflansa,  aqliy  mehnatda  atigi  3000  kkal  energiya  sarf  bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Moddalar almashinuvi.  Odam qabul qiladigan barcha moddalar moddalar 
kirimini  tashkil  qiladi.  Bu  moddalar organizmda parchalanib,  hujayralardagi 
dissimilatsiya  natijasida  hosil  bo'lgan  oxirgi  chiqindi  mahsulot  suv  va 
tuzlar  bilan  birga  (karbonat  angidrid  va  suv)  o'pka  orqali,  ko'pchiligi 
(mochevina,  azot  kislota  va  boshqalar)  buyrak  orqali  chiqib  ketadi. 
Organizmdan  chiqib ketadigan  moddalar — moddalar chiqimi  hisoblanadi. 
Shunday  qilib,  organizm  qabul  qilgan  moddalar bilan  undan  chiqib  ketgan 
moddalar  miqdoriga  nisbati  moddalar  almashinuvi  balansi  bo'ladi.  Orga­
nizmning  oziq  moddalarga  ehtiyojini  aniqlash  uchun  asosiy  almashinuvi 
o'rganiladi.  Bu  katta  ahamiyatga  ega  bo'lib,  odamlar  ishlayotganida,  dam 
olayotganida  va  bolalar  bog'chada  bo'lgan  vaqtida  ularga  zarur  bo'lgan 
mahsulotlarni  aniqlash  imkonini  beradi.  Moddalar  almashinuvi  yoshga  va 
organizmning  holatiga qarab  o'zgaradi.  Jumladan,  keksalarda uzoq  cho'zil- 
gan  kasallik  vaqtida  moddalar  almashinuvi  balansi  manfiy  bo'ladi.  Bu 
vaqtda  organizm  qabul  qilgan  ovqatga  nisbatan  ko'proq  moddalar  parcha- 
lanadi.  Katta  yoshli  odamlarda  moddalar  va  energiya  iste’moli  bilan  sarfi, 
gavda  og'irligi  uzoq  vaqt  bir  xil  saqlanadi.  Bola  o'sayotgan  davrda  gavda 
og'irligi  ortib borishi  sababli  moddalar almashinuvi  balansi  musbat bo'ladi.
OQSILLAR  ALMASHINUVI
Oqsillar  20  ta  turli  aminokislotalardan  tashkil  topgan  murakkab 
moddalardir.  Odatda,  oddiy  va  murakkab  oqsillar  tafovut  etiladi.  Oddiy 
oqsillar  faqat  aminokislotalardan  tuzilgan  bo'lsa,  murakkab  oqsillar  tarki­
bida  aminokislotalardan  tashqari  yog'lar,  uglevodlar  va  nuklein  kislotalar 
bo'ladi.  Aminokislotalar almashtirib bo'lmaydigan va almashtirsa bo'ladigan 
guruhlardan  iboratdir.  Almashtirib  bo'lmaydigan  o'nta  aminokislota  (ar- 
ginin,  leysin,  lizin,  triptofan  va  h.k.)  organizmda  sintezlanmaydi.  Shuning 
uchun  bunday  aminokislotalar  ovqat  tarkibida  bo'lishi  shart.  Almashtirsa 
bo'ladigan  o'nta  aminokislota  (glikokol,  alanin,  sistein  va  h.k.)  esa 
organizmda  sintezlanishi  mumkin.
Organizmda  barcha  aminokislotalar  muayyan  va  kerakli  miqdorda 
bo'lishi  lozim.  Organizmda  aminokislotalardan  biri  yetishmay  qolsa,  unda 
muayyan  oqsil  sintezlanmay  turli  kasalliklar  kelib  chiqadi.  Shuning  uchun 
organizmga  yetishmaydigan  aminokislotalarni  ovqat  bilan  iste’mol  qilin- 
sa,  organizm  normal  holda  o'sadi.  G o'sht,  tuxum  va  sut  tarkibida 
aminokislotalarga boy  oqsillar bo'lib,  o'simliklar tarkibida esa ular  kamroq 
bo'ladi.  Oqsillar  hujayralaming  tarkibiy  qismi  bo'lib,  odatda,  ulardagi 
kimyoviy  reaksiyalami  tezlashtirishda muhim vazifani bajaradi,  organizmda 
esa  ko'pchilik  funksiyalami  ta’minlashda  faol  qatnashadi.  Jumladan  qon 
gemoglobin  oqsili  0 2  va  C 0 2  larni  tashisa,  fibrinogen  qonni  ivitadi. 
Nukleoproteidlar  irsiy  belgilarning  nasldan-naslga  o'tishida  qatnashadi.
Bir  kecha-kunduz  ovqat  iste’mol  qilmagan  odamda  o'rtacha  20— 30  g 
oqsil  parchalanib,  undan  o'rtacha 3,7  g  azot ajraladi.  Oqsilli  ovqat iste’mol
www.ziyouz.com kutubxonasi

qiladigan  odamlarda  esa  azot  miqdori  birmuncha  oshiq  (100  g  oqsilda 
16  g  azot)  bo'ladi.  Oqsil  yog'lar  va  uglevodlarga  o'xshab  organizmda 
zaxira  bo'lib  to'planmaydi,  balki  organizmga  qancha  oqsil  kirsa,  shuncha 
parchalanadi, o'zlashtirilmay qolgan  oqsillar qismi esa axlat bilan tashqariga 
chiqib  ketadi.  Shuning  uchun  organizm  qabul  qilgan  oqsil  bilan  sarflangan 
oqsil  miqdorini  aniqlash  orqali  organizmning  oqsillarga  bo'lgan  ehtiyojini 
bilish mumkin.  Bulardan tashqari, organizmda parchalangan oqsil  miqdorini 
siydik  tarkibidagi  azot  miqdoriga  qarab  aniqlanadi.  Odatda,  6,25  g  oqsil 
tarkibida  1  g  azot  bo'ladi.  Buning  uchun  siydik  tarkibidagi  azot  miqdori­
ni  6,25  ga  ko'paytirilsa,  organizmda  sarf  bo'lgan  oqsil  miqdori  kelib 
chiqadi.  Organizmda o'zlashtirilgan  oqsil  miqdori  parchalangan  oqsil  miq­
doriga  teng  bo'lsa,  normal  holat  yoki  azot  muvozanati  hisoblanadi.  Azot 
muvozanati  uchun  organizmda  o'rtacha  60— 70  g  oqsil  bo'lishi  lozim. 
Lekin  bunday  holat  odamning  ish  faoliyatini  ta’minlay  olmaydi.  Binoba­
rin,  odamga  bir  kecha-kunduzda  o'rtacha  100  g  oqsil  kerak  bo'ladi. 
Normal  oqsil  almashinuvi  muvozanatini  ovqatdagi  azot  miqdoridan  na- 
jasdagi  azot  miqdori  olib  tashlangandan  so'ng  qolgan  azot  siydikdagi  azot 
miqdoriga  teng  bo'lishi  bilan  aniqlanadi.
Oqsilga bo'lgan ehtiyoj  emadigan bolalarda  1  kilogramm  gavda og'irli- 
giga  3,0— 3,5  g,  8— 10  yashar  bolalarda  2,3  g  bo'lsa,  katta  yoshli  odam­
larda  1,5  g.  Oqsilga  bo'lgan  ehtiyoj  kasbga  qarab  o'zgaradi.  Homilador­
lik  davrida,  og'ir  kasallikdan  tuzala  boshlagan  vaqtda  esa  oshib  boradi.
O q s i l l a r   a l m a s h i n u v i n i n g   b u z i l i s h i .   Kasallikda  oqsil 
sintezi  va  parchalanishi  o'zgarib,  sog'lom  organizmga  xos  bo'lmagan 
yangi  oqsillar  paydo  bo'ladi.  Oqsillar  almashinuvidagi  o'zgarishlami  azot 
balansini  o'rganish  yo'li  bilan  aniqlash  mumkin.  Buni  organizmga  ovqat 
bilan  kirgan  va  chiqqan  azot  miqdorini  solishtirish  orqali  aniqlanadi. 
Odatda,  normal  odamda  organizmga  kirgan  va  chiqqan  azot  miqdori 
(azot  muvozanati)  bir  xil.  Ko'p  kasalliklarda  (isitma,  qon  yo'qotish,  xavfli 
o'smalar  va  turli  zaharlanishlarda)  esa  azot  miqdorini  organizm  vaqtincha 
kamaytirib,  yo'qotgan  azot  o'mini  to'ldiradi  va  azot  muvozanati  vujud­
ga  keladi.  Qondagi  qoldiq  azotni  o'rganib,  uning  muvozanatini  aniqlash 
mumkin.  Qoldiq  azot  mochevinadan  tashqari  siydik  kislotasi,  kreatinlarda 
ham  bo'ladi.  Oqsillar  almashinuvining  buzilishi  to'qimalar  va  ular  hujay­
ralarining  struktur  o'zgarishi  (oqsilli  distrofiya)ga  olib  keladi.  Oqsilli 
distrofiyalar  turlicha  bo'ladi.
Hujayra  disproteinozlari,  ya’ni  hujayralardagi  oqsilning  normaga 
nisbatan  morfologik  va  fizik-kimyoviy  tuzilishi  o'zgargan  bo'ladi.  Bular 
donali  va  gidrolik  distrofiyalardir.
Donali  distrofiyada  hujayralar  bo'kkan  ko'rinishda  bo'lib,  protoplaz- 
masida  qo'pol  donalar  paydo  bo'ladi.  Mitoxondriyalarda  esa  bo'kish  va 
vakuolizatsiyalar  kuzatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Donali  distrofiyalar  buyrakning  spiralsimon  kanalchalarida,  jigar 
hujayralari  va yurak  muskullarida uchraydi.  Bunda a’zolar hajmi kattalashib, 
bo‘shashgan  bo'ladi.  Kesmasi  kulrangnamo,  bo'kkan  ko'rinishda  bo'ladi. 
Donali  distrofiya  oksidlanish  jarayonining  susayishi  orqali  karbonat  va 
sut  kislotalarining  to'planishi  hamda  kislorod  almashinuvining  buzilishi 
oqibatida  paydo  bo'ladi.
Donali distrofiya yurak muskullarining  qisqarish qobiliyatini pasaytiradi, 
parenximatoz  a’zolar  funksiyasini  susaytiradi,  buyrakning  siydik  ajratish 
jarayonini  buzib,  siydikda  oqsil  paydo  qiladi.  Donali  distrofiyada  a’zolar 
normal  holga  keladi,  ba’zida  esa  hujayralar  halok  bo'lib,  a’zolar  faoliyati 
og'ir  buziladi.
Gidrolik  distrofiya  turli  intoksikatsiyalar,  yuqumli  kasalliklar,  a’zolar 
shishida  oqsil  hamda  suv  almashinuvining  buzilishi  orqali  paydo  bo'ladi. 
Bunda  hujayra  protoplazmasida  oqsillar  konsentratsiyasiga  bog'liq  bo- 
simning  o'zgarishi  suv  tutuvchi  vakuollarni  paydo  qiladi.  Gidrolik 
distrofiyada  ko'pincha  hujayralar  halok  bo'ladi.
UGLEVODLAR  ALMASHINUVI
Uglevodlar  oddiy  va  murakkab  bo'ladi.  Oddiy  uglevodlar  monosaxa- 
ridlar:  glukoza,  fruktoza, galaktozalar bo'lib,  suvda oson eriydi  va ichakdan 
tezda  shimilib,  qonga  o'tadi.  Murakkab  uglevodlar  (disaxarid  va  polisa- 
xaridlar),  asosan,  ovqatlar  tarkibida  bo'ladi.  Sut,  lavlagi,  solod  qandi 
kabilar  disaxaridlar  bo'lib,  suvda  oson  erisa  ham  deyarli  so'rilmaydi. 
Glikogen  va  kraxmallar  polisaxaridlar  bo'lib,  suvda  eriydi  va  so'rilmaydi. 
Polisaxaridlar  ichakda  disaxaridlarga,  so'ngra  monosaxaridlarga  parcha- 
lanadi.
Uglevodlar  organizmga  non,  sabzavot  va  mevalar  bilan  kiradi. 
Organizmdagi  ortiqcha  uglevodlar  yog'larga  aylanib,  teri  ostida,  charvida 
va  boshqa joylarda  to'planadi.  Qonda  uglevodlar  o'rtacha  80— 120  mg% 
miqdordagi  glukoza  holatida  bo'ladi,  ortiqchasi  esa  muskullarda,  jigarda 
glikogen  holatida  saqlanib,  organizmga  kerak  bo'lgan  vaqtda  (och  ishla- 
ganda)  glikogen  parchalanib,  glukozaga  aylanib  qonga  shimilib,  undagi 
glukoza  miqdorini  bir  me’yorda  saqlaydi.  Agar  qonda  glukoza  miqdori 
80 mg%  dan  kamaysa,  gipoglikemiya deyiladi.  Bunda nerv  hujayralarining 
funksional  holati  buziladi.  Odam  darmoni  qurib,  ochlikni  sezadi.  Uzoq 
davom  etgan  gipoglikemiya  odam  o'limiga  sabab  bo'ladi.  Odam  ko'proq 
shirinlik  qabul  qilgan 
vaqtda  qonda  glukoza  miqdori  120  mg%  dan 
oshib,  giperglikemiya  kuzatiladi.  Qondagi  ortiqcha  glukoza  buyraklar 
orqali  siydik  bilan  ajraladi.  Glukozaning  siydik  bilan  chiqishi  surunkasiga 
davom  etsa,  unda  diabet  (qand  kasalligi)  paydo  bo'ladi.  Odatda,  ichakdan 
so'rilgan  glukoza  me’da  osti  bezining  insulin  gormoni  ta’sirida  gliko­
genga  aylanib,  jigarda  to'planadi.  Agar  insulin  ajralish  vaqti  kechiksa
www.ziyouz.com kutubxonasi

yoki  uning  miqdori  kamaysa,  qondagi  glukozaning  glikogenga  aylanish 
jarayoni  buzilib,  glukoza  siydik  orqali  tashqariga  chiqadi.  Natijada 
zaxiradagi  glikogen  organizmda  normadan  asta-sekin  kamayadi.  Shuning 
uchun  qand  kasalligida  organizmdagi  glikogen  miqdorini  bir  me’yorda 
saqlash  uchun  insulin  ukol  qilinadi.  Organizmdagi  glukoza  va  glikogen 
miqdorini  hamda  ularning  parchalanish  jarayonlarini  nerv  sistemasi 
boshqaradi.  Simpatik  nerv  sistemasi  ta’sirida  adrenalin  gormoni  (buyrak 
usti  bezining  miya  qavatidan)  ko‘p  ajralib  (insulinga  qarama-qarshi  ta’sir 
ko'rsatib),  glikogenning  glukozaga  aylanishini  va  ulaming  hujayralarda 
parchalanishini  tezlatadi.  Adrenalin  gormonidan  tashqari  qalqonsimon  bez, 
miyaning  pastki  ortig'i  (gipofiz)  gormonlari  ham  uglevodlar  almashinu- 
vida  qatnashadi.
Y O G 'L A R   (L IP ID L A R )  A L M A S H IN U V I
Yog'lar  organizmda  energiya  rolini  bajaradi  va  energetik  mablag' 
tariqasida  ishtirok  etadi.  1  g  yog'  oksidlanib,  uglevod  oqsilining  1  g 
oksidlanishiga nisbatan 2,0— 2,2  barobar ortiq  (9,3  kkal)  issiqlik chiqaradi. 
Lipidlar  glitserin  bilan  yog'  kislotalaridan  tashkil  topgan  neytral  yog'lar- 
dan  iborat  murakkab  organik  moddalar  va  fizik-kimyoviy  xossalari  bilan 
shu  moddalarga  yaqin  turadigan  lipoidlar  (litsetin  va  xolesterin)  dir. 
Lipoidlar tarkibiga ko'p atomli  spirtlar,  fosfat kislotalar va azotli birikmalar 
ham  kiradi.  Lipidlar  almashinuvi  oqsillar  va  uglevodlar  almashinuvi  bilan 
bog'liq.  Jumladan,  oqsillar  bilan  uglevodlaming  ortiqchasi  organizmda 
yog'larga  aylanadi.
Yog'laming  ortiqchasi  esa  gavda  og'irligining  10%  dan  30%  gacha 
(moddalar  almashinuvi  buzilganda  bundan  ham  oshadi)  zaxira  yog'  sifa­
tida  saqlanadi.  Yog'lar  almashinuvi  jarayoni  nerv  sistemasi  va  ichki 
sekretsiya  bezlari  (miyaning  pastki  ortig'i,  buyrak  usti,  qalqonsimon  bez, 
jinsiy  bezlar  gormonlari)  tomonidan  idora  qilinadi.
Yog'  miqdorining  buzilishi  ko'pincha  yetarli  ovqatlanmaslik,  me’da 
osti  bezi,  jigaming  o 't  ajratish  faoliyati  buzilishi  orqali  ingichka  ichakda 
yog'  so'rilishi  xususiyatining  pasayishi  natijasida  paydo  bo'ladi.
Odam  yetarli  ovqatlanmaganida  yoki  organizm  haddan  tashqari  ko'p 
energiya  sarflaganda  depodagi  yog'lar  sarflanadi.  Odam  qoq  suyak  bo'lib 
ozib  ketganda  ham  organizmdagi  yog'  butunlay  sarflanmaydi.  Ba’zi 
kasalliklarda  moddalar  almashinuvining  kuchayishi,  qalqonsimon  bez 
giperfunksiyasi  ham  yog'laming  parchalanish  jarayonini  kuchaytiradi.
Odamning  ovqat  bilan  ko'p  miqdorda  yog'  iste’mol  qilishi  qonda 
yog'ning  ko'payib  ketishi  (giperlipemiya)ga olib  keladi.  Natijada yog'ning 
qondan  to'qimaga  o'tishi  sustlashadi.
To'qimada  yog'  miqdorining  buzilishi  yog'  deposi  (to'planadigan joy- 
lari)da  uning  miqdorining  kamayishi  (yog'  distrofiyasi)  yoki  ko'payishi-
www.ziyouz.com kutubxonasi

ga  sabab  bo'ladi.  Yog'  miqdorining  mahalliy  ko'payishi  odatda  a’zo  yoki 
to'qima  atrofida  sodir  bo'ladi.  Odatda,  ko'p  ovqat  iste’mol  qilinib,  kam 
energiya  sarflash,  ovqatdan  oldin  ichimlik  (ishtahani  ochish  uchun)  ichish 
umumiy  semirishga,  ya’ni  yog'  depolarida  yog'ning  ko'proq  to'planishi- 
ga  olib  keladi.  Bulardan  tashqari,  ichki  sekretsiya  bezlari  (jinsiy  bezlar, 
gipofiz  va  qalqonsimon  bezlar)  funksiyasining  izdan  chiqishi  ham 
yog'larning  to'planishiga  sabab  bo'ladi.
Yurakni  yog'  bosganda,  yog'  faqat  a’zolaming  atrofidagina  emas, 
uning  muskul  tolasi  oralig'ida  ham  to'planadi.
Yog'  distrofiyasi  yurak  muskuli,  jigar,  buyraklar,  kamroq  boshqa 
a’zolarda  kuzatiladi.  Yog'  to'planishining  boshlanishida  jigar,  buyrak 
funksiyalari  saqlansa-da,  keyinchalik  buzilishi  natijasida  ularning  hajmlari 
kattalashadi.
Organizmda  yog'  distrofiyasi  ko'proq  alkogolizmda,  yuqumli  kasal- 
liklarda,  zaharli  moddalar  ta’sirida,  gipoksiyada  kuzatiladi.  Y og' 
distrofiyasida  a’zolar  funksiyasi  buziladi.  Xolesterin  almashinuvining 
buzilishi  yog'  almashinuvining  buzilishi  bilan  bog'liq  bo'lib,  qon  tomirlar 
devorida  xolesterin  to'planib,  biriktiruvchi  to'qimalar  rivojlanadi.  Natija­
da  qon  tomirlar  devori  qalinlashib  (ateroskleroz),  qon  aylanishi  buziladi. 
Xolesterin  miqdorining  organizmda  ko'payishiga  uni  ko'plab  ovqat  bilan 
(xolesterin  tuxum  sarig'i,  jigar  va  go'shtda  ko'proq  bo'ladi)  iste’mol 
qilish  sabab  bo'ladi.
SU V   V A   M IN E R A L   T U Z L A R   A L M A S H IN U V I
Odam  organizmining  2/3  qismini  suv  tashkil  qiladi.  Suv  hujayralararo 
bo'shliqlarda,  hujayralaming  tarkibiy  qismida  bo'ladi,  shuningdek  qon  va 
limfaning  suyuq  qismini  tashkil  etadi.  Suv  organizmda  moddalaming 
parchalanishi  (oksidlanish)  jarayonida  hosil  bo'ladi.  Bulardan  tashqari, 
suv  organizmga  qabul  qilingan  suyuqliklar  va  ovqatlar  orqali  ham  kiradi. 
Shu  bilan  birga  organizmdan  bir  kecha-kunduzda  o'rtacha  1,5— 2,0  / 
suyuqlik  (buyrak  orqali  500— 800  ml,  nafas  yo'lidan  chiqarilgan  havo 
bilan  500—600 ml,  ter bilan  500— 600  ml)  tashqariga chiqadi.  Organizmda 
suv  va  mineral  tuzlar  hamisha  bir  xilda  bo'lishi  zarur,  chunki  u 
organizmdagi  ko'pchilik  moddalaming erishi  uchun keraklidir.  Organizmda 
suv  miqdori  kamaysa,  qon  suyuqlashadi,  yurak  urishi  tezlashadi,  og'iz 
quriydi.  Chidab  bo'lmas  darajada  chanqash  kuzatiladi.  Odam  suyuqlikni 
kam  qabul  qilsa,  to'qimalar  hujayrasidagi  suyuq  muhit  yangilanmaydi. 
Natijada  moddalar  almashinuvida  hosil  bo'lgan  chiqindilar tashqariga  chi- 
qarilmaydi, organizm zaharlanib o'ladi.  Aksincha,  to'qimalarda suv  to'plan- 
sa,  shish  paydo  bo'ladi.  Bunda  to'qimalar  hajmi  kattalashib  bo'shashadi. 
Barmoq  bilan  bosilganda  hosil  bo'lgan  chuqurcha  uzoq  saqlanadi.  Shish- 
gan to'qima hujayralari  oralig'idagi  suyuqliklar ular oralig'ini kattalashtiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Shu  bilan  birga organizm  bo‘shliqlarida  ham  suyuqlik  to'planishi  (istisqo) 
kuzatiladi.  To'qima  va  organizm  bo'shliqlarida  suyuqlik  to'planishiga 
transsudat  deyiladi.  Suyuqlikning  to'plangan  joyiga  qarab  turlicha  nom 
bilan  ataladi:  qorin  bo'shlig'ida  suyuqlik  to'plansa,  istisqo  —  assit,  plevra 
bo'shlig'idagini  —   gidrotoraks,  yurak  parda  bo'shlig'idagini  —  gidrope- 
rikard,  miya  bo'shlig'i  oralig'idagini  —  gidrosefaliya  va  tuxumning  qin 
parda bo'shlig'idagini gidrosele deb ataladi.  Shishlar va istisqolar ko'pincha 
yurak  faoliyatining  susayishi,  qon  aylanishining  sekinlashishi  va  venoz 
kapillyarlardagi  bosimning  ortishi  tufayli  paydo  bo'ladi.  O 'ta  ochlik, 
og'ir  kasalliklar,  buyraklar  faoliyatining  buzilishi,  zaharli  moddalar 
ta’siri  va  turli  shikastlanishlar  ham  shishlar  paydo  bo'lishiga  olib 
keladi.  Odatda,  organizmga  suv  va  ovqatlar  bilan  15  ga  yaqin  turli 
kimyoviy  elementlar  kiradi.  Jumladan:  osh  tuzi  —  10  g,  kaliy  —  1  g, 
magniy  1,5  g,  fosfor  —  0,8  g,  temir  —  0,001  g,  kalsiy  —  0,012  g  va 
juda  kam  miqdorda  mis  (0,0003  g),  marganes  va  yod  (0,0003  g)  va 
boshqalar.  Bu  elementlar  turli  to'qimalarda  turlicha  tarqalgan.  Masalan, 
qon  gemoglobinida  temir,  suyaklar  tarkibida  kalsiy  va  fosfor,  qalqon­
simon  bez  hujayralarida  yod  ko'proq  bo'ladi.  Organizmda  kimyoviy 
elem entlar  miqdori  doimo  bir  xil  bo 'lish i  kerak.  Shuning  uchun 
organizmga qancha  miqdorda  mineral  moddalar kirsa,  shuncha  miqdorda 
tashqariga  chiqib  turadi.  Organizmdagi  suyuqlik  tarkibida  0,9— 1,0% 
osh  tuzi  eritmasi  bo'lib,  ular  ko'p  miqdorda  hazm  shiralari  ishlab 
chiqarilishiga  ta’sir  qiladi.  Q o'zg'alish,  tormozlanish  va  muskullarning 
qisqarishida  muhim  rol  o'ynaydi.  Mineral  moddalar  almashinuvining 
buzilishi  k o 'p ro q   qalqonsim on  bez  orqa  tanalari  funksiyasining 
o'zgarishida  kuzatiladi.
Osh  tuzi  organizmdagi  osmatik  bosimni  bir  xilda  saqlab  turadi. 
Surunkasiga  ovqat  tarkibida  osh  tuzi  bo'lmasa,  bu  odamni  o'limga  olib 
keladi.  Organizmdagi  osh  tuzi  miqdorini  bir me’yorda  saqlashda buyraklar 
muhim  rol  o'ynaydi.  Yuqorida keltirilgan  elementlardan  tashqari,  organizm 
juda  kam  miqdorda  zarur  bo'lgan  elementlar  (bularga  mikroelementlar 
deyiladi)  ham  qabul  qiladi.  Anemiya  bo'lmaslik  uchun  kobalt  (vitamin 
B |2  tarkibida  bo'ladi),  tishlarning  mustahkamligini  saqlash  uchun  ftor  va 
qonda  karbonat  angidrid  gazini  biriktirish  uchun  rux  (karboangidraza 
fermenti  tarkibida  bo'ladi)  qabul  qilinadi.
Ovqat  miqdori  va  tarkibi  odam  ehtiyojini  qondirishi,  salomatligi  va 
ish qobiliyatini  saqlashi,  bolalarning to'g'ri o'sishini  ta’minlaydigan  bo'lishi 
kerak.  Jumladan,  jismoniy  mehnat  bilan  shug'ullanmaydigan  odamlarga 
bir  kecha-kunduzda  o'rtacha  3000  kkal  kerak  bo'lib,  buning  uchun  100  g 
oqsil,  90  g  yog'  va  400  g  uglevod,  mineral  tuzlar,  vitaminlar,  osh  tuzi  va 
suv  qabul  qilish  kerak.  Jismoniy  mehnat  qilganda  iste’mol  qilinadigan 
ovqat  tarkibida  oqsil,  yog',  uglevod  va  boshqalar  ko'proq  bo'lishi  zarur. 
Bordi-yu,  ovqat  tarkibida  (ishlovchilarda)  oqsil  200  g  dan,  yog'  esa  150
www.ziyouz.com kutubxonasi

g  dan  oshib  ketsa,  ovqat  hazm  bo'lishi  buziladi.  Og'ir  jismoniy  ish  ja­
rayonida  esa  uglevodlar  miqdorini  oshirish,  aksincha  ozish  uchun  uning 
miqdorini  kamaytirish  tavsiya  etiladi.
IS SIQ L IK N IN G   ID O R A   E T IL ISH I
Organizmda  moddalar  almashinuvi  jarayonida  issiqlik  ajraladi.  Uning 
bir  qismi  tashqi  muhitga  chiqadi.  Organizmda  issiqlik  —  harorat  bir 
me’yorda  saqlanishi  uchun  odam  tanasidagi  issiqlik  bilan  tashqariga 
ajraladigan  issiqlik  teng  bo'lib  turishi  kerak.  Odamda  asosiy  issiqlik  mus­
kullar  qisqarishidan  hosil  bo'lib,  faol  ishlagan  vaqtda  issiqlik  ajralishi 
ko'payadi.  Issiqlik  muskullardan  tashqari,  ichki  a’zolarda (ko'proq jigarda) 
moddalar  almashinuvi  jarayonida  ham  hosil  bo'ladi.  Odam  issiqlikni  teri, 
o'pka  orqali  va  siydik,  axlat  bilan  birga  tashqariga  chiqaradi.  Atrof-muhit 
harorati  o'zgarib  turishiga  qaramasdan,  organizm  o'z  haroratini  nerv  va 
qon  orqali  doimiy  bir  me’yorda  saqlab  turadi.  Jumladan,  atrof-muhitda 
harorat ko'tarilganda terida joylashgan nerv oxirlari (retseptorlar) qo'zg'alib, 
bosh  miyadagi  haroratni  boshqaruvchi  markazga  boradi,  undan  harakat 
nervlari  orqali  muskullarga,  so'ng  teriga  keladi.  Muskullar  bo'shashadi, 
moddalar  almashinuvi  jarayoni  pasayadi,  teri  qon  tomirlari  kengayib, 
issiqlik  ajratadi,  hatto  teridan  ter  chiqib,  badanni  sovitib  turadi.  Aksincha, 
atrof-muhit  harorati  pasayganda  retseptorlar  ta’sirida  muskullar  qisqara­
di,  teri  qon  tomirlari  torayadi,  tonus  oshib,  «titrash»  paydo  bo'ladi,  mod­
dalar  almashinuvi  jarayoni  tezlashadi.  Natijada  teridan  issiqlik  kamroq 
ajralib,  gavdada  ko'proq  issiqlik  saqlanadi.  Organizmda  harorat  bir  xilda 
saqlanishi  uchun  ichki  sekretsiya  bezlari  faol  qatnashadi.  Odam  harorati 
o'rtacha  36— 37°  gacha  (qo'ltiqdan o'lchanadi)  bo'lib,  bir kecha-kunduzda 
1°  atrofida  o'zgarib  turadi.  Chaqaloqlarda  haroratni  to 'g 'ri  ichakdan 
o'lchanadi.  Odam  organizmida  harorat  ko'tarilgan  vaqtda  yurak  urishi 
tezlashadi,  qon  bosimi  oshib,  bosh  og'riydi.  Odam  harorati  39— 40°  dan 
yuqori  ko'tarilganda  alahsiraydi,  harorati  43°  bo'lganda  moddalar 
almashinuvi  jarayoni  buzilib,  o'lib  qoladi.
Odam  harakatsiz  paytida  gavda  haroratini  saqlash  uchun  bir  kecha- 
kunduzda  o'rtacha  2000  kaloriya  yetarli  bo'lsa,  mehnat  qilganda,  yugur- 
ganda  issiqlikka  bo'lgan  ehtiyoj  ortadi.  Kerakli  issiqlik  moddalar 
almashinuvining  kuchayishi  tufayli  ta’minlanadi.  Termoregulatsiya  nerv 
sistemasi  va  endokrin  bezlar  (qalqonsimon  bez,  buyrak  usti  bezlari,  gipo- 
fiz)  ishtirokida  bajariladi.
Organizmning  issiqlik regulatsiyasi  sovqotganda yoki  isitmada buziladi.
S o v q o t i s h .   Gavda haroratining pasayishi  (gipotermiya) organizmga 
past  harorat  ta’sir  qilganda  kuzatiladi.  Tashqi  muhit  harorati  odam 
haroratidan  10— 15°C  kamayganda  sovqotish  seziladi.
Zax  havoda organizmdan  issiqlik ajralishi  kuchayib, odam  tez sovqotadi. 
Qariyalar  va  yosh  bolalar  sovuqqa  sezgir  bo'ladilar.  Ochlik,  kasal  bo'lgan
www.ziyouz.com kutubxonasi

vaqtda qon aylanishi  pasayadi,  yengil kiyingan va harakatsiz turgan  odamlar 
atrof-muhit  harorati  pasayishidan  kuchli  ta’sirlanadilar.  Sovqotish  odam 
gavdasining  periferik  tomirlari  torayib,  issiqlik  berishning  kamayishidan 
boshlanadi.  Ayni  vaqtda  organizmda  issiqlik  hosil  bo'lishi  kuchayadi. 
Bunga  qon  bosimining  ko'tarilishi  va  muskullarda  issiqlik  hosil  bo'lishini 
kuchaytiradigan  qaltirash  yordam  beradi.  Odam  uzoq  vaqt  sovqotganda 
uning  issiqlik  yo'qotishi  kuchayadi,  kislorod  ko'plab  sarflanib,  kislorod 
tanqisligi  paydo  bo'ladi.  Markaziy  nerv  sistemasi  tormozlanadi.  Periferik 
tomirlar  kengayib,  issiqlik  berish  kuchayadi,  gavda  harorati  esa  asta- 
sekin  pasayadi.  Bu  holatda  moddalar  almashinuvi  sustlashib,  qon  bosimi 
pasayadi.  Funksiyalar zaiflashib,  odam  o'zini  charchagan  sezadi.  Sovqotish 
davom  etib,  gavda  harorati  23—24°C  gacha  pasaysa,  nafas  olish  to'xtab, 
o'lim  sodir  bo'ladi.
Q i z i s h   odam  uzoq  vaqt  yuqori  harorat  ta’sirida  bo'lganda  (saraton- 
da  va  issiq  sexlarda  ishlaganda,  jismoniy  mehnat  qilganda)  ro'y  beradi. 
Bundan tashqari, qizish bulutli  issiq kunlarda,  nam havoda (shamol esganda) 
ham  kuzatiladi.  Aksincha,  kuchli  terlaganda  odam  50—60°C  issiqlikka 
ham  chidashi  mumkin.  Lekin  ko'p  terlaganda  ter  bilan  ko'plab  tuz  yo'qo- 
tadi.  Bu  esa  qonda  tuz  kamayishiga,  noxush  holatlarga  sabab  bo'ladi.
Qizish  moddalar  almashinuvining  kuchayishi  va  gavda  haroratining 
ko'tarilishi bilan  boshlanadi.  Keyinchalik reflekslar yo'qolib, yurak  faoliyati 
susayib,  talvasa  tutadi.
I s s i q   u r i s h i  qizishning  birdan  boshlanish  turidir.  Bunda  odam 
kuchli  hansiraydi,  yurak  tez  uradi,  qayt  qilib,  talvasa  tutadi,  oxiri  hushdan 
ketadi.  Issiq  urishida  organizmning  issiqlik  ajratishi  qiyinlashib,  gavda 
harorati  42— 48°C  gacha  ko'tariladi.  Issiq  urishi  ko'pincha  o'lim   bilan 
tugaydi.
O f t o b   u r i s h i  
quyosh  nurlaii  bosliga  kuchli  ta’sir  etganda  ro'y 
beradi.  Bunda bosh  qizib,  miya  tomirlari  kengayib,  qon  aylanishi  buziladi. 
Natijada,  miyada  va  uning  pardalarida  nuqtasimon  qon  quyilishlar  paydo 
bo'ladi.  Bosh miya kuchli  qo'zg'alib,  odam ruhiyatida o'zgarish kuzatiladi, 
talvasa  tutadi.
I s i t m a .  Ko'pchilik,  ayniqsa  yuqumli  kasalliklarda  gavda  harorati­
ning  ko'tarilishi  kuzatiladi.  Bunga  isitma  deyiladi.
Isitmada moddalar almashinuvi,  yurak-tomir va nafas  sistemasi  faoliyati 
buziladi.
Bunda atrof-muhit harorati qanday bo'lishidan qat’i nazar, gavda harorati 
bir  xil  saqlanadi.  Masalan,  ich  terlama  kasalligi  kuchaygan  paytda  gavda 
harorati  40°C  dan  tushmaydi.  Isitma  ko'pincha  nerv  va  endokrin 
sistemalarining  buzilishiga  bog'liq  bo'lib,  odam  qizish  va  sovishga  moyil 
bo'ladi.
Isitma  aksariyat  yuqumli  kasalliklarda  mikroblarning  toksinlari  va 
to'qimalarning parchalanish  mahsulotlari  ta’sirida yuzaga chiqadi.  Bulardan
www.ziyouz.com kutubxonasi

tashqari,  organizmga yot oqsillar tushganda,  bosh miya  lat yeganda,  yiringli 
yaralarda  va  ba’zi  dorilar  ta’sirida  ham  isitma  kuzatiladi.
Isitmada  organizmda  issiqlik  hosil  bo'lishi  kuchayib,  issiqlik  berish 
esa  kamayadi.  Isitma  sabablari  bartaraf  qilinmaguncha  organizm  normal 
holatga  qaytmaydi.  Isitmada  uch  bosqich  tafovut  qilinadi.
1.  Haroratning  ko'tarilish  bosqichi  qisqa  (2— 3  kun)  bo'lib,  terining 
qon  tomirlari  qisqarib,  issiqlik  ishlash  kuchayadi,  issiqlik  chiqarish  esa 
kamayib,  organizmda  issiqlik  to'planadi,  gavda  isib  ketadi.  Tomirlaming 
qisqarishi  bemomi  qaltiratadi.  Qaltirash  kuchaygan  sari  muskullar  titraydi.
2.  Ikkinchi  bosqichda  harorat  ko'tarilishi  turg'un  bo'ladi.  Issiqlik  hosil 
bo'lishi bilan  issiqlik berish  baravarlashadi. Moddalar almashinuvi kuchayib, 
siydik  bilan  chiqadigan  azot  (oqsilning  parchalanish  mahsuloti)  ko'payib, 
bemor  ahvoli  og'irlashadi.
Suv  va  tuzning  organizmda  ko'plab  tutilishi  natijasida  siydik  kam 
ajraladi.
3.  Uchinchi  bosqichda  harorat  pasayib,  qon  tomirlar  kengayadi,  issiq­
lik berish asta-sekin  kuchayadi.  Lekin bemor gavdasining harorati  normadan 
past  bo'lsa-da,  go'yo  issiqlik  (subyektiv)  bordek  his  qiladi.
Odatda,  harorat  turli  kasalliklarda  turlicha  bo'ladi.  Jumladan,  o'pka 
shamollashi  kasalliklarida doimiy turdagi  isitma kuzatiladi.  Bunda ertalabki 
harorat  bilan  kechqurungi  haroratning  farqi  ko'pincha  1°C  ga  tengligi 
kuzatiladi.
Sepsis  (qonga  yiring  tarqalgan)da,  o'pka  silida  ertalabki  harorat  bilan 
kechqurungi  haroratning  farqi  3—4°  С  bo'ladi.  Bunday  haroratga 
remittirlanuvchi  isitma  deyiladi.
Intermittirlanuvchi  (o'zgaruvchan)  isitmada  isitmasiz  davr  bilan  isitmali 
davr  (bezgakda)  almashib  turadi.  Qaytalanuvchi  isitmada  harorat  5— 8 
kun  saqlanib,  normal  holat  bilan  almashinib  boradi.  Bunday  isitma 
qaytalanuvchi  terlama  kasalligida  kuzatiladi.
Subferbil  haroratda  haroratning  bir  daraja  ko'tarilishi  uzoq  muddat 
(sil  va endokrin,  surunkali  yallig'lanish  kasalliklarida)  davom etadi.  Isitma 
paytida  ichki  a’zolarda  bir  qadar o'zgarishlar  bo'lishi  mumkin.  Jumladan, 
odam  harorati  ko'tarilgan  sari  nafas  olish  kuchayadi.  Yurak  urishi  ritmi 
(taxikardiya)  tezlashadi.  Haroratning  har  bir  daraja  ko'tarilishi  yurakning 
urish  sur’atini  bir  minutda  10  tagacha  ko'paytiradi.  Masalan,  37°C  da  bir 
minutda  yurak  70  marta  qisqarsa,  38°C  da  urish  minutiga  80  taga  yetadi 
va  h.k.
Isitma  paytida  bosh  o g 'riyd i,  k o 'zga  har  xil  narsalar  ko 'rin ib 
(gallusianatsiya),  bemor  alahsiraydi.  Harorat  ko'tarilganda  so'lak  ajralishi 
kamayib,  og'iz quriydi.  Me’da,  me’da osti bezi  shiralari  kamayadi.  Natijada 
ovqat  hazmi  buzilib,  gaz  to'planadi.  Ich  qotishi  yoki  ketishi  kuzatiladi. 
Isitma boshlanishida  siydik  ko'p  ajralib,  harorat ko'tarilgan  sari  kamayadi. 
Siydikda  oqsillaming  to'la  parchalanmagan  mahsulotlari  paydo  bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Bulaming  hammasi  organizmning  isitmaga  moslashish,  kasalliklarga 
qarshi  kurashish  reaksiyasi  hisoblanadi.  Shuning  uchun  isitma  ko'pchilik 
hollarda organizm  uchun foydalidir.  Gavda harorati  organizmning reaktivlik 
darajasini  ko'rsatadi.  Davomli  isitma  esa,  aksincha,  organizmga  salbiy 
ta’sir  qiladi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling