O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet92/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Elektron savdolar

Elektron savdolar internetning eng muhum xizmatlaridan biri bo'lib, bunda moliyaviy operatsiyalar internet orqali amalga oshiriladi. Bu xalqaro biznes yuritishning zamonaviy usulu hisoblanadi. Agar biror bir biznes faoliyat tarmoqqa ulangan kompyuter orqali amalga oshirilsa, bu jarayon odatda elektron savdo deb yuritiladi. Elektron savdo orqali dunyoning istalgan yeridan maxsulotlar sotib olish va sotish imkoniyati mavjud. Kredit kartalar ham to'lov uchun ishlatiladi. Bu shundan dalolatki, elektron savdo hajmi dunyo bo'yicha har oyda 10% - 15% ga o'smoqda. Elektron savdoga misol qilib, onlayn shopping, onlayn reklamalar, onlayn banking va boshqalarni keltirishimiz mumkin.

  1. Telnet

Telnet shunday imkoniyatki, u orqali uzoqda joylashgan serverga kirish va buyruqlar kiritish mumkin. Bu xizmat turi orqali siz internetdagi axborotlardan ham foydalansangiz bo'ladi. Siz kompyuteringizda Telnetning mijoz dasturini ishga solasiz, Telnet sizning ekranigizda tezkor oyna hosil qiladi va shu tezkor oyna orqali host (mezbon) kompyuteriga buyruq yuborganingizda, ma‘lumot host kompyuterdan olinib sizning ekranigizda paydo bo'ladi. Siz Telnetning mijoz dasturidan foydalanishingiz va operatsiyalar bajarishingiz uchun foydalanuvchi ismingiz va maxfiy kodingizni kiritishingiz zarur. Tajribali foydalanuvchilarning ko'pchiliki bu xizmatdan foydalanadi. Ba‘zi serverlarga esa bu dasturdan foydalanish taqiqlangan. Internetda bo'ladigan jarayonlar 9.1-jadvalda keltirilgan.

Jarayonlar

Maqsadi

1. Auksionlar

Internet orqali buyumlar sotish va sotib olish.

2. Karyera maslahatlari

Ish qidirish, rezyumelar yuborish, onlayn tarzda suhbatdan o'tish.

3. Masofaiy ta’lim

On-layn ma’ruzalarni tinglash, maslahatlashish va izlanish.

4. Fayllar yuklab olish

Dasturlar, qo'shiqlar, elektron kitob ko'rinishidagi hujjatlar yuklab olish.

5. E-biznes

Ishchilaringiz bilan aloqa o'rnatish, kerakli narsalarni sotib olish va boshqalar.

6. E-mail va
muhokamalar

Elektron xatlar orqali dunyoga ulanish va uning bir bo'lagi bo'lish.

7. Ko'ngil ochar

Internet o'yinlari. Qo'shiqlar va videolar orqali o'zini ovutish.

8. Moliyaviy ishlar

Onlayn tarzda investitsiyalash, banking yoki soliqlarni to'lash.

9. Yangiliklar

So'ngi siyosiy, ob-havo, ko'ngilochar, sport va biznes yangiliklarni bilish.

10. Ma’lumotlar qidirish

Turli soxadagi ma’lumotlarni brouserlar orqali
toppish.

11. Telefoniya va
konferensiyalar

Qimmat bo'lmagan qo'ng'iroqlar va onlayn
uchrashuvlar tashkil qilish.



Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling