O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet156/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Ilmiy tajriba o'tkazish. Muammolarni hal etish alternativ variantlarni sinab ko'rish va tajribada tekshirish ma’qul bo'lgan menejment vaziyatlari ko'p uchraydi. Albatta, rahbarlarning yangi mahsulotga, awaldan uning ko‘zlaganday ishlashi va iste‘molchilar tomonidan qabul qilin ishini tajribada aniqlamasdan, millionlab dollarlarni tikishi noto‘g‘ri bo'ladi. Real hayotda muayyan tajribalar o'tkazish mumkin va shart.
«Boing» firmasi yangi samolyotni, «Nissan» yangi avtomobilni, «IBM» yangi kompyuterni loyihalashtirayotganda ular har doim namuna ishlab chiqib, uni real sharoitda tekshiradi va undan keyin- gina keng ko'lamli ishlab chiqarishni boshlaydi. Lekin, bunday ko'rinishdagi to'g'ridan-to'g'ri tajriba o'tkazish qimmat bo'lib, vaqt talab qiladi. Tasavvur qiling, agarda «Jeneral Elektrik» firmasi firma muhandislari tomonidan faqat potensial takomillashtirishlar deb o'ylab topgan mingta qismlarni ishlab chiqarib, sinab ko'rsa, avtomobii qanday qiymatga ega bo'lar va undagi yangiliklar qancha kam bo'lar edi. Bunday holatda modellar yordam beradi.
Qaror qabul qilish kerak bo'lgan, lekin real hayotda tajriba o'gkazish mumkin bo'lmagan behisob tang vaziyatlar mavjud.
Masalan, «Folksvagen» firmasi AQShda ishlab chiqaruvchi korxona qurishga qaror qilganda, unga yetarli ish kuchi, ma‘qul bo'ladigan soliq solish shartlari, mavjud va zarur materiallarni olishda va tayyor avtomobillarni yuklab jo'natishda iqtisodiy jihatdan qulay joyni tanlashiga to'g'ri keldi. Unga «Rebbit» modelining ko'p minglab qismlarini yig'ish navbatini aniqlash, zavodning o'zi qay bir qismlarni ishlab chiqarishi, qay birini esa sotib olishi mumkin- ligini bilib olish, har bir qismning zarur zaxira darajasini belgilash- ga to'g'ri keldi. Ma‘lumki, firma bu muammolarni tajriba sifatida har bir imkoni bor joyda bir necha loyihalar bo'yicha zavod qurib hal qila olmasdi.

    1. Menejmentning mazmuni va vazifalari

Kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarish, menejment tizimlari va uni tuzishning tashkiliy shakllari, iqtisodiy mexanizmi va menejment uslublari, menejment texnika va texnologiyasining nazariy va uslubiy asoslarini o'rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, menejment tizimiga ta‘sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o'zini tutish hollarini umumlashtiradi, iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o'rganadi. Menejment nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko'rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida, boshqaruvning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o'rganadi.
Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: iqtisodiyotni bozor munosabatlariga
o'tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar
ma’naviy darajalarini o'stirish va boshqalarga qaratilgandir.
Uning nazariy tomonlarining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • menejmentning nazariy asoslarini o'rganish;

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida menejmentning asosiy usullarini o'rganish va amaliyotga tatbiq etish;

  • menejment faoliyati sohasida kasbiy mahorat bilimlarini egallash;

  • menejment tamoyillari, funksiyalari haqida tushuncha berish;

  • menejment jarayonida kommunikatsiyalar va ulardan foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish;

  • rahbarlik faoliyati bo'yicha kasbiy mahorat uslubi va madaniyati haqida bilim berish;

  • O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida menejment tizimini o'rganish va tahlil qilish;

  • xorijiy tajribalarni o'rganish, ulami taqqoslash asosida o'qitish, o'rgatish va b.

Menejment nazariyasi fani o'zining maqsad, vazifa, funksiyalari- dan kelib chiqib, boshqa umumiqtisodiy, gumanitar, tabiiy, matematik fanlar bilan uzviy bog'liqlikda rivojlanadi. Fanning uslubiy asosini iqtisodiy nazariya, menejment, bozor nazariyasi fanlari belgilaydi. Bundan tashqari, sotsiologiya, psixologiya, personalni boshqarish, ekonometrika, tarmoq iqtisodiyoti kabi fanlar bilan aloqadordir. Chunki menejment asosan kishilarni, jamiyatni boshqarish bo'lganligi uchun, mehnatni tashkil etish, ishchi o'rinlarini, shart- sharoitlarini yaratish, belgilangan vazifalar bajarilishi yuzasidan nazorat qilish, faoliyat natijalarini baholashda samaradorlik ko'rsatkichlarini qo'llash, qolaversa, menejmentda rahbarning psixologiyasi, madaniyati o'ziga xos uslubga ega bo'lishini taqozo etish va ularni o'rganish menejment nazariyasi fanining yuqorida ta‘kidlangan fanlar bilan bog'liqlikda, birgalikda rivojlanishiga asos bo'ladi.

    1. Menejmentning funksiyalari va ularning tasnifi

Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida ifodalanadi. Menejment vazifalari deganda boshqaruv bo'yicha ma‘lum masalalarni hal etishga qaratilgan harakat yig'indisi tushuniladi.
Menejment vazifalari, avvalo, boshqariluvchi obyektning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos ravishda quyidagilarni aks ettiruvchi vazifalar mavjud bo'ladi:

  • iqtisodiyotning tarmoq tarkibini;

  • uning hududiy tarkibini;

  • ishlab chiqarishning alohida unsurlarini.

Milliy xo'jalikning tarmoq tarkibi menejment oldiga moddiy ishlab chiqarishni boshqarish va nomoddiy ishlab chiqarishni boshqarish kabi vazifa qo'yadi. Birinchi soha tarkibida ishlab chiqarish va muomala sohalarini boshqarishni ajratadilar. Ishlab chiqarish sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini boshqarish, qurilishni, tansport, aloqani boshqarish
vazifalari; muomala sohasini boshqarish vazifalariga - savdoni, moliya, moddiy- texnikaviy ta‘minot, madaniyat, ta‘lim sohalarini boshqarishni qam- rab oladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidagi menejment vazifalari kiradi. Ishlab chiqarishning boshlang'ich bo'g'ini - korxonani boshqarish muhim vazifadir. Menejment vazifalari boshqaruv tashkilotlari, bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini belgilab beradi.
Menejment jarayonini bajariladigan vazifalar bo'yicha tahlil etish har bir vazifada ish hajmi, boshqaruvchi xodimlar sonini aniqlash, va nihoyat, boshqaruv apparati tarkibini loyihalash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq vazifalari ajratiladi. Asosiy vazifalar har bir korxona va boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: a) marketing; b) biznes-reja; c) tartibga solish; d) tashkil etish;
e)rag'batlantirish; g) nazorat va hisob; h) undash; i) rejalashtirish.
Marketing - korxonani iste’molchi bilan bozor orqali bog'lovchi eng muhim bozor munosabatlari va axborot oqimlari to'plamidir. Marketing tarkibiga: bozorni o'rganish, iste’molchilar buyurtmalariga ko'ra tovarlar turlarini rejalashtirish,
tovarlarni bozorga chiqarish, reklama, tovar va xizmatlami ishlab chiqarishdan
iste’molchiga yetka zish bilan bog'liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Bozor u yoki bu tovarga bo'lgan talabni lakmus qog'ozi singari aks ettiradi. Bozor taklif etilgan tovarni yo qabul etadi, yoki inkor qiladi.
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotni boshqarish marketingni ishlab chiqarish siklining so'nggida emas, boshida boiishini taqozo etadi, chunki boshqaruv qarorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridorlarning mavjud va istiqboldagi ehtiyojlari yotadi. Agar markazlashgan, ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruvda bozorga ishlab chiqarishning oxirgi nuqtasi sifatida qaralgan bo'lsa, bozor iqtisodiyotiga o'tilishi bilan bozor talablari ishlab chiqarish bosqichining boshidayoq hisobga olinishi zarur. Bozor ishlab chiqarish ko'lamini belgilovchi, butun menejment jarayoniga ta‘sir etuvchi kuchga aylanadi.
Biznes-reja ijodiy loyihalashtirish, istiqbolni belgilashdir. Biznes-
rejalarda iqtisodiy strategiya belgilanadi, kelajakda rivojlanish yo'llari va vositalari aniqlanadi, tarkibiy siyosat, ijtimoiy rivojlanish miqyoslari belgilanadi.
Tashkil etish boshqariluvchi tizimning texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa kichik tizimlarni tartibga solish jarayonidir. Tashkil etish maqbul tuzilmalar tashkil etish, tizim tarkibiy qismlari o'rtasidagi qismlari to'g'risida qoidalarni yaratishi, lavozim majburiyatlari, barqaror iqtisodiy normativlarni belgilashni qamrab oladi.
Tartibga solish (koordinatsiya qilish) - bu menejmentning barcha boshqa vazifalari uning texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy masalalarini, hamda boshqaruvchi tizimidagi turli-tuman aloqalarni muvofiqlashtirish jarayonidir. Bu o'zaro uzviylikni o'rnatish, belgilangan me’yor va normativlardan
cheklanishlarning oldini olishdir. Rag'batlantirish manfaatlarni va keng demokratlashtirish, inson omili faolligini oshirish asosida manfaatlar
vositasida boshqarishdir. Nazorat va hisob - boshqariladigan tizim ma‘lum
maqsadga erishishga qaratilgan inson faoliyatining sabablari va mexanizmini o'rganadi. Undash kishilar faolligi bilan ular ega bo'lgan tajribaning moslashishi natijasida shaxsiy va guruhiy extyojlarni qondirishga
qaratilgandir. Menejmentning aniq maxsus vazifalari menejment mehnati taqsimoti natijasi bo'Iib, aniq mazmunga egadir. Korxona miqyosida boshqaruvning quyidagi maxsus vazifalarini ko'rsatish mumkin:

  1. asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;

  2. yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;

  1. mahsulot sifatini boshqarish;

  2. mehnat va ish haqini boshqarish;

  3. kadrlar, ta‘minot, moliya va kredit, jamoa ijtimoiy rivojlanishini boshqarish;

  4. marketingni boshqarish.

Menejmentning har bir sohasi maxsus tizim jihatidan majmua bo'Iib, o'z tarkibida menejmentning umumiy vazifalarini qamrab oladi. Masalan, ishlab chiqarishni ilmiy-texnikaviy jihozlashni boshqarish vazifasi tarkibiga reja, tashkil etish, tartibga solish, rag'batlantirish, nazorat kiradi. Barcha vazifalar bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Menejment vazifalarining tarkibi va mazmunini aniqlashga yetarli darajada e‘tibor bermaslik boshqaruv ta‘sirining bo'shashib ketishiga sabab bo'ladi. Menejment va uning vazifalari samarador- ligi kishilarning mehnat intizomi, tashabbuskorlik va omilkorlik, yangilikka intilish va tashkilotchilik qobiliyati bilan uzviy bog'liqdir.
14.5. Menejment jarayonini axborot bilan ta‘minlash
Axborot atamasi lotincha so'z bo'lib, xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo'lish ma‘nosini bildiradi. Axborot menejment tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta‘sir etish uchun zarur ma‘lumotlar yig'indisidan iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega bo'lmay boshqaruvni tashkil etish mumkin emas.
Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo'jalik faoliyati to'g'risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, menejmentni yanada takomillashtirish maqsadida ko'rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot menejment tizimida alohida bo'g'in bo'lib hisoblanadi. Unga qator o'ziga xos xususiyatlar mansub bo'lib, ular axborot boshqaruvining barcha bo'g'inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog'liqdir.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling