O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 2.48 Mb.
bet237/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Yaxshilik qilish. Umuminsoniy ahloqiy qadriyatlar orasida yaxshilik qilish fazilati muhim o’rin egallaydi. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yodgorligi — «Avesto»da ezgu fikr, yaxshi so’z va yaxshi ishlar insoniy fazilat sifatida ulug’lanadi. Islom ta’limotida boshqalarga yaxshilik qilish insonning tabiiy extiyoji, vojiboti bo’lishi kerakligi tushuntiriladi, ayniqsa, ota - onaga, ayollar, yosh bolalarga yaxshilik qilish juda qadrlanadi.
Ota - bobolarimiz doimo yaxshi niyat, yaxshi orzu - istaklar bilan yashaganlar. O’zlaridan yaxshi nom qoldirishga intilganlar. Sohibqiron Amir Temur o’z o’gitlarida: «YAxshilarga — yaxshilik qildim, yomonlarni esa o’z yomonliklariga topshirdim»1-, deb yozadi.
Kishilarning fe’l - atvori, yurish - turishi, hatti - harakati, gap - so’zi ularning hulqiga bog’liq. YAxshi hulq egasi bo’lgan kishi odamlarga yaxshilik qila oladi. Abdulla Avloniy yaxshi hulqlar qatoriga: fatonat, diyonat, islomiyat, nazokat, g’ayrat, riyozat, sanoat, shijoat, ilm, sabr, ilm, intizom, miqyosi, vijdon, vatanni suymoq, haqqoniyat, ibrat, iffat, idrok va zako, xifzi, lison, iqtisod, viqor, itoat, haqshunoslik, hayrihohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, avf kabilarni kiritadi. «Emdi bu yaxshi hulqlarni qo’lga olmak uchun ota - ona, muallif, ustozlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog’i birla, tinglab doim xotirada tutmoq, ahloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo’lmoq, ahloqi buzuk, yomon kishilardan qochmoq lozimdir»2.
Ulfat Mahkamovning «Ahloq - odob saboqlari» (Toshkent, «Fan» 1994, 134 - bet) asarida: adolat, aql, baxt, burch, vatanparvarlik, vafo, do’stlik, iymon, insof, insonparvarlik, kamtarlik, latofat, lafz, mardlik, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik, milliy g’ypyp, odamiylik, poklik, sabr - qanoat, sahiylik, to’g’rilik, yaxshilik, hayo, himmat kabi umuminsoniy va milliy — ahloqiy sifatlarning mazmuni ochib berilgan. Ular kishilarni yaxshilikka da’vat etuvchi fazilatlardir.
«Inson dunyoga yaxshi ish qilish, yaxshi iz qoldirish uchun keladi, yaxshi farzandlarni tarbiyalab, qilgan yaxshi ishlari va qoldirgan yaxshi so’zlariga munosib vorislar tayyorlaydi»3.
YAxshilik — ijobiy ahloqiy fazilat bo’lib, hulqiy sifatlarning majmuini, inson faoliyati yoki biror xatti - harakatiga ijodiy munosabatning yig’indisini aks ettiradi. YAxshilik — kishining ahloqiy ongi va ahloqiy tajribasida jamiyat va shaxs manfaatlarining birligini aks ettirib, shaxsga va jamiyatga manfaat keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan fazilatdir.
Mohir tarbiyachi faqat nazariy bilimlar bilan chegaradanmasdan, amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirishi va dars bera bilishi, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va uning eng qulay turlarini, shakl-usullarini tanlay bilishi, o’quvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini, jamoat ishlarini tashkil qila bilishi, tashkilotchilk ishlariga pedagogik rahbarlik, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni uyushtira bilish va ularga rahbarlik qilishi, ota-onalar, jamoatchilk o’rtasidagi ishlarni, sport, ekskursiya va boshqa tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishi va olib borishilozim. Bu malaka va ko’nikmalarni o’qituvchilar tizimli ravishda o’z ustida ishlashi, o’zi o’qitadigan fan, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarini, ilg’or o’qituvchilarning tajribalarini o’rganish; analiz qilish, umumlashtirish yo’li bilan ko’paytirib, chuqurlashtirib, o’zlarining mahoratini oshirib boradilar.
Mohir o’qituvchi hozirgi zamon talablariga mos bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashi lozim.



Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling