O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Mustaqil ish uchun topshiriqlar


Download 2.48 Mb.
bet248/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Mustaqil ish uchun topshiriqlar

1-topshiriq. Pedagogik nazokat va odobni kuzatish va tahlil qilishga oid amaliy ishlar:
  • Pedagogik nazokat to’g’risidagi nazariy bilimlarni tajribada kuzatish rejasini tuzing;


  • Pedagogik faoliyat jarayonidagi muloqat, odob-axloq va pedagogik nazokatni kuzating;


  • O’qituvchi nazokati va odobini shakllantirish, rivojlantirish yo’llari to’g’risida qarashlaringizni yozma bayon eting .




2-topshiriq. Muammoli vaziyatlarni yeching

1-masala. «Maktab spektakli tayyorlanmoqda. Spektakini ko’rsatishga uch kun qolganda bosh qahramon og’ir kasal bo’lib qoldi. Rolni sust o’zlashtiruvchi, sinf ishida hech qachon ishtirok etmagan o’quvchiga berdilar. Spektakini boshlanishidan birozgina oldin kasal bolani onasi (avvalida; buni qila olmasligini aytgan bo’lsa ham) yetaklab keldi... O’qituvchi qanday ish tutishi lozim?

2-masala. O’qituvchilar xonasiga o’quvchilardan birining onasi eshikdan qaradi. A, bu Siz Ibrahimovamisiz! O’qituvchi: kiring, kiring, deb uni xonaga taklif qildi. - Men Sizning o’g’lingizni sinf rahbariman, deb o’zini tanishtirdi. Uning xulqi haqida gaplashib olishimiz kerak. SHu gapdan so’ng, suhbat bo’lmadi desa ham bo’ladi. Bu ko’proq o’qituvchining onaga va onaning o’qituvchiga baland ovoz bilan gunohlar yog’dirishi, da’vo-talab, do’q-po’pisadan iborat bo’ldi.
Onani o’g’li bilan uchrashuvini qanday bo’lishini tassavvur qiling...?


3-masala. yettinchi sinf o’quvchisi To’lqin darslarni qoldiradigan odat chiqardi. Sinf rahbari bilan qo’pol muomala qiladigan bo’lib qoldi. Muallim «Onangga ayt, maktabga kelsin», — deb tayinladi unga. Lekin onasi maktabga kelmadi. Sinf rahbari bo’layotgan voqealarni ochiq - oydin aytish uchun To’lqin bilan birga uning uyiga bordi. To’lqinning onasi og’ir kasalga chalinib qolganini ko’rib, bu fikridan qaytdi. Onasiga To’lqin qo’li gul bola ekanligini aytib, uning uyidan xabar olish, oilasiga qanday yordam kerakligini bilish uchun kelganini aytdi. Muallimning bu so’zlarini eshitib, To’lqin qattiq ta’sirlandi. Sinf rahbari hovlidan chiqib ketayotganida izidan yetib kelgan To’lqin hayajondan ko’ziga yosh olib, sinf rahbaridan kechirim so’radi va boshqa o’zboshimchalik, intizomsizlik qilmasligini aytdi; shundan so’ng uning yurish — turishi, hulqida katta o’zgarish bo’ldi. Ayrim sho’hliklari uchrab tursa ham muallimlar bilan yaxshi muomalada bo’lib, o’qishni bitirdi. U Qarshi shahridagi zavodlardan birida katta usta bo’lib ishlamoqda.
O’qituvchi pedagogik odobning qaysi qoidalariga amal qildi?



Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling