O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


C++ tilidagi belgili o'zgarmas qiymat bitta belgi bo'lishi kerak va u bittalik qo'shtirnoq ichiga olinishi kerak


Download 6.49 Mb.
bet139/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

C++ tilidagi belgili o'zgarmas qiymat bitta belgi bo'lishi kerak va u bittalik qo'shtirnoq ichiga olinishi kerak.
Belgili o'zgarmas qiymatlar uchun o'zining char ma‘lumotlar turi bordir, u C++ tilidagi belgilar uchun ma‘lumotlar turi hisoblanadi. Doimiy bittalik harf- raqamli belgining qiymati shu belgining kompyuterni belgilar to'plamining raqamli qiymati hisoblanadi. Misol uchun, ‘A‘ qiymati - 65 (ASCII dagi qiymati ‘A‘) bo'ladi, ‘a‘ qiymati esa - 97 va ‘0‘ qiymati 48 ga teng bo'ladi. Multibelgili o'zgarmas qiymatlar uchun int turi bordir, bu C++ tilidagi butun sonli qiymatlar uchun ma‘lumotlar turi hamdir. Mul‘tibelgili o'zgarmas qiymatning qiymati bajarilish jarayonida o'zgaradi.
Chapga og'gan chiziqli belgili o'zgarmas qiymatlar. Bajarilish vaqtida bu o'zgarmas qiymatlar interpretatsiya qilinadi. Bu belgilarning qiymatlari bajarilish vaqtida aniqlanadi.
C++ tili ba‘zi bir belgilarni, masalan, qatorni o'tkazish, formatni, qo'yilmani o'tkazish va h.k., bajarish belgilarini, ya‘ni chop etilmaydigan yoki ekranga chiqarilmaydigan belgilarni ishlatadi.
Bu belgilarning har birida yagona bitta aniqlangan qiymat bordir, u bittalik harf- raqamli belgiga taqdim etilishi mumkin. Har bir qaytarish (tashlab yuborish) belgisi, shu belgi bilan birga yuradigan chapga og'gan chiziq (\) bilan belgilanadi, lekin ikkala holatda ham bitta harf-raqamli belgi kabi talqin qilinadi. 12.3-jadvalda qaytarish belgilaridan ba‘zilarini ko'rsatilgan.
Agar belgi chiqarish operatorida chapga og'gan chiziqdan (\) keyin
jaylashtirilgan bo'lsa, aynan shu belgi chiqishda paydo bo'ladi.
Misol uchun, cout<<‘\J‘; yozuvi natijasida displeyga J belgisi chiqadi.
Bu erda cout identifikatori (“ko'rilgan” kabi e’lon qilingan ) C++ tilida chiqarashning (ekranga) standart oqimi uchun ishlatiladigan oldindan aniqlanadigan obyekt hisoblanadi.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling