O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Forumlarda ishtirok etish tartibi


Download 6.49 Mb.
bet108/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Forumlarda ishtirok etish tartibi:

  • forumdan ro'yxatdan o'tish. Forum qoidalariga va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilish shart;

  • forumdan ro'yxatdan o'tishda rasmiy shaxslar login uchun o'zlarining xaqiqiy ma‘lumotlarini Ism Sharifi, shuningdek ish joyi va lavozim ham majburiy shartlarga kiradi;

  • ma‘lumotlarni kiritish bilan birga foydalanuvchi profil uchun avatar sifatida surat ham taqdim etishi lozim;

  • ma’lumotlarini oshkor qilishni istamagan foydalanuvchilar esa o'zlari ma'qul deb topgan niklarni tanlashlari mumkin;

  • senzuraga oid so'zlashuv, xaqorat, fleym, offtop, spam va reklama ta'qiqlanadi;

  • insonlar shaxsiyatiga tegadigan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid muhokamalar, resurslarga ishoratlar, fayllar va tasvirlar nashr qilish ta'qiqlanadi;

  • O'zbekiston Ruspublikasi qonunlariga muvofiq tarzda faoliyat olib bormaydigan saytlarga ishorat joylash yoki shunday ma’lumotlarga ega bo'lgan saytlardan ma‘lumot joylash ta'qiqlanadi.

Bloglar va viki - saytdagi materialga izoh berish va ma‘lumot qoldirish.
Blog - bu tarkibi matn, tasvir va multimedia ma‘lumotlaridan iborat bo'lgan doimiy ravishda qo'shilib turiladigan ma‘lumotlar yoki izohlardan iborat bo'lgan sayt. Bloglar odatda u yoki bu material veb sahifasi tarkibida mavjud bo'lib, materialga berilgan izohlarni o'zida mujassamlaydi.
Viki - bu saytning o'zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o'zgartira olish imkoniga ega bo'lgan veb sayt.
Chat tushunchasi. Internetda chatdan foydalanish va muloqot qilish. Chat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog'i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta‘minlab beruvchi dasturiy ta‘minot tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar almashish real vaqt tizimida sodir bo'ladi.
Chat - bu bir vaqtning o'zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda matn yozish orqali yangiliklar bilan almashishadi, yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, yoki gaplashishadi. Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o'zaro yozuv ko'rinishidagi xabarlarni almashish orqali muloqot qiladi.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling