O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish uchun topshiriqlar
- Mavzu yuzasidan savollar
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) Qo`qonda tabib oilasida tug`iladi. Maktab, keyin madrasada o`qiy boshlaydi. Lekin madrasadagi ta’limdan qoniqmay, mustaqil ravishda klassiklarimiz asarlarini o`rganadi.
16 yoshdan yozuvchilikni boshlaydi. 1911 yili Qo`qonning Hojibek go`zarida maktab ochib, yetim va kambag`al bolalarni o`qitadi. Kambag`al bolalarni o`qiy olishlari uchun «Yordam jamiyati» tashkil etadi. Kattalar uchun kechki kurs tashkil qiladi. Bunga 16 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan kishilarni qabul qiladi. Chor hukumati amaldorlari Hamzaning maktabini xavfli deb topib, uni yopadi va o`zini ta’qibga oladi. 1913-14 yillarda chet ellarga ketadi. 1914 yili qaytib kelgach, kambag`allar uchun tekin maktab ochishga harakat qiladi. 1914 yil 4 oktabrda «Yetimlar maktabi» ochadi, lekin bu tezda yopiladi. Hamza Marg`ilonga ketadi va u yerda bir kishining tashqi hovlisida 1915 avgustda yangi usul maktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil etadi. Hamza 1914 yili «Birinchi sinf talablari uchun maxsus yengil adabiyot» va 2- sinflar uchun «O`qish kitobi» tuzadi. Hamza 1918 yildan Farg`onada o`qituvchilik ishini davom ettiradi. 1919 yildan Qo`qondagi 1 son boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Xorazm va Qoraqalpog`istonda ishlab keladi. U o`z pedagogik faoliyatida va ijodida xotin-qizlarning ilm olishiga, jamiyat ishlarida qatnashishiga jiddiy e’tibor beradi. Hamza mohir pedagog, yozuvchi, kompozitor sifatida xalqimizga sidqidildan xizmat qiladi. (Avloniy va Hamzaning pedagogik qarashlari seminarda to`liq o`rganiladi). Mustaqil ish uchun topshiriqlar Jadid ma’rivatparvarlarining ta’lim-tarbiyaga oid fikrlaridan to`plash, ularning maqolalaridan konspekt qilish. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarini o`rganib, tahlil qilish konspekt tuzish. Mavzu yuzasidan savollar XIX asr 2 yarimlarida Turkistonda qanday diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar bor edi? Chorizm maktab siyosatining bosh maqsadi nima edi? Rus va rus-tuzem maktablari kimlar uchun edi va ularda qanday fanlar o`qitiladi? Jadidchilik va uning Turkistonda yoyilishi haqida nimalarni bilar edingiz, ularni qaysi manbalardan o`qigansiz? Jadidchilikka hozirgi kunda qanday baho berilmoqda, bunga sizning munosabatingiz qanday? Jadidlar yaratgan maktablarning eski usul maktablardan farqi nimada edi, jadid maktablarida nimaga e’tibor berildi? Jadid ziyolilari ma’rifatparvarlik faoliyatlari qaysi yo`nalishlarda olib bordilar? Yangi usul maktablarga chor xukumati qarshilik qilishining sababi nimada deb o`ylaysiz? Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling