O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Tvitter ommaviy axborotlarni jo'natish tizimi


Download 6.49 Mb.
bet111/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Tvitter ommaviy axborotlarni jo'natish tizimi, undan to'g'ri foydalanish. Internet tarmog'ida Blog degan tushuncha ko'p uchraydi. Bu blogda har bir foydalanuvchi o'z fikrini qoldirishi va shu fikriga tahlillarni olishi mumkin. Tvitter fikr almashish uchun mo'ljallangan kichkina blog hisoblanadi. Kichkina blog deyilishiga sabab belgilar soni 140 tani tashkil etadi, ya‘ni siz 140 tadan ortiq belgini kirita olmaysiz. Shundan qilib Tvitter axborotlarni jo'natish tizimi veb sayt orqali matn xabarlarni, SMS xabarlarni, tabriklarni, minnatdorchiliklarni hamda shunga o'xshash turli ma‘lumotlarni jo'natish mumkin. Shuni unutmang - siz jo'natgan xabar yoki ma‘lumot barchaga Internet orqali ko'rinadi va imkonli bo'ladi. Shuning uchun, xabarlarni yozishda va jo'natishda axborotlardan foydalanish va ishlash madaniyati qoidalariga rioya qiling.
Internet orqali muloqot qilish va izoh qoldirish madaniyati. Axborot saytlari tomonidan taklif qilinayotgan yoki ushbu axborot saytidan foydalanishingiz oqibatida paydo bo'layotgan barcha sharhlar, o'zaro aloqa, taklif va fikrlar axborot saytining shaxsiy mulki hisoblanadi va bulardan axborot sayti tomonidan istalgan yerda va istalgan maqsadda dunyoning istalgan yerida sizning ruxsatingizsiz bilan ham foydalanish mumkin. Shuning uchun saytlarda o'zingiz to'g'ringizdagi ma‘lumotlarni kiritishda yoki materiallarga izohlar kiritishda ehtiyot bo'ling. Izohlar qoldirishda birovning nafsoniyatiga tegadigan ma‘lumotlarni, har xil nojo'ya so'zlarni yozishdan saqlaning. Axborotdan foydalanish madaniyatiga rioya eting.

    1. INTERNETDA interaktiv xizmatlar

Interaktivlik tushunchasi. Interaktivlik deganda biz, faqatgina, biz o'rganayotgan fan kesimida texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari hamda foydalanuvchilar orasidagi o'rnatilgan muloqatni tashkil etish tushuniladi. Demak, kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, biz u yordamida kompyuter bilan muloqot o'rnatamiz.
Umuman, interaktivlik bu muloqot tizimini tashkil etish bilan bog'liq. Ya‘ni, maqsadga ko'ra tizim elementlari orasidagi axboriy ma‘lumotlar almashinuvi. Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda qo'llaniladi.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling