O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet161/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Tayyor hujjatlar banki (THB). U ko'p bosqichli taqsimlangan tizimini yaratish uchun mo'ljallangan, u Davlat statistka qo'mitasi va uning hududiy idoralari tomonidan hukumatning respublika, viloyat idoralari, davlat statistikasi boshqarmalari hamda statistik axborotlardan foydalanuvchilar keng doiralarini zamonaviy texnologiyalar asosida statistik materiallar bilan tezkor ta‘minlash maqsadida ishlab chiqiladi.
THBda taqdim etilgan axborotlar to'liq matnli, jadvalli, Windows operatsion tizimiga o'tish bilan hujjat ko'rinishida taqdim etish grafik shakliga ega. THBning rubrikatori statistik, iqtisodiy-tahliliy, uslubiy, me‘yoriy va boshqa tayyor hujjatlarni o'z ichiga oladi.
THB telekommunikatsion vositalarning keng servisli salohiyatiga ega, bu THBni aloqa kanallari bo'yicha boshqarishni va uning ma‘lumotlar bazalari faollashuvini ta‘minlaydi. Foydalanuvchiga respublika (Statistika Qo'mitasi) va mintaqaviy (statistikaning hududiy idoralari) bosqichida foydalanuvchi ma‘lumotlar bazalariga masofadan turgan holda kirishni taqdim etadi.
THB ShKda ma‘lumotlar bazalarini yaratish va olib borishning tejamkor texnologiyasini va axborot-telekommunikatsion uzeldan foydalanishni ta‘minlaydi, foydalanuvchilar bilan telefon kanallari va mahalliy tarmokda, hamda «on-line» usulida ishlashga imkon beradi. THB bilan ishlashda axborotlarni qidirish ko'p bosqichli rubrikator bo'yicha tabiiy tilda amalga oshiriladi; foydalanuvchi so'roviga javob berish 1 sekunddan oshmaydi; bundan tashqari saqlanayotgan axborotlarni qisqartirilishining yuqori darajasiga erishiladi.

    1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy tahlil vazifalarini echishni tashkil qilish

Iqtisodiy tahlilning vazifalari bu tahliliy ma’lumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va statistik usullarga asoslangan holda yo'lga qo'yishdir. Ular yordamida mamlakat va uning ayrim mintaqalari iqtisodiyoti turli sohalarining rivojlanishini doimiy va har tomonlama o'rganiladi.
Tahliliy majmualarda qo'llaniladigan ADP tarkibiga «Olimp» (statistik tahlil va bashorat qilish elektron tizimi) va «Mezozavr» (vaqtli qatorlar statistik tahlili tizimi) va boshqalar kabi keng foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar kiradi.
«Olimp» amaliy dasturlar paketi. «Olimp» paketi ma’lumotlarni statistik usullar asosida qayta ishlashni avtomatlashtirishga mo'ljallangan. «Olimp» standart konfiguratsiyali SHKda va WINDOWS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Paketdan ham yangi, ham statistika sohasidagi ekspertlar foydalanishi mumkin. Hozirgi paytda «Olimp» statistik tahlil va ma’lumotlar asosida bashoratlash uchun mo'ljallangan eng yaxshi ADPlardan biridir.
ADP tarkibiga asosiy dasturlardan tashqari quyidagilar kiradi:

  • MNCALC elektron jadvali;

  • AIT (amaliy ijtimoiy tadqiqotlar) amaliy statistik tadqiqotlar so'rovlarini tayyorlash va kiritish dasturi.

«Olimp» ADP ma’lumotlarning statistik taxlil qilinishi va bashoratlanishi bo'yicha tadqiqotlarning dastlabki ma’lumotlarini kiritish, ularni tekshirish va ko'zdan o'tkazishdan boshlab to amaliy statistika zamonaviy usullarining keng majmuasi asosida hisoblash va natijalarni tahlil qilishni o'tkazish bilan tugovchi to'liq davriyligini tashkil qilishga imkon beradi.
Vazifaviy nuqtai nazardan ADPga quyidagilar kiradi: ma‘lumotlar muharriri, ma’lumotlarni grafik ko'rinishida aks ettirish vositalari va o'zgartirish utilitalari hamda statistik tahlil usullarini amalga oshirish dasturlari.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling