9.1- jadval
Internetda bo'ladigan jarayonlar34
Gopher
Gopher bu internetdagi ko'p darajali menyular bazasidan ma’lumotlarni osonroq topishga imkon beruvchi xizmat turi. Gopher yaratilishidan avval, internetdan ma‘lumot qidirish qiyin bo'lgan.
E-mail
Bu internetning eng ommabop xizmatlaridan biri bo'lib, dunyoning istalgan nuqtasidan elektron xatlarni qabul qilish va yuborish imkoniyatini beradi. E-mail aloqaning eng tez va samarali uslubi. Bu deyarli bepul xizmat. Elektron xatlar bir necha soniyalar ichida o'z manziliga yetadi. Elektron xatga ilova qilingan holatlarda e-maildan hujjatlar, fayllar, audio va video yozuvlar yuborishingiz mumkin. Hozirgi kunda elektron xatlarni mobil qurilmalar orqali ham yuborish va qabul qilish mumkin.
Bloglar
Blog internet web saytlarining bir turi, odatda individual shaxs yoki kichik kompaniyalarning o'z qiziqishlari, voqealari, yangiliklari, o'yinlari, filmlari yoki
34 Dixsit J.B. —Fundamentals of computer programming and IT” 2011. 130 p. biror bir odamga o'z qarashlarini ifodalovchi yozishmalar, matn, grafiklar, audiovideo yozuvlar kabi materiallar bloglar orqali tarqatilishi mumkin. Blog foydalanuvchi o'z fikrlarini blog saytda bera oladigan aloqa o'rnatishning normal ko'rinishi. Juda ham ko'p turdagi blog saytlar bor: ilmiy blog, sotsial blog, filmlar blogi, siyosiy bloglar, yangilik kanallari blogi va boshqalar.
Kompyuter tarmoqlari va ularning ahamiyati
Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lash. Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog'lash ehtiyoji paydo bo'ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |