O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Pedagogik maqsadga yo’naltirilganlik va o’qituvchining tashqi ko’rinishi


Download 2.48 Mb.
bet250/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Pedagogik maqsadga yo’naltirilganlik va o’qituvchining tashqi ko’rinishi. Tarbiyachi tashqi ko’rinishi estetik ma’no kasb etgan bo’lishi lozim. Tashqi ko’rinishga e’tiborsiz qarash va haddan tashqari e’tibor berish ham to’gri kelmaydi. O’qituvchining kiyinishi ham yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash ishiga samarali ta’sir ko’rsatishi lozim.
O’qituvchi yuzidan mehribonlik, harakatida, yurishidan bosiqlik, tabiiylik bilinib turishi kerak.
O’qituvchi sochining taralishi, kostyumi, kiyimdagi taqinchoqlar ham har doim pedagogik maqsad vazifasiga-tarbiyalanuvchi shaxsi shakllanishishga samarali ta’sir etishga qaratilgan bo’lishi kerak. U zeb-ziynat taqib yurishga, kosmetikaga xuquqi bo’lsa ham, me’yorga amal qilishi va holatni tushunishi zarur. Tarbiyachining estetik ifodasi uning yuz ifodasidan, ochiq ko’ngilligida, harakatidagi vazminlik va ixchamligida, imo-ishorasining haqiqiyligi va o’quvchiga e’tiborliligi, o’z tanasini tutishida bilinib turadi. Aftini tirishtirish, pala-partishlik, imo-ishoraning sun’iyligi, bo’shanglikka yo’l qo’yishi mumkin emas. Hatto, xonaga qanday kirishingiz, bolalarga qanday qarashingiz, salomlashishingiz, stulni qanday surishingiz, xonada yurishingiz-bu «mayda-chuydalarning» hammasi sizni bolaga ta’sir ko’rsatadigan kuchingizdir.
Vazmin, xushmuomala, o’ziga ishongan tarbiyachi eng kuchli tarbiyachidir.
O’qituvchining tashqi ko’rinishiga quyidagi talablar qo’yiladi:
a) o’z hissiy holatlarini boshqara olishi. Pedagogning o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqoti, rasmiy xarakteriga ega bo’lganligi uchun, «mushaklar siqilishi», o’ziga ishonmaslik, tanglik sezgilarini vujudga keltiradi. O’qituvchilar doimo o’quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik nazoratida ishlaydi. Bu-o’qituvchi fikrining qat’iyligiga, ovoz apparati holatiga jismoniy holatiga (oyoqlarning qotib qolishi, qo’llarni tayoqqa o’xshab qolishi) ruhiy holatiga (kulgili holda qolishi o’zini uddalay olmaydigan bo’lib ko’rinishi) ta’sir etadi. Bularning hammasi bo’ladigan mashg’ulotga o’zini psixofiziologik nuqtai nazardan moslash, muloqat paytida o’zininng hissiy holatlarini boshqara olishini talab qiladi.
O’z-o’zini sozlashning eng muhim usullari quyidagilardan iborat:

    • xushmuomalalik va kelajakka ishonch bilan qarashni tarbiyalash;


    • o’z xulqini nazorat qilish (muskullar zo’riqishini rostlash, harakat, nutq va nafas olishni rostlash);


    • faoliyatning biror turida hordiq chiqarish (mehnat terapeyasi, musiqa terapeyasi, kitob o’qish, hazil mutoiba);


    • o’z-o’zini ishontirish, ixlos qilish.


Ruhiy barqarorlikni tarbiyalashda V.A.Suxamlinskiyning quyidagi foydali maslahatlaridan foydalanish ma’quldir:


  • ortiqcha badqovoq bo’lmaslik;


  • boshqalar nuqsonlarini oshirib ko’rsatmaslik;


  • hazil mutoibaga moyil bo’lish;


  • xushmuomalali bo’lish va kelajakka ishonch bilan qarash.


Bunday sifatlarni egallash shartlari quyidagicha: o’z kasbini jamiyatdagi o’rnini ongli ravishda tushunish, burch sezgisini ustunligi, pedagogik ziyraklik, hissiy sezuvchanlik hamda o’zini tahlil qilish va to’g’ri baholash.


Darsga tayyorgarlik ko’rayotgan va o’zida ishonchsizlik, qo’rqinch sezayotgan yosh o’qituvchi jismoniy va ruhiy erkinlikka erishish maqsadida quyidagicha relaksatsiya sezgisi (trening) ni o’tkazishlari tavsiya etiladi.
- Men tinchman, men ishonch bilan dars berayapman, bolalar meni tinglamoqdalar. Darsda o’zimni bemalol his etaman. Men darsga puxta tayyorlanganman. Dars qiziqarli, bolalarni taniyman va ko’rib turibman. Men darsni yaxshi tugataman. Men bilan bo’lish bolalar uchun nihoyatda qiziqarli. Men o’zimga ishonaman va tetikman. Men o’zimni boshqara olaman. Kayfiyatim yaxshi, o’qitish juda qiziqarli. O’quvchilar meni hurmat qiladilar, talablarimni bajaradilar. Darsdagi mehnat menga yoqadi, men o’qituvchiman.
YOsh o’qituvchi o’zini ruhiy jihatdan darsga tayyorlashi kerak, har xil qo’rquvdan qutilishi, o’zini erkin tutishi, birinchi darsdagi muvaffaqiyatsizlikdan o’zini yo’qotmasligi, o’z ustida ishlashi ruhiy jihatdan tayyorlanishi lozim.


Pontomimika – bu gavda, qo’l va oyoq harakatidir. O’qituvchining gavdasi, qul va oyoqlari harakati ham joyida bo’lishi kerak. Pontomimika asosiy fikrni ajratib ko’rsatishga imkon beradi. YAqqol qiyofalarni gavdalantiradi. O’qituvchi darsda o’quvchilar oldida to’g’ri turish holatini mashq qilish kerak (oyoqlar oralig’i 12-15 sm, o’ng oyoq biroz oldinda), barcha harakatlar o’zini oddiyligi va nafisligi bilan o’quvchilar e’tiborini tortishi zarur. Gavda tutish estetikasi: oldinga-orqaga tebranish, og’irlikni bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o’tkazib turish, stul suyanchig’iga tayanib turish, boshni qashlash, qo’lda biror buyumni aylantirib turish, burunni artish, quloq qashlash kabi zararli odatlarga yo’l qo’ymaydi. O’qituvchi gavdasining harakati chegarali va bosiq bo’lishi, ortiqcha silkinish va keskin harakatlardan holi bo’lishi zarur.

Mimika - o’z fikri, kayfiyati, sezgisini yuz muskullari harakati orqali aks ettirish san’ati. O’qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba’zan o’quvchilarga so’zdan ham qattiqroq ta’sir ko’rsatadi. Jest va mimika axborotning hissiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’quvchilar o’qituvchi kayfiyati va munosabatini uning yuzidan «uqib» turadilar. SHuning uchun ham o’qituvchining yuzi, uning sezgilarini ifodalash bilan birga, ularni yashirib turishi ham muhimdir. Oila tashvishlari, tashqaridagi kelishmovchiliklarni dars paytida o’qituvchi o’zining yuz ifodasida bildirmasligi kerak. Piyoda yurish, dam olish, kitob o’qish bilan ruhiy zo’riqishlarni bartaraf qilinadi. YUz ifodasi va harakatlar faqat dars maqsadiga, o’quv-tarbiyaviy ishni yaxshilashga yo’naltirilishi zarur. YUz ifodasida ko’zlar muhim o’rin tutadi. «Jozibasiz ko’zlar ma’nosiz qalbni aks ettiradi» (K.S.Stanislavskiy).
O’qituvchi yuz muskullarini va ko’zlarini tez-tez harakatlantirishdan, shu bilan birga ularni birday qotib qolishidan ehtiyot bo’lishi kerak. O’qituvchi nigohi o’quvchilarga qaratilgan bo’lishi, bevosita ko’rish kontaktini vujudga keltirishi zarur. Devor, deraza va shipga qarab turishdan saqlanishi zarur. Barcha o’quvchilarni diqqat markazida ushlab turishga intilishi zarur
Pedagogik o’zaro ta’sir ko’rsatishda o’kituvchining o’z hissiy psixik holatini boshqarish, o’zida eng qulay hissiy (ijodiy) jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixoxlik kayfiyatini saqlash o’zining hissiy dam olishini tashkil etish mahorati muhim rol o’ynaydi. Bu mahorat pedagogning kasbiy jihatdan o’z - o’zini nazorat kilishni ta’minlaydi. Ko’p yillar davomida sog’lom asab sistemasini saqlab qolish, asabiy buzilishlardan, hissiy va aqliy zerikishdan o’zini tiyishga yordam beradi. SHunday qilib, o’qituvchining pedagogik texnikasi - bu shunday bir malakalar yig’indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko’rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o’z fikrlari va qalbini yetkazish imkonini beradi. Bolalar bilan bevosita muomala qilishda pedagogning xuddi ana shu malakalari uning xulq atvorida namayon bo’ladi. A.S.Makarenko ularni nazarda tutib, "tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishini bilishi lozim. U o’zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin" deb yozgan edi.
Pedagogik texnika o’qituvchi malakalarining xuddi shunday yig’indisidirki, u o’qituvchining eng yaxshi ijodiy xulq atvoriga, boshqacha qilib aytganda har qanday pedagogik vaziyatda tarbiyalanuvchilarga samarali ta’sir ko’rsatishga yordam beradi. Mukammal pedagogik texnika pedagogning vaqti va kunlarini ijodiy ish uchun bo’shatib beradi, pedagogik o’zaro ta’sir ko’rsatish jarayoida bolalar bilan muomala qilishda zarur so’zni topish yoki muvaffaqiyatli chiqmagan gap ohangini tushuntirishga o’z fikrini chalg’itmaslik imkonini beradi. Pedagogik texnikani egallab olgan o’qituvchi ovozi bo’g’ilgandan yoki o’zining ish bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir kechinmalarini unutishni bilmaslikdan azoblanib yurmaydi. Demak, pedagogik texnikani egallash o’qituvchining o’z kasb faolyaitidan qanoatlanish darajasini o’sishiga olib kelishi mumkin va lozim.
Pedagogik texnikaning hamma uchun umumiy bo’lgan malakalarni tadbiq etish sohasini pedagogning bolalar bilan bevosita muomalasini kayd etib o’tamiz. Bundan tashqari xaqiqiy pedagog ta’sir ko’rsatishda o’qituvchining pedagogik texnika sohasidagi barcha malakalari bir vaqtda namayon bo’ladi. Nutq, imo - ishora, mimika, harakat bilan birga sodir bo’ladi. Uzluksiz o’zini tuta bilish ta’sirchan vositalarni tanlashga muvaffaqiyatli ravishda tuzatish kiritib borish imkonini beradi va hakozo.
Individual pedagogik texnika pedagogning yoshi, mijozi, fe’l atvori, sihat- salomatligi, anatomik- fiziologik xususiyatlariga ancha bog’liq bo’ladi.
Pedagogik texnikani shakllanishi shaxsning unchalik payqab bo’lmaydigan sifatlariga ham rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. CHunonchi, nutqning ifodali, sof, savodli bo’lishi ustida ishlash, fikrlashning ravon bo’lishiga ta’sir qiladi. Psixik faoliyatni mustaqil tartibga solish usullarini egallash fe’l atvor belgisi bo’lgan hissiy vazminlikning rivojlanishiga olib keladi. Pedagogik texnika malakalarning shakllanish darajasi ma’lum darajada pedagogning umumiy madaniyat darajasini, ya’ni shaxsning pedagogik imkoniyatlarini aks ettiradi, desak to’g’ri bo’ladi. Agar pedagogning nutqi qashshoq va tartibsiz bo’lsa, agar u bo’lar bo’lmas sabablar bilan o’z hissiyotlariga erk bersa, didi past, estetik jihatdan omi bo’lsa, u holda "eng to’g’ri" so’zlar ham "eng kerakli" tadbirlar ham tarbiyalanuvchilarning na aql idrokiga, na xissiyatiga ta’sir qiladi.
Pedagoglarning o’quvchilar bilan bevosita muomalasini maktab o’quvchilarning muomilasiga pedagogik ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos vositasi deb qarash mumkin.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling