O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet163/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Tayanch iboralari: Soliq mohiyati, soliq tizimi, soliq xizmati, interfaol xizmarlar.

    1. Soliqlarning mohiyati va ahamiyati

Soliqlar - jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari hamda mulklaridan ma‘lum (qonunda belgilangan) bir qismini davlatning moliyaviy imkoniyatini ta’minlash maqsadida majburiylik, qaytarmaslik, davlat majburiyatini qo'llashlik asosida byudjetga o'tkazishning birdan bir qonuniy usulidir.
Soliq solish munosabatlari hamma vaqt umummilliy siyosat bilan mustahkam bog'liqdir. Shu sababli soliq solish muammosini ikki jihatdan ajratib ko'rsatish mumkin. Bular umuman mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan belgilanadigan tashqi jihat hamda ijtimoiy soliq tizimi rivojlanishi qonuniyatla ri bilan belgilanadigan ichki jihatdan iboratdir. Bu ikki jihatning o'zaro aloqasini bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonlari boshlangan dastlabki davrdan boshlab kuzatish mumkin. Bu esa ikki bosqichni o'z ichiga oladi:
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirib borish: mulkchilikning yangi shakllari qaror topishi, xo'jalik yuritishning ilg'or usullarini qaror toptirish, mehnat va investitsiya bozorlarini tashkil etish va boshqalar. Soliq solishning yangi turlari paydo bo'lishi, ularning stavkalarini o'zgarib turishi, soliq solish tartibini o'zgarishi va boshqalar tegishlicha ushbu bosqichga javob beradi 16.1-rasmda soliqlarning belgilari va vazifalari berilgan. Korxonalardan undiriladigan soliqlar va fuqarolardan undiriladigan daromad soliqi haqida qabul qilingan qarorlar yangi soliq tizimi qaror topishiga asos soldi. Ularda shuningdek korxonalarning foydasini mulkchilik shaklidan qat'iy nazar taqsimlashning yagona usuliga o'tish, soliqlar solinadigan minimumni oshirish, turli darajalardagi byudjetlarga soliq tizimini chegaralash kabi prinsipial qoidalar ham o'z asosini topgan. Bu bilan xo'jalik yuritish erkinligi shart-sharoitlari soddalashtirilgan, idoraviy zo'ravonlikka barham berilgan, korxonalarning davlat bilan o'zaro munosabatlari huquqiy asoslangan, mablag'lardan foydalanishdagi cheklashlar olib tashlangan, soliq yukini daromad oluvchilarning ayrim toifalari o'rtasida taqsimlash


Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling