O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet45/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Foydalanuvchi interfeysi: Siz ekrandagi istagan dasturga murojaat
qilganingizda ko'radigan birinchi narsa bu - foydalanuvchi interfeysi - sizga aloqa qilishga va o'zaro munosabatga kirishishga ruxsat beradigan, foydalanuvchi nazorat qila oladigan ekran.
Foydalanuvchi interfeysining 3 turi mavjud:
Buyruq bilan boshqariladigan
Menyu yordamida boshqariladigan
Grafik interfeys (GUI)
Foydalanuvchi grafik interfeysi (GUI, Graphical User Interface) hozirda eng asosiy sanaladi. Shuni unutmangki, foydalanuvchi interfeyssiz hech kim komputerni ishlata olmaydi.
Klaviaturadan foydalanish: Klaviaturadagi tugmalardan foydalanib siz ekran (display) bilan munosabatga kirisha olasiz. Klaviaturani ishlatayotganingizda siz quyidagilardan foydalanishingiz mumkin:

  1. Alt tugmasini bosish orqali joriy menyu qutisini faollashtirish mumkin.

  2. Faollashtirilgan menyudan tanlash uchun ostiga chizilganiga kiriladi.

  3. Menyu tanlashlarini ko'rish uchun ko'rsatuvchi tugmalardan foydalaning.

  4. Maxsus dasturlarda buyruqlar berish uchun menyuni faollashtirmasdan qisqa tugmalar (bittta tugma yoki tugmalar birlashmasidan) foydalaning. Masalan, dasturni yopish uchun Alt va F4 tugmalarini birgalikda bosing.

Sichqonchadan foydalanish
Siz sichqonchadan juda tez-tez foydalanasiz. Sichqoncha sizga bir qancha harakatlarni bajarish uchun ekrandagi strelkani boshqarish imkonini beradi. Strelka dasturga bog'liq holda ko'rinishini o'zgartirsa ham odatda kamon o'qi shaklida bo'ladi. Sichqoncha strelkani ekranning ma'lum qismiga ko'chirish va kichik belgilarni ko'rsatish uchun ishlatiladi. Siz sichqonchadagi tugmalarni bosish yordamida belgilardagi amallarni faollashtirishingiz mumkin.

Sichqoncha gilamchasi.
Tekis yuzani ta’minlab beradi.

Sichqonchani stolingizda yoki sichqoncha gilamchasida boshqarish uchun bosh barmoq va ikkita chet barmoqlaringizni ishlating. Sichqoncha tugmalarini bosish uchun ko'rsatkich va o'rta barmoqlaringizdan foydalaning.



Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling