O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet145/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

signed, insigned, long va boshqa kalit so'zlari turlarni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin. C++ da ma‘lumotlar turini tasvirlash kompyuter turi bilan bog'liqdir. 12.4-jadvalda ma‘lumotlar turlarini va ularning modifikatorlarini 16- razryadli kompyuter uchun ko'rinishi berilgan.
12.4-jadval 52
Ma‘lumotlar turlari va ularning modifikatorlari

Chop etish

Oralig'i

baytlar

tasvirlaydi

dan

gacha

char

- 128

127

1

belgili

signed char

- 128

127

1

belgili

unsigned char

0

255

1

belgili

int

- 32,768

32,767

2

butun sonlar

unsigned int

0

65,535

2

butun sonlar

long int

-2,147,483,648

2,147,483,64
8

4

butun sonlar

52 Dixsit J.B. —Fundamentals of computer programming and IT” 2011. 212 p.



unsigned long int

0

4,294,967,29
5

4

butun sonlar

float

-3.4 e 38

3.4 e 38

4

haqiqiy sonlar

double

-1.7 e 308

1.7 e 308

8

haqiqiy sonlar

long double

-3.4 e 4932

3.4 e 4932

10

haqiqiy sonlar


signed turidagi modifikator char va int turidagi ma’lumotlarga qo'llaniladi. Bu, mavjud bo'lmagan tur uchun bo'lgan o'sha samaraga ega boladi. Int ma’lumotlar turi indamaslik bo'yicha taqdim etiladi.
Unsigned turidagi modifikator char va int turidagi ma‘lumotlarga qo'llaniladi. Bu shu turdagi ma‘lumotlarga faqatgina musbat qiymatlarga ega bo'lishini bildiradi. Unsigned turidagi modifikator, o'zgaruvchilarni diapazonini va hech qachon manfiy bo'lmagan o'zgaruvchining qiymatlarini oshirishi uchun, masalan, talabalar soni, maqsadlar soni yoki sport musobaqalaridagi ochkolar sh.o'. ishlatiladi
Tilning ba‘zi bir versiyalari unsigned ni suzib yuradigan ma‘lumotlar turiga (ishorasiz double dagi kabi) qo'llash imkonini beradi. Biroq, bu sizning dasturingizni harakatchanligini kamaytiradi va odatda bunga yo'l qo'ymaslikka harakat qilish kerak.
Long turidagi modifikatori char, int va double turidagi ma‘lumotlarga qo'llaniladi. Bu, shuningdek, o'zgaruvchilar bilan bog'liq qiymatlar diapazonni oshiradi.
Turli turdagi modifikatorlar yana birgalikda ham ishlatilishi mumkin. Quyidagi misollar sizga modifikatorlar turlari haqida umumiy tasavvurni beradi:
unsigned int no of students;
unsigned long int factorial;
long double x;
Nazorat savollari

  1. C++ nima? Bu tilni kim yaratgan?

  2. C++ ni rivojlanishi haqida, uni dasturlash tili sifatida, qisqa esse yozing.

  3. C++ tilining belgilari haqida qisqa esse yozing.

  4. Maxsus belgilar nima? C++ da ularga tavsif bering.

  5. C++ dasturi tuzilishini bayon eting. Misol keltiring.

  6. Dasturda sarlavha maqsadi nima?

  7. Compilyatorning ichki directivlarini ishlatishni ikkita afzalligini ayting.

  8. Nima uchun asosiy amal maxsus hisoblanadi? Ikkita sabablarini keltiring.

  9. So'zlarga ta‘rif bering: (i) Kalit so'zlar (ii) Identifikator (iii) O'zgarmas qiymat (iv) Operator.

  10. Identifikator va kalit so'z o'rtasida qanday farq bor?

  1. mavzu. AXBOROT TIZIMLARINING TUSHUNCHASI VA TARKIBIY QISMLARI

    1. 1. Axborot tizimi haqida umumiy tushuncha.

    2. Axborot tizimlarining tarkibiy qismlari.

    3. Axborot tizimining dasturiy ta’minoti.

    4. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining tasniflanishi.

    5. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tarkibiy jihatlari.

    6. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining rivojlanib borish tendensiyalari.

Tayanch iboralari: Axborot tizimi, avtomatlashtirish, tizim tasnifi, tarkibi, tendensiya.

    1. Axborot tizimi haqida umumiy tushuncha.

Ko'pgina masalalarni yechish asosida axborot yoki axborotlarni qayta ishlash yotadi. Axborotni qayta ishlashni yengillashtirish maqsadida axborot tizimlar yaratiladi.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo'lgan paytdan boshlab mavjud bo'lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o'z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotlarni talab etgan. Bu, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari - moddiy va nomoddiy ne'matlarini ishlab chiqarish bilan bog'liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o'z navbatida, u axborot tizimlarini takomilashtirish va rivojlantirishni rag'batlantiradi.
Axborot texnologiyasi - axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
Axborot tizimi - axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
ATlarni keng ma‘noda axborotni qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, ATlar ishlab chiqarish sohasida, ta'lim sohasida, sog'liqni saqlash sohasida, xarbiy sohada va boshqa sohalarda ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin55.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling