O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Ko'rsatkichlar bo'yicha ma‘lumotlar banki (KMB)


Download 6.49 Mb.
bet160/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Ko'rsatkichlar bo'yicha ma‘lumotlar banki (KMB) dasturiy, texnologik, tashkiliy vositalar yig'indisi ko'rinishida amalga oshirilgan va statistika-ning turli sohalari bo'yicha ma’lumotlar bazalari, ularning majmualarini yaratish uchun foydalaniladi. KMB mahalliy hisoblash tarmoqlari va masofadan kirish usulida ishlashda ma‘lumotlarni ishlab chiqish va taqdim etishning rivojlangan vositalariga ega.
Tayyor hujjatlar banki (THB) ba‘zi aхborotlar va jadvalli statistik matеriallarga ega ma‘lumotlarning hujjatli grafik bazalarini yaratish uchun
qo'llaniladi. THB turli obyektlar uchun ma’lumotlar bazalariga kirishni ta’minlovchi telekommunikatsion vositalarning keng servisli salohiyatidan iborat bo'ladi.
KMB va THB dasturiy majmualari Excel paketi interfeysiga ega, buning natijasida ularning o'zaro birga bo'lishligi ta’minlanadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ma’lumotlaridan foydalanish xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.
Ko'rsatkichlar bo'yicha ma’lumotlar banki. KMBda axborotlarni saqlash birligi quyidagi uch tarkibiy qismlar bilan belgilanadigan miqdordan iborat bo'ladi:

  • ko'rsatkich va uning alomati bilan;

  • kuzatish obyekti bilan;

  • tadqiq qilinayotgan obyekt bo'yicha hisobotning davriyligi bilan.

KMB yordamida ishlab chiqilgan statistik ma’lumotlar bazalari statistikaning sohaviy boshqarmalari mutaxassislaridan iborat, ular uchun axborot usulida (iqtisodchining AIJda) ishlashi bo'yicha xizmat imkoniyatlarining keng majmuasi beradi. KMB yordamida hujjat va boshqaruv respublika idoralari hamda boshqa tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish ta’minlanadi: dialog usulida so'rovlar bajariladi va ma’lumotlar to'plamlari shakllantiriladi, buning uchun eksport vazifalari va eng ko'p tarqatilgan ADPning formatlaridan foydalaniladi (Lotus, Excel, Word va boshqalar).
KMB Davlat statistika qo'mitasining HMda sanoat foydalanishida bo'lib, uning xizmatidan sohaviy boshqaruv xodimlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining mutaxassislari va boshqalar foydalanadi.
KMB dasturiy majmuasi yordamida respublika darajasida quyidagi ma’lumotlar bazalari yaratiladi:

  • statistik ma’lumotlarning ko'p sohali tezkor bazasi, ular o'z ichiga yuzlab ko'rsatkichlarni, ma’lumotlar bazalarining o'nlab bo'limlarini oladi. Ma’lumotlar bazasiga keyingi ikki joriy yil va o'tgan yillar statistik hisobotlarining ko'rsatkichlari kiritilgan, o'tgan yillar uchun ma’lumotlar arxivga joylashtiriladi;

  • to'plamlarni chiqarish va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash bo'yicha tartibga soluvchi ishlarni tayyorlash uchun foydalaniladigan sohaviy MB (sanoat, moliya, savdo, tashqi iqtisodiy aloqalar);

  • muammoli-mo'ljallangan MB (umuman O'zbekiston va viloyatlar bo'yicha iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ta’riflovchi oylar bo'yicha indikatorlar).

KMB muhitida ma’lumotlar bazasi Davlat statistka qo'mitasining LHT o'rnatilgan, shu bois unda boshqaruv mutaxassislari KMB bilan LHT ishchi
stantsiyasi yordamida ishlash imkoniyatiga ega. Tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish masofadan turgan usulda statistikaning elektron pochtasi vositalarini qo'llash orqali bajariladigan, ular bir vaqtning o'zida elektron pochta хizmatlari va «on-line» usulida ma‘lumotlar bazasi bilan ishlashni ta‘minlaydi.
KMB muhitida ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash Davlat statistka qo'mitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan MB dasturiy muhitida axborot tizimlari faoliyat yuritishining tartibi asosida amalga oshiriladi, u vazifalarni Davlat statistka qo'mitasi bo'limlari va HM bo'limlari o'rtasida taqsimlanishini ta‘minlaydi.
Respublika darajasida KMB muhitida ma’lumotlar bazasining shaklla-nishi, faollashuvi va faoliyat yuritishi 15.3-rasmda berilgan texnologiya bo'yicha amalga oshadi.
Ma’lumotlar bazasini faollashtirish (AEICHdan axborotlarni yuklash, ma’lumotlar bazasini olib borish va yaxlitligini qo'llab-quvvatlash), ma’lumotlar bazalari to'plamlarini Davlat statistka qo'mitasi mahalliy hisoblash tarmoqlariga statistikaning elektron pochtasi orqali uzatish, bu ma’lumot bazalarining o'z vaqtida yangilanishi, ularning faoliyat yuritishi va tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishi ustidan nazoratni MB bosh ma’muri har oyda reja-grafikka ko'ra amalga oshiradi.
Mintaqaviy darajada KMB dasturiy majmuasidan mintaqalardagi rahbar va boshqaruv idoralariga axborot xizmatlarini ko'rsatish vazifalarini echish uchun foydalaniladi.
Mintaqaviy darajada KMB dasturiy majmuasidan foydalanish orqali quyidagi ma’lumotlar bazalari yaratiladi: sanoat; kapital qurilishi; transport; savdo; moliya va narxlar; mehnat va bandlik; ijtimoiy rivojlanish va turmush tarzi (aholi daromadlari va xarajatlari, maishiy xizmat ko'rsatish); tashqi iqtisodiy aloqalar (xorijiy valyutadagi pul mablag'lari, qo'shma korxonalar); yangi iqtisodiy tuzilmalar (birjalar, xususiylashtirish).
KMB muhitida ma’lumotlar bazasidan foydalanish sanoat va moliya bo'yicha statistik to'plam tayyorlash va rahbar idoralarga axborotlar berish muddatlarini qisqartirishga imkon beradi.
KMB dasturiy majmuasi foydalanuvchilarni quyidagi vazifaviy imkoniyatlar bilan ta’minlaydi:

  • tartibga soluvchi so'rovlarni bajarish;

  • jadvallarning chiquvchi shakllari maketlarini bayon qilish va tartibga solinmaydigan so'rovlar bo'yicha ma’lumotlarni olish;

  • olingan jadvallarning kataklarni tanlash va joriylarini o'zgartirish orqali zamonaviylashtirish, berilgan formulalardan foydalanish bilan yangi hisoblangan kataklarni shakllantirish;

  • hisoblash ko'rsatkichlarini shakllantirish va olish;

  • ma’lumotlarni agregatsiyalash;

  • ma’lumotlarni Lotus, Excel va boshqa elektron jadvallar formatlarida eksport qilish.

Ma’lumotlar bazalari ma’mur tomonidan ma’lumotlarga murojaat qilishga tegishli parollar va huquqlar o'rnatilishi tufayli ruhsatsiz kirishdan himoyalangan.
Hozirgi vaqtda Windows NT muhitida SQL Server MBBTdan foydalanish bilan MB ishlab chiqish olib borilmoqda, u KMB barcha vazifalarini bajarishga va respublika, viloyat, hududiy darajadagi foydalanuvchilarga statistik vazifalarni echishning barcha boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan o'zaro hamkorliqda axborot xizmatlari ko'rsatish vazifalarini sifatliroq echishga imkon beradi.
KMB ma‘lumotlar bazalarini shakllantirish, ularning olib borilishi, mintaqaviy darajada tartibga soluvchi ishlarning bajarilishi, tahliliy vazifalarning echilishi, uzluksiz bo'lmagan tadqiqotlar o'tkazish uchun tanlanishlarni shakllantirish, boshqaruv idoralari va boshqa foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishni ta’minlaydi. U hududiy taqsimlangan ma‘lumotlar bazalari sharoitlarida yaratish va ishlash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sifatida ishlab chiqiladi. Ham korxona yoki tashkilot, ham kuzatish obyekti (hudud, soha va h.k.) ma‘lumotlar bazalarining saqlash obyektlari bo'ladi.
KMBni ishlab chiqish asosida «mijoz-server» texnologiyasi tamoyillari yaratilgan, bu ma‘lumotlar bazalarining katta hajmlari bilan ishlash va ma‘lumotlarga tezkor murojaat qilishda LHT sharoitlarida axborot ishlab chiqishning yuqori unumdorligini ta‘minlaydi.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling