O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet146/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Axborot tizimi- boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun xodimlarni turli xil axborotlar bilan ta‘minlovchi obyekt haqidagi axborotlarni yig'ish, qayta ishlash, uzatish va saqlash bo'yicha ma‘lumotlar va kommunikatsiyaviy tizimni o'zida namoyon etadi.
Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy obyektni boshqarish tizimidagi tutgan o'rnini aniqlab olish lozim. Bu obyekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog'liqdir.
Qo'llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:

  • bank axborot tizimlari;

  • fond bozori axborot tizimlari;

  • sug'urta axborot tizimlari;

  • soliq axborot tizimlari;

  • sanoat korxonalari va tashkilotlarning axborot tizimlari (ahamiyati va tarqalganligi bo'yicha ularda buxgalterlik axborot tizimlari alohida o'rin tutadi);

  • statistika axborot tizimlari va boshqalar.

Axborot tizimi quyidagi xususiyatlariga ko'ra belgilanadi:

  1. har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, tizim tuzilishining umumiy tamoyillari asosida qurilishi va boshqarilishi mumkin;

  2. axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchandir;

v) axborot tizimini tuzishda tizimli yondoshuvdan foydalanish zarur;
g) axborot tizimining chiqarish mahsuloti asosida qarorlar qabul qilinadi;
d) axborot tizimida axborotni qayta ishlashning "inson-kompyuter" tizimi sifatida qabul qilish lozim.

    1. Axborot tizimlarining tarkibiy qismlari.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam (xodim), texnik vositalar, axborot va dasturiy ta‘minot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun ma‘lumotlarni qayta ishlaydi (13.1-rasm).

13.1- rasm. Axborot tizimining namunaviy tarkibi.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling