O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
yilgacha bo'lgan infratuzilma
Download 6.49 Mb.
|
word uchun Iqtisodiyotda AKT
2013 yilgacha bo'lgan infratuzilma
rasm. 2013-yilga qadar davlat soliq xizmati organlarining axborot resurs bazalarining hududlar bo'yicha taqsimlanishi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan 2013-yilda ishga tushirilgan yagona integratsiyalashgan axborot resurs bazasining asosiy maqsadi, hududiy davlat soliq inspektsiyalaridagi ma‘lumotlar bazalarini bir joyga jamlash, dasturiy majmualar yordamida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining o'z vazifalarini samarali va tezkor amalga oshirishini ta‘minlash, soliq xizmati idoralari o'rtasida ortiqcha elektron ayirboshlash almashuvini qisqartirish, ma‘lumotlar bazasini samarali boshqarish tizimini yaratishga qaratildi. Yagona integratsiyalashgan axborot-resurs bazasining ishga tushirilish samarasida Davlat soliq qo'mitasi tomonidan Yagona integratsiyalashgan axborot resurs bazasining ishga tushirilishi natijasida: Soliq va boshqa majburiy to'lovlarning markazlashtirilgan tartibda hisobini yuritish tizimi joriy qilindi; Turli shakldagi tezkor va tahliliy hisobotlarni shakllantirish imkoniyatlari yaratildi; Soliq to'lovchilarga keng ko'lamli zamonaviy interaktiv xizmatlar ko'rsatish yo'lga qo'yildi; Axborot xavfsizligi ta‘minlanish darajasi oshirildi; Tashqi manba ma‘lumotlari asosida qo'shimcha soliq obyektlarini hisobga olinishi natijasida byudjetga tushumlar miqdori oshdi; Quyi davlat soliq xizmati organlari faoliyati ustidan nazorat qilishning samarali mexanizmlari yo'lga qo'yildi (16.8-rasm). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-йил 14-martdagi —O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining ma’lumotlarni qayta ishlash va soliqqa oid axborotlarni saqlash Markazini tashkil etish choralari haqida”gi 3808-sonli Farmoyishiga asosan, Davlat soliq qo'mitasi zimmasiga —Ma‘lumotlarni qayta ishlash va soliqqa oid axborotlarni saqlash Markazini tashkil etish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatildi. 2013 yiklan boshlab yangi infratuzihna 16.8-rasm. Davlat Soliq 2013-yilga qadar davlat soliq xizmati organlarining axborot resurs bazalarining hududlar bo'yicha taqsimlanishi Soliq va boshqa majburiy to'lovlar tushumini hisobga olish hamda nazorat qilish darajasini oshirishga, soliq tushumlarining qo'shimcha manbalarini aniqlash va soliq to'lashdan bo'yin tovlashning oldini olishga, shuningdek soliq to'lovchilar uchun ko'rsatilayotgan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish hamda sifatini oshirishga yo'naltirilgan davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi —O'zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1843-sonli qarori qabul qilindi. Download 6.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling