O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet158/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Tayanch iboralar: davlat statistikasi, statistik axborot tizimlari, AEICH, KMB dasturiy majmuas, «Mezozavr» ADP.

    1. Milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat statiskasining vazifalari, ularning хizmatlari va tashkil qilinishi

Davlat statistikasi — mamlakat milliy iqtisodiyotini boshqarish tizimidagi eng muhim bo'g'inlaridan biri. U jamiyat hayotidagi ommaviy hodisalarni o'rganish, ularning murakkab o'zaro aloqalari va hamkorliklarini aniqlash, hamda milliy iqtisodiyotni faoliyat yuritish va rivojlanishga ilmiy asoslangan baho berishga qaratilgan.
Davlat statistikasining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari hamda ularga tegishli korxonalarning faoliyati haqidagi statistik axborotlarni yig'ish, ishlab chiqish va turli foydalanuvchilarga taqdim etish;

  • hozirgi sharoitda jamiyat ehtiyojlari va xalqaro andozalarga mos keluvchi ilmiy asoslangan statistik uslubiyotlarini ishlab chiqish;

  • barcha rasmiy statistik axborotlar to'liqligi va ilmiy asoslanganligini kafolatlash;

  • milliy iqtisodiyotni boshqarish idoralarining statistik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan sohaviy (muassasaviy) statistik kuzatishlarini o'tkazishni ta‘minlash;

  • barcha foydalanuvchilarga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holati, milliy iqtisodiyotning tarmoq, sohalari va sektorlari haqidagi rasmiy ma‘ruzalarni tarqatish yo'li bilan ochiq statistik aхborotlarga teng kirishni taqdim etish.

Davlat statistikasi mamlakatda statistik axborot tizimlarini yaratish uchun baza bo'lib xizmat qiladi. Davlat statistika idoralari o'z faoliyatini O'zbekistonda hisob va statistika tizimlarida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning davlat tomonidan boshqarishning muhim tayanchi ekanligiga rioya qilgan holda amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi boshqaruv idoralariga milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalari hamda ularga qarashli korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi barcha zarur statistik axborotlarni bergan holda, ularga nisbatan teskari aloqa vazifasini bajaradi.
Iqtisodiy kibernetika milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat statistika idoralari vazifalarini ko'rgazmali taqdim etishga imkon beradi (15.1-rasm).
Boshqaruv obyektlari deganda tizimning me’yoriy faoliyat yuritishi uchun muntazam nazorat qilish va tartibga solishni talab qiladigan element tushuniladi. Milliy iqtisodiyotning tarmoqlari, sohalari hamda ularning korxonalari va tashkilotlari boshqaruv obyektlari bo'ladi.
Obyektlarni boshqarish uchun boshqaruvchi tizim (boshqarish subyekti) yaratiladi, u ularni o'z vaqtida me’yoriy faoliyat yuritishga olib kelishni ta’minlaydi. Boshqaruv idoralari boshqarish obyektlariga davlat statistika idoralari orqali to'g'ridan-to'g'ri aloqa (vazifalar) va teskari aloqa (hisobot) vositasida ta‘sir qiladi.



    1. -rasm. Milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat
      statistika idoralarining vaziflari.

Davlat statistika idoralari, davlat boshqaruvi idoralarini milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarining faoliyati haqida xabardor qilib, vazifalar ko'rinishidagi boshqaruvchi axborot qabul qilingani va boshqaruv obyektlarining haqikiy holatidan kelib chiqqan holda qayd etilgan, mo'ljallangan harakatlarida aks ettiriluvchi muhim signal vazifalarini bajaradi.
Statistik axborot tizimlari murakkab tizimlarning oldiga qo'yilgan quyi-dagi barcha talablariga javob beradi:

  • umumiy maqsadga erishish uchun tizim elementlarining muvofiq o'zaro hamkorligi nuqtai nazaridan birligi;

  • katta o'lchamlilik;

  • holatning murakkabligi va boshqalar.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasiga qarovchi davlat statistika idoralari o'z ishini umumiy tamoyillar, davlat statistikasining yagona uslubiyoti va ularni tashkil kilinishi asosida bajaradi. Ularning asosiy vazifasi mamlakatda hisob va statistika ishiga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishdir. Qo'mita tizimi butun respublikani qamrab olgan, davlat statistika idoralari mamlakatning barcha ma’muriy-hududiy tuzilmalarida mavjud. Bu idoralar minglab sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xo'jalik korxonalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, o'n minglab madaniy, maishiy va boshqa muassasa hamda tashkilotlardan kelib tushgan statistik axborotlarni yig'adi va qayta ishlab chiqadi. Statistik axborotlar turli- tumanligi, ommaviyligi va kelib tushishining davriyligi bilan farklanadi. Ko'rsatib o'tilgan obyektlardan kelib tushgan barcha statistik hisobotlarni ishlab chiqish yiliga bir necha milliard hisoblash operatsiyalarni bajarishni talab qiladi.
Bunday katta ishni bajarish uchun qo'mita axborotlarni yig'ish va ishlab chiqish bo'yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tarmog'iga ega. Unda turli hisoblash texnikasi vositalarini qo'llash statistik axborot tizimlariga statistik axborotlarni ishlab chiqishni avtomatlashtirish darajasini belgilovchi «inson- mashina» xarakterini beradi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan davlat statistika idoralariga respublika darajasidagi markazlashtirilgan rahbarlik amalga oshiriladi. U asosiy hisob-statistika markazi sifatida va O'zbekiston Respublikasi hukumati, respublika vazirlik va qo'mitalari, boshqa tashkilotlarni statistik axborotlar bilan ta‘minlaydi.
Qo'mita statistik axborotlarni o'z vaqtida obyektiv (to'g'ri) va ishonchli ishlab chiqish, ularni ko'rsatilgan idoralar va keng jamoatchilikka yagona ilmiy uslubiyot asosida etkazib berish vazifasi yuklangan. Ushbu vazirlik mamlakat hududidagi hisob-statistika ishlari, xususan, statistika bo'yicha viloyat qo'mitalari faoliyatini tashkil qilishga rahbarlik qiladi. Statistikaning viloyat idoralari korxonalar va tashkilotlar bilan bevosita va doimiy axborotli muloqotda bo'lib, ularga hisob va hisobotni tashkil qilishda amaliy yordam ko'rsatadi va o'z mintaqasida asosiy axborot manbai bo'ladi.
Viloyat qo'mitalari tarkibiga statistika bo'yicha tuman (shahar) boshqarmalari (bo'limlari) — davlat statistika tizimining boshlang'ich tashkilotlari kiradi. Ular barcha qishloq xo'jalik, sanoat, qurilish, transport, maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari, tuman yoki shahar maorif va sog'liqni saqlash idoralari ishi haqidagi axborotlarni yig'adi va qayta ishlab chiqadi.
Davlat statistika idoralari statistik ishlarning yagona uslubiyoti va yagona rejasi bo'yicha ishlaydilar, ular tegishli yuqori idoralar tomonidan tasdiqlanadi. Bu rejaga kiritilgan vazifalar iqtisodiyot sohalariga mos keluvchi statistika sohalari bo'yicha taqsimlangan (15.2-rasm).
Turli sohalarda hal etiladigan statistik vazifalar foydalanuvchi nuqtai nazaridan tartibga soluvchi va so'rov (tartibga solinmaydigan) vazifalariga bo'linadi. Ular orasida, o'z navbatida axborot xizmati ko'rsatish vazifalari va boshqaruvning turli idoralari uchun iqtisodiy tahlil vazifalari farqlanadi.
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
(iqtisodiy balanslar)





Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling